27.08.2021 yildagi PF-6300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyaviy resurslarini samarali boshqarish hamda budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Hisob palatasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat shakllari va turlariga qoʻshimcha quyidagilar amaliyotga joriy etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) buxgalteriya (budjet) hisobi yuritilishini, moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini, moliyaviy resurslardan maqsadli va qonuniy foydalanilganligini hamda daromadlarning toʻliqligini, shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini baholashni nazarda tutuvchi moliyaviy audit;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan va jalb qilingan budjet mablagʻlaridan foydalanishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, shuningdek, daromadlarning toʻliqligini taʼminlash va biznes jarayonlarida normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinganligini va ularning davlat dasturlariga muvofiqligini tekshirish va baholashni nazarda tutuvchi muvofiqlik auditi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektida xarajatlar, subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarning samaradorligi va natijadorligini, ajratilgan mablagʻlardan foydalanishning tejamkorligini, belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini, konsolidatsiyalashgan budjet va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi va natijadorligini, shuningdek, davlat va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlanganligini baholash va tahlil qilishni nazarda tutuvchi samaradorlik auditi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-2026-yillarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizning barqaror rivojlanish borasidagi milliy maqsad va strategik vazifalarini amalga oshirishga doir dasturlar va loyihalarning natijadorligini baholash, tizimli xavf-xatarlarni aniqlash, ularning taʼsirini kamaytirishga qaratilgan strategik audit;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar faoliyatini raqamlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanishni, shu jumladan, raqamlashtirish siyosati, jarayonlari va boshqaruvi, axborot tizimi va uning xavfsizligi, maʼlumotlar ishonchliligi, axborot tizimining tashkilotlar faoliyati ehtiyojlariga javob berishi va raqamlashtirish xarajatlarining samaradorligini baholashga qaratilgan axborot texnologiyalari auditi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hisob palatasining mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichda 2022-yilning I choragida 1-ilovada koʻrsatilgan vazirliklarda tashqi audit standartlari hamda qoʻllanmalari asosida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hisob palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-yanvarga qadar Oliy audit organlarining xalqaro standartlari (ISSAI) asosida tashqi audit tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazishni tashkil etish, ular doirasida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini oʻtkazish, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratida xavf-tahlilni amalga oshirish standartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-oktabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Oliy audit organlarining xalqaro standartlarini (ISSAI) joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, tajriba almashish va ilgʻor tajribalarni amaliyotda qoʻllash uchun Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti (INTOSAI)ga aʼzo boʻlishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Hisob palatasi va ichki audit xizmatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir nazorat tadbirini tashkiliy, asosiy va yakuniy bosqichlarni oʻz ichiga oluvchi uch bosqichli tizim asosida hamda audit tadbirining turlarini aniq belgilagan holda amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
audit tadbirlari natijalari toʻgʻrisidagi xulosada, shu jumladan qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi shart-sharoit va omillarni, shuningdek, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni va tizimli muammolarni hal qilish boʻyicha takliflarni aks ettiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va ichki audit xizmatlari har chorakda kamida bir marotaba ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻz faoliyatiga oid hisobotlarni jamoatchilikka eʼlon qilib boradi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy nazorat tadbirlari faqatgina nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritilgan subyektlarda amalga oshiriladi, kameral nazorat va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “Davlat auditi” dasturiy kompleksining (keyingi oʻrinlarda — “Davlat auditi” dasturi) ishga tushirilishini taʼminlasin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari va belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarda oʻtkazilgan barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari “Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir nazorat tadbiri uchun oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, maʼlumotlarni jamlash va tahlil oʻtkazish tartibini oʻz ichiga olgan nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat auditi” dasturida roʻyxatga olinmagan nazorat tadbirlari noqonuniy hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlari natijalariga doir barcha turdagi hujjatlar (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) “Davlat auditi” dasturida jamlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati tadbirlarida aniqlangan holatlar boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazilgan tashkilotning yozma fikri nazorat tadbiri tamomlangandan keyin besh kun muddatda “Davlat auditi” dasturiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, “Davlat auditi” dasturini ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uning funksional imkoniyatlarini muntazam takomillashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi va har bir ichki audit xizmati tomonidan har chorakda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali aniqlangan kamida 2 tadan obyektda nazorat tadbirini oʻtkazishni nazarda tutuvchi fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etsin;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda fuqarolar ishtirokidagi audit oʻtkaziladigan obyektni aniqlash va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyati samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholab borish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalari va ularning ijrosini tashqi auditdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining masʼul xodimlari Hisob palatasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi boshqaruv, yordamchi va texnik xodimlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy xizmat va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi yordamchi va texnik xodimlarining umumiy cheklangan soni Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari soni nisbatining normativlarini aniqlash metodikasi asosida Hisob palatasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Hisob palatasi boshqaruv xodimlari cheklangan soni 157 ta shtat birligi etib belgilansin hamda Hisob palatasining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi raisiga, zarur hollarda Hisob palatasining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, Muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishlariga boshqa vazirlik, idora, korxona va mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari hamda jamoatchilik vakillari ham taklif etilishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati tadbirlari natijalari boʻyicha budjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va ularning profilaktikasi yuzasidan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati va ichki audit faoliyatini tashkillashtirish hamda amalga oshirishning xalqaro tan olingan uslublari va vositalarini joriy qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha vazirlik va idoralarga takliflar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy huquqbuzarliklarning profilaktikasi va ularning oldini olishni nazarda tutadigan istiqbolli yoʻnalishlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki audit xizmatlari faoliyati natijalarini muhokama qilish hamda ichki auditorlar masʼuliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hisob palatasi (B. Turabov) 2021-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat moliyaviy nazorati tizimi boʻyicha maʼlumotlar bazasi hamda kameral nazoratni amalga oshiruvchi avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot yaratilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga oliy taʼlim muassasalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hisob palatasiga yuridik shaxs maqomi berilsin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasiga biriktirilgan ofis jihozlari (kompyuter, printer va aloqa jamlamalari, mebel va boshqa kerakli inventar va uskunalar) uning balansiga begʻaraz oʻtkazib berilishini taʼminlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi oʻz emblemasiga ega boʻladi. Bunda emblemadan foydalanish tartibi Hisob palatasi raisi tomonidan belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarida budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari, davlat qarzi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga nisbatan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishga oid tartib-taomillar tatbiq etilmaydi. Bunda nazorat tadbirlarini oʻtkazishga masʼul xodimlar tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishi shart (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno).
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hisob palatasi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Raqamli texnologiyalar vazirligi Hisob palatasining buyurtmanomasi boʻyicha belgilangan tartibda:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi aloqaning zarur turlari, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan jihozlanishini, shuningdek, keng polosali Internet tarmogʻidan foydalanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining faoliyatida foydalaniladigan dasturiy taʼminotlar uzluksiz ishlashining qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Hisob palatasini saqlash, axborot tizimlarini joriy etish, xodimlarning malakasini oshirish hamda zarur kompyuter texnikalari, mebel, aloqa vositalari bilan jihozlash uchun zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Hisob palatasiga tegishli maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlaridagi, shu jumladan, faoliyatida foydalaniladigan boshqa maʼlumotlar bazalaridagi axborotlar faqat axborot egasi bilan kelishilgan holda uchinchi shaxslarga taqdim etiladi (bundan aniqlangan kamchiliklar yoki xavf-tahlillarga oid axborotlar mustasno).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-252-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 2021-2022-yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi PF-100-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari B.T. Turabov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 27-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6300-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlari tashqi audit standartlari hamda qoʻllanmalari asosida oʻtkaziladigan vazirliklar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Audit tadbiri oʻtkaziladigan vazirlik

Oʻtkaziladigan audit turi

1.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

moliyaviy audit

2.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

samaradorlik auditi

3.

Suv xoʻjaligi vazirligi

samaradorlik auditi

4.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

muvofiqlik auditi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Rais

Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi

8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda ijro intizomiga rioya etilishini nazorat qilish shoʻbasi

9

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tashqi audit metodologiyasi shoʻbasi

8

Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil shoʻbasi

8

Huquqiy taʼminot va xalqaro aloqalar shoʻbasi

4

Iqtisodiyot, davlat investitsiya dasturlari va jamoat tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shoʻbasi

7

Davlat qarzi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi hamda asosliligini baholash, loyihalarga ajratilgan mablagʻlarning sarflanishi va ularning natijadorligini audit qilish shoʻbasi

7

Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish shoʻbasi

3

Kadrlar bilan ishlash shoʻbasi

2

Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shoʻbasi

3

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura, sudlar va boshqa xarajatlarni audit qilish shoʻbasi

7

Rejim xizmati shoʻbasi

1

Pul-kredit va valyuta siyosatini, oltin-valyuta zaxiralarining boshqarilishini, shuningdek qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni tashqi auditdan oʻtkazish shoʻbasi

4

Masofaviy nazoratni amalga oshirish va xavflarni baholash axborot-tahlil shoʻbasi

6

Moddiy taʼminot va buxgalteriya shoʻbasi

2

Davlat xaridlari qonuniyligini nazorat qilish shoʻbasi

5

Axborot tizimlari mutaxassisi

2

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining shakllantirilishi va ijro etilishini nazorat qilish shoʻbasi

8

Matbuot kotibi

1

Davlat aktivlarini samarali boshqarilishini nazorat qilish shoʻbasi

4

Iqtisodiyotda yashirin aylanmani qisqartirish va budjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini aniqlash shoʻbasi

7

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi boshqaruv xodimlarining umumiy soni 110 shtat birligini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasining shtat jadvali Hisob palatasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.M. Boboyev

Hisob palatasi raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi

2.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari

4.

K.K. Mardonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari

5.

A.D. Tashkulov

adliya vaziri

6.

A.E. Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori

7.

S.I. Samadov

Bosh prokuror oʻrinbosari

8.

Lavozimi boʻyicha

Bosh prokuror oʻrinbosari — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

9.

M.M. Tulaxodjayeva

Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi raisi

10.

N.F. Karimov

Oʻzbekiston auditorlar palatasi raisi

11.

M.R. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari

13.

Lavozimi boʻyicha

Hisob palatasi raisi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-2022-yillarda davlat moliyaviy nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Davlat moliyaviy nazorati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Hisob palatasiga yuridik shaxs maqomi berilayotganligi munosabati bilan Hisob palatasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov)

2.

Tashqi audit faoliyatida masofaviy nazorat va risk tahlilini amalga oshirish hamda baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini ishlab chiqish:

tashqi audit faoliyatida masofaviy nazoratlar oʻtkazish;

davlat moliyaviy nazoratida risk tahlilini amalga oshirish;

tashqi manba maʼlumotlarini kengaytirish, vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan foydalanish koʻlamini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov)

3.

Davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan shakllantiriladigan nazorat ishlarining yillik dasturlarini navbatdagi yil uchun nazorat obyektlari va shakllari kesimida hamda kelgusi ikki yilga nazorat tadbirlarining moʻljallari asosida tuzish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda mavzuli nazorat oʻtkaziladigan obyektlar ham nazarda tutiladi.

Qoʻshma qaror loyihasi

2021-yil dekabr

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

4.

Budjet intizomi buzilishi holatlarining tahlilini amalga oshirish hamda ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash maqsadida ushbu sohadagi huquqbuzarlik turlarining tasnifini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoʻshma qaror loyihasi

2022-yil aprel

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Adliya vazirligi

(Davletov)

5.

Hisob palatasiga birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi maqomini berish.

Bunda Davlat budjetini shakllantirishda Hisob palatasiga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari Hisob palatasi taqdim etgan taklifda koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Hisob palatasi

(Turabov)

II. Davlat moliyaviy nazoratida axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish

6.

Quyidagi texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan “Davlat auditi” dasturini ishga tushirish:

barcha davlat moliyaviy nazorati tadbirlari, shu jumladan ichki audit xizmatlarining audit tadbirlarini roʻyxatga olish;

davlat moliyaviy nazorati organlari nazorat ishlarining yillik dasturi, har bir nazorat tadbirini oʻtkazish rejasi va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno) joylashtirish;

davlat dasturlari va budjet xarajatlarining samaradorlik indikatorlari hamda “natijaga yoʻnaltirilgan budjet” tizimida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni eʼlon qilib borish;

davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik tomonidan baholash;

fuqarolar ishtirokidagi audit tizimida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

7.

Budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjudligini aniqlashga qaratilgan masofaviy nazorat oʻtkazish uchun yagona dasturiy majmua yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

8.

Budjet tashkilotlari xodimlariga har oyda ularning ish haqi toʻgʻrisida SMS xabarnoma yuborish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil oktabr

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

Bunda:

Moliya vazirligining axborot tizimida xodimlarning mobil telefon raqami kiritganligi xatlovdan oʻtkaziladi;

2021-yil sentabr

SMS xabarnoma joʻnatish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Doimiy ravishda

9.

Qurilish obyektlari va bajarilgan qurilish ishlari hajmi toʻgʻrisidagi quyidagi hujjatlarni (maʼlumotlarni) “Shaffof qurilish” axborot tizimida shakllantirish va yuritish tartibini joriy etish:

obyektlarning manzilli roʻyxatini elektron tarzda shakllantirish va tasdiqlash modulini yaratish;

obyektda bajarilgan ishlar, shuningdek, materiallar sarfi toʻgʻrisidagi smeta va uning ijrosi hisobini yuritish;

bajarilgan ishlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni texnik auditorlar tomonidan kiritib borilishini yoʻlga qoʻyish;

investitsiya dasturlariga hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan obyektlar roʻyxatini shakllantirish (har bir loyihaga alohida identifikatsiya raqami beriladi);

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil sentabr

Qurilish vazirligi

(Zokirov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

obyektlar qurilishini “Shaffof qurilish” axborot tizimidan olingan maʼlumotlar asosida moliyalashtirish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida, uni Moliya vazirligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish

2022-yil yanvar

10.

Moliya vazirligining axborot tizimini quyidagilar orqali takomillashtirish:

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Ichki ishlar vazirligi

(Bobojonov),

Adliya vazirligi

(Davletov),

Davlat soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Davlat bojxona qoʻmitasi

(Azimov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshqulov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sadikov)

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (“Yagona milliy mehnat tizimi”), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (“Oliy taʼlim” axborot tizimi), Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilish;

Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish

2021-yil oktabr

raqamli markirovkalash axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali dori vositalari, tibbiy buyumlar va maishiy texnikalarning hisobini yuritish;

Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish

2022-yil aprel

Moliya vazirligining axborot tizimida buxgalteriya hisobiga oid qogʻoz shaklda rasmiylashtiriladigan barcha turdagi hujjatlarning nusxalarini skanerlangan holda kiritish va ulardan masofaviy nazorat tadbirlarida foydalanish;

Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish

2021-yil oktabr

barcha budjet tashkilotlari uchun yillik xarajatlar smetalarini elektron tarifikatsiya va shtatlar jadvali asosida shakllantirish, shuningdek, ularni ish haqi toʻlash moduliga bogʻlash;

Dasturiy taʼminotni takomillash-tirish

2021-yil oktabr

budjet tashkilotining xodimlar bilan ishlash boʻlinmasi (yoki uning vazifasi yuklatilgan xodim) tomonidan barcha xodimlarning foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish haqi hisoblash tabellari, ishga qabul qilish va boʻshatish toʻgʻrisidagi buyruqlardan koʻchirma hamda boshqa (JSHSHIR, jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi, pasport maʼlumotlari va boshqalar) maʼlumotlarni “UzASBO” dasturiy majmuasiga kiritish va doimiy yangilab borish tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil sentabr

III. Davlat moliyaviy nazorati va ichki audit taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy taʼlim sifatini oshirish

11.

Xorijiy hamda xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida davlat moliyaviy nazorati sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

12.

Nazorat obyektlarida oʻrganiladigan savollar, tadbirning predmeti, maʼlumotlarni jamlash, tahlil oʻtkazish va xulosalarni tuzish tartiblarini ishlab chiqish, shuningdek, xodimlarning ushbu sohadagi bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida moliyaviy, samaradorlik va muvofiqlik auditlarini dastlabki bosqichini oʻtkazish uchun xorijiy yetakchi auditorlik tashkilotlarining ekspert va mutaxassislarini jalb etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil I chorak

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

13.

Hisob palatasi xodimlarini xalqaro malaka sertifikatini olish uchun maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish hamda Hisob palatasiga kelgusida xalqaro malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlarni ishga jalb qilish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Hisob palatasi

(Turabov)

14.

Oliy taʼlim muassasalarida davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy darslar oʻtish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021/2022 oʻquv yildan boshlab

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshqulov)

15.

Budjet nazorati va auditga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibini ushbu sohadagi yetakchi xalqaro taʼlim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha reja-grafik tasdiqlash va uni amalga oshirish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Toshqulov),

Hisob palatasi

(Turabov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi PF-6300-son Farmoniga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5147-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 va 4-bandlar hamda Farmonga 1 va 1a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 52-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“52. Belgilansinki, Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan Hisob palatasi xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 2 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi. Bunda, mazkur Farmonda hamda ilgari qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini bir vaqtda qoʻllashga ruxsat etilmaydi hamda ularning eng yuqorisi qoʻllaniladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5831-son Farmoniga 1-ilovaning 2, 3, 7 va 8-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmoniga 9-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3231-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridan “va moliyaviy nazorat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-bandning “b” kichik bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “taqdimnomalar” soʻzi “koʻrsatmalar” soʻziga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardan “va moliyaviy nazorat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidan “va moliyaviy nazorat” hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (toʻlash) tartibining 35-bandidan “va moliyaviy nazorat” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 06/21/6300/0834-son; 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 19.12.2025-y., 06/25/252/1176-son)