Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 06.08.1997 yildagi 390-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

AHOLIGA PSIXIATRIYA YORDAMI KOʻRSATIShNI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilishni, bemorlarning ijtimoiy-huquqiy ahvolini va psixiatriya xizmati mutaxassislarini ijtimoiy himoya qilishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlarning idoralararo dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1997-yilda va keyingi yillarda ruhiy kasallarni ehtiyojga muvofiq mehnat qilishga qayta oʻrgatish va ishga joylashtirish uchun zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bir qismini ixtisoslashtirilgan korxonalarga aylantirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ruhiy kasallarni mehnat qilishga qayta oʻrgatish va ishga joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar faoliyati soliq olish masalalari boʻyicha davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari ishi shart-sharoitlariga tenglashtirilsin, ular faoliyatidan olingan daromadlar esa ixtisoslashtirilgan korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va hududiy psixiatriya muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 6-avgust,

390-son