06.08.2021 yildagi 499-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarda oʻsimlik qoplamining qisqarishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atrof-muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, uning ifloslanish darajasining doimiy monitoringini olib borish, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, shuningdek, oʻrmonlashtirish va daraxtzorlarni koʻpaytirish boʻyicha respublikada tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqlim oʻzgarishi oqibatida oxirgi oʻn yillikda Chorvoq suv ombori atrofida yaylovlardan iborat landshaftlarda, oʻsimlik qoplami keskin kamayib bormoqda. Bu jarayon tuproq qatlami mustahkamligiga taʼsir etmoqda va chang miqdorining havoga tez koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda. Global iqlim oʻzgarishi sharoitida bahor-yoz mavsumlarida kuchli shamol taʼsirida chang va qum zarralarining yerdan yuqoriga koʻtarilishi va uning atmosfera qatlamlarida gorizontal va vertikal harakatlanib, koʻrinish masofasining 500 metrgacha qisqarishi va havoning ifloslanishi bilan tavsiflanuvchi xavfli meteorologik jarayonlarning takrorlanishlar soni ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarini oʻrmonlashtirish, oʻsimlik qoplamining qisqarishiga taʼsir etuvchi antropogen omillarni cheklash, tabiiy muhitni tiklashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish asosida tabiiy omillar va iqlim oʻzgarishlarining aholi salomatligiga salbiy taʼsirini yumshatish, aholining sifatli hordiq chiqarishi uchun zarur muhit yaratish hamda togʻli hududlarning turistik jozibadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi va Toshkent viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda oʻrmon bilan qoplangan va oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarni xatlovdan oʻtkazish, xatlov natijasi asosida belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazish hamda chorva mollarining boqilishini taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlarda yerlar degradatsiyasining oldini olish, kuchli shamol va changli boʻronlar taʼsirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geoaxborot texnologiyalari, shu jumladan, yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyasini keng joriy etgan holda, oʻrmon fondining hayotiy davri haqidagi aniq va doimiy maʼlumotlarni tahlil qilish, oʻrmon fondi degradatsiyasi va oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi yashaydigan va maxsus turistik zona hisoblangan togʻ va togʻ oldi hududlarida tabiiy omillar taʼsirini yumshatish, yerlar degradatsiyasining oldini olish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi muhofazasi va ularni qayta tiklash boʻyicha ilmiy yechimlarni aniqlash hamda yangi texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni tanlov asosida tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarida oʻsimlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
togʻ va togʻ oldi hududlarini oʻrmonlashtirish hamda yer eroziyasining oldini olish boʻyicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraxt va butalar sonini koʻpaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuchli shamol va changli boʻronlar taʼsirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik qoplamining qisqarishiga taʼsir etuvchi tizimli omillarni oʻrganishga qaratilgan keng koʻlamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturni amalga oshirishga masʼul etib belgilangan ijrochilar — vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga kiritilgan barcha tadbirlarning soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarda aniq masʼullarni belgilagan holda, Dasturni amalga oshirish reja-grafigini tasdiqlasin, har bir bandning toʻliq bajarilishi boʻyicha ularning shaxsiy javobgarligini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur ijrosi boʻyicha toʻliq maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga har oyning 1-sanasiga qadar taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi 2021-yil 1-oktabrga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda oʻrmon bilan qoplangan va oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarni xatlovdan (keyingi oʻrinlarda — xatlov) oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlov natijasida “Chorvoq” erkin turistik zonasi bosh rejasiga muvofiq turistik infrastruktura barpo etilishi belgilanmagan, oʻrmon bilan qoplangan va oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan oʻrmon fondi yerlari toifasiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xatlovdan soʻng bir oy muddatda oʻrmon barpo etiladigan yer maydonlarini aniqlasin hamda ushbu maydonlarga talab etiladigan daraxt va butalarning urugʻlik zaxirasini yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tuproq va iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt hamda butalar turlari roʻyxatini shakllantirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda oʻrmon barpo qilish tadbirlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi yerlarida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash orqali “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlardagi barcha toifadagi yerlarda oʻrmon barpo etish ishlarining buyurtmachisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va pudrat ishlari qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon barpo qilish tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasi va suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda ilgʻor kosmik texnologiyalardan foydalanish (sunʼiy yoʻldosh apparatlari va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda yerni masofadan zondlash, kosmik suratlarni qabul qilish, maʼlumotlarni tahlil qilish va ularga ishlov berish) bilan bogʻliq xarajatlar 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon bilan qoplangan hamda oʻrmon barpo qilish mumkin boʻlgan maydonlarda barcha turdagi qurilish materiallaridan bino va inshootlar qurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda tartibsiz va ortiqcha chorva mollarining boqilishi oqibatida tuproqning degradatsiyaga uchrashining oldini olish maqsadida, yaylovning muayyan uchastkasida oʻtlatiladigan chorva mollarining turi va soniga bogʻliq holda tasdiqlanadigan yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga qatʼiy rioya etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Chorvoq suv ombori atrofidagi hududlarda barpo qilingan oʻrmonlarda chorva mollarini oʻtlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Ugom-Chotqol Milliy tabiat bogʻi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligining Pskom va Ugom daryolari yuqori qismlari akvatoriyasini Milliy bogʻning qoʻriqlanma zonasi etib belgilash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2021 — 2025-yillarda Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi ekotizimni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar degradatsiyasining oldini olish hamda choʻllanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki, Ilmiy dastur doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — loyihalar) amalga oshiruvchi ilmiy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajariladigan loyihalarning oraliq va yakuniy hisoboti tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining isteʼmolchisi boʻlgan vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan monitoring doirasida himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida daraxtlar, noyob oʻsimliklar ekilishini va parvarish qilinishini oʻz ichiga olgan ekologik tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi “Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida investitsiya loyihalari amalga oshirilishida kottejlar qurish amaliyotini cheklab, hududning turistik salohiyatini inobatga olgan holda, jahon standartlariga mos, zamonaviy va koʻp qavatli mehmonxonalar qurish amaliyotini yoʻlga qoʻysin, bunda hududni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha investitsiya majburiyatlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va Boʻstonliq tumani hokimligi bilan birgalikda hududlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya normalari, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish holatlari ustidan qatʼiy nazoratni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Chorvoq suv ombori akvatoriyasidagi avtomatik oʻlchov-kuzatuv postlarining 2022-yil 1-yanvarga qadar Yagona meteorologik kuzatuvlar maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi davlat oʻrmon fondi yerlarida bioxilmaxillikni saqlash, ularning qayta tiklanishini taʼminlash, noqonuniy daraxt kesish, mol boqish, yovvoyi hayvonlarni ovlash kabi huquqbuzarliklariga qarshi kurashishni kuchaytirish, davlat oʻrmon fondi hududidagi oʻrmon xoʻjaliklari, oʻrmon-ov xoʻjaliklari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻrmon tuzish loyihalari talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini kuchaytirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 6-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
499-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 499-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi togʻ va togʻ oldi hududlarida oʻsimlik qoplami qisqarishining oldini olishga qaratilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Togʻ va togʻ oldi hududlarni oʻrmonlashtirish hamda yer eroziyasini oldini olish boʻyicha mahalliy flora tarkibida uchraydigan daraxt va butalar sonini koʻpaytirish

1.

Chorvoq suv ombori va uning atrofidagi oʻrmon bilan qoplangan hududlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

1. Respublika miqyosida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2021-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Toshkent viloyati hokimligi

2. Ishchi guruh bilan Chorvoq suv ombori va uning atrofidagi oʻrmon bilan qoplangan hududlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2021-yil oktyabr

3. Xatlov natijasida oʻrmon barpo etiladigan yer maydonlarini aniqlash, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekiladigan daraxt va butalar turlari roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil noyabr

4. Talab etiladigan daraxt va butalar urugʻlari va koʻchatlarni tayyorlash, oʻrmon barpo qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yer tayyorlash usuli, texnologiyasi va koʻchat ekish sxemasini aniqlash.

doimiy

2.

Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish hamda ekologik muvozanatni saqlash uchun doimiy muhofaza qilish choralarin� koʻrish.

1. Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish uchun ishchi guruhni shakllantirish.

2021-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chorvoq suv ombori hududini toʻliq oʻrmonzorlashtirish.

2021 — 2023-yy.

3.

Toshkent viloyatidagi oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlash va ularga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

1. Mavjud oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2. Mavjud oʻrmonzorlardagi kasallik turini aniqlashga qaratilgan ishlarni olib borish.

doimiy

4.

Oʻrmonlarning tur tarkibini aniqlash, nazorat qilish maqsadida kosmik monitoring tizimi va geoaxborot texnologiyalari (GAT) monitoring platformasini joriy etish.

1. Oʻrmonlarni tiklash boʻyicha ishlarni nazorat qilish, oʻrmonlarni tiklash jarayonlarini kuzatish, oʻsimliklarni aniqlash hamda nazorat qilish.

2021-yil noyabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrmonlarni yoshi, zaxirasi, balandligi, biologik mahsuldorligi boʻyicha toifalarga ajratish.

2021 — 2023-yy.

5.

Masofadan zondlash orqali oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash ustidan nazorat va monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash hamda ular ustidan nazorat qilish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil oktyabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻrmonlarga taʼsir qiluvchi salbiy jarayonlarni oʻrganish.

2021-yil dekabr

3. Oʻrmonlarga taʼsir qiluvchi salbiy jarayonlarni oʻrganish va xaritalarini tuzishni (daraxtlarga zararkunandalar va kasalliklarning taʼsiri, oʻrmonlarning qurishi yoki botqoqlanishi, ularning tanazzulga uchrashi va nobud boʻlishiga olib kelish omillarini aniqlashni) yoʻlga qoʻyish.

2021 — 2023-yy.

6.

Oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish choralarini kuchaytirish.

1. Davlat oʻrmon fondi yerlarida himoya oʻrmon plantatsiyalarini, shu jumladan Toshkent viloyatida kengaytirish.

2021 — 2025-yy.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qishloq xoʻjaligi yerlarida shamol va suv eroziyasidan himoya qilish uchun ularni himoya qiluvchi oʻrmon plantatsiyalarini yaratish.

2021 — 2025-yy.

3. Nukus, Urganch, Xiva va Buxoro shaharlari atrofida “yashil kamarlar” yaratish.

2021 — 2025-yy.

7.

Mavjud oʻrmon daraxt va butalarining kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan maydonlarni aniqlash maqsadida oʻrmon-patologik kuzatuv olib borish.

1. Har yili may-iyul oylarida daraxtlarni 30 kunlik oraliq bilan ikki marta uygʻunlashgan (biologik, kimyoviy va mexanik) ishlovlarni amalga oshirish hamda foydali entomofaglar (trixogramma, oltinkoʻz va boshqalar) yetishtirib, tabiatga qoʻyib yuborish (tarqatish).

doimiy

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi

2. Oʻsimliklar zararlanishining oldini olish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish hamda ilmiy tavsiyalar va amaliy qoʻllanmalar ishlab chiqilishini tashkil etish.

2022-yil yanvar

II. Kuchli shamol va changli boʻronlar taʼsirini yumshatuvchi ihota daraxtzorlarini barpo etish

8.

Oʻzbekistonda qum va chang boʻronlarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha salohiyatni oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Milliy harakatlar rejasi loyihasini tayyorlash.

2021-yil sentyabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Milliy harakatlar rejasi loyihasini jalb qilingan vazirlik va idoralar bilan muvofiqlashtirish.

2021-yil dekabr

3. Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2022-yil fevral

9.

2023-yilgacha respublikaning barcha hududlarida Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini qabul qilish.

1. Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturi loyihasini tayyorlash.

2021-yil sentyabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Har bir mintaqa uchun Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mintaqada Koʻkalamzorlashtirish tizimini rivojlantirish dasturini tasdiqlash.

2022-yil fevral

10.

Changli boʻronlar kuzatiladigan mavsumlarda Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantiruvchi qisqa muddatli prognozlash amaliyotini joriy etish.

1. Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantirish tizimini ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

Gidrometeorologiya xizmati markazi, Toshkent viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chorvoq suv ombori joylashgan hudud uchun xavfli meteorologik hodisalar toʻgʻrisida oldindan ogohlantiruvchi qisqa muddatli prognozlash amaliyotini joriy etish.

2022-yil yanvar

III. Chorva mollarining boqilish hududlari va chiqindi zonalarini tartibga solish

11.

Chorvoq suv ombori va unga tutash hududdagiyer maydonlarining mahsuldorligidan kelib chiqib, belgilangan meʼyorda chorva mollari boqilishini tartibga solish.

Chorvoq suv ombori va unga tutash hududdagiyer maydonlarining mahsuldorligidan kelib chiqib, chorva mollarini yaylovlardan foydalanish normalari hamda muddatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda belgilangan hududlarda chorva mollarining boqilishini cheklash.

2021-yil iyul

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi

12.

Noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlashda yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyasini joriy etish.

1. Noqonuniy qurilish obyektlarini (bino va inshootlarni) aniqlash.

2021-yil oktyabr

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Toshkent viloyati hokimligi

2. Yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda aniqlangan noqonuniy qurilish obyektlari ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyish.

doimiy

13.

“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida turistlar gavjum boʻlgan joylarda maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish.

1. Turistlar gavjum boʻlgan joylarda maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish.

2021-yil sentyabr

Turizm va sport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi

2. Maishiy chiqindilarni tashlash va yigʻish punktlarini koʻpaytirish hamda javobgarlik choralarini kuchaytirish.

2022-yil avgust

14.

“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududlarining turistik jozibadorligini oshirish maqsadida keng jamoatchilikni jalb etgan holda ekolagerlar tashkil etish.

1. Ekolagerlar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

Turizm va sport vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi

2. Ekolagerlar tashkil etish boʻyicha tadbirlar (aksiyalar) oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil dekabr

IV. Oʻsimlik qoplamining qisqarishiga taʼsir etuvchi tizimli omillarni oʻrganishga qaratilgan keng koʻlamdagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish

15.

Chorvoq suv ombori hududining ekotizimini himoya qilish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish.

1. Mavzu doirasida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish.

2021-yil avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

2021-yil sentyabr

16.

Iqlim oʻzgarishi muammolarini hal qilish uchun Qishloq xoʻjaligi sohasidagi innovatsiyalar, tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturni ishlab chiqish va qabul qilish.

1. Hududiy dastur loyihasini tayyorlash.

2. Hujjat loyihasini Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan kelishish.

3. Mintaqaviy dasturni amalga oshirish.

2021 — 2025-yy.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

“Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish.

1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish.

2022-yil sentyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2023-yil II chorak

3. MDH, Yevropa, Osiyo va boshqa mamlakatlar olimlari va mutaxassislarining taklifi bilan xalqaro konferensiya tashkil etish.

2024-yil II chorak

V. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash

18.

Iqlim va hudud infratuzilmasining oʻzgarishini hisobga olgan holda, Chorvoq suv ombori joylashgan hududda atmosfera havosi sifati monitoring tizimi uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqish.

1. Dasturiy taʼminot loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

Gidrometeorologiya xizmati markazi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

2. Chorvoq suv ombori joylashgan hududda atmosfera havosi sifati monitoringi dasturiy taʼminotni tegishli manfaatdor vazirlik va idoralarga yetkazish.

2021-yil noyabr

19.

“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida kottedjlar qurilishi amaliyotini qisqartirib, koʻp qavatli, jahon standartlariga mos mehmonxonalar qurish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Qurilish ishlari, qurilish maydoni umumiy yer qismining 40% dan koʻp boʻlmagan qismida amalga oshirilishini hamda loyiha maydoniga qarab har 50 sotix uchun 60 tup daraxt ekish va parvarish qilish majburiyatini yuklash amaliyotini tatbiq qilish.

doimiy

Turizm va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Boʻstonliq tuman hokimligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi

20.

Chorvoq suv ombori hududida Gidrometeorologiya xizmatining avtomatik oʻlchov postini Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Chorvoq suv ombori hududida avtomatik oʻlchov postini Yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish boʻyicha chora tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil noyabr

Gidrometeorologiya xizmati markazi, Toshkent viloyati hokimligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

21.

Chorvoq suv omborining suvni muhofaza qilish zonasi va qirgʻoq boʻyi mintaqasini belgilash.

Chorvoq suv ombori suvni muhofaza qilish zonasining qirgʻoq boʻyi mintaqasini belgilash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish.

2022-yil yanvar

Oʻzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Toshkent viloyati hokimligi

22.

Chorvoq suv ombori suv sathining vaqt davomida oʻzgarishi dinamikasini kuzatishda yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etish.

1. Chorvoq suv omborining suv sathini yerni masofadan zondlash hamda kosmik monitoring texnologiyalarini qoʻllagan holda tahlil qilish va kuzatuv ishlarini yoʻlga qoʻyish.

har yili

Oʻzbekgidroenergo aksiyadorlik jamiyati, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Chorvoq suv omborining suv sathining vaqt davomida oʻzgarishi dinamikasini, muhofaza zonalarini monitoring qilish maqsadida yerni masofadan zondlash va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etish.

2021-2022-yy.

VI. Koʻkalamzorlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish

23.

Respublikaning barcha hududlarida koʻchat materiallari (koʻchatlar va urugʻdan koʻkartirilgan koʻchatlar) yetishtirish uchun koʻchatxonalar yaratish.

1. Koʻchatzorni yaratish uchun hududni tanlash.

2021-yil dekabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab daraxtlar va butalarning navlarini aniqlash.

2021-yil dekabr

3. Ekish materiallarini yetishtirishni tashkil etish.

har yili

24.

Davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan erlarga daraxtlar va butalarni ekish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish.

1. Arxitektura va landshaft dizayni talablarini inobatga olgan holda, 377,4 million daraxt va butalarni ekish uchun shahar va aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish uchun hududlarni aniqlash.

2021 — 2023 har yili ekishdan oldin

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sugʻorish tarmoqlarini tayyorlash va sugʻorishning zamonaviy usullari orqali ekishni tashkil etish.

har yili bahorda

3. Masʼul shaxslarni aniqlash va ularga ekilgan daraxtlarni biriktirish.

har yili 1-maygacha

4. Koʻkalamzorlashtirish va daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash.

har yili

25.

Toshkent shahri va viloyatidagi pilot maydonlarida davlat oʻrmon fondiga kiritilmagan daraxtlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan mobil ilova yaratish.

1. Pilot maydonlardagi daraxtlarni inventarizatsiya qilish.

2021-yil dekabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

3. Yagona axborot bazasini yaratish va undan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

2023-yil yanvar

26.

Oʻrmon fondi yerlarida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash orqali “Aqlli oʻrmon xoʻjaligi” (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish.

1. Loyiha oldi oʻrganishni va maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish.

2021-yil dekabr

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish hamda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda tasdiqlash.

2022-yil fevral

3. Loyihani amalga oshirish boʻyicha ijrochi tashkilotni aniqlash va shartnomani imzolash.

2022-yil may

4. Dasturda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash ishlarini taʼminlab borish.

2022-yil sentyabr

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 499-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2025-yillarda Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi ekotizimni himoya qilish va qayta tiklash, yerlar degradatsiyasining oldini olish hamda choʻllanishga qarshi kurashishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ilmiy tadqiqot mavzusi

Ilmiy tadqiqot shakli

Kutilayotgan asosiy natijalar

Ilmiy tadqiqot natijalarining isteʼmolchisi

1.

Masofaviy zondlash maʼlumotlaridan foydalangan holda oʻsimlik qoplami oʻzgarishini monitoring qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan Milliy dasturiy mahsulot yaratish.

amaliy

1. Masofaviy zondlash maʼlumotlari asosida oʻsimlik qoplami diagnozining sintezli usuli ishlab chiqiladi.

2. Oʻsimlik qoplami monitoringini bajarishda belgilangan vaqt oraliqlari uchun oʻsimlik qoplami dinamikasini kuzatish imkoniyati yaratiladi.

3. Oʻzbekistonning choʻl va chalachoʻl viloyatlaridagi yaylov oʻsimliklari qoplami agrometeorologik prognozlashtiriladi.

4. Yer resurslari degradatsiyasini tahlil qilishga imkon beruvchi avtomatlashtirilgan texnologiya yaratiladi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati markazi

2.

Turli ekotizimlar kesimida suv va shamol eroziyasining oldini olishga qaratilgan va intensiv oʻsish xususiyatiga ega daraxt-butalar yordamida shamol oqimini susaytiruvchi ihota oʻrmonzorini tashkil etish.

amaliy

1. Suv va shamol eroziyasining oldini olish choralari koʻriladi.

2. Intensiv oʻsish xususiyatiga ega daraxt-butalar tanlanadi va ekiladi.

3. Shamol oqimini susaytiruvchi ihota oʻrmonzori tashkil etiladi.

Toshkent viloyati Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

3.

“Tuproq klinikasi” mobil innovatsion laboratoriyasidan foydalanib, Chorvoq suv ombori hududida tuproq qa�lamlarining tarkibini tahlil qilish orqali havoga chang koʻtarilishini oʻrganish.

amaliy

1. “Tuproq klinikasi” mobil innovatsion laboratoriyasidan foydalanib, Chorvoq suv ombori hududida tuproq qatlamlarining tarkibi tahlil qilinadi.

2. Chorvoq suv ombori hududida havoga chang koʻtarilishi oʻrganiladi.

3. Tegishli tavsiyalar tayyorlanadi.

Toshkent viloyati Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi

4.

Masofaviy zondlash, kosmik suratlar va kosmik monitoring texnologiyalarini joriy etgan holda, davlat oʻrmon kadastri va oʻrmon xoʻjaligi monitoringini yuritishning yangi uslubiyatini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi hududlarining chegaralarini aniqlash, oʻrmon yer fondini guruhlarga ajratish, oʻrmonlarga salbiy taʼsir qiluvchi jarayonlarni oʻrganish va xaritalarini tuzish hamda olingan maʼlumotlarning avtomatlashtirilgan Milliy dasturiy taʼminotini yaratish va unga integratsiya qilish.

amaliy

1. Oʻrmon fondining hayotiy davrini, shu jumladan oʻrmonlarning turlari va tarkibini aniqlash, oʻrmonlarning yoshi, zaxirasi, balandligi, biologik mahsuldorligi, daraxtlarga zararkunandalar va kasalliklarning taʼsiri, oʻrmonlarning qurishi yoki botqoqlanishi, ularning tanazzulga uchrashi hamda nobud boʻlishiga olib kelishi omillarini aniqlash, kuzatish va tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.

2. Oʻrmonlarning noqonuniy kesilishini aniqlash va shu kabi holatlar ustidan nazorat qilish imkonini beruvchi raqamli sinov platformalari yaratiladi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi,

“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

5.

Madaniy holda barpo etilgan yongʻoqmevali va boshqa turdagi oʻrmonlarning turli kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

amaliy

Madaniy holda barpo etilgan yongʻoqmevali va boshqa turdagi oʻrmonlarda uchraydigan har xil turdagi kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldi olinib, bartaraf etiladi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

6.

Oʻrmon bilan qoplanmagan suvsiz yerlarda madaniy oʻrmonzorlar barpo etishda tuproq namligini oshiruvchi nanoyelimlar hamda konteynerli bloklarni qoʻllagan holda koʻchatlar koʻkaruvchanligini 70-80 foizgacha oshirishga imkon yaratuvchi koʻchat ekishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.

innovatsion

Madaniy oʻrmonlarning ilmiy asoslangan holda yuqori koʻkaruvchanlikka ega boʻlgan tizimi yaratiladi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimiyati

7.

Togʻ va togʻ oldi maydonlarida tuproq degradatsiyasi hamda choʻllanish jarayonlariga qarshi oʻrmonmeliorativ, shu jumladan fitomeliotiv oʻsimliklarni koʻpaytirish, tuproqlarning fizik va mexanik xossalarini yaxshilash.

amaliy

Togʻ va togʻoldi maydonlarida ilmiy asoslangan holda yuqori koʻkaruvchanl�kka ega boʻlgan madaniy oʻrmonzorlar barpo etish orqali, tuproqlarning fizik va mexanik xossalari yaxshilanadi hamda shu orqali koʻchat ekiladigan hududlar areali kengayadi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Toshkent viloyati hokimiyati,

Fanlar akademiyasi

8.

Chorvoq suv ombori oʻsimliklar qoplamining holatini baholash va ularning monitoringini yuritishda, informatsion-axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali, oʻsimliklar qoplamining hozirgi va kelajakdagi holatini modellashtirish.

fundamental, amaliy

1. Tadqiqot hududi oʻsimliklar turlari va tarkibi shakllantiriladi.

2. Oʻsimliklar tarqalgan fitotsenozlar aniqlanadi, ularning botanik tarkibi tavsiflanadi hamda GAT xaritalari yaratiladi.

3. Kamyob oʻsimlik tsenopopulatsiyalarining strukturalari va tiplari har bir tadqiqot obyekti populatsiyalarining zamonaviy holatiga baho beriladi.

4. Turlarning optimal va kritik holatdagi populatsiyalari aniqlanadi hamda uning sabablari ochib beriladi. MaxEnt dasturida klimatik ssenariylar yordamida turlarning tarixiy va zamonaviy areallarining shakllanishi modeli yaratiladi hamda bu oʻz navbatida kelajakda iqlim oʻzgarishi natijasida areali qisqarib ketadigan turlarning muhofazasini ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

9.

Chorvoq suv ombori hududida ihota oʻrmonzorlarini barpo etish, tuproq tarkibidagi changlardan samarali himoyalanish hamda tuproq eroziyasidan saqlanish maqsadida, mahalliy flora tarkibida uchraydigan doʻlana, bodom, zarang, shumtol, qatrangʻi va olma kabi daraxt hamda buta turlarini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

amaliy

1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi, Burchmulla oʻrmon xoʻjaligi boʻlimi va Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda Chorvoq suv ombori hududida ihota oʻrmonzorlarini barpo etish mumkin boʻlgan turlar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

2. Hududda tuproq eroziyasidan saqlanish maqsadida, foydalanish mumkin boʻlgan oʻsimliklarning turlarini ekish boʻyicha texnologik xaritalar yaratiladi.

3. Hududda tuproq tarkibidagi changlardan samarali himoyalanishda foydalanish mumkin boʻlgan oʻsimlik turlarini koʻpaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

4. Mahalliy flora tarkibida uchraydigan doʻlana, bodom, zarang, shumtol, qatrangʻi va olma kabi daraxt hamda buta turlarini koʻpaytirish texnologik xaritalar ishlab chiqiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

�rmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi

10.

Chorvoq suv ombori va unga yondosh hududlarda mavjud ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonot dunyosi obyektlarining holatini baholash, turlar tarkibini aniqlash, oʻsimlik zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

amaliy

1. Chorvoq suv ombori hududida mavjud va barpo etilishi moʻljallangan ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonot dunyosining turlari tarkibi aniqlanadi.

2. Ihota oʻrmonzorlaridagi umurtqasiz hayvonlarning zamonaviy holati baholanadi.

3. Oʻsimlik zararkunandalaridan himoya qilishda biologik usullar yordamida qarshi kurashishga asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi

11.

Yashil iqlim fondi (YIF), Moslashish fondi (MF), Global ekologik fond (GEF) va boshqa xalqaro tashkilotlarning iqlim oʻzgarishiga moslashish �oʻyicha loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish.

innovatsion

Chorvoq suv ombori hamda uning atrofidagi hududlarda iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha olingan natijalar ushbu hududga joriy etiladi.

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2021-y., 09/21/499/0768-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)