1-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Ijro muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Bosh vazir kotibiyati |
Hujjatlarni imzolangan topshiriqnoma va 1-son nazorat kartochkasi bilan Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga berish. |
Topshiriqnoma imzolangandan soʻng 30 daqiqa mobaynida | |||
|
Umumiy boʻlim |
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va yigʻilishlari bayonlari va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayonlarini berish (2-kartoteka). |
Hujjat olinishi bilan | ||||
|
2-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Hujjatlarni, topshiriqlarni va nazorat bandlarini ijro intizomining elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish. |
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida | |||
|
3-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
1-son nazorat kartochkalarini toʻliq rasmiylashtirish. |
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida | |||
|
4-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Hujjatlarni topshiriqnoma va 1-son nazorat kartochkasi bilan ijrosini tashkil etish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlarining yordamchilariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga imzo qoʻydirib berish. |
Hujjat olingan paytdan boshlab bir soat mobaynida | |||
|
5-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini nazoratdagi hujjatlarning ijrochilari bilan birga tahlil qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash. |
Har kuni | |||
|
6-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida kotibiyatlar mudirlari va mutaxassislari ishtirokida muhokama qilishni tashkil etish. |
Har haftaning chorshanba kuni | |||
|
7-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarining ijro holatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida kotibiyatlar mudirlari ishtirokida muhokama qilishni tashkil etish. |
Har haftaning juma kuni | |||
|
8-bosqich |
Boʻlim |
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining navbatdagi majlisi muhokamasiga bajarilmagan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash. |
Har haftaning dushanba kuni | |||
|
9-bosqich |
Boʻlim |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ijrosi taʼminlangan nazoratdagi 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlarini nazoratdan chiqarish. |
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda | |||
|
10-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Ijro muddati keyingi oyga toʻgʻri keladigan nazoratdagi hujjatlar va 1,2,3-son kartotekalar topshiriqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga taqdim etish. |
Har oyning 25-sanasida | |||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Ijro muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomining holati yuzasidan ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish. |
Dekabr, iyun | |||
|
2-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish tadbirlarini kiritish. |
Dekabr, iyun | |||
|
3-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (savolnoma, jadvallar va boshqalar)ni tayyorlash. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
4-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Tayyorlangan materiallarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan kelishish. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
5-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish, ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur yordam koʻrsatish. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
6-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallarni tayyorlash va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisini hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish. |
3 kun mobaynida | |||
|
7-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarini Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalariga yetkazish. |
Bir kun mobaynida | |||
|
8-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosi holati monitoringini olib borish. |
Har kuni | |||
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Ijro muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holati yuzasidan ilgari oʻtkazilgan oʻrganishlarni tahlil qilish. |
Dekabr, iyun | |||
|
2-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Nazorat va ijro intizomi boʻlimining ish rejasiga hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini maqsadli oʻrganish tadbirlarini kiritish. |
Dekabr, iyun | |||
|
3-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish boʻyicha materiallar (ishchi guruh tarkibi, savolnoma, jadvallar va boshqalar) tayyorlash. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
4-bosqich |
Boʻlim mudiri |
Tayyorlangan materiallarni Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi bilan kelishish. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
5-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish. |
Ish rejasiga asosan | |||
|
| ||||||
|
6-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari |
Hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi holatini oʻrganish natijalari boʻyicha tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlash. |
Har chorakda kelgusi oyning 10-sanasigacha | |||
|
7-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining bayoni loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. |
Har chorakda kelgusi oyning 15-sanasigacha | |||
|
8-bosqich |
Boʻlim xodimlari |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining tasdiqlangan bayoni ijrosi holati monitoringini olib borish. |
Har kuni | |||
4-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Amalga oshiriladigan tadbirlar |
Ijro muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochini, zarur boʻlganda, vazirlik va idoralarni belgilash hamda topshiriqlarni nazoratga olish. |
Doimiy | |||
|
2-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish. |
Doimiy | |||
|
3-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Har hafta chorshanba va juma kunlari topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot kiritib borish. |
Har hafta chorshanba va juma kunlari | |||
|
4-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha tahliliy materiallarni har oy yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini nazorat qilish. |
Har oyning 5-sanasi | |||
|
5-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Tahliliy materiallarni tahlil qilish hamda bajarilmagan bandlar boʻyicha tahliliy jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriq xati asosida puxta tahlil qilish uchun masʼul tarkibiy boʻlinmalarga yuborish. |
Har oyning 7-sanasi | |||
|
6-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlash hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari huzurida himoya qilish. |
Har oyning 12-sanasi | |||
|
7-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan tahliliy materiallarni puxta qayta ishlash hamda umumlashtirilgan yakuniy tahliliy materiallar toʻplami, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi huzurida himoya qilish. |
Har oyning 13-sanasi | |||
|
8-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Masʼul tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlisini tashkil etish hamda yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, puxta qayta ishlash. |
Har oyning 14-sanasi | |||
|
9-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi bayoni puxta qayta ishlangandan soʻng qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda jadval bilan birga Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi huzurida himoya qilingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuborish. |
Har oyning 15-sanasi | |||
|
10-bosqich |
Boʻlim mudiri oʻrinbosari, bosh mutaxassis |
Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro muddatlarini uzaytirish haqida Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflarni tahlil qilish hamda asosli deb topilgan taqdirda, tegishli taklifni Hisob palatasiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kiritish. |
Har oyning 15-sanasi |
2-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Tadbirlar |
Muddatlari | ||
|
1-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi apparatining yangi qabul qilingan xodimlarini hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalarida stajirovkadan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berish hamda ularni hujjatlar bilan ishlashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlash. |
Stajirovka jadvaliga muvofiq | ||
|
2-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritishning holatini oʻrganish, hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirishda mutaxassislarga amaliy yordam koʻrsatish. |
Boʻlimning ish rejasiga muvofiq | ||
|
3-bosqich |
Tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarida yigʻmajildlar nomenklaturasini aniqlash, Vazirlar Mahkamasi apparatining yigʻma nomenklaturasini shakllantirish. |
Har yili, dekabr oyida | ||
|
4-bosqich |
Ish yuritish tugallangan yigʻmajildlar shakllantirilishini oʻrganish hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan yigʻmajildlarni joriy arxivga topshirish uchun qabul qilish. |
Alohida jadval boʻyicha | ||
|
5-bosqich |
Oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida — shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining umumiy yigʻilishida ish yuritishning holatini muhokama qilish. |
Oʻrganish yakunlari boʻyicha, jadvalga koʻra | ||
3-ILOVA
ILOVA
|
Vazifalar |
|
Vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari va bosqichlari |
|
Masʼullar |
|
Muddatlar |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I. Kompyuter texnikalari, tarmoq va periferiya qurilmalari, axborot tizimlari, maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash, axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini va AKT sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish |
|
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida kompyuter va axborot tizimlari, serverlar, maʼlumotlar bazalarining, lokal-hisoblash tarmogʻi (LHT) hamda Internet tarmogʻining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash. |
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimi (AKT boʻlimi) |
|
Muntazam ravishda |
|
|
|
|
| |||
|
|
2. Maʼlumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish texnik vositalarini xatlovdan oʻtkazish. |
|
AKT boʻlimi, Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi |
|
Har yili | |
|
|
|
|
| |||
|
|
3. Kompyuter va tashkiliy texnika, server va tarmoq uskunalari parkini yangilash. |
|
| |||
|
|
|
|
| |||
|
|
4. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlarini joriy qilish, dasturiy mahsulotlarning litsenzion shaffofligini taʼminlash, ochiq kodli dasturiy mahsulotlardan foydalanish boʻyicha takliflar kiritish. |
|
| |||
|
|
|
|
|
| ||
|
|
5. Vazirlar Mahkamasi apparatida joriy etilgan, takomillashtirilayotgan axborot va kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli normativ va texnik hujjatlar, talablarni ishlab chiqish. |
|
AKT boʻlimi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
II. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari tomonidan mutasaddilik qilinadigan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlari boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar banklarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish |
|
1. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining markazlashtirilgan maʼlumotlar bankini serverlarda shakllantirish, ushbu maqsadida tegishli resurslarni ajratish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
2. Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbar va masʼul xodimlari tomonidan AKTdan foydalanish, axborot xavfsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlari boʻyicha shaxsiy maʼlumotlar banklarini shakllantirish va ulardan foydalanish samaradorligi holatini oʻrganish va baholash. |
|
AKT boʻlimi, Tarkibiy boʻlinmalar |
|
Tasdiqlangan grafik asosida | |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
3. Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarini dolzarb va tezkor axborotlar bilan taʼminlash boʻyicha sharoitlar yaratib borish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
|
|||
|
III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlarini yanada takomillashtirish va axborot resurslarini shakllantirish, tarkibiy boʻlinmalarning rahbar va masʼul xodimlari ish samaradorligini va natijadorligini oshirib borish |
|
1. Vazirlar Mahkamasi apparatida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, mazkur tizimda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan tashkiliy, texnik va texnologik chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
|
AKT boʻlimi, tarkibiy boʻlinmalar |
|
Muntazam ravishda |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
2. Vazirlar Mahkamasi apparati axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimidagi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilish boʻyicha tahliliy oʻrganishlar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
||||
|
|
3. Vazirlar Mahkamasi apparatida elektron hujjat aylanish (EHA) tizimini takomillashtirish: ichki EHA tizimidan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash; idoralararo elektron tizimlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining ichki axborot tizimlari bilan integratsiya qilib borish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
4. Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlarning barqaror va uzluksiz taʼminlanishi va axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha (karantin, favqulodda holatlarni hisobga olgan holda) takliflar ishlab chiqish, amaliy ishlarni olib borish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
||||
|
IV. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot xavfsizligini taʼminlash va uning mexanizmlarini takomillashtirish |
|
1. Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish: axborotlarni kompleks himoya qilish hamda xavfsizlik monitoringi tizimini takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va tegishli tadbirlarni amalga oshirib borish; axborot xavfsizligi boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarining malakasini oshirib borish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
2. Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha texnik va dasturiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish: lokal tarmoqlarning samarali ishlashini, server va kommutatsiya qurilmalarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash maqsadida profilaktika ishlarini tashkil etish; axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur texnik, texnologik va dasturiy vositalarni oʻrnatish, ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash; kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanishda davlat standartlari va xavfsizlik talablariga amal qilinishini taʼminlash, doimiy nazorat olib borish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V. AKT sohasida xodimlarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish |
|
1. Kompyuter savodxonligi va AKT sohasida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar, seminarlar tashkil etish, instruktajlar oʻtkazish. |
|
AKT boʻlimi, Kadrlar boʻlimi, Tarkibiy boʻlinmalar |
|
Muntazam ravishda |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
2. Vazirlar Mahkamasi apparatiga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun stajirovkalar tashkil etish, AKT sohasida ularning malakasi va bilim darajasini oshirib borish. |
|
AKT boʻlimi, Kadrlar boʻlimi |
|
Muntazam ravishda | |
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
3. Vazirlar Mahkamasi apparatida axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha uslubiy va texnik hujjatlar, yoʻriqnomalar, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
|
AKT boʻlimi |
|
Muntazam ravishda |
4-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini oʻrganish boʻyicha Boʻlimning ish rejasiga takliflar kiritish. |
Boʻlim ish rejasini tasdiqlashga qadar | |||
|
2-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini oʻrganish yuzasidan savolnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish. |
Boʻlim ish rejasiga muvofiq | |||
|
3-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, tegishli tarkibiy boʻlinmalar |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilish holatini oʻrganish va natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash. |
Boʻlim ish rejasiga muvofiq | |||
|
4-bosqich |
Apparat rahbariyati, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Tahliliy maʼlumotnomalarni Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish, tarkibiy boʻlinmalarda ijro etishi uchun rahbariyatning topshirigʻini tayyorlash. |
1. Bir hafta muddatda | |||
|
Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatining tavsiyasiga koʻra, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida yoki selektor yigʻilishida murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish. |
2. Har chorakda | |||||
|
5-bosqich |
Tarkibiy boʻlinmalar |
Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariyatining topshirigʻini tarkibiy boʻlinmalarda mutaxassislarning ishtirokida muhokama etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejalarini qabul qilish. |
Topshiriqda koʻrsatilgan muddatlarda | |||
|
6-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilib borish. |
Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish holatini kompleks yoki maqsadli oʻrganish tadbirlari boʻyicha Boʻlimning ish rejasiga takliflar kiritish. |
Boʻlim ish rejasini tasdiqlashga qadar | |||
|
2-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish sohasidagi faoliyatini oʻrganish yuzasidan savolnoma va tahliliy jadvallarni ishlab chiqish. |
Boʻlim ish rejasiga muvofiq | |||
|
3-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqishning holatini oʻrganish va natijalari boʻyicha quyidagilarda tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash: davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining markaziy apparatlari, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlarida; viloyat, shahar va tuman hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy idoralarida. |
Boʻlim ish rejasiga muvofiq | |||
|
4-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari |
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini oʻrganish natijalarini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishida muhokama etish. |
1. Har chorakda | |||
|
2. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga muhokama etish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar koʻrish uchun yuborish. |
2. 3 kun muddatda | |||||
|
5-bosqich |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi bayonnomasini tegishli chora-tadbirlar rejasini qabul qilish uchun muhokama etish. |
Bayonnomada koʻrsatilgan muddatlarda | |||
|
6-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar rejalarining bajarilishini nazorat qilib borish. |
Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning ogʻzaki, yozma va elektron murojaatlarini koʻrib chiqishning holati toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga maʼlumotlar kiritish (jadvallar koʻrinishida). |
Ish rejaga muvofiq | |||
|
2-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi |
Vazirlar Mahkamasi apparati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar asosida quyidagilarda umumlashtirilgan tahliliy materiallarni tayyorlash: Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida; davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida; viloyat, shahar va tuman hokimliklarida. |
15 kun muddatda | |||
|
3-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi va uning apparati rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning holatini va ularda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalarni har chorakda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishida muhokama etish. |
Yanvar, aprel, iyul, oktabr | |||
|
4-bosqich |
Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi yoki selektor yigʻilishi topshiriqlari bayonnomasini tayyorlash va tasdiqlash, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga muhokama etish va tegishli choralar koʻrish uchun kiritish. |
3 kun muddatda | |||
|
5-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari |
Bayonnoma va qabul qilingan tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida bajarilishini nazorat qilib borish. |
Bayonnoma va tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
4-ILOVA
|
Bosqichlar |
Tadbirlar |
Masʼullar |
Muddat | |||
|
↓ |
||||||
|
I bosqich |
Vazirlar Mahkamasiga guruh boʻlib kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 16-iyundagi AF-238-son farmoyishi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining 2021-yil 19-iyundagi 33-son buyrugʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan fuqarolar (keyingi oʻrinlarda — murojaat etuvchilar) toʻgʻrisida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) mudiriga xabar beriladi. |
Milliy gvardiya vzvod komandiri |
Darhol | |||
|
↓ |
||||||
|
II bosqich |
Murojaat etuvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar shakllantiriladi va ular bilan dastlabki suhbat oʻtkazilib, masalalariga aniqlik kiritilgan holda tegishli tarkibiy boʻlinma rahbari tomonidan shaxsan qabul qilinishi tashkillashtiriladi va Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi. |
Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosari, Boʻlim mudiri |
Darhol | |||
|
↓ |
||||||
|
III bosqich |
Jamoa boʻlib kelgan fuqarolarni ularning murojaatlari koʻrib chiqilgandan soʻng, zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishib, oʻz hududlariga uyushgan holda qaytarish choralari koʻriladi. |
Tarkibiy boʻlinma rahbari, mutaxassis, mahalliy hokimliklar, Boʻlim mudiri |
Qabul jarayonida | |||
|
↓ |
||||||
|
IV bosqich |
Murojaat etuvchilar masalalari yuzasidan qabul qilinadi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻriladi, zarur hollarda vazirlik, idora yoki mahalliy ijro hokimiyati organlari vakillari taklif etiladi. |
Tarkibiy boʻlinma rahbari |
Qabul jarayonida | |||
|
↓ |
||||||
|
V bosqich |
Oʻtkazilgan qabul yakunlari va dastlabki koʻrilgan choralar boʻyicha Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi. |
Apparat boshqaruvchisining oʻrinbosari, Boʻlim mudiri, tarkibiy boʻlinma rahbari |
Shu kunning oʻzida | |||
|
↓ |
||||||
|
VI bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi binosiga kelgan va Vazirlar Mahkamasiga yoʻnaltirilgan murojaat etuvchilarni qabul qilish, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Xalq qabulxonasiga dastlabki va kelgusida yakuniy maʼlumot beriladi. Jamoaviy murojaatlarda koʻtarilgan masalalar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga maʼlumot kiritiladi. |
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari yordamchilari, Apparat boshqaruvchisi, tarkibiy boʻlinma rahbari |
Shu kunning oʻzida | |||
|
↓ |
||||||
|
VII bosqich |
Tegishli vazirlik, idora yoki mahalliy ijro hokimiyati organlariga murojaatda koʻtarilgan masalalar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida topshiriq xati tayyorlanadi va koʻrib chiqish uchun yuboriladi. |
Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari yordamchilari, Apparat boshqaruvchisi, tarkibiy boʻlinma rahbari |
Bir kun muddatda | |||
|
↓ |
||||||
|
VIII bosqich |
Murojaat yuzasidan berilgan topshiriqlarning nazorati yuritiladi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Apparat boshqaruvchisiga axborot beriladi. |
Tarkibiy boʻlinma rahbari, Boʻlim mudiri |
Belgilangan muddatlarda | |||
5-ILOVA