22.05.2021 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Global yashil oʻsish instituti oʻrtasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global yashil oʻsish institutining huquqiy maqomi hamda imtiyoz va immunitetlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Global yashil oʻsish instituti, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Global yashil oʻsish instituti (“GGGI”) xalqaro tashkilot sifatida 2012-yil 20-iyun kuni Rio-de-Janeyro shahrida imzolangan “Global yashil oʻsish institutini taʼsis etish toʻgʻrisida (“Taʼsis etish Bitimi”) Bitimga muvofiq tashkil etilganligini,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis etish Bitimi 2012-yil 18-oktabrda kuchga kirganligini,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GGGIning asosiy maqsadi rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan, shu jumladan kam rivojlangan davlatlarning barqaror rivojlanishiga koʻmaklashish ekanligini,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Taʼsis etish Bitimiga qoʻshilganligi va GGGIga aʼzo davlat hisoblanishini,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis etish Bitimining 15-moddasiga muvofiq, odatda oʻxshash turdagi xalqaro tashkilotlarga beriladigan imtiyoz va immunitetlarni inobatga olgan holda, GGGI oʻz aʼzo-davlatlarida GGGIning lozim darajada faoliyat yuritishi uchun zarur va tegishli imtiyozlar va immunitetlarni taqdim qilish boʻyicha murojaat qilishi mumkin hamda bunday imtiyoz va immunitetlar GGGI va aʼzo-davlatlar oʻrtasida tuziladigan alohida shartnomalarda belgilanishi mumkinligini,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GGGIning amalda mavjudligi va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumatlararo tashkilotlarning huquqiy maqomi hamda imtiyoz va immunitetlariga doir xalqaro amaliyotga muvofiq, mamlakatda GGGIning amalda mavjudligi va faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish zaruriyatini anglaganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GGGI vazifalarini, shu jumladan boshqaruv organlari, xodimlari va mutaxassislari hamda tashkilot bilan bogʻliq boshqa shaxslarni samarali va lozim darajada bajarishi maqsadida oʻz hududida va xalqaro miqyosda faoliyat koʻrsatishi uchun huquqiy maqomga hamda imtiyoz va immunitetlarga ega ekanligiga taʼminlash istagini inobatga olib,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda
Atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Bitimda ishlatiladigan quyidagi atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bitim” Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan GGGI oʻrtasidagi Bitimni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maslahat qoʻmitasi” GGGIning Maslahat qoʻmitasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tegishli organlar” Oʻzbekiston Respublikasida amal qiladigan qonun va tartiblar doirasida hamda ularga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi manfaatdor boʻlishi mumkin boʻlgan organlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGI arxivlari” GGGIning barcha arxivlari hisoblanadi hamda barcha yozuvlar, yozishmalar, hujjatlar, qoʻlyozmalar, rasmlar, filmlar, ovoz yozuvlari va GGGIga tegishli boʻlgan yoki uning tomonidan yoxud uning nomidan saqlanadigan boshqa materiallarni oʻz ichiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Assambleya” GGGI Assambleyasini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kengash” GGGI Kengashini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qaramogʻidagi bolalar” GGGI xodimlarining turmush qurmagan va 21 yoshdan kichik boʻlgan yoki imkoniyati cheklangan bolalarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bosh direktor” Assambleya tomonidan tayinlanadigan GGGI Bosh direktorini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mutaxassis” GGGI va shaxs oʻrtasidagi yoki tashkilot va GGGI oʻrtasidagi shartnomaviy munosabatlar asosida GGGIga qisqa muddatli xizmat koʻrsatadigan har qanday shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGI vakili” Ofis uchun masʼul boʻlgan va uning rahbari etib GGGI tomonidan tayinlangan yuqori mansabdor shaxsni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Hukumat” Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mamlakat qonunlari” Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, shu jumladan, bu bilan cheklanib qolmasdan, Hukumat va uning organlari vakolatiga muvofiq yoki ular tomonidan qabul qilinadigan ustavlar, qarorlar, farmoyishlar, qoidalar, nizomlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGI tomonidan oʻtkaziladigan majlislar” GGGIning majlislari, shu jumladan GGGI tomonidan oʻtkaziladigan har qanday xalqaro konferensiya yoki boshqa yigʻilishlar hamda har qanday majlislarning komissiyasi, qoʻmitasi yoki kichik guruhini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar” Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan, GGGI xodimlarining uy xizmatida ishlaydigan shaxslarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ofis” keyingi oʻrinlarda 11-moddada batafsil bayon etilgan GGGIning Oʻzbekiston Respublikasidagi ofisini anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGIning mansabdor shaxslari” mutaxassislarni inobatga olmagan holda, Bosh direktor, GGGI vakili va GGGI uchun toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti bilan band boʻlgan yoki tayinlangan barcha shaxslarni anglatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGI xodimlari” Assambleyaning, Kengash va Maslahat qoʻmitasining barcha aʼzolari, GGGI mansabdor shaxslari (chet elliklar va fuqarolar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi rezidentlar) va mutaxassislarni anglatadi, ammo mahalliy soatbay asosida maosh olib yollanadigan shaxslar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“GGGI mulki” qayerda joylashganligidan va kim tomonidan egalik qilishidan qatʼiy nazar, GGGIning barcha mulki va aktivlarini hamda GGGIga tegishli boʻlgan yoki egalik qiladigan yoki u tomonidan boshqariladigan mablagʻlar, daromadlar va huquqlardan iboratligini anglatadi; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turmush oʻrtogʻi” oʻzaro munosabatlarni roʻyxatdan oʻtkazgan GGGI xodimlarining umr yoʻldoshini anglatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda
Yuridik shaxs va huquqiy layoqati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat GGGI xalqaro yuridik shaxs sifatidagi xalqaro tashkilot ekanligini tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. GGGI yuridik shaxs sifatida (i) shartnoma tuzish, (ii) koʻchmas va koʻchar mulkka ega boʻlish va uni tasarruf etish, va (iii) sudga murojaat qilish uchun huquqiy layoqatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI xalqaro tashkilotga tegishli boʻlgan mustaqillik va faoliyat erkinligiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda
Mulk, mablagʻlar va aktivlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. GGGI hamda uning mulki, daromadlari va aktivlari qayerda joylashganligidan va kim tomonidan egalik qilinishidan qatʼiy nazar, sud jarayonining har qanday shaklidan immunitetga egadir, aniq bir holatda oʻzining immunitetidan voz kechgan holatlar bundan mustasno. Agar aniq ifodalanmasa, immunitetdan voz kechish har qanday ijro choralariga tatbiq etilmaydi, deb tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. GGGIning mulki va aktivlari, qayerda joylashganligidan va kim tomonidan egalik qilinishidan hamda ijro etuvchi, maʼmuriy, sud yoki qonunchilik harakatlari boʻlishidan qatʼi nazar, qidiruv, rekvizitsiya, musodara qilish, ekspropriatsiya yoki boshqa har qanday aralashuvdan immunitetga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI arxivlari, qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliyaviy nazorat, har qanday turdagi tartib-qoidalar yoki moratoriy cheklovlariga qaramasdan, GGGI har qanday turdagi mablagʻ yoki valyutaga ega boʻlishi; istalgan valyutada hisob-raqamlarini yuritishi; va unda mavjud boʻlgan har qanday valyutani bir mamlakatdan ikkinchisiga erkin oʻtkazishi va oʻz tasarrufidagi har qanday valyutani boshqa valyutaga erkin konvertatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda
Soliq va bojxona bojlaridan ozod qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. GGGI, uning aktivlari, daromadlari va boshqa mulki quyidagilardan ozod qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) barcha toʻgʻridan toʻgʻri soliqlardan, aniq koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar hisoblanadiganlari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) GGGI tomonidan rasmiy foydalanish uchun olib kirilgan yoki eksport qilingan buyumlarga nisbatan va GGGI tomonidan olib kirilgan yoki eksport qilingan har qanday nashrlarga nisbatan import va eksportga qoʻyilgan taqiq va cheklovlardan, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq alohida ruxsat talab qilinadigan masalalar bundan mustasno; ammo, bunday ozod qilish sharti bilan olib kirilgan buyumlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotilmaydi, Hukumat bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Hukumat belgilagan shartlarga rioya qilgan holda rasmiy foydalanish uchun GGGI tomonidan yoki uning nomidan olib kirilgan tovarlarni import qilishda bojxona bojlaridan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. GGGI Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga muvofiq, GGGIning rasmiy foydalanishi uchun taqdim qilinadigan tovarlar va xizmatlarga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash haqida murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI, uning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining mehnat va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda
Aloqalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Elektron pochtalar, oddiy pochta, kabellar, telegrammalar, telekslar, radiogrammalar, telefaks, telefon va boshqa aloqa vositalariga hamda matbuot va radioga beriladigan maʼlumot uchun matbuot toʻlovlari boʻyicha ustuvorliklar, stavkalar va ustamalar masalalarida GGGIning rasmiy aloqalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan beriladigan rejim Hukumat tomonidan boshqa xalqaro tashkilotlarga yoki hukumatlarga, shu jumladan mamlakatda joylashgan diplomatik vakolatxonalarga taqdim qilinadigan rejimdan noqulayroq boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga, uning hududidan va uning hududi orqali har qanday usullarda yoki har qanday shaklda yetkaziladigan barcha xabarlar senzuradan hamda har qanday shakllardagi qoʻlga kiritilishlardan yoki ularning maxfiyligiga daxl qilinishidan immunitetga ega. Bu Hukumat va GGGI oʻrtasidagi maslahatlashuvlardan soʻng belgilanadigan tegishli xavfsizlik choralarini koʻrishni istisno qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI Oʻzbekiston Respublikasida kodlardan foydalanish, diplomatik kuryer va valizlarga taqdim qilinadigan immunitet va imtiyozlardan kam boʻlmagan kuryer orqali yoki muhrlangan valizlarda yozishmalar va boshqa xabarlarni yuborish va qabul qilish huquqiga ega. Valizlar koʻzga koʻrinadigan GGGI emblemalariga ega boʻlishi va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki buyumlardan iborat boʻlishi lozim hamda kuryer GGGI tomonidan berilgan kuryerlik guvohnomasi bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda
Yigʻilishlar, majlislar va konferensiyalar erkinligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat bilan maslahatlashgan holda, GGGI Oʻzbekiston Respublikasida majlislar oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. GGGI va uning xodimlari ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq oʻtkazilgan yigʻilishlar, muhokama va qarorlarning toʻliq erkinligiga ega. Hukumat Oʻzbekiston Respublikasida GGGI tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga hech qanday toʻsqinlik qilinmasligi uchun barcha zarur choralarni koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI tomonidan tashkillashtirilgan konferensiya yoki majlisga taklif qilingan va akkreditatsiyadan oʻtgan barcha shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va undan chiqish huquqiga ega hamda majlis yoki konferensiya binosiga va undan tranzit oʻtishiga nisbatan hech qanday toʻsqinlik qilinmaydi. Ularga tezroq harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi. Zarur hollarda, amaldagi qonunchilikka muvofiq, vizalar va kirish ruxsatnomalari bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda
Bayroq, gerb va belgilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GGGI oʻz binosi va transport vositalarida oʻz bayrogʻini va/yoki boshqa belgilarni qoʻyish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda
GGGI aʼzolari vakillarining hamda GGGI Assambleyasi, Kengashi va Maslahat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslarning imtiyoz va immunitetlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. GGGI aʼzolari vakillarining hamda GGGI Assambleyasi, Kengashi va Maslahat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar oʻz vazifalarini bajarish vaqtida va GGGI tomonidan oʻtkaziladigan majlislar joyiga borish va qaytish safarlari davomida quyidagi imtiyoz va immunitetlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shaxsan hibsga olinish yoki ushlanishdan immunitet hamda ular tomonidan rasmiy ravishda aytilgan yoki yozilgan soʻzlarga hamda bajarilgan barcha harakatlarga nisbatan sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet (sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan ular tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilsa yoki ularga tegishli boʻlgan yoki boshqaruvida boʻlgan avtotransport vositalari tufayli zarar yetkazilganda qoʻllanilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) turmush oʻrtoqlari va qaramogʻidagi bolalari bilan birgalikda, immigratsiya bilan bogʻliq cheklovlar va chet elliklarni roʻyxatdan oʻtkazish talablaridan immunitet;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) vaqtincha rasmiy xizmat safarlarida xorijiy hukumatlarning vakillariga taqdim qilinadigan valyuta va pul ayirboshlash bilan cheklovlariga nisbatan bir xil qulayliklar; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) agar Assambleya, Kengash va Maslahat tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar GGGI majlislarida ishtirok etish uchun tashrif buyurishlari lozim boʻlsa, GGGI tomonidan berilgan vizalar boʻyicha barcha arizalar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 8(1)-moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining vakillari va fuqarolariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI Hukumatga muntazam ravishda ushbu moddaning qoidalari qoʻllaniladigan mansabdor shaxslarning ismlarini maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda
GGGI mansabdor shaxslarining imtiyoz va immunitetlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. GGGI mansabdor shaxslari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) shaxsan hibsga olinish yoki ushlanishdan immunitet hamda ular tomonidan rasmiy ravishda aytilgan yoki yozilgan soʻzlarga hamda bajarilgan barcha harakatlarga nisbatan sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet, bunda immunitet ularga nisbatan GGGI mansabdor shaxslari boʻlmasalar ham qoʻllanishda davom etadi (sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan ular tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilsa yoki ularga tegishli boʻlgan yoki boshqaruvida boʻlgan avtotransport vositalari tufayli zarar yetkazilganda qoʻllanilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) GGGI tomonidan ularga toʻlanadigan ish haqi, nafaqa va mukofot pullariga nisbatan yoki soliqqa tortishning barcha shakllaridan ozod qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalari qoʻllanilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) turmush oʻrtoqlari va qaramogʻidagi bolalari bilan birgalikda, immigratsiya bilan bogʻliq cheklovlar va chet elliklarni roʻyxatdan oʻtkazishdan immunitet, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(e) pul ayirboshlashga nisbatan diplomatik vakolatxonalarning tegishli darajadagi mansabdor shaxslariga taqdim qilinadigan bir xil imtiyozlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(f) turmush oʻrtoqlari va qaramogʻidagi bolalari bilan birgalikda, xalqaro inqirozlar davrida diplomatik vakolatxonalarning tegishli darajadagi mansabdor shaxslari kabi vataniga qaytib chiqib ketish uchun imkoniyat beriladi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(g) Oʻzbekiston Respublikasidagi Ofisda oʻz lavozimini birinchi marta egallagan vaqtda mebellari, roʻzgʻor buyumlari va ashyolarini bojsiz olib kirish huquqiga ega; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(h) Oʻzbekiston Respublikasidagi Ofisda oʻz lavozimini egallagan vaqtda, Hukumat belgilaydigan shartlarga rioya qilgan holda, shaxsiy foydalanish uchun transport vositasini bojsiz olib kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. GGGI mansabdor shaxslari harbiy xizmat oʻtash majburiyatidan ozod qilinadi, agar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki doimiy rezidentlar boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan bunday ozodlik GGGI mansabdor shaxslari bilan cheklansa, oʻz vazifalari tufayli, GGGI Bosh direktori tomonidan tuzilgan va Hukumat tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga kiritiladi. Agar GGGIning boshqa mansabdor shaxslari harbiy xizmat oʻtash uchun chaqirilgan boʻlsa, Hukumat GGGI soʻroviga koʻra, asosiy ishlarini davom ettirishga toʻsqinlik qilmaslik uchun bunday mansabdor shaxslarni harbiy xizmatga chaqirishni vaqtincha kechiktirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. GGGI Hukumatning tegishli organlari bilan odil sudlovni toʻgʻri amalga oshirishda hamkorlik qiladi va ushbu moddada belgilangan imtiyoz, immunitet va qulayliklar bilan bogʻliq har qanday suiisteʼmolliklar sodir boʻlishini bartaraf qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda
Mutaxassislarning imtiyoz va immunitetlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(1) GGGI mutaxassislari, oʻz vazifalarini samarali bajarish uchun zarur boʻlgan, shu jumladan oʻz xizmatlari bilan bogʻliq safarlar davomida, quyidagi imtiyoz va immunitetlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) xizmat vazifalarini bajarishi davomida shaxsan hibsga olinish yoki ushlanishdan immunitet hamda ular tomonidan aytilgan yoki yozilgan soʻzlarga hamda bajarilgan barcha harakatlarga nisbatan sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet, bunday immunitet ularga nisbatan GGGI bilan shartnomaviy munosabatlarda boʻlmasalar ham qoʻllanishda davom etadi (sud ishi qoʻzgʻatishdan immunitet yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan ular tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilsa yoki ularga tegishli boʻlgan yoki boshqaruvida boʻlgan avtotransport vositalari tufayli zarar yetkazilganda qoʻllanilmaydi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) vaqtincha rasmiy xizmat safarlarida xorijiy hukumatlarning vakillariga taqdim qilinadigan valyuta va pul ayirboshlash bilan cheklovlariga nisbatan bir xil qulayliklar; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) turmush oʻrtoqlari va qaramogʻidagi bolalari bilan birgalikda, immigratsiya bilan bogʻliq cheklovlar va chet elliklarni roʻyxatdan oʻtkazishdan immunitet, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda
Ofis binosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat bilan kelishuvga muvofiq GGGI Oʻzbekiston Respublikasida oʻz ofisini (Ofis) ochishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ofisda tayinlangan GGGI mansabdor shaxslari va mutaxassislari xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agar ushbu Bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Ofisda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qoʻllaniladi va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari Ofis tomonidan bajariladigan harakatlar ustidan yurisdiksiyaga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ofis binosi daxlsizdir va GGGI nazorati ostida va tasarrufida hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat organlari GGGI roziligi va u bilan kelishilgan shartlarsiz vazifalarini bajarish uchun Ofis binosiga kirishga haqli emas. GGGI va Oʻzbekiston Respublikasi hokimiyat organlari yongʻinni oldini olish, sanitariya qoidalari yoki favqulodda vaziyatlar tufayli GGGIning oldindan roziligisiz idoraning binosiga qaysi holatlarda va qanday tartibda kirishlari mumkinligini kelishib oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. GGGI Oʻzbekiston Respublikasida hamda uning tashqarisida Ofis bilan aloqalarga koʻmaklashish maqsadida zarur boʻladigan toʻgʻridan toʻgʻri telekommunikatsiya vositalari va boshqa aloqalar hamda aloqa uzatish vositalarini Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatish va foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. GGGI oʻz faoliyatini toʻliq va mustaqil amalga oshirish va vazifalarini bajarish uchun Ofis binosida amalda boʻladigan qoida va nizomlar ishlab chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. GGGI Ofis binosida majlislar oʻtkazish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ofis binosi GGGI maqsadlari va vazifalariga mos tarzda foydalanilishi lozim. GGGI Ofisi binosi odil sudlovdan yashirinib yurgan shaxslar yoki ekstraditsiya qilinishi lozim boʻlgan shaxslar yoxud sud ishi yoki sud protsessida ishtirok etishdan qochib yurgan shaxslar uchun boshpanaga aylanishini bartaraf etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining tegishli hokimiyat organlari Ofis joylashgan binoning osoyishtaligi ruxsatsiz kirishga uringan yoki Ofis yaqinidagi hududlarda noqulayliklar tugʻdirayotgan shaxslar tomonidan buzilmasligini lozim darajada taʼminlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar GGGI soʻrov bilan murojaat qilsa, Oʻzbekiston Respublikasining tegishli organlari Ofisda huquq-tartibotni saqlash va huquqbuzarlarni chetlashtirish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda
Tranzit va istiqomat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat millatidan qatʼiy nazar, quyidagi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi, undan chiqib ketishi va harakatlanishi erkinligini taʼminlash maqsadida hamda Ofisga tayinlangan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qilishi uchun cheklovlarsiz barcha choralarni koʻradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) oʻz vazifalarini bajarish vaqtida va GGGI tomonidan oʻtkaziladigan majlislar joyiga borish va qaytish bilan bogʻliq xizmat safarlari davomida GGGI aʼzolari vakillari va Assambleya, Kengash va Maslahat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) GGGI mansabdor shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Mutaxassislar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning turmush oʻrtogʻi va qaramogʻidagi bolalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Hukumat oʻz elchixonalari, vakolatxonalari, konsullik muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini namoyon qiladigan boshqa idoralarga, zarur hollarda, 12-moddada belgilangan shaxslarga toʻlovlarsiz va ularning odatda talab qilinadigan shaxsiy ishtirokisiz viza berish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim bilan shaxslarga berilgan imtiyoz va immunitetlar GGGI manfaati uchun taqdim qilinadi va shaxsiy manfaatlar uchun berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Immunitet adolat qaror topishiga toʻsqinlik qilishi va undan GGGI manfaatlariga zarar yetkazmasdan voz kechish mumkin boʻlgan holatlarda quyidagi hokimiyat organlari quyidagi shaxslarning immunitetidan voz kechish huquqiga va majburiyatiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(a) GGGI aʼzolari — Assambleya va Kengashdagi vakillariga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(b) Assambleya — GGGI Bosh direktoriga nisbatan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(c) Kengash — Kengash yoki Maslahat qoʻmitasining aʼzolari sifatida xizmat qiladigan boʻlgan mutaxassislar yoki nodavlat subyektlariga nisbatan; va
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(d) GGGI Bosh direktori — GGGI mansabdor shaxslari (oʻzidan tashqari), mutaxassislar va GGGIning oʻziga nisbatan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha hollarda voz kechish aniq yozma ravishda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Bitimga muvofiq imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan barcha shaxslar, ularning imtiyozlari va immunitetlariga zarar yetkazmagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini hurmat qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda
Akkreditatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GGGI Ofisi va uning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmagan xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan tartibga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda
Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha kelishmovchiliklarni hal qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashdan kelib chiqadigan barcha kelishmovchiliklar maslahatlashuvlar, muzokaralar yoki boshqa kelishilgan tartibda hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Agar kelishmovchiliklar 15-moddaning 1-bandiga binoan Tomonlardan birining yozma xabarnomasidan soʻng uch oy ichida hal etilmasa, har ikki Tomon kelishmovchilikni 15-moddaning 3 — 5-bandlarida oʻrnatilgan tartibga muvofiq hakamlik tribunali (arbitraj) tomonidan qabul qilinadigan qaror asosida koʻrib chiqilishi haqida murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hakamlik tribunali uch hakamdan iborat boʻladi: har bir Tomon bittadan hakam tanlaydi, raislik qiluvchi uchinchi hakam esa boshqa ikki hakam tomonidan tanlanadi. Agar bir Tomon boshqa Tomon hakami tayinlanganidan soʻng uch oy ichida oʻz hakamini tanlamasa, ikkinchi hakam BMT Xalqaro sudining raisi tomonidan tayinlanadi. Agar dastlabki ikki hakam, hakam tayinlangan oxirgi sanadan boshlab uch oy ichida uchinchi hakam boʻyicha kelishuvga erisha olmasa, uchinchi hakam ikkala Tomonning soʻrovi bilan BMT Xalqaro sudining raisi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agar Tomonlar boshqacha kelishmasa, hakamlik tribunali oʻz tartib-qoidalarini belgilaydi va xarajatlar Tomonlar tarafidan tribunal baholagandan soʻng qoplanadi. Arbitraj ishi ingliz tilida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Koʻpchilik ovoz bilan hal etiladigan hakamlik tribunali ushbu Bitim qoidalari va xalqaro huquqning amaldagi qoidalari asosida kelishmovchilik boʻyicha qaror qabul qiladi. Hakamlik tribunalining qarori Tomonlar uchun yakuniy va majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda
Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Bitim qoidalari hech qanday tarzda Hukumat bilan GGGI oʻrtasida alohida bitim bilan kelishilgan yoki kelishilishi mumkin boʻlgan GGGI uchun imtiyoz, immunitetlar, istisnolar yoki har xil turdagi koʻmak yoki hissalarni cheklash yoki zarar yetkazish tarzida talqin qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Bitim Taʼsis etish Bitimining qoidalaridan yoki GGGI boshqacha tarzda ega boʻlishi yoki egalik qilishi mumkin boʻlgan huquq yoki majburiyatlarni bekor qilishi yoki chetga chiqishi tarzda talqin qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukumat va GGGI ushbu Bitim doirasida zarur boʻlishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha bitimlarni tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda
Kuchga kirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim Tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonni ushbu Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab olti oy muddat oʻtgunga qadar amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida 2021-yil 22-mayda va Seul shahrida 2021-yil 25-mayda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar teng autentikdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(imzolar)