08.05.2021 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish, shuningdek, barpo etilayotgan yangi mavzelarda aholi farovonligini taʼminlash, boshqaruvning samarali mexanizmlarini joriy etish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 19-apreldagi 873-IV-son va Senatining 2021-yil 24-apreldagi SQ-283-IV-son “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumani (keyingi oʻrinlarda — Yangi Namangan tumani) hokimligi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Namangan tumani hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining Yangi Namangan tumanidagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan xodimlarining cheklangan umumiy soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Namangan tumanida joylashgan davlat organlari va tashkilotlari boshqaruv xodimlaridan tashqari, xodimlarining cheklangan soniga qoʻshimcha shtat birliklari vazirlik va idoralarning umumiy shtat birliklari hamda tegishli soha uchun ajratilgan budjet parametrlari doirasida kiritilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Namangan viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bir oy muddatda Yangi Namangan tumanini tashkil etish bilan bogʻliq zarur kompleks tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlasin va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Yangi Namangan tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini zarur bino-inshoot hamda moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani tashkil etilishi munosabati bilan yangi tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlari hududiy boʻlinmalarini yetarli tajribaga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini oʻz ichiga olgan holda, Namangan shahar budjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi statistika koʻrsatkichlarini shakllantirish va yuritishda Yangi Namangan tumanining maʼmuriy hududlarini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi bir oy muddatda Yangi Namangan tumani tashkil etilishi natijasida uning maʼmuriy-hududiy chegaralari oʻzgarishi munosabati bilan yer hisobotlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Yangi Namangan tumaniga oʻtkazilgan maʼmuriy hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining joylashgan joyini (pochta manzili) ulardan ariza yoki maʼlumot talab etmagan holda, ikki oy muddatda toʻgʻridan toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarga ikki oy muddatda Yangi Namangan tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banklariga Yangi Namangan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mazkur tumanda bank infratuzilmasini tashkil etish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumanida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratgan holda, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarini tashkil etish boʻyicha tegishli tadbirlar amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Yangi Namangan tumanida davlat xizmatlari markazi binosining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yoki mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qurilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar Yangi Namangan tumanining maʼmuriy-hududiy chegarasini hisobga olgan holda, Namangan shahrining 2040-yilgacha boʻlgan bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bosh rejani ishlab chiqish uchun tegishli mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarini joylashtirish uchun Namangan shahri, “Oromgoh” mahallasi, Afrosiyob koʻchasi, 25b-uy manzilida joylashgan sobiq “Namangan-2 xizmat koʻrsatish kolleji” bino va inshootlarini operativ boshqarish huquqi asosida Namangan viloyati hokimligiga bepul oʻtkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgunga qadar mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq Yangi Namangan tumani hokimligi hamda tashkil etilayotgan davlat organlari va tashkilotlarining tumandagi boʻlinmalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab Namangan shahri Yangi Namangan tumanining xarajatlarini Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 8-maydagi 293-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi Namangan tumani hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hokim

Yordamchi

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

Hokimning kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi

Hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Hokim oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy-nazorat guruhi

Rahbar — 1

yetakchi mutaxassis — 1

2

Bosh mutaxassis — 1

1

Bosh mutaxassis — 1

1

Yetakchi mutaxassis — 1

1

Yetakchi mutaxassis — 1

1

Yetakchi mutaxassis — 1

1

Matbuot xizmati

1

Bosh yuriskonsult

1

Buxgalteriya

1

Devonxona

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni — 18 nafar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 8-maydagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining Yangi Namangan tumanidagi boʻlinmalari hamda ularga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan xodimlarining cheklangan umumiy soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot nomi

Shtat birliklari soni

I. Belgilangan shtat birliklari doirasida tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni*

1.

Maktabgacha taʼlimi boʻlimi

4

2.

Xalq taʼlimi boʻlimi

4

3.

Tibbiyot birlashmasi

14

4.

Obodonlashtirish boshqarmasi

9,5

5.

Davlat soliq inspeksiyasi

23

6.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlimi

3

II. Qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish hisobidan tashkil etiladigan boshqaruv xodimlari soni**

1.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi

5

2.

Moliya boʻlimi

10

3.

Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi

3

4.

Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi

8

5.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi

3

6.

Qurilish boʻlimi

2

7.

Madaniyat boʻlimi

2

8.

Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi

2

9.

Kadastr agentligi tuman boʻlimi

1

10.

Statistika boʻlimi

2

11.

Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi

3

12.

Gʻaznachilik boʻlinmasi

3

13.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi

4

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi

2

16.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

7

17.

Adliya boʻlimi

2

171.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi

3

18.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha tuman inspeksiyasi

4

Jami:

125,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan boshqaruv xodimlari cheklangan soni hamda shtat birliklari doirasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan boshqaruv xodimlari cheklangan soniga qoʻshimchalar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 09/21/293/0443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)