Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2004 09.12.1996 yildagi 435-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 139-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va yer osti boyliklaridan foydalanishning belgilangan tartibini taʼminlash, respublikaning mineral-xomashyo bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida oʻz tasarrufiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 10-maydagi 125-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Q.J. Haqqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 9-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
435-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
9-dekabrdagi 435-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) davlat yer osti boyliklari fondini boshqarish va kon munosabatlari sohasida maxsus vakil qilingan davlat organi hisoblanadi, Oʻzbekiston hududini geologik oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (uglevodorod xomashyosiga taalluqli ishlardan tashqari)ning tarmoqlararo muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini toʻliq xoʻjalik hisob-kitobi shart-sharoitlarida amalga oshiradi, respublika hududi geologik jihatdan oʻrganilishi va mineral resurslardan foydalanilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar oʻz vakolati doirasida hal etilishini taʼminlaydi, chet ellarda oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga va boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. DAVLAT GEOLOGIYA QOʻMITASINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Davlat geologiya qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va mineral resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni davlat yoʻli bilan boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari toʻgʻrisida geologik va boshqa axborotlarni olish uchun foydali qazilmalar resurslarini prognozlashtirish va baholash, aerokosmik oʻrganish ham shu jumlaga kiradi, ulardan tejab va oqilona foydalanish shart-sharoitlarini aniqlash uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda yer osti boyliklaridan foydalanish imkoniyatlarini asoslash uchun boshqa axborotlarni olish maqsadida yer osti qaʼrini geologik oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tosh geologiya materiallari davlat fondini, ilmiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan alohida qoʻriqlanadigan geologiya obyektlarini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari toʻgʻrisidagi geologik axborot davlat fondini yuritish, yer osti boyliklarini, shuningdek, boshqa maqsadlar uchun foydalanishga beriladigan yer osti uchastkalarini geologik oʻrganish boʻyicha ishlarni davlat yoʻli bilan hisobga olish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari geologik oʻrganilishi va mineral resurslardan oqilona foydalanilishi ustidan davlat nazoratini (oʻz vakolati doirasida) oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat geologiya qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston hududining geologik jihatdan oʻrganilganligini, xalq xoʻjaligining mineral xomashyo zaxiralari bilan taʼminlanganligini tahlil qiladi va shuning asosida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda mineral-xomashyo bazasidan foydalanish, takror ishlab chiqarish surʼatlarini, yanada kengaytirish, mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash, oqilona va kompleks foydalanish strategiyasi va ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan davlat mablagʻlari va boshqa investitsiyalar haqida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish dasturini vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar ishtirokida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishda, mineral-xomashyo bazasidan foydalanish dasturini, yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va muhofaza qilish davlatlararo va xalqaro dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va mineral resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ishlarning ilmiy asoslanishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmalarini joylashtiradi, Davlat geologiya qoʻmitasi korxonalari va tashkilotlari tomonidan bajariladigan geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini davlat mablagʻlari hisobidan taʼminlaydi, qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning geologiya-qidiruv ishlariga ajratiladigan davlat mablagʻlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida geologiya-qidiruv ishlari olib borilishini, mineral xomashyosining asosiy turlari zaxiralari oʻsishi boʻyicha davlat buyurtmalari va respublika mineral-xomashyo bazasini shakllantirish, mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha geologiya topshiriqlari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududining geologik oʻrganilishi sohasidagi ilmiy-tadqiqot, mavzular boʻyicha, tajriba-konstruktorlik ishlari va boshqa ishlarning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston hududini geoekologik tadqiq etish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik oʻrganishni va mineral resurslardan oqilona foydalanishni tartibga soluvchi tarmoqlararo va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshni davlatlarning geologik xizmatlari bilan birgalikda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslangan oʻchoqlarni aniqlash va oʻrganish ishlarini amalga oshiradi, qoʻshni hududlarning ekologik holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan alohida xavfli zonalar va uchastkalar aks ettirilgan geologik xaritalar va atlaslar tuzadi hamda ularni manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklari, tosh geologik materiallar (jinslar, rudalar, jilolanuvchi tosh xomashyo, nodir mineralogik hosilalar, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallari), konlarning davlat kadastri, foydali qazilmalar, texnogen hosilalar (mineral-xomashyo qazib olish va ularni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilar) va mineral xomashyoning barcha turlari, uglevodorod xomashyosi ham shu jumlaga kiradi, boʻyicha foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansi toʻgʻrisidagi geologik axborotning davlat fondi yuritilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini, shuningdek, foydali qazilmalar qazib olish, texnogen hosilalardan foydalanish, jilolanuvchi tosh xomashyo, paleontologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksiya materiallari namunalarini toʻplash, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun berilgan uchastkalarni geologik oʻrganish boʻyicha ishlarning davlat hisobini va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan alohida qoʻriqlanadigan geologik obyektlar (ilmiy va oʻquv poligonlari, geologiya qoʻriqxonalari, zakazniklar, nodir geologik ochiq togʻ jinslari, gʻorlar va boshqalar) hududlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishini muvofiqlashtiradi, yangi geologiya qoʻriqxonalari, zakazniklar tashkil etish toʻgʻrisida xulosalar beradi va takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli geologik jarayonlar (koʻchkilar, siljishlar, choʻkishlar, suffozilar, karstlar) hosil boʻlishi va rivojlanishi ustidan kuzatish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda suv manbalari (yer osti suvlaridan foydalanish va hududlarni texnogen va xavfli geologik jarayonlarning taʼsiridan muhofaza qilish sxemalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma konlarini ilmiy prognozlashtirish, izlash va qidirish metodikasini takomillashtirish, geologiya-qidiruv ishlab chiqarishi texnikasi va texnologiyasini mukammallashtirish masalalarida yagona ilmiy-texnik siyosatni muvofiqlashtiradi va olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va fuqaro qurilishini istiqbolli joylashtirish uchun muhandislik-geologik va geoekologik asosni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli xildagi foydali qazilmalarni yoʻl-yoʻlakay qazib chiqarishni amalga oshiradi va ularni shartnoma asosida kon qazish korxonalariga qayta ishlash uchun beradi, statistika organlariga belgilangan tartibda tegishli hisobotlar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida mineral xomashyoga va yer qaʼridagi qidirilgan foydali qazilmalarga konditsiyalarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi DZK) ekspertlarining shaxsiy tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi, Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari markaziy komissiyasi (MZK)ning shaxsiy tarkibini kelishib oladi, Oʻzbekiston Respublikasi DZK ishida qatnashish uchun oʻz mutaxassislarini yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish hamda uni muhofaza qilish sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar bilan birgalikda, shu jumladan, xorijiy firmalar ham ishtirok etgani holda, yer qaʼridan foydalanishga litsenziyalar olish uchun daʼvogarlarni tanlash maqsadida koʻriklar (tenderlar) oʻtkazishga materiallar tayyorlashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini olib boradi, chet el investorlari bilan muzokaralarda ishtirok etadi hamda ularga yer qaʼridan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, simpoziumlar, koʻrgazmalar oʻtkazadi, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning geologiya xizmatlari bilan Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan aloqada boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli geologiya jarayonlari yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zonalarda xalq xoʻjaligi va fuqaro obyektlarini qurish uchun hududlarni tanlash yuzasidan va qurilish qilinishi uchun soʻralayotgan maydonlarda ruda yoʻqligi toʻgʻrisida xulosalar berishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilma zaxiralarining holati va ulardan foydalanishning mintaqaviy va lokal axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni taʼminlaydi, davlat geologiya, geoekologiya xaritalari va atlaslarini, axborot byulletenlarini (shu jumladan yer osti suvlarining holati toʻgʻrisida), toʻplamlarni, kataloglarni, uslubiy materiallarni nashr etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat ahamiyatini yoʻqotgan yoxud keyinchalik geologiya-qidiruv ishlarida yoki konlarni qazish chogʻida tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida oʻziga qarashli, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va tashkilotlar tomonidan yer qaʼrini geologik oʻrganish, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash hamda boshqa faoliyat boʻyicha oʻz tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish ishlarini olib boradi, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq qoʻshma korxonalarning muassislari sifatida ishtirok etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida va boshqa asosda oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda yer qaʼrini geologik oʻrganishga oid ishlarni amalga oshiradi hamda geologiya-qidiruv ishlarini, foydali qazilmalar qazib olish va boshqa faoliyatni, shu jumladan, chet mamlakatlarda ham amalga oshirish boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda moddiy-texnik resurslarning ilmiy asoslangan meʼyoriy xarajatlarini shakllantirishni, davlat buyurtmalariga ajratiladigan markazlashtirilgan resurslarga limitlarni taqsimlashni amalga oshiradi, moddiy-texnik taʼminot masalalarini muvofiqlashtiradi, ulgurji savdoni rivojlantirishga hamda yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni rivojlantirishga, moddiy resurslarni sotishga, shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishiga, ikkilamchi va mahalliy resurslardan oqilona foydalanishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan yirik sanoat va qishloq xoʻjaligi obyektlarining tabiiy muhitga taʼsirini baholash ishlarida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari holatini kuzatishning mintaqaviy tarmogʻining faoliyat koʻrsatishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda yer qaʼri monitoringini amalga oshiradi, geologiya muhiti obyektlarini muhofaza qilish, shu jumladan yer osti suvlarining ifloslanishi va kamayishini muhofaza qilish ustidan idoraviy nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududining shoʻrlanishiga hamda sahroga aylanishiga taʼsir etuvchi mintaqaviy ekzogen geologiya jarayonlarini oʻrganishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda imorat qurish mumkinligi hamda ular joylashgan joylarda foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini joylashtirish, shuningdek, foydali qazilma konlariga yaqin maydonlarda imorat qurish mumkinligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkalarini oʻrganishni taʼminlaydi hamda ulardan foydali qazilmalarni qazib chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlarini qurish va ularni ishlatish uchun foydalanish, zaharli moddalarni, radioaktiv chiqitlarni va ishlab chiqarish chiqitlarini koʻmish uchun foydalanish mumkinligi toʻgʻrisida xulosalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv (yer osti suvlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnomalarni kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxatini belgilaydi va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda geologiya-razvedka ishlari (mineral xomashyo negizini yaratishga xarajatlarni qoplash stavkalari miqdorlarini, geologiya-qidiruv ishlarini moliyaviy taʼminlash va uni kreditlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼri uchastkalari, yer va suv resurslari qiymatini baholash metodikasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamda ularning qiymatini belgilashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganishga oid ishlarni loyihalashtirish, smeta baholarini shakllantirish va amalga oshirish sohasidagi Oʻzbekiston hududida geologik oʻrganish ishlarini amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning bajarishi uchun majburiy boʻlgan standartlar, meʼyorlar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik hisob-kitobini mustahkamlash, bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirish, korxona va tashkilotlar ishining rentabelligini oshirish, asosiy va aylanma mablagʻlar hamda bank kreditlaridan samarali foydalanishga oid ishlarni amalga oshiradi, oʻziga qarashli korxonalarning moliyaviy faoliyatini yaxshilashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda ishtirok etadi, mulkchilikning turli shakllariga asoslangan yangi tuzilmalarning tashkil etilishida koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekstremal sharoitlarda (suvsizlik, baland togʻ, yer osti va boshqalar) ishlarni olib borishga ustama toʻlovlarning miqdorlarini belgilash boʻyicha takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya va statistika hisobini takomillashtiradi, nazorat-taftish ishlarini tashkil etadi, oʻziga boʻysunuvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlari va balanslarini tasdiqlaydi, Davlat geologiya qoʻmitasining ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyati toʻgʻrisida buxgalteriya va statistika hisobotlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqda ishlarni olib borish uchun ekspertizani tashkil etadi hamda loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni olib borishning xavfsizligi boʻyicha tarmoq meʼyoriy hujjatlarini ishlab chiqadi, oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarda mehnat haqidagi qonunchilik, mehnatni va atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlari talablariga rioya qilish, xodimlarning ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalardan davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasidan oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitlarida ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatga haq toʻlash shakllari va metodlarini takomillashtirish, tarmoq xodimlari hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy muhofazalashni taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni olib boradi, rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, shuningdek, rezervni shakllantirish, oʻrta, alohida hollarda yuqori boʻgʻin geolog mutaxassislarini oʻqitishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DAVLAT GEOLOGIYA QOʻMITASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat geologiya qoʻmitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli korxona va tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qaʼrini geologik oʻrganish hamda mineral resurslardan foydalanishga doir ishlarni oʻz vakolati doirasida tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, korxonalar va tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini geologiya materiallarini mustaqil ekspertizadan oʻtkazish uchun jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida korxonalar va tashkilotlardan belgilangan hisobot shakllari boʻyicha yer qaʼridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklarini geologik oʻrganish qoidalari va normalari buzilgan, mineral resurslardan nooqilona foydalanilgan hollarda yer osti boyliklaridan foydalanishni toʻxtatish, bir oz toʻxtatib turish yoki ulardan foydalanish qoidasini cheklash toʻgʻrisida qarorlar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida barcha yer osti boyliklaridan foydalanuvchi, ularni geologik oʻrganishni va mineral resurslardan foydalanishni amalga oshiruvchilar uchun bajarish majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar, uslubiy koʻrsatmalar va boshqa normativ hujjatlar nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda qoʻshma normativ hujjatlar, yoʻriqnomalar, qoidalar nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va mineral resurslardan foydalanish sohasida davlat geologik va geoekologik kartalar, atlaslar va boshqa kartografik materiallar, ilmiy asarlar, yoʻriqnomalar, maʼlumotnomalar, axborot byulletenlari va boshqa xil adabiyotlar nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shartnoma asosida yer osti boyliklari haqidagi geologik hamda boshqa xil axborotlarni amalga oshirish (berish, almashish, sotish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotlar hamda korxonalar bilan ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun xoʻjalik shartnomalari tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlar ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya tarmogʻining koʻkrakka taqiladigan belgilarini taʼsis etish va belgilangan tartibda Davlat geologiya qoʻmitasi, geologiya tarmogʻi korxonalari va tashkilotlari xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hamda xorijiy mamlakatlarning boshqa fuqarolarini geologiya tarmogʻining belgilari, faxriy yorliqlar bilan mukofotlash, ularga nisbatan ragʻbatlantirishning boshqa choralarini qoʻllash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining mansabdor shaxslari oʻzlariga yuklangan vazifalarning bajarilishi va oʻz xizmat vazifalarining amalga oshirilishi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. DAVLAT GEOLOGIYA QOʻMITASINING RAHBAR ORGANLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat geologiya qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi. Oʻrinbosarlar oʻrtasidagi vazifalarni Davlat geologiya qoʻmitasi Raisi taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat geologiya qoʻmitasi Raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat organlarida, tashkilotlarida, korxonalarida, jumladan, xorijiy tashkilotlar va korxonalarda geologiya tarmogʻi manfaatlarini ifodalaydi, shartnomalar (kontraktlar) tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Rais oʻrinbosarlarining, boʻlimlar boshliqlarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, bajarish uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi hamda ularning ijrosini tekshiradi; Davlat geologiya qoʻmitasi apparati tuzilmasini, shtatlar jadvalini, xodimlarga ish haqi toʻlash va mukofotlash haqidagi nizomni, Davlat geologiya qoʻmitasiga bevosita boʻysunuvchi tashkilotlarning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlaydi, oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning rahbarlarini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya tarmogʻining koʻkrakka taqiladigan belgilari haqidagi nizomni, ularning tavsifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tarmoq xodimlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlarning boshqa fuqarolarini geologiya tarmogʻining koʻkrakka taqiladigan belgilari, faxriy yorliqlar bilan mukofotlashga taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari bilan birga qoʻshma qarorlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasida tarkibida Rais (hayʼat raisi), Rais oʻrinbosarlari, shuningdek, boshqa rahbar xodimlar boʻlgan 9 kishidan iborat hayʼat tuziladi. Hayʼat aʼzolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat geologiya qoʻmitasi hayʼati oʻz majlislarida geologiya-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni rivojlantirish, Davlat geologiya qoʻmitasi tashkilotlari tomonidan davlat buyurtmalari va geologiya topshiriqlarining bajarilishi, ishlab chiqarishdagi ish sharoitlarining ahvoli, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va oʻz qarorlarining bajarilishini nazorat qilish masalalarini koʻrib chiqadi, oʻzlariga qarashli korxonalarning hisobotlarini, shuningdek, Davlat geologiya qoʻmitasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni eshitadi, oʻzlariga qarashli faxriy nomlarni, koʻkrakka taqib yuriladigan belgilarni, faxriy yorliqlarni taʼsis etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat qarorlari, odatda, Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlib qolgan hollarda Rais Vazirlar Mahkamasiga vujudga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida xabar berib, oʻz qarorini oʻtkazaveradi, hayʼat aʼzolari esa oʻz navbatida ana shu joyga oʻz mulohazalarini maʼlum qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishlarning eng muhim yoʻnalishlari va natijalarini va yer osti boyliklarini geologik oʻrganish va mineral resurslardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish uchun Davlat geologiya qoʻmitasida yuqori malakali mutaxassislardan, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlarining, ilmiy-texnika jamiyatlarining va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnika kengashi tarkibi va uning haqidagi nizom Davlat geologiya qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mineral xomashyo uchun konditsiyalashni va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi huzurida Davlat geologiya qoʻmitasi Raisi boshchilik qiladigan Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha markaziy komissiya tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxiralar boʻyicha markaziy komissiya toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi bilan kelishib olinadi va Davlat geologiya qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat geologiya qoʻmitasi apparati oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning foydasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga, shuningdek, apparat tomonidan bajariladigan ishlar va xizmatlarni, shu jumladan, oʻziga qarashli korxonalar, tashkilotlar, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ishlar va xizmatlarni amalga oshirishdan olingan daromadlar hisobiga taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat geologiya qoʻmitasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan berilgan oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning toʻla xoʻjalik tasarrufida boʻlgan davlat mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat geologiya qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 34-modda)