Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1997 25.12.1992 yildagi 587-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.12.1992 yildagi 587-son
Kuchga kirish sanasi
25.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.1997
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON DAVLAT QURILISh MATERIALLARI IShLAB ChIQARISh (“O‘ZQURILIShMATERIALLARI”) KONSERNI USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-maydagi 277-sonli “O‘zbekiston Davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konserni ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish (“O‘zqurilishmateriallari”) konsernining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
587-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 25-dekabrdagi 587-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Davlat qurilish materiallari ishlab chiqarish “O‘zqurilishmateriallari” konsernining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni* birlashmalar, korxonalar, tuzatish-qurilish, ilmiy-tadqiqot va loyiha tashkilotlari, tarmoqning boshqa korxonalari mehnat jamoalarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 21-noyabrdagi Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bundan keyin matnda “konsern” deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik uyushmasi hisoblanadi, u davlat, ijara, jamoa va mulkchilikning boshqa xil shakllariga asoslangan sanoat birlashmalari va korxonalarni, tuzatish-qurilish, transport va boshqa tashkilotlarni birlashtiradi**.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Bundan keyin matnda “korxona” deb ataladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern tarkibiga mulkchilikning va xo‘jalik faoliyatining har qanday shakllaridagi korxona va tashkilotlar ham kirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar yuridik shaxs huquqini saqlab qoladilar, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga va ushbu Ustavga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalarning davlat mulkini boshqaradi. Belgilangan tartibda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ishlarida qatnashadi, konsern tarkibidagi davlat korxonalarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, shu’ba korxonalarni va boshqa davlatlarda o‘zining vakolatxonalarini ta’sis etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Konsern O‘zbekiston Respublikasining sobiq Binokorlik materiallari sanoati vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi, uning huquqlariga ega bo‘ladi va vazirlikning ilgari tuzilgan barcha shartnomalari hamda ular yuzasidan qabul qilingan majburiyatlar bo‘yicha javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Konsern O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. U o‘ziga berilgan huquqlarni hisobga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘la xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida ishlab chiqarish-xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat buyurtmasidan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, ularga shartnoma narxlarini qo‘yish, apparat xodimlarining mehnat haqi, o‘zining xo‘jalik hisobi daromadini taqsimlash masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Konsern tarkibidagi barcha korxonalar boshqa konsernlar, korporatsiyalar, tarmoqlararo davlat birlashmalari tarkibiga kirishlari va o‘zaro hamda konsern tarkibiga kirmaydigan korxonalar bilan xo‘jaliklararo birlashmalar, ittifoqlar hamda, agar bu bilan konsernga va respublikaga ziyon yetkazilmasa, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tuzishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Konsern tomonidan tashkil etilgan qatnashuvchi korxonalar va boshqa tuzilmalar hamda bo‘linmalar, shuningdek, uning boshqaruvi o‘rtasidagi konsern ichki munosabatlari mazkur Ustav va konsernga ixtiyoriy ravishda berilgan funksiyalar, faoliyat dasturlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsern bank muassasalarida mustaqil hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga ega bo‘ladi, alohida mulkka egalik qiladi, mustaqil va yig‘ma balanslarga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda javobgar bo‘lishi, sudda yoki hakamlik sudida da’vogar va javob beruvchi bo‘lishi mumkin. Konsern O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra haq undirib olinishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern konsern a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaganidek, konsern a’zolari ham konsern majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsernning va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulkini, shuningdek, ularning foydalanishi uchun berib qo‘yilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulklarni olib qo‘yishga faqat O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan hollarda va tartibda konsern va korxonalarning ularning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish uchun murojaat qilinganda yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konsern O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zqurilishmateriallari” konserni boshqaruvi va uning ishchi apparati 700070, Toshkent shahar, Miroqilov ko‘chasi, 68-a uyga joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II KONSERNNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Konsernning bosh vazifasi O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi va aholisining qurilish materiallariga hamda kam sarf-xarajat qilgan holda yuksak talablarga javob bera oladigan sifatli buyumlar, ishlar hamda xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirish, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va korxonalar mehnat jamoalarining farovonligini o‘stirishni ta’minlashda qatnashish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Konsern o‘z vazifalarini bajarish uchun unga berilgan vakolatlarga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning huquqlarini himoya qilish, davlat va boshqa organlarda ularning manfaatlarini ifodalashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda yagona ilmiy-texnika siyosatini yurgizish, texnika, texnologiyalar va materiallarning yangi ilg‘or turlarini ishlab chiqish va joriy qilishda ilmiy-texnika va ishlab chiqarish kuchlarini bir joyga to‘plashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli prognozlarini, maqsadli ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqish, konsernning ishlab chiqarish negizlarini rivojlantirishning umumiy vazifalarini hal etish, korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar sohasidagi yagona strategiyani amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruvni tashkil etishni, xo‘jalik yuritish shakllari va usullarini takomillashtirish, korxonalarda xo‘jalik hisobini rivojlantirish, korxonalar va butun respublikaning manfaatlarini uzviy muvofiqlashtirishga erishish uchun iqtisodiy o‘zaro munosabatlarni boshqarishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan mahsulotga yagona istiqbol rejasi va davlat buyurtmalari negizida korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish rejalarini, rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun qulay sharoitlar yaratish va kelishib olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishlarni maqsadga muvofiq ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashtirish, bozorlarning ahvoli (konyunkturasi)ni o‘rganish va ular asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilishini takomillashtirish, xorijiy sheriklar bilan o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarning, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzatish va xomashyo negizlarini tezroq rivojlantirish yuzasidan, tabiiy boyliklardan kompleks foydalanish, yer osti boyliklarini va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni, tarmoqlararo ekologik dasturlarning hal etilishida qatnashishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qilish, dam olish sharoitlarini va salomatlikni yaxshilashni o‘z ichiga oluvchi mehnat jamoalarini iqtisodiy rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni xo‘jalik hisobiga ko‘ra moddiy-texnikaviy ta’minlash, ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zaro foydalilik va qaytarib berish shartlari bilan samarali bank kredit-moliya xizmati ko‘rsatishni, konsernni va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlarini mustahkamlash vositasi sifatida daromad olishni ta’minlashga qaratilgan yagona tijorat va moliya siyosati yurgizishni tashkil etish va rivojlantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik va tijorat faoliyatlarining iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda tahlil etish, nazorat qilish va taftish etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarga maslahat, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, muhandislik va axborot yordami ko‘rsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol kadrlar siyosatini o‘tkazishni, korxonalar uchun kadrlar tayyorlashni, qayta tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etishni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III KONSERN FAOLIYATINI BOShQARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Konsern o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi barcha iqtisodiy organlar va tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, pudratchi qurilish-montaj tashkilotlari va boshqa tuzilmalari bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni boshqarish iqtisodiy usullar bilan, demokratik asoslarda, konsern a’zolarining huquqlari va mustaqilliklariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Konsernni boshqarish quyidagi doimiy organlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi, ishchi apparati bo‘lgan konsern boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern Kengashi yuqori boashqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimlari bo‘yicha konsern a’zolari hisoblanadigan ilmiy-tadqiqot birlashmalari, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek, bir vaqtning o‘zida boshqaruv raisi hisoblanuvchi konsern raisi va boshqaruv a’zolari kiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Konsern Kengashining maqomi va faoliyati mazkur Ustav bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kengashning majlislari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Konsern Kengashining navbatdan tashqari majlislari Kengash a’zolarining kamida 1/3 qismining yoxud konsern boshqaruvi tarkibining kamida 2/3 qismining talabiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Konsern Kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash a’zolari umumiy sonidan 2/3 qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Kengash majlisini konsern raisi ochadi. Kengashga navbati bilan joriy majlisda saylangan Kengash a’zolaridan biri raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kengash qarori, agar uning uchun majlisda qatnashayotganlarning 2/3 qismi biroq Kengash a’zolarining umumiy sonining kamida 50% i ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Konsern Kengashi tomonidan qabul qilingan xulosalar qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi. Kengash majlislarining bayonlari raislik qiluvchilar tomonidan imzolanadi va ularning bir nusxasi Kengash a’zolariga jo‘natiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kengash qarorlari konsernning barcha a’zolari va uning boshqaruvi uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Konsern Kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyatiga taalluqli barcha asosiy masalalarni hal qiladi, konsernni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol dasturlari ham shu jumlaga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernning, boshqaruvning, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy vazifalari va funksiyalarining bajarilishini tahlil qiladi hamda ularni baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern moliya-xo‘jalik faoliyatining yillik hisobotini va balansini, konsern boshqaruvi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi, taftish komissiyasining xulosalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq vaqt zarar ko‘rib va samarasiz ishlagan norentabelli korxonalarning bundan keyin faoliyat ko‘rsatishlarining maqsadga muvofiqligi masalalarini, shuningdek, ishlab chiqarishni va xususiylashtirishni tashkil etishning turli xil shakllari bilan bog‘liq masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarni, tashkilotlarni, kooperativlarni va xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllarini konsern tarkibiga qabul qilish va undan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika boshqaruv organlariga kiritilgan muhim normativ hujjatlar loyihalarini, shuningdek, konsern faoliyatining boshqa muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, konsern korxonalarining mehnat jamoalarini qabul qilingan qarorlardan xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern tarkibiga kirgan mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar uchun kirish va ulush qo‘shish badallarining miqdorlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern raisining, uning o‘rinbosarlarining va boshqaruv a’zolarining hisobotlarini eshitadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z huquqlarining bir qismini konsern boshqaruviga berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Kengash konsern raisini, uning o‘rinbosarlarini, boshqaruv a’zolarini va taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern boshqaruvi raisi va uning o‘rinbosarlari Kengashning taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash konsern boshqaruvi ishchi apparatini saqlash uchun limitlarni tasdiqlaydi hamda tasdiqlangan xodimlar soni va ish haqi to‘lash fondi doirasida uning tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Saylab qo‘yiladigan va ishchi apparati korxonalarning daromadlari (foydalari)dan ajratmalar hisobiga shartnoma asosida saqlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash a’zolari boshqaruvni saylash chog‘ida muqobil nomzodlarni tavsiya etish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv a’zolari konsern Kengashining qarori asosida lavozimlaridan ozod etilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Konsern boshqaruvi uning joriy ishlariga rahbarlik qiladi va konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv majlislari zaruratga ko‘ra, lekin bir oyda kamida bir marta uning raisi tomonidan chaqiriladi. Boshqaruv majlisi, agar uning ishida boshqaruv a’zolarining umumiy sonidan kamida 2/3 qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi. Boshqaruvning o‘z vakolati doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq qabul qilgan qarorlari konsernning barcha a’zolari bajarishi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi majlisida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalarni oldindan ishlab chiqishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika xalq xo‘jaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib tarmoqni ishlab chiqarish-xo‘jalik, ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yo‘nalishlari va istiqbollarini ishlab chiqadi hamda ularni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, investitsiya, ekologiya, moliya-tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida birgalikda harakat qilish yo‘nalishini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern ko‘rgan zararlarni, jumladan, korxonalarning qabul qilingan majburiyatlarni bajarmasliklari yoki ko‘ngildagidek bajarmasliklari oqibatida ular tomonidan yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, keyinchalik bu haqda konsern Kengashiga xabar qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning ustavlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi apparati xodimlarining hisobotlarini tinglaydi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarning rahbarlarini shartnomalar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga tayinlaydi va ishdan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli organlarda qonunlarning iqtisodiy va yuridik manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv huzuridagi ishchi apparati xizmatlari rahbarlarini tuzilmaga va shtat jadvaliga muvofiq lavozimga tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv qarori, agar uning uchun ishtirok etuvchilarning kamida 2/3 qismi, lekin boshqarma a’zolari umumiy sonidan yarmidan ko‘pi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan hollarda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi apparati xodimlarining mehnat munosabatlari shartnoma asosida ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Boshqaruv raisi boshqaruv va ishchi apparati faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘zining o‘rinbosarlari va boshqaruv a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning konsern faoliyati masalalarini hal etishdagi vakolatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern rahbar organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernning mol-mulki va mablag‘lariga belgilangan tartibda egalik qiladi, O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda konsern nomidan ish ko‘radi, bitimlar, shartnomalar va boshqa kelishuvlarni tuzadi va bunday kelishuvlarni amalga oshirish uchun vakolatnomalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shtat jadvalini va boshqaruv hamda uning ishchi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasini shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi, shu jumladan, shartnoma bo‘yicha, lavozim maoshlari va ularga ustamalarni belgilaydi, apparat xodimlarini rag‘batlantiradi hamda ularni jazolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq respublikadagi, boshqa mintaqalardagi va chet ellardagi tashkilotlar va fuqarolarga konsern nomidan e’tirozlar bildirish va da’volar qo‘zg‘ash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. KONSERNNING HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Ustavdan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish maqsadida konsern korxonalari konsern Kengashiga va boshqaruvga quyidagi vakolatlarni beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernni, ishlab chiqarish-xo‘jalik va tashkiliy-boshqarma tuzilmalarini boshqarish tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida ta’minot, vositachi, tijorat markazlari hamda firmalari, ulgurji, chakana va tashqi savdo korxonalari, kichik korxonalar, kooperativlar va faoliyat ko‘rsatishning boshqa shakllarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq tijorat banki, respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berilgandan ortiqchasini uning tashqarisida sotish huquqi bilan qurilish materiallarining ixtisoslashtirilgan birjalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lgan hollarda qo‘shma korxonalar, birja (brokerlik byurolari, kontora)lar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozor sharoitida yangi texnologiyalar ishlab chiqishni va tadbirkorlik shakllarini tashkil etishni o‘rganish maqsadida chet ellarga mutaxassislarni amaldagi qonunchilikka muvofiq xizmat safariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv apparati, vositachi tijorat markazlari, konsern firmalari, tijorat banki xo‘jalik (faoliyati natijasida olingan xo‘jalik daromadini, shuningdek, markazlashtirilgan jamg‘armalar va zaxiralar hamda konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq hosil bo‘lgan valyuta jamg‘armalarini taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash bilan bog‘lik, kompleks masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorning talablarini hisobga olib korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan davlat standartlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar uchun normativ-texnik hujjatlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qiymati 6 mln so‘mgacha bo‘lgan korxonalarni markazlashtirilgan mablag‘lar hisobiga, qiymati 9 milliondan ortiq bo‘lgan korxonalarni korxonalar mablag‘lari (1991-yilgi narxlarda) hisobiga asosli qurish va qayta qurish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilgan shartnomalarga muvofiq konsern a’zolari bo‘lgan korxonalardan markazlashtirilgan jamg‘armalardan va konsern zaxiralaridan ajratilgan kredit va mablag‘larni qaytarish muddati tuzilgandan keyin yoki ko‘rsatilgan jamg‘armalar va zaxiralarga to‘lanishi kerak bo‘lgan badallarni akseptsiz tartibda undirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. KONSERN AZ’ZOLARI, ULARNING HUQUQLARI VA BURChLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Konsern Ustavini tan olgan, konsernning vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish yuzasidan o‘ziga majburiyat qabul qilgan davlat korxonalari, kooperativ, qo‘shma korxonalar va xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllaridagi korxonalar konsern a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Konsern a’zolari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern tomonidan o‘tkaziladigan barcha dasturiy chora-tadbirlarda, qo‘shilgan hissalariga mutanosib ravishda daromad ulushlarini olib, o‘zlarining mablag‘lari, faoliyatlari bilan qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern jamg‘armalaridan shartnoma asosida qisqa muddatli va uzoq; muddatli kreditlar, shuningdek, har qanday boshqacha yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern Kengashi va boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun konsern faoliyatining turli qirralari bo‘yicha takliflar kiritish xamda ular bo‘yicha axborotlar olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsern tarkibiga kirgan korxonalar shartnoma bo‘yicha konsern oldidagi o‘zining majburiyatlarini bajarish sharti bilan Kengash qaroriga ko‘ra undan chiqish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Konsern a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Ustav talablarini bajarishga va kirish hamda pay badallarini to‘lashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsernning moliya-iqtisodiy faoliyatida ishtirok etishda konsern va sheriklar oldidagi o‘z shartnoma majburiyatlarini so‘zsiz bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga binoan korxonalarning faoliyati to‘g‘risidagi zarur axborotni konsern Kengashiga, konsern boshqaruviga taqdim etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern faoliyati to‘g‘risidagi texnologik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa xil ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. KONSERNNING MOL-MULKI VA MABLAG‘LARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Konsernning mol-mulki ustav jamg‘armasini hosil qiluvchi asosiy va oborot mablag‘lardan, shuningdek, konsernga biriktirib qo‘yilgan jamg‘armalardan va boshqa mol-mulklardan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Konsernga biriktirib qo‘yilgan mol-mulklar uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Konsern mablag‘lari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish badallaridan, maqsadli badallardan, pay badallaridan (badallarning miqdori konsern Kengashi tomonidan belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aksiyalar va boshqa qiymatli qog‘ozlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsern xo‘jalik faoliyati daromadlaridan, tashqi savdo va kredit a’mollaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, konsern tarkibiga kiradigan yoxud kirmaydigan korxonalar tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatlardan olinadigan daromadlardan shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Konsern tarkibidan chiqib ketgan korxonalarga kirish badallarini qaytarib berish shartnomada aytib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Konsern tarkibiga kirgan korxonalarning roziligi bilan ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirishning qo‘shma dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Konsern a’zolari bo‘lgan korxonalar ularga bog‘liq bo‘lmagan favqulodda holatlar (zilzila, yong‘in, suv toshqini, korxonalarning ixtiyoridan tashqari bo‘lgan va oqibatda ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan boshqa holatlar)ga tushib qolganlarida ularga yordam ko‘rsatish uchun konsernning zaxira jamg‘armasi shakllantiriladi, u korxonalarning daromadlari (sof foydasidan ajratmalar hisobiga tashkil topadi (ajratmalarning miqdori va ularni taqdim etishning davriyligi Kengash tomonidan belgilanadi). Zaxira jamg‘armasining mablag‘i daxlsizdir va u Kengash qaroriga ko‘ra qat’iy belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Konsern o‘z mol-mulkini sug‘urta qilishni va tavakkalchilik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII HISOB, HISOBOT VA NAZORAT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Konsern tezkor buxgalterlik va statistika hisobini yuritadi, ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Belgilangan tartibda xo‘jalik faoliyatining barcha turlari bo‘yicha hisobot taqdim etadi, hisobotlar va balanslarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Konsern O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq konsern tarkibiga kirgan davlat korxonalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks taftish qilishni amalga oshirishni ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Konsern amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishini, konsern a’zolarining takliflari, fuqarolarning ariza va shikoyatlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. KONSERN FAOLIYATINI TO‘XTATISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Konsernni tugatish Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Konsernning istalgan qatnashchisining a’zoligi, agar ushbu a’zoning faoliyati konsern maqsadlariga va vazifalariga mazkur Ustavga zid bo‘lsa, konsern Kengashining qarori bilan to‘xtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Konsernni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng konsern Kengashi tugatish komissiyasini saylaydi, komissiya bir oy muddat ichida konsern majburiyatlari bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkning tugatishdan keyin sarflanmagan qismi pay badallariga muvofiq konsernning sobiq a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-yil., 12-son, 38-modda)