20.04.2021 yildagi PF-6208-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoya va tashabbuslarini ragʻbatlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, bu borada olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qoʻshimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha quyidagi tartib joriy qilinsin, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-maydan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan 1-ilovaga muvofiq imtiyozlar taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha boʻlgan miqdori “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda professional taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki hafta muddatda oʻzi, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlari yoki eri (xotini) professional taʼlim muassasalarida taʼlim olishi uchun yoʻnaltiriladigan soliq toʻlovchining ish haqi va boshqa daromadlari summasini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-iyundan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar ajratiladi. Bunda, isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar boʻyicha foiz toʻlovlari Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha boʻlgan miqdori hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismi mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravaridan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. AT “Xalq banki”ning hududlarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularni biznesga tayyorlash, maslahat berish va bandligini taʼminlash maqsadida “Yuz ming tadbirkor xotin-qizlar” loyihasini amalga oshirish hamda loyiha doirasida quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, ixtisoslashuvi va boshqa xususiyatlarini inobatga olib, qiymati 33 million soʻmgacha boʻlgan tayyor biznes-rejalar bankini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttiz yoshgacha boʻlgan xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, mos yoʻnalishlar boʻyicha (oshpazlik, qandolatchilik, sartaroshlik va boshqalar) malakali mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va oʻquv treninglarni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilsin va uning daromadlarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari huzuridagi korxona, muassasa va tashkilotlar ixtiyorida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2021-yilda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonda yoshlar bandligiga koʻmaklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan qoʻshimcha ravishda 100 mlrd soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari talabalari turar joy oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplash uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning hisob-kitoblariga muvofiq Davlat budjetidan qoʻshimcha ravishda mablagʻlar ajratsin hamda kelgusi yil budjet parametrlarini shakllantirishda ushbu xarajatlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilansinki, 2021-yil 1-maydan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarni sektor, klaster va fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan patronajga olish tizimi joriy qilinadi. Bunda, sektor, klaster va fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga ajratilgan yer uchastkalarini oʻzlashtirish, agrotexnik tadbirlarni oʻtkazish, yerlar hosildorligini oshirish, yetishtirilgan mahsulotni realizatsiya qilish va boshqa masalalarda yordam koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Gʻaniyev), Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev), Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A.A. Xaitov) bir hafta muddatda urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun subsidiya olishga ehtiyoji bor yoshlarning roʻyxatini shakllantirsin va ularga subsidiya ajratish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Davlat budjetidan toʻlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini taʼminlash, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olish, fuqarolarga yuzaga kelgan muammolar toʻgʻrisida bevosita masʼul mansabdor shaxslarga xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida maxsus elektron platformani ishlab chiqsin hamda uning lozim darajada va uzluksiz ishlashi uchun zarur choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) 2021-yil 1-iyundan boshlab yoshlarning tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishi va bilimlarini oshirishga oid sifatli koʻrsatuv va kitoblar yaratishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan reytingi yuqori deb baholangan respublika miqyosidagi 3 ta telekanaldan tomoshabinlar uchun qulay boʻlgan paytni inobatga olib, efir vaqtini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznes yuritish va unda muvaffaqiyatga erishish yoʻllari boʻyicha sifatli videomahsulotlarning shartnoma asosida tayyorlanishini taʼminlash hamda ularni sotib olingan efir vaqtida namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga amaliy qoʻllanma sifatida foydalanish uchun biznes yuritish va unda muvaffaqiyatga erishish yoʻllari, tadbirkorlik faoliyati davomida yaxshi natijalarga erishish yoʻlidagi yutuq va xavf-xatarlar haqida ommabop kitoblarni nashr etishni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan tadbirlar Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) “Oʻzbekiston uchun 100 ta gʻoya” loyihasini tashkil etish va oʻtkazish hamda loyiha doirasida Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta tashabbus loyiha ofisi” nodavlat notijorat tashkilotiga — birinchi bosqichda 1 mlrd soʻm mablagʻlarni ikki hafta muddatda, keyingi bosqichlarda loyihaning smeta hujjatlariga koʻra, bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 2021-yil 1-iyundan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat oliy taʼlim muassasalariga 10 tagacha mahalla fuqarolar yigʻinlari biriktiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashaydigan uyushmagan yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish, shu jumladan ularni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik toʻgaraklariga jalb qilish choralari koʻriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar yotoqxonalarida, madaniyat markazlarida va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etish, ochiq davra suhbatlari va madaniy tadbirlar oʻtkazish amaliyoti joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) bilan birgalikda bir hafta muddatda respublikaning barcha tuman (shahar)larida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqib, 2021-yilda Davlat budjetining qoʻshimcha xarajatlarini hamda daromad yoʻqotishlarini qoplash maqsadida mos miqdorda Davlat budjeti xarajatlarini maqbullashtirish va qoʻshimcha daromadlar manbalari boʻyicha aniq takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Turizm va sport vazirligi (A.A. Abduxakimov) yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq filiallarini tashkil etish, markazlarda zamonaviy toʻgaraklarni ochish, ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sport zallari va maydonlarida toʻgaraklar ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozgi taʼtil davrida yoshlar oʻrtasida mahallalar, sektorlar va tumanlar miqyosida sport hamda harbiy vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur bandda koʻrsatilgan tadbirlar mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. 2021-yilning yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida eksperiment tariqasida madaniyat va sanʼat sohasi vakillari hamda musiqa fani oʻqituvchilariga quyidagilarni nazarda tutgan holda uy sharoitida yoshlar uchun musiqa toʻgaraklarini tashkil etishga ruxsat berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu toʻgaraklarni tashkil etgan shaxslar madaniyat markazlari tomonidan nota, musiqaga oid adabiyotlar bilan taʼminlanadi hamda ularga tashkiliy va uslubiy jihatdan yordam koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgaraklarda taʼlim olganlik uchun toʻlov mahalliy budjet mablagʻlari va oʻquvchilar tomonidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, toʻgaraklar tashkil etgan shaxslarning ish haqi toʻlovlari madaniyat markazlari uchun belgilangan miqdorlardagi badal toʻlovlari va yetmagan qismida mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Qashqadaryo viloyati hokimligi (Z.T. Mirzayev) bilan birgalikda ushbu tajribaning Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilishini tashkil etsin hamda uning samaradorligidan kelib chiqib respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish boʻyicha 2021-yil 31-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrining jinoyatchilik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan tuman va mahallalarida yoshlar bilan ishlashning “namunali tajriba”sini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin. Bunda, quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyasi ogʻir yoshlarni aniqlash, ular bilan yaqindan ishlash, ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish, yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oila farzandlari, nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar, gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga moyilligi boʻlgan va profilaktik hisobda turgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar bilan individual ishlash, tashabbuskor va islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi yosh kadrlar zaxirasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) “namunali tajriba” natijalaridan kelib chiqib uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining qolgan barcha tumanlarida tatbiq etilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi toʻgʻrisida 2021-yilning 1-sentabr va 31-dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 20-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6208-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishchilar soni

Davlat mulki obyektining imtiyoz qoʻllaniladigan eng koʻp maydoni

Toshkent shahar (kv. m)

Nukus shahar va viloyat markazlari (kv. m)

Tuman markazlari (kv. m)

Boshqa hududlar (kv. m)

I. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara toʻlovlarini 50 foiz miqdorida toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha

5 ta

60

80

100

120

6 dan — 9 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

200

240

280

300

20 va undan ortiq

250

280

300

320

II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan, davlat mulki obyektlari uchun ijara haqi toʻlovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari boʻyicha**

10 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

140

160

180

200

20 dan — 29 gacha

180

200

220

240

30 va undan ortiq

220

240

260

280

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar koeffitsiyenti Toshkent shahar, Nukus shahar va viloyat markazlari hamda boshqa hududlar boʻyicha tegishlicha hududiy zona koeffitsiyenti eng yuqori boʻlgan obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi oqibatida mazkur ilovada belgilangan meʼyor buzilgan taqdirda, joriy oyning keyingi oyidan boshlab belgilangan meʼyorga muvofiq imtiyoz qoʻllaniladi yoki bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan bir nechta yosh tadbirkorlik subyektlari bitta davlat mulkini ijaraga olish istagini bildirgan taqdirda, imtiyoz xodimlar umumiy soni tarkibida “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlar soni koʻp boʻlgan tadbirkorlik subyektiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara toʻlovlaridan imtiyozga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu roʻyxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu roʻyxatda belgilangan maydonga nisbatan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam maydondan foydalanganda, haqiqatda foydalangan maydonga nisbatan imtiyoz qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp maydonidan foydalanganda, imtiyoz faqat belgilangan maydon uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Istisno tariqasida elektron savdolarini oʻtkazmasdan ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish va bandligiga koʻmaklashishga qaratilgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul vazirlik va idoralar

1.

2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan toʻliq qaytarib berilishini joriy etish.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarishini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratilishini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha boʻlgan miqdorini “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtgan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda professional taʼlim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

5.

“Bir million dasturchi” lo�ihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʼmol kreditlari ajratish (foiz toʻlovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimini yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

AT “Xalq banki” (Salamov),

AT “Aloqa bank” (Irisbekova),

“Mikrokreditbank” ATB (Boʻtayev)

6.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha boʻlgan miqdori hamda ular boʻyicha milliy s�rtifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov),

Davlat test markazi (Karimov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

7.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplash tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Mudofaa vazirligi (Kurbonov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida oʻqitish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha boʻlgan qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan har bir talabasi tomonidan toʻlanadigan turar joyning oylik ijara toʻlovlarini tegishli qismini qoplab berish tizimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur boʻlsa, normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev)

10.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xoʻjaligi faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmalari hisobidan urugʻliklar va koʻchatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamgʻarmalari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tartibni belgilash. Bunda:

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;

“Yoshlar daftari”dan yoshlarni chiqarish tartibi kabi masalalarni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

“Yoshlar daftari” elektron platformasini yaratish va uni amaliyotga toʻliq joriy etish.

Ushbu platforma orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oid zarur maʼlumotlarni belgilangan tartibda yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Elektron platformadan foydalanish joriy qilingunga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar haqida maʼlumotni Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimi tomonidan berish amaliyotini vaqtincha joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

13.

Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Ushbu Jamgʻarma daromadlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

14.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida repetitorlik faoliyatini olib boradigan fuqarolarga, ushbu faoliyatni sinf xonalarida (uydan tashqarida) koʻrsatish huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-avgust

-

Davlat test markazi (Karimov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),

Davlat soliq qoʻmitasi (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov)

15.

Maʼmurjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil oktyabr-noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Yosh tadbirkorlar oʻrtasida tajriba almashish, hamkorlik oʻrnatish va kooperatsiya jarayonlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida:

Namangan viloyatida “Toʻqimachilik sohasi ilgʻor yosh tadbirkorlari forumi”;

Buxoro viloyatida “Turizm sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Fargʻona viloyatida “Qishloq xoʻjaligi sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Qashqadaryo viloyatida “Chorvachilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent viloyatida “Asalarichilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent shahrida “Sanoat ishlab chiqarish sohasi yosh tadbirkorlari forumi”ni tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Ijrochilar mablagʻlari va mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev),

tegishli vazirlik va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari shakli oʻzgartirilishi va ular birlashtirilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 06/21/6208/0357-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)