1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
|
I. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish | ||||||
|
1. |
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining (keyingi oʻrinlarda — Filial) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
1. Filial ustavining loyihasini ishlab chiqish. 2. Ustavni belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2021-yil iyun |
— |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
2. |
Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash. |
1. Filialning shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi loyihalarini ishlab chiqish. 2. Shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash. |
2021-yil avgust |
— |
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
II. Filialda taʼlim dasturlari doirasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||||
|
3. |
Filialni yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida professor-oʻqituvchilar va xodimlar tarkibini shakllantirish hamda ishga qabul qilish jarayonini tanlov asosida tashkil etish. |
1. Yuqori malakali professor-oʻqituvchi va xodimlarni ishga jalb qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish. 2. Musiqa sanʼatining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, professor-oʻqituvchilar va xodimlar tarkibini tanlov asosida shakllantirish. |
2021-yil avgust |
— |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
4. |
Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali mexanizmini joriy etish. |
1. Direktor va uning oʻrinbosarlari, fakultetlar, kafedralar rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish hamda ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 2. Filial boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish, ularni maqsadli oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
— |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
5. |
Filialda mahorat darslari va maxsus mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining yuqori malakali olimlari va sanʼat arboblarini taklif etish. |
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda yetakchi turdosh xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va tajribali mutaxassislarning mahorat darslarini tajriba almashish maqsadida tashkil etish. 2. Konferensiya va ilmiy seminarlarga hamda ilmiy ishlar muhokamalariga malakali olimlar va sanʼat arboblarini taklif etish. |
doimiy |
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
6. |
Filial, ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat, bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatidagi oʻzaro integratsiyani taʼminlash. |
1. Filial, ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat, bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatida uzviylik, uzluksizlik, kadrlar tayyorlashdagi fanlararo aloqadorlikni taʼminlash. 2. Hamkorlikda konsert dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, mahorat darslarini tashkil qilish. |
2021/2022 oʻquvyilidanboshlab |
— |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
7. |
Filialni tegishli darslik, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash. |
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha cholgʻular hamda oʻquv-metodik adabiyotlarni xatlovdan oʻt�azish. 2. Xatlov natijasiga koʻra aniqlangan talabdan kelib chiqib, oʻquv-metodik adabiyotlarni xarid qilish va chop etish uchun zarur mablagʻlar ajratish. 3. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va nashr etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
III. Filialda taʼlim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash va oʻqitishning ilgʻor usullarini joriy etish | ||||||
|
8. |
Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish. |
1. Etakchi xorijiy taʼlim muassasalarining zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanish tajribasini oʻrganish. |
2021/2022oʻquvyilidavomida |
Madaniyatvasanʼatnirivojlantirishjamgʻarmasimablagʻlari,homiylikxayriyalari |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
2. Pedagoglar tomonidan oʻquv jarayoni uchun samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar taqdimoti va muhokamalarini oʻtkazish. |
2022-yil mart-aprel |
|||||
|
3. Muvaffaqiyatli taʼlim innovatsiyalarini ragʻbatlantirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllaydigan pedagoglarni kelgusida professor-oʻqituvchilar tarkibida olib qolish choralarini koʻrish. |
2022/2023 oʻquv yilida |
|||||
|
9. |
Iqtidorli yosh musiqashunos va sanʼatshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish hamda ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda ishtirokini taʼminlash. |
1. Iqtidorli yosh musiqashunos va sanʼatshunos olimlar orasidan nomzodlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish. 2. Musiqashunos va sanʼatshunos olimlarni xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-ijodiy tajriba almashish maqsadida xizmat safarlariga yuborish. 3. Ularning xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. |
2021/2022 oʻquv yili davomida |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
10. |
Filialni tegishli darslik, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash. |
1. Filialda tegishli darslik, oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy-metodik adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Aniqlangan talabdan kelib chiqib, oʻquv-metodik adabiyotlarni xarid qilish va chop etish uchun zarur mablagʻlar ajratish. 3. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va nashr etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab muntazam |
Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
IV. Filialning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va samarali faoliyat �oʻrsatishini taʼminlash | ||||||
|
11. |
Filialni musiqa cholgʻulari, mebel jihozlari, zarur uskunalar va ovoz yozish studiyasi anjomlari bilan taʼminlash. |
1. Filialga zarur boʻlgan musiqa cholgʻulari, mebel jihozlari, uskunalar hamda ovoz yozish studiyasi va boshqa anjomlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda mazkur anjomlarni xarid qilish. |
2021-yil iyul |
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
12. |
Filialni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash. |
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash. 2. Ehtiyojdan kelib chiqib, Filialni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash. |
2021-yil sentyabr |
Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
|
13. |
Filialda jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy axborot-resurs markazini tashkil etish. |
1. Axborot-resurs markazini oʻquv va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash. 2. Axborot-resur� markazida kompleks elektron xizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish. 3. Veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslari elektron katalogini yaratish. |
2022-yil dekabr |
Filialga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar |
Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
|
2-ILOVA