03.04.2021 yildagi 179-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil qilish;
(1-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi funksiyalarni joriy etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlaridan foydalanishda koʻp soʻraladigan savollar toʻgʻrisida maʼlumot berish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan arizalarni qabul qilish va murojaat qiluvchilarga onlayn-konsultatsiyalar va tegishli tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralar bilan murojaatlar va boshqa masalalar yuzasidan tezkor aloqa qilish raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarni, shu jumladan, nodavlat tashkilotlarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash tartibi toʻgʻrisidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlar va shakllarning namunalarini, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy javoblarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha, sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat va oilaviy munosabatlar, uy-joy kommunal xizmatlari va soliq sohasiga oid xizmatlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan boshqa muhim hayot sohalariga daxldor batafsil maʼlumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibi, shuningdek, mavjud imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar uchun respublika hududlaridagi investitsiya muhitining xususiyatlari, shuningdek, investitsiya uchun qulay boʻlgan sohalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻp qoʻllanadigan xorijiy tillarda shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlariga huquqiy masalalar boʻyicha bepul maslahat va tushuntirishlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning kundalik hayotini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari va davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlarining huquqiy masalalar boʻyicha murojaatlarini tahlil qilish, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga, tadbirkorlik subyektlariga va nodavlat notijorat tashkilotlarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning YIDXPda muntazam yangilab borilishini va maʼlumotlar dolzarbligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rasmiy tushuntirishlarini joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlaridan murojaatlarni qabul qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish va zarur hollarda ularni tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga yoʻnaltirish.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining turli ijtimoiy qatlamlari tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammolarni aniqlash va ilmiy tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari respublikaning barcha hududlariga kirib borish holatini tahlil qilish va hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talabini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida undiriladigan toʻlovlarning maqbulligini doimiy tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli tahlillar (murojaatlardagi masalalar, xorijiy tajriba implementatsiyasi, davlat xizmatlari markazlarida tashkil yetiladigan gʻoyalar akseleratorlaridan maʼlumotlar) asosida davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida qonunchilikni manzilli takomillashtirish boʻyicha takliflar va normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari va biznes jarayonlari reinjiniringi sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlar bilan doimiy hamkorlik olib borish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlaydi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha rasmiy tushuntirish olish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlariga Markaz tomonidan yuborilgan soʻrovlar yetti ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish doirasida fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlarini jalb qilishga haqlidir;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra Adliya vazirligi markaziy apparati boshqarma boshligʻiga, xodimlari tegishlicha markaziy apparat xodimlariga tenglashtiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda YIDXP faoliyati doirasida quyidagi imkoniyatlarni joriy etsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YIDXPdan foydalanuvchilar uchun ularni qiziqtirgan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotni shakllantirish va taqdim etish, koʻp soʻraladigan savollarga javoblar, shuningdek, davlat xizmatlariga murojaatlarni qabul qilish va ularga onlayn-maslahat berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan YIDXPga ushbu qarorning 1-bandi “b” kichik bandi hamda 2-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni toʻgʻridan toʻgʻri kiritilishi va yangilab borilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2021-yil 1-iyunga qadar davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, koʻp beriladigan savollarga javoblar, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi boshqa muhim masalalar boʻyicha maʼlumotlar YIDXPda joylashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini tashkil etilishini, uning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini, shuningdek, Markaz malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻngʻiroqlar orqali tushgan murojaatlarni tegishli idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga yoʻnaltirish imkoniyatiga ega boʻlgan Yagona davlat xizmatlari koʻrsatish axborot-aloqa markazi faoliyatini tashkil etish choralari koʻrilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) yagona reyestri shakllantirilishi va doimiy yangilab borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar doimiy ravishda quyidagilarni taʼminlab borsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga YIDXPdan davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, koʻp soʻraladigan savollarga javoblarni, shuningdek, oʻz funksional vazifalari doirasida boshqa mavjud maʼlumotlarni olish va yangilashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga aholi va tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar toʻgʻrisida, shu jumladan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar olish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, tegishli hujjatlar namunalarini taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi orqali murojaatlarni qabul qilish va qoʻrib chiqish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlari koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlari koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida oʻzlarining idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq oʻzlarining aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi har chorakda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyati monitoringini olib borishni hamda monitoring natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 3-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 179-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi orqali murojaatlarni qabul qilish va qoʻrib chiqish
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

I. Davlat xizmatlari bilan bogʻliq murojaatlarni qabul qilish tartibi

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

Davlat xizmatlariga oid masala yuzasidan qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish.

Ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar

2-bosqich

Operator

1) Oʻzini tanishtirib zarur maʼlumotlarni maʼlum qilish;

2) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanish boʻyicha interfaol tarzda tushuntirish berish.

20 daqiqa ichida

Murojaat qiluvchi

Operatorning onlayn tushuntirishi davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatidan foydalanish.

Zaruratga koʻra

Operator

Murojaatga darhol javob berish imkoni boʻlmaganda, murojaatni yozib olish va ikki kun muddatda batafsil (ogʻzaki yoki yozma) javob berish.

2 ish kuni davomida

II. Davlat xizmatlari bilan bogʻliq boʻlmagan murojaatlarni qabul qilish tartibi

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

Davlat xizmatlaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlmagan masala yuzasidan qoʻngʻiroq qilish.

Ish kunlari soat 9.00 dan 18.00 ga qadar

2-bosqich

Operator

Davlat organlari va tashkilotlarining aloqa xizmatlari (ishonch telefoni) yagona bazasidan murojaatdagi masala yuzasidan vakolatli boʻlgan davlat organi yoki tashkilotining aloqa xizmatlari (ishonch telefoni) bilan darhol ulab berish.

10 daqiqa ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Davlat xizmatlari agentligi ushbu sxemaga Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 179-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Namunaviy nizom davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish, ularning ishlash tartibi, ular orqali jismoniy va yuridik shaxslardan tushadigan murojaatlarni qabul qilish, rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) — davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish, ularga javob berish xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda buning uchun zarur boʻlgan tashkiliy, texnik, boshqa moddiy resurslarga boʻlgan va xodimlari mavjud boʻlgan tashkilot yoki boʻlinma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish davomiyligi 20 daqiqadan oshmasligi lozim. Mazkur muddat tugagandan keyin murojaat avtomatik tarzda aloqa tarmogʻidan uziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, ichki reglamentlar, buyruqlar, shuningdek, axborotga oid hamkorlik qilish reglamentlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) tegishli davlat organlari va tashkilotlarining tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) xizmatlarini koʻrsatish vazifalari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ham tashkil qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) ishi quyidagi rejimda tashkil etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24 soat mobaynida tunu kun faoliyat olib boradigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dushanba — juma kunlari (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan soat13.00 gacha va soat 14.00 dan soat 18.00 gacha faoliyat olib boradigan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqib tegishli idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning ish rejimi mazkur davlat organi yoki tashkilotining rahbari tomonidan alohida belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali murojaatlar butun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan qoʻngʻiroq qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Davlat organlari tomonidan qoʻshimcha telefon raqamlari joriy etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) raqamlari tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi va majburiy tarzda ularning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ni tashkil qilishning maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) quyidagi maqsadda tashkil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarni taqdim etish bilan bogʻliq axborotdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumot olish va kerakli hujjatlarni tayyorlash jarayonini tezlashtirish hisobiga aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanishga sarflanadigan vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni qayta ishlash yagona markazini tashkil qilish hisobiga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatchilarga davlat xizmatlarini taqdim etish hamda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati toʻgʻrisida, davlat xizmatlari boʻyicha maslahat berish va soʻrovlarni qayta ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq murojaat qiluvchilarga davlat xizmatining holati va ularga davlat xizmatini koʻrsatish natijalari haqidagi axborotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini taqdim etish sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish maqsadida qabul qilingan murojaatlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qiluvchilarning davlat xizmatlarini taqdim etish boʻyicha soʻrovlarini boshqa idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga yoʻnaltirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) oʻziga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat qiluvchilarni mazkur Namunaviy nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan axborot tarkibida davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi, shu jumladan, davlat xizmatlari koʻrsatish muddatlari, xizmatlardan foydalanish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar, shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan holatlarda soʻzlashuvlarni (va boshqa bajarilgan tranzaksiyalarni) yozish, murojaatlarni identifikatsiyalash mexanizmlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni yoʻnaltirish (navbatni tashkil qilish, turli identifikatsiyalovchi belgilar boʻyicha yoʻnaltirish);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan murojaatlar boʻyicha mazkur Namunaviy nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq statistik va tahliliy hisobotlarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatorlarning ish sifatini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Idoraviy aloqa markazlarining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Idoraviy aloqa markazlari tuzilmasi va shtat roʻyxati boʻyicha xodimlari tarkibi boʻysunuvida boʻlgan davlat organi yoki tashkilotining rahbari bilan kelishuv asosida idoraviy aloqa markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoraviy aloqa markazining tuzilmasi, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, idoraviy aloqa markazi uchun namunaviy hisoblanadi va oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) idoraviy aloqa markazi rahbari — idoraviy aloqa markazi boʻlinmalarining oʻzaro ishlashini, oʻz vakolatlari doirasida idoraviy aloqa markazi maqsadlarining amalga oshirilishini, uni joylashtirish va xizmat koʻrsatish talablari bajarilishini, shuningdek koʻp beriladigan savollar roʻyxatini har oyda shakllantirilishini va tashkilot rahbaridan tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) idoraviy aloqa markazi operatorlari guruhi — qonunchilik hujjatlari, mazkur Namunaviy nizomga muvofiq hamda xizmatlar pasportidagi davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi mavjud axborotga muvofiq murojaat qiluvchilarga xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat qiluvchilar bilan oʻzaro ishlashda idoraviy aloqa markazi operatorlari kerakli axborotni taqdim etadi yoki murojaatni vakolatli davlat organlari yoki tashkilotlariga yoʻnaltiradi. Idoraviy aloqa markazining ishlash samaradorligini oshirish uchun bir nechta operatorlar guruhlari shakllantirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazida 10 nafardan ortiq operatorlar ishlaganda idoraviy aloqa markazi operatorlari guruhi tuziladi. Bitta guruh tarkibiga 10 nafardan koʻp boʻlmagan operatorlar kiradi. Operatorlar guruhlarining soni yuklama hajmidan kelib chiqib idoraviy aloqa markazi rahbari tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazi operatorlari guruhiga idoraviy aloqa markazi operatorlari va bosh operatori kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazi bosh operatori — Idoraviy aloqa markazi operatorlari guruhining ishiga rahbarlik qiladi va ularning ish sifati uchun javobgar boʻladi. Idoraviy aloqa markazi bosh operatori guruhdagi har bir operatorning bevosita rahbari hisoblanadi va ularni oʻqitish, malakasini oshirish va boshqa maʼmuriy masalalar bevosita bosh operator tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sifat nazorati boʻyicha menejer — Idoraviy aloqa markazi operatorlarining murojaat qiluvchilar bilan aloqa qilishining kundalik monitoringini olib borish va ish sifati toʻgʻrisidagi tahliliy hisobotlar tayyorlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazi davlat organi yoki tashkilotining tarkibida boʻlsa, sifat nazorati boʻyicha menejer funksiyalari mazkur davlat organi yoki tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) texnik xizmat koʻrsatish guruhi — telefon tarmoqlari, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari ishlashining texnik qoʻllab-quvvatlanishini, shuningdek, idoraviy aloqa markazi uchun uskunalarni maʼmuriy boshqarish, tegishli axborot tizimlarini ishchi holatda saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiradi. Shuningdek, texnik xizmat koʻrsatish guruhi axborot xavfsizligini taʼminlash, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organi yoki tashkilotining tarkibidagi idoraviy aloqa markazi texnik xizmat koʻrsatish guruhi funksiyalari mazkur davlat organi yoki tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) idoraviy aloqa markazini moddiy-texnika va kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmalari — idoraviy aloqa markazining tashkiliy tuzilmasiga taʼminlovchi boʻlinmalar (buxgalteriya, kadrlar boʻlimi, texnik xizmat koʻrsatish boʻlimi) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu boʻlinmalarning tuzilmasi va tarkibi idoraviy aloqa markazining tashkiliy-huquqiy shakliga qarab belgilanadi. Idoraviy aloqa markazi davlat organi va tashkilotining tarkibida boʻlsa, buxgalteriya funksiyalari, xodimlarni hisobga olish, xodimlarni tanlash va boshqa taʼminlovchi funksiyalar mazkur davlat organi yoki tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat organi yoki tashkilotining idoraviy aloqa markazi xizmatlari fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida autsorsing tartibida tashqi ijrochi tomonidan koʻrsatilsa, mazkur Namunaviy nizom bilan belgilangan idoraviy aloqa markazining tashkiliy tuzilmasiga hamda xizmatlarni koʻrsatish talablariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoraviy aloqa markazi boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom idoraviy aloqa markazi rahbari tomonidan tasdiqlanadi, boʻlinmalar xodimlari oʻrtasida xizmat vazifalari va majburiyatlarni taqsimlash tegishli guruhlar rahbarlari tomonidan idoraviy aloqa markazi rahbari bilan kelishgan holda ularning funksional vazifasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Idoraviy aloqa markazi (ishonch telefonlari) faoliyatini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoraviy aloqa markazi va ishonch telefonlari faoliyatini nazorat qilish idoraviy mansub davlat organi yoki tashkiloti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoraviy aloqa markazi va ishonch telefonlari faoliyatini nazorat qilish idoraviy aloqa markazi va ishonch telefonlariga tushgan murojaatlar hisoboti (2-ilova) va boshqa maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Idoraviy aloqa markazi (ishonch telefonlari)ning avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash va hisobotini yuritish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi quyidagi asosiy quyi tizimlarga ega boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻngʻiroqlarni qabul qilish va qoʻngʻiroqlarni boshqa raqamga yoʻnaltirish, bir vaqtning oʻzida bir nechta qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash, kiruvchi qoʻngʻiroqlar va xizmat koʻrsatishning asosiy parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish va saqlash uchun moʻljallangan qoʻngʻiroqlarni qayta ishlash quyi tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tushgan murojaatlarni mavzusi boʻyicha roʻyxatga olish, murojaatlarni tegishli davlat organi va tashkilotining mutaxassislariga yuborish, murojaatlar holatini kuzatib borish va zarur hisobotlarni shakllantirish uchun moʻljallangan murojaatlarni roʻyxatga olish quyi tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlar operatorlar tomonidan boshqarilishi uchun elektron ssenariylarni oʻz ichiga olgan hamda tez-tez beriladigan savollarga javoblar roʻyxatini oʻz ichiga olgan bilimlar bazasi quyi tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborotni qayta ishlash va telefon xizmatlarini koʻrsatish markazlari tomonidan xizmatlar taqdim etish sifatini nazorat qilish imkoniyati uchun moʻljallangan monitoring va nazorat quyi tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlarining boshqa axborot tizimi bilan oʻzaro idoralararo elektron hamkorlik qilish hamda axborotni himoya qilish uchun moʻljallangan elektron hamkorlik va axborot xavfsizligini taʼminlash quyi tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Idoraviy aloqa markazining avtomatlashtirilgan axborot tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi bilan ushbu Namunaviy nizomning 18-bandida koʻrsatilgan quyi tizimlar mavjudligi yuzasidan kelishilgan holda joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali tushayotgan murojaatlarni toʻplash va umumlashtirish uchun telefon soʻzlashuvlarini yozish funksiyasi bilan jihozlangan telefon apparatlaridan yoki tegishli avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalaniladi. Telefon soʻzlashuvlari kamida ikki oy mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlarining matni avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantiriladi va kamida ikki yil mobaynida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali 3-ilovada keltirilgan sxemaga koʻra jismoniy va yuridik shaxslarning quyidagi murojaatlari qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalar — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takliflar — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatlar — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali telefon qoʻngʻiroqlariga javob berishda qoʻngʻiroqni qabul qiluvchi masʼul operator:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzini tanishtirishi (oʻz familiyasi, ismi, lavozimi yoki shaxsiy raqamini aytishi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp beriladigan savollar roʻyxatidagi savol berilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazmasdan oʻzi javob berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻngʻiroq qilgan shaxsga uning arizalari, takliflari va shikoyatlarini qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek, qasddan yolgʻon maʼlumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻlishini maʼlum qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

qoʻngʻiroq qilgan shaxsga ushbu Namunaviy nizomning 24-bandida koʻrsatilgan axborot va maʼlumotlarni maʼlum qilishni taklif etishi;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar bilan telefon orqali suhbatlashganda muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga rioya etgan hamda savollarga aniq, qonunchilik doirasida javob bergan holda xushmuomalalik bilan muloqot olib borishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali murojaat qilishda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, oʻzlari vakil sifatida manfaatlarini ifodalayotgan tadbirkorlik subyektining nomini, javob yuboriladigan pochta manzilini, qayta bogʻlanish uchun telefon raqamini maʼlum qilishi, shuningdek, murojaatning mohiyati va mazmunini bayon qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qoʻngʻiroq qiluvchi shaxsdan murojaat qilish mavzusiga tegishli boʻlmagan maʼlumotlarning soʻralishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali tushgan murojaatlar davlat organlarining masʼul xodimlari tomonidan umumlashtirilib, ijro intizomini nazorat qilish tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi va koʻrib chiqish uchun tegishli davlat organi rahbariyatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Namunaviy nizomning 24-bandida koʻrsatilgan axborot va maʼlumotlar taqdim etilmagan murojaatlar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi va koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qabul qilingan murojaatni koʻrib chiqish uchun davlat organi rahbariyati bir ish kuni mobaynida tegishli tarkibiy boʻlinmani belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali tushgan murojaatlar uni qabul qilgan davlat organi tomonidan koʻrib chiqiladi, hududiy tegishliligi boʻyicha koʻriladigan murojaatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda murojaatda koʻrsatilgan holat murojaat qiluvchini jalb etgan holda joyning oʻziga chiqib oʻrganilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan hollarda ushbu aniqlangan qonun buzilishlari, ularning sabablari va qonun buzilishiga olib kelayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Davlat organlarining zimmasiga murojaatlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklangan masʼul xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar tushgan taqdirda, bunday murojaatlarning mazkur shaxslarning bevosita oʻzi koʻrib chiqishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali koʻrib chiqilishi davlat organlarining vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha murojaatlar tushgan taqdirda, davlat organlarining masʼul xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tushuntirish beriladi va tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Murojaatlarni koʻrib chiqish “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Murojaatni koʻrib chiqqan davlat organi yoki tashkiloti murojaat muallifiga koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida yozma shaklda xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Murojaat muallifiga berilgan yozma javobning nusxasi davlat organlarida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Davlat organlari va tashkilotlari jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelayotgan sabablarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida belgilangan tartibda arizalar, takliflar va shikoyatlar hisobotini yuritadi, ularni umumlashtirib, tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlar boʻyicha statistik maʼlumotlarni davlat organlarining rasmiy veb-saytida joylashtirish davlat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga doir talabga rioya qilgan holda haftalik asosda taʼminlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali olingan axborot bilan ishlovchi shaxslar olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga doir talabga rioya qilinishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq shaxsan javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga

1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) tomonidan beriladigan davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Axborot tarkibi

1.

Davlat xizmatini koʻrsatish shartlari

2.

Davlat xizmatini koʻrsatishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari

3.

Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi

4.

Davlat xizmatini koʻrsatish natijasi

5.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddatlari

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish narxi

7.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan hujjatlar

8.

Davlat organi yoki tashkilotining harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi va tartibi

9.

Davlat xizmatini taqdim etuvchi davlat organi yoki tashkilotining manzili, telefonlari (shu jumladan, ishonch telefoni), ish rejimi

10.

Davlat xizmatini koʻrsatishning holati va natijalari toʻgʻrisida axborot

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga tushgan murojaatlar boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sana

Liniyaga kelib tushgan qoʻngʻiroqlar

(birlik)

Qabul qilingan qoʻngʻiroqlar

(birlik)

Oʻtkazib yuborilgan qoʻngʻiroqlar

(birlik)

Suhbatning umumiy davomiyligi

(daq. sek.)

Suhbatning oʻrtacha davomiyligi

(daq. sek.)

Chiquvchi qoʻngʻiroqlar

birlik)

__.__.__

______

______

______

______

______

______

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Maʼlumotlar operatorlar, vaqt, kunlar boʻyicha keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga

3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari) orqali murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Murojaat qiluvchi

1) Idoraviy aloqa markazlari (ishonch telefonlari)ga qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish.

2) Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi orqali qoʻngʻiroq qilib murojaat qilish.

Ehtiyojga koʻra

2-bosqich

Operator

1) Oʻzini tanishtirib zarur maʼlumotlarni maʼlum qilish;

2) Murojaat bilan ishlash:

a) koʻp beriladigan savollar roʻyxatidagi savol berilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazmasdan oʻzi javob berish;

b) murojaatni ijro intizomini nazorat qilish tizimida roʻyxatdan oʻtkazish va koʻrib chiqish uchun davlat organi rahbariyatiga kiritish;

v) vakolatiga kirmaydigan masala boʻlsa, tegishli vakolatli organga murojaat qilishni maslahat berish.

Bir ish kuni mobaynida

3-bosqich

Davlat organi rahbariyati

Murojaatni koʻrib chiqishga masʼul tarkibiy boʻlinmani belgilash.

Bir ish kuni mobaynida

4-bosqich

Davlat organi masʼul tarkibiy boʻlinmasi

1) Murojaatni qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish;

2) Zarur hollarda murojaat qiluvchini jalb qilgan holda joyining oʻziga chiqib murojaatni oʻrganish;

3) Murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha yozma xat yoki tegishli qaror loyihasini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish.

Qonunchilikda belgilangan muddatda

5-bosqich

Davlat organi rahbariyati

Murojaatni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qilish va murojaat qiluvchini yozma shaklda xabardor qilish.

Bir ish kuni mobaynida

6-bosqich

Operator yoki belgilangan masʼul xodim

1) Murojaat koʻrib chiqilganligi holatini ijro intizomini nazorat qilish tizimida qayd etish va nazoratdan yechish;

2) Statistik maʼlumotlarni veb-saytga joylashtirib borish.

Bir ish kuni mobaynida

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/179/0277-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)