26.03.2021 yildagi PQ-5040-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh gʻoyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning samaradorligiga toʻsiq boʻlayotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yoʻnalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavjud muammolarni hal etish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarasi va taʼsirchanligini oshirish, koʻlami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oila, taʼlim tashkilotlari va mahallalarda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
targʻibot-tashviqot va tarbiya yoʻnalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha boʻyicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga masʼuliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanish madaniyatini oshirish, gʻoyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va sanʼatning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam oʻrganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali gʻoyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qoʻshimcha vazifalari etib belgilanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid boʻlgan zararli gʻoyalar va maʼnaviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga taʼsirini oʻrganib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarimiz ongiga salbiy taʼsir etuvchi, ularni gʻoyaviy jihatdan qaram etishga yoʻnaltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va oʻz mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va taʼsirchan targʻibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani oʻrganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼnaviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) targʻibot-tashviqot yoʻnalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy gʻoya targʻiboti, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohalar va hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan targʻibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bagʻrikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markazning maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilgʻor fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni toʻplash, tayyorlash va tarqatish maqsadida “oyina.uz” elektron portalini tashkil etish tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portal faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Markazga qoʻshimcha 15 ta shtat birligi ajratilsin va uning tuzilmasida Raqamli targʻibot boʻlimi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda portalni ishga tushirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga qoʻshimcha 2 tadan, tuman (shahar) boʻlinmalariga aholi soni 200 mingdan ortiq boʻlganda 2 tadan, 200 mingdan kam boʻlgan taqdirda esa 1 tadan qoʻshimcha shtat birliklari ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur shtat birliklari mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasi negizida Markaz huzurida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tafakkur” va “Maʼnaviy hayot” jurnallari hamda “Maʼnaviyat” nashriyotini Markaz tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maʼnaviyat” nashriyoti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi hisobidan bir oy muddatda 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari namunaviy tuzilmalari 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalarining namunaviy tuzilmalari 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Taʼlim tashkilotlarida madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir umumtaʼlim muassasasida joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021-yil 1-apreldan boshlab davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumtaʼlim muassasasi oliy maʼlumotli oʻqituvchisi uchun oʻrnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qatʼi nazar, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy taʼlim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash boʻyicha birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) lavozimi qisqartiriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etishning manzilli roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur maskanlar yangi qurilishlar orqali yoki boʻsh turgan binolarda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan tashkil etilishi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tizimining tegishli taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga bakalavriat bosqichida “Maʼnaviyatshunoslik”, magistratura bosqichida “Kasbiy maʼnaviyat” fanlari kiritilishini hamda magistratura taʼlim bosqichida “PR-menejer” mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanishini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz bilan birgalikda ikki oy muddatda milliy gʻoya targʻiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yoʻnalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni shakllantirsin va belgilangan tartibda moliyalashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toshkent shahar hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, “Maʼnaviy hayot” va “Tafakkur” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, uning ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishga shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.M. Kenjayev belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 26-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5040-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Sh.M. Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Respublika kengashi raisi

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

Z.Sh. Nizomiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

B.A. Musayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari

D.M. Kenjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

A.A. Azizov

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

N.T. Yoʻldoshev

Bosh prokuror

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

A.X. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri

R.K. Davletov

adliya vaziri

A.X. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh.X. Shermatov

xalq taʼlimi vaziri

A.V. Shin

maktabgacha taʼlim vaziri

A.M. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

I.Yu. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

R.S. Mamatov

mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

A.B. Nuriddinov

Badiiy akademiya raisi

M.B. Azimov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

A.T. Axmedov

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

R.D. Kurbanov

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori

F.F. Abduholiqov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

A.K. Koʻchimov

Milliy axborot agentligi bosh direktori

A.Sh. Bekmurodov

Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori

Sh.Sh. Minovarov

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

Q.M. Rafikov

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

S. Turdiyev

“Nuroniy” fondi raisi

M.M. Xojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Respublika kengashi masʼul kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

Vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari

Tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Yordamchi

1

 

Rahbarning birinchi oʻrinbosari

1

Rahbar oʻrinbosari

1

Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchi

1

“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati

Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy targʻibot boʻlimi

3

Multimedia studiyasi

10

 

Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi

1

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi

Raqamli targʻibot boʻlimi

15

Hududlar, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi

4

Axborot-tahlil va ijro nazorati boʻlimi

5

“Tafakkur”, “Maʼnaviy hayot “, “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Maʼnaviyat” nashriyoti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimi

3

Taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻlimi

4

Kadrlar boʻlimi

2

Tarjima boʻlimi

3

Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti

Ishlar boshqarmasi

2

Mahalla va jamoat tashkilotlari bilan ishlash boʻlimi

3

Xalqaro aloqalar boʻlimi

1

Moliya-iqtisod boʻlimi

3

Harbiy vatanparvarlik boʻlimi

3

Yuriskonsult

1

Madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlar bilan ishlash boʻlimi

4

Birinchi boʻlim

1

Devonxona

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 75 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

4-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boʻlim rahbari

Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini monitoring qilish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh buxgalter

1

Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassis*

1

Kadrlar va aholi murojaatlari boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Hududiy boʻlimlar xodimlarining cheklangan soni — 80 nafar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* yetakchi mutaxassis lavozimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Fargʻona, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar boʻlimlarida joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

5-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlinmalari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Boʻlinma rahbari

Targʻibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy

ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassis*

1

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*aholi soni 200 mingdan oshgan tuman (shahar) boʻlinmalarida joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

6-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman (shahar)lari hamda barcha vazirlik va idoralar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida anʼanaviy tarzda “Eng namunali tuman”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali muassasa” tanlovlarini tashkil etish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida tashkiliy qoʻmitani tashkil etish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari

2. Tanlov nizomini ishlab chiqish.

3. Tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

har yili oktabr — dekabr oylarida

2.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida hududlar, vazirlik va idoralardagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holatini muntazam oʻrganish va tahlil etib borish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi monitoring guruhini tashkil etish.

1. Yoʻnalishlar boʻyicha ekspertlarni jalb qilgan holda monitoring guruhini tashkil etish.

2021-yil aprel

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), tegishli vazirlik va idoralar

2. Monitoring natijalari boʻyicha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashiga tahliliy axborotlar kiritib borish.

doimiy

3.

21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni arafasida xorijiy olim va adiblar ishtirokida “Oʻzbek tili va adabiyotini jahon miqyosida targʻib etish: natija va vazifalar” mavzusida xalqaro ilmiy-maʼrifiy anjuman oʻtkazish.

1. Ilmiy-amaliy anjumanni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibini shakllantirish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti (Mahmudov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

2. Ilmiy-amaliy anjuman konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

sentabr

3. Ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazish va tavsiyalarini ishlab chiqish.

oktabr

4.

“Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8 — 11-moddalarida belgilangan vazifalar ijrosini va natijalarini tahlil qilish hamda xorijiy tajribani oʻrganish, zarur hollarda, qonunga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

1. Qonun ijrosini oʻrganish boʻyicha ekspertlar guruhini shakllantirish.

2021-yil may

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Adliya vazirligi (Davletov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

2. Qonunning 811-moddalarida belgilangan vazifalar ijrosini va natijalarini oʻrganish hamda tahlil qilish.

iyun-iyul

3. Tahlil natijalari asosidatakliflar tayyorlash.

avgust

5.

Barcha mahallalarni qamrab oluvchi markazlashgan kutubxonalar tizimini manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida yaratish boʻyicha imkoniyatlarni oʻrganish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Manfaatdor idoralar hamkorligida markazlashgan kutubxonalar tizimini yaratish boʻyicha imkoniyatlarni oʻrganish.

2021-yil aprel — iyun

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Raxmatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

2. Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

iyul

6.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, doktorant va izlanuvchilarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Uchinchi Renessans — yoshlar nigohida” nomli loyihalar tanlovini anʼanaviy tarzda oʻtkazish.

1. Tanlov nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qoʻmitani shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

2. Tanlovni har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib borish.

3. Tanlov gʻoliblari takliflarini amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish.

doimiy

7.

Markazning hududiy boʻlim va boʻlinmalarini zarur xizmat xonalari, avtotransport, mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va Internet tarmogʻi bilan taʼminlash.

1. Markazning hududiy boʻlim va boʻlinmalarida mavjud moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazish.

2. Xatlov natijasiga koʻra mavjud ehtiyojni va talab etiladigan mablagʻlarni aniqlash.

2021-yil aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

3. Markazning hududiy boʻlim va boʻlinmalarini zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash.

avgust

8.

Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosini oʻrganish, ularning insonparvarlik gʻoyalarini hayotga keng tatbiq etish boʻyicha qoʻshma dastur ishlab chiqish.

Dasturda birinchi va ikkinchi Renessans davrlari namoyandalari hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazishni nazarda tutish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish va qoʻshma dastur ishlab chiqish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Tarix instituti (Ziyo), Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi (Ismoilova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (Xasanov)

2. Har bir Ryenessans davri uchun yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarini toʻplam holida nashr etish va tarqatish.

doimiy

9.

“Amir Temur — dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitani shakllantirish hamda konferensiya dasturi va ramziy belgisini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Qashqadaryo viloyat hokimligi (Mirzayev)

2. Konferensiyani Qashqadaryo viloyatida oʻtkazish.

sentabr

10.

“Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini oʻrganish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish.

1. Konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitani shakllantirish hamda konferensiya dasturi va ramziy belgisini ishlab chiqish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov), Xorazm viloyat hokimligi (Ermonov)

2. Konferensiyani Xorazm viloyatida oʻtkazish.

3. Jaloliddin Manguberdi toʻgʻrisida tarixiy-hujjatli film yaratish va anjuman doirasida namoyish etish.

noyabr

11.

“Jadid maʼrifatparvarlari gʻoyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish” mavzusida innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Tadqiqotchilar guruhini shakllantirish.

2. Innovatsion tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiqot ishlari boʻyicha muhokamalar, davra suhbatlari, amaliy seminarlar oʻtkazish.

2021-yil may — dekabr

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi (Xasanov), Tarix instituti (Ziyo), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

12.

“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi” asosida taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida uzluksiz tarbiyani yoʻlga qoʻyish maqsadida chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2021-yil aprel

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

2. Dastur loyihasini tayyorlash va kelishish.

iyun

3. Dasturni tasdiqlash va uni amalga oshirishga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etish.

sentabr

4. Dastur ijrosi boʻyicha doimiy monitoringni yoʻlga qoʻyish.

doimiy

13.

Ilm-fan, sanʼat va madaniyat, axborot texnologiyalari, badiiy ijod, arxitektura va dizayn, tadbirkorlik va hunarmandchilik kabi turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, tashabbuskor va fidoyi yoshlar oʻrtasida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani amalga oshirish tartibi, asosiy yoʻnalishlarini belgilash.

2. Tashkiliy qoʻmita va har bir yoʻnalish boʻyicha ishchi guruhlarini shakllantirish.

2021-yil may

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Yoshlar ishlari agentligi (Saʼdullayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Badiiy akademiya (Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (Saidov)

3. Loyihani amalga oshirish.

doimiy

14.

Milliy tarbiya anʼanalari, vositalari, shakllarini oʻrganish boʻyicha olib borilgan tajribalar, toʻplangan tarbiyaviy meros asosida koʻp jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni yaratish.

1. Mualliflar guruhini tuzish.

2. Milliy tarbiya namunalarini oʻrganish boʻyicha etnopedagogik ekspeditsiyalar dasturini ishlab chiqish.

3. Ekspeditsiya natijalari boʻyicha koʻp jildli “Milliy tarbiya ensiklopediyasi”ni nashrga tayyorlash, chop etish hamda shu asosda multimedia mahsulotlari va mobil ilovalar turkumini yaratish.

2021 2025-yillar

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Maktabgacha taʼlim vazirligi (Shin), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

15.

“Maʼnaviyat lugʻati”ning toʻldirilgan yangi nashriniyaratish.

1. Ijodiy guruh tuzish.

2. Maʼnaviyat va maʼrifat sohasiga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

3. Yangi tahrirdagi lugʻatni tayyorlash va chop etish.

sentabr

16.

Temurbeklar maktablarida Sohibqiron Amir Temurning mardona ruhi, jasorati, sarkardalik mahorati, Vatanga boʻlgan buyuk sadoqati, yuksak maʼnaviy fazilatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish.

1. Tadbirlar ssenariysi, koʻrgazmali vositalar tayyorlash.

2021-yil iyun

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Mudofaa vazirligi (Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qoʻldoshev), Milliy gvardiya (Djurayev)

2. Tadbirlarni oʻtkazish.

sentabr — noyabr

17.

“Maʼnaviyat” nashriyotini Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tasarrufiga oʻtkazish va uning faoliyatini rivojlantirish choralarini koʻrish.

1. Nashriyotni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tasarrufiga oʻtkazish.

2. Nashriyotni xususiylashtiriladigan davlat aktivlari roʻyxatidan chiqarish.

3. Nashriyotni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

-

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

18.

“Maʼnaviyat targʻibotchisi” taʼlim muassasasi negizida Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutini tashkil etish.

1. Institutni tashkil etish boʻyicha tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil mart

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Institutning taʼsis hujjatlarini qabul qilish

aprel

19.

Internetning milliy segmentini aholining turli yosh guruhlari uchun qiziqarli axborot resurslari va dasturlar bilan boyitish.

1. Milliy axborot resurslarini kengaytirishga qaratilgan dasturni shakllantirish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov)

2. Internetning milliy segmentini bilan boyitib borish.

dastur asosida

20.

Yurtimiz tarixi, madaniy merosimiz, odob-axloq qoidalari, milliy qadriyatlar, ezgu fazilat va anʼanalarni yosh avlod qalbiga singdirish maqsadida bolalarning qiziqishi va yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, qisqa metrajli animatsion multimedia mahsulotlari, mobil ilovalarni yaratish.

1. Innovatsion loyihalar mavzularini shakllantirish.

2. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.

2021-yil aprel-may

Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (Xojimatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “Oʻzbekkino” Milliy agentligi (Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

3. Tanlov asosida qisqa metrajli animatsion multimedia mahsulotlari, kompyuter oʻyinlari, mobil ilovalarni yaratish.

2022-yil fevral

21.

“Oʻzbekistonda 2021 — 2030-yillarda tarix fanini rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

iyun

3. Konsepsiya loyihasini belgilangan tartibda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

iyul

22.

Buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-maʼrifiy va madaniy merosini oʻrganish yuzasidan fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, ularning natijalari asosida ilmiy-ommabop kitob va risolalarni nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga yetkazish.

1. Tegishli chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil may

Ijrochilar mablagʻlari

Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (Axmedov)

2. Chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishish.

iyul

3. Kelishilgan chora-tadbirlar loyihasini belgilangan tartibda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

avgust

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

7-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etishning manzilli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Barpo etiladigan maskanlar soni

shundan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

16

4

6

6

2.

Andijon viloyati

17

4

7

6

3.

Buxoro viloyati

13

3

5

5

4.

Jizzax viloyati

13

3

5

5

5.

Navoiy viloyati

11

3

4

4

6.

Namangan viloyati

13

3

5

5

7.

Samarqand viloyati

16

4

6

6

8.

Sirdaryo viloyati

11

3

4

4

9.

Surxondaryo viloyati

15

3

6

6

10.

Toshkent viloyati

22

6

8

8

11.

Toshkent shahar

1

1

12.

Fargʻona viloyati

19

5

7

7

13.

Qashqadaryo viloyati

15

3

6

6

14.

Xorazm viloyati

13

3

5

5

Jami

195

48

74

73

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

8-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi PQ-3160-son qarori 7-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Markaz xodimlariga” soʻzlari “Markaz, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari xodimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oliy taʼlim muassasalarining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalariga yuklanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-son qarori 11-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2021-yilda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari xodimlari yillik ish haqi fondining 25 foiziga, 2022-yildan boshlab esa — 50 foiziga teng miqdordagi mablagʻlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshidan “b) umumtaʼlim muassasalari direktorlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq taʼlimi xodimlarini ragʻbatlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari, jumladan metodistlari hamda umumtaʼlim muassasalari direktorlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlariga yoʻnaltiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qaroriga

9-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida”gi PQ-3160-son qarori 5-bandi va qarorga 1 — 4-ilovalar.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4307-son qarori 3 va 10-bandlari hamda qarorga 2-ilova.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2021-y., 07/21/5040/0243-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 21.03.2025-y., 06/25/52/0262-son)