Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4602-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 17-mart,
PF-6188-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-2326-son Farmonida:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qoshida jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatishi hamda unga mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari rahbarlik qilishi belgilab qoʻyilsin”;
b) 6-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-ilovada:
1-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining raisi” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3878-son Farmonining 1-bandida:
birinchi xatboshidan “Oila” markazi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidan “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha Komissiya tarkibining yigirma toʻqqizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5005-son Farmonida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshliqlarining” soʻzlari “huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5024-son Farmoni 2-bandining toʻrtinchi xatboshisidan “va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni bilan tasdiqlangan Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi tarkibida:
a) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
“181. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PF-5430-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi tarkibining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi PF-5515-son Farmonida:
a) 1-ilovaning “Hokim oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
||
|
Kotibiyat |
”; | ||
b) 2-ilovaning “Hokim oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi |
||
|
Kotibiyat |
”. | ||
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-son Farmoni bilan tasdiqlangan Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi tarkibida:
a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”;
b) 12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisidan “va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmonida:
1-ilova III boʻlim 1-bob 2-qismining 6-bandidan “, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilova 14-bandi “Tadbirlarning nomlanishi” ustunidan “, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5700-son Farmonida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 5-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) kengashlari” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibida:
a) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”;
b) 23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-iyuldagi PF-5775-son Farmoni bilan tasdiqlangan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tarkibida:
a) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. R. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”;
b) 18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tarkibida:
a) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5863-son Farmonining 6-bandidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ayrim shaxslarga subsidiyalar toʻlash sxemasi 4-bosqichi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashiga” soʻzlari “tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5887-son Farmonida:
3-ilova 23-bandi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilova 2-bandi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5930-son Farmoni 12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “FHDY arxivlari” soʻzlari “FHDY organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoni 16-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda, yangi mahallalar tashkil etilganda kiritiladigan shtat birliklari soni Ichki ishlar vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi hamda respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi”.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1096-son qarori 5-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-oktabrdagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2050-son qarorida:
4-bandning beshinchi xatboshisidagi “fuqarolar yigʻinlarining masʼul kotiblari va” soʻzlari “ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislar, shuningdek,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning birinchi xatboshisidagi “va Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2691-son qarorida:
a) 3-bandda:
yettinchi xatboshidan “mahalla,” soʻzi chiqarib tashlansin;
yigirma toʻqqizinchi xatboshidan “mahalla fuqarolar yigʻinlari, xotin-qizlar, nuroniylar,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovada:
“Hokim oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
||
|
Kotibiyat: bosh mutaxassis — 1 1 |
”; | ||
izohning birinchi xatboshisidagi “53 — 58 nafar” soʻzlari “52 — 57 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning “v” — “z” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2705-son qarorining 11-bandidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-son qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibining 18-bandidagi “Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qarorida:
a) 2-ilovaning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Mamatov R.T. — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”
b) 3-ilova 4-bandining toʻrtinchi xatboshisidan “xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 4-ilovaning 13-bandidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2896-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1) 11-banddagi “ikki nafar” soʻzlari “uch nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 14 — 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari taqdimiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari xodimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tegishli boshliqlarining taqdimiga muvofiq lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
16. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan uning jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tavsiyasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
b) 2-ilovada:
1) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — IIBB) hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — IIB) boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi”;
2) 8-banddagi “uch yilda” soʻzlari “besh yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) 10-banddagi “ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar” soʻzlari “va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) 21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud boʻlmagan taqdirda profilaktika inspektori fuqarolar yigʻini raisining huquq-tartibot masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaradi”;
5) 24-bandda:
birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari” soʻzlari “fuqarolar yigʻini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidan “xotin-qizlar qoʻmitalari hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6) 25-bandning birinchi xatboshisidagi “yarashtirish komissiyalari” soʻzlari “oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7) 27 — 29-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
8) 30-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
9) 36-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi xizmat xonasi;”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2916-son qarori 5-bandining oltinchi xatboshisidan “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-iyuldagi PQ-3119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya tarkibining yigirmanchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“R. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyuldagi “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi PQ-3132-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1) 2-banddagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) kengashlariga” soʻzlari “tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilib, har yilning 1-may sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) taqdim etiladi”;
3) 4-banddagi “Respublika kengashi” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4) 5-banddagi “Respublika kengashining qarori” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining buyrugʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Komissiya xulosasi asosida mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid buyrugʻi qabul qilinadi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyruq axborot vositalarida eʼlon qilinadi”;
6) 8-banddagi “Respublika kengashi raisi (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar)” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7) 9-banddagi “Respublika kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
1) toʻqqizinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash”, uchinchi satrda “vazirligining” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan”;
2) oʻninchi xatboshidagi “Qaroriga asosan” soʻzlari “buyrugʻiga asosan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3) oʻn ikkinchi xatboshining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birinchi satrda “Mahalla va oilani”, ikkinchi satrda “qoʻllab-quvvatlash vaziri” (“Times new Roman Bold” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan”.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasidagi “Hokim oʻrinbosari — xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
Hokim oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi |
||
|
Kotibiyat: bosh mutaxassis — 1 1 |
”. | ||
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida:
1-band “T/r” va “Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari” ustunlari tegishincha “11” raqami va “Toshkent davlat yuridik universiteti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-band “Kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlar” ustunidagi “Narbayeva Tanzila Kamalovna, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Musayev Bexzod Anvarovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi PQ-3184-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” fondining Vasiylik kengashi tarkibining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3318-son qarorida:
a) 6-bandning uchinchi xatboshisidan “ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-bandda:
birinchi xatboshidan “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “hajmlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qarorlari asosida tasdiqlanishini” soʻzlari “hajmlari tasdiqlanishini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-ilovaning 12 va 25-bandlari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Sh. Javlonov)” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mamatov R. — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”.
Oldingi tahrirga qarang.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-dekabrdagi “2018 — 2022-yillar davrida bolalarda tugʻma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3440-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qarori bilan tasdiqlangan Turizmni rivojlantirish masalalarida oʻzaro hamkorlikni faollashtirishni taʼminlash boʻyicha masʼullar biriktiriladigan mamlakatlar va hududlar roʻyxatining 7-bandi “Masʼul ijrochilar” va “Lavozimi” ustunlaridagi “T.K. Norboyeva” va “Bosh vazirning oʻrinbosari — Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari tegishincha “R.T. Mamatov” va “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3528-son qarorida:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Toshkent shahri ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari zimmasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda biriktirilgan hududda istiqomat qiluvchi shaxslarni oʻrganish va kelgusida ularning har biriga gʻayriijtimoiy yoki boshqa huquqqa xilof xulq-atvor ehtimoli nuqtai nazaridan individual tashxis qoʻyish hamda profilaktik ahamiyatga ega taʼsirchan choralarni koʻrish ham yuklatilsin”;
b) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “Toshkent shahar mahalla fuqarolar yigʻini raislari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3532-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini dori vositalari bilan taʼminlashdagi muammolarni oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha jamoatchilik komissiyasi tarkibida:
a) oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”;
b) oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
v) yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishincha oʻn sakkizinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3610-son qarorida:
a) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshidagi “fuqarolar yigʻinlari raislarining oʻrinbosarlari — yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarni” soʻzlari “fuqarolar yigʻini raisining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) ilovaning 13-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3785-son qarorida:
b) 2-ilovada:
2-banddagi “xotin-qizlar qoʻmitasi raisi” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-iyundagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3800-son qarorining 6-bandidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-oktabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3956-son qarori 5-bandi “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidan “va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida oʻrnak koʻrsatgan aʼzolariga” soʻzlari “ularning yordamchilariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“profilaktika inspektorlari yordamchilari lavozimlari, qoida tariqasida, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega yoshlar orasidan jamlanadi;”;
v) 5-banddagi “Profilaktika inspektorlarining yordamchilariga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzolari va” soʻzlari “Profilaktika (katta) inspektorlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamgʻarmalarning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozit hisoblariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jamgʻarmalarning mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari tomonidan qabul qilinadigan qarorga asosan faqat quyidagilar uchun sarflanadi:”;
ikkinchi xatboshidagi “ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida oʻrnak koʻrsatgan aʼzolarini” soʻzlari “ularning yordamchilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
48. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-fevraldagi “Sirdaryo viloyatida “Har bir oila — tadbirkor” Dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4172-son qarorining 8-bandidan “hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
49. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarorining 12-bandidan “hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
50. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4235-son qarorida:
a) 4-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. G.M. Marufova — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari”;
3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining tarkibida:
a) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. R.T. Mamatov — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri”;
b) 30-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-4342-son qarorida:
8-band “b” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandidagi “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi” soʻzlari “Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-bandidagi “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-164-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)
54. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-son qarorida:
a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi” soʻzlari “hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 2-ilovada:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oʻn sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Marufova G.M. — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim farmonlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4944-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 4-ilovaning Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 4-ishchi guruh tarkibining 2-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2018 — 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan, “yagona darcha” tamoyili boʻyicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatining 30 — 32-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5325-son Farmoni.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5415-son Farmonining 5-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-son Farmoniga 1-ilovaning Departament bilan hamkorlik qilinishi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxatining 3-4-bandlari.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)