Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018 01.12.1992 yildagi 563-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.12.1992 yildagi 563-son
Kuchga kirish sanasi
01.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.01.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HARBIY KOLLEGIYASI VA HARBIY SUDLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyuldagi harbiy sudlar tizimi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining Harbiy kollegiyasini tashkil etish haqidagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Sudiga harbiy kollegiya uchun 19 ta shtat ajratilsin va ularga 1-ilovaga* muvofiq shtatda koʻrsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining shtatlari 29 nafar miqdorida belgilansin va 2-ilovaga* muvofiq shtatda koʻrsatilgan lavozim maoshlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Harbiy sudlarning shtat boʻyicha soni quyidagicha belgilansin: Toshkent garnizoni harbiy sudi — 5 sudya va 9 xizmatchi, Samarqand garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Termiz garnizoni harbiy sudi — 3 sudya va 7 xizmatchi, Fargʻona garnizoni harbiy sudi — 2 sudya va 5 xizmatchi hamda ularga 3-ilovaga* muvofiq lavozim maoshlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq harbiy kollegiya aʼzolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularning sudlarda, adliya va ichki ishlar organlarida, Milliy xavfsizlik xizmatida va prokuraturada ishlagan vaqti haqiqiy harbiy xizmat muddatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Raisi bilan kelishgan holda harbiy kollegiya aʼzolari haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilganda ularga harbiy kollegiya shtatiga muvofiq harbiy unvonlar berish topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudiga elektron-hisoblash va nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasini sotib olishga, Harbiy kollegiyani joylashtirish uchun binoni qayta jihozlash va tuzatishga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 4 mln soʻm ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 1-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
563-son