Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-558-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5984-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, afv etishni amalga oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-yanvar,
PF-6146-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy qayddan oʻtish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vaqtinchalik qayddan oʻtishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “vaqtincha qayd etiladi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy qayd etish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
7-bandning “a” kichik bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “qayd etish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “qayd etish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4262-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turadigan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxati” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “propiskaga” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turadigan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxati” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisi “Fuqaro pasportini yoʻqotib qoʻygan” soʻzlaridan keyin “yoki sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi toʻxtatib turilganda”;
yettinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari pasportning amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga maʼlumot uchun yuboradi”;
19-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turadigan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
241-bandning ikkinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Pasport berish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi “uning amal qilish muddati tugagan” soʻzlaridan keyin “yoxud sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
354-bandning birinchi xatboshidagi “roʻyxatga qoʻyish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatda turgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadi, turgan joyi boʻyicha hisobga” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi II2 boʻlim bilan toʻldirilsin:
“II2. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport oʻrniga yangi pasport berish tartibi
3511. Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan pasport ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi va unga pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
3512. Vaqtincha xorijda boʻlgan pasportining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning pasporti olib qoʻyiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qoʻyilgan pasportni yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboriladi.
3513. Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi pasport maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida beriladi.
Arizani koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Yangi pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqidagi tasdiqlangan qaror nusxasi;
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.
Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
3514. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi pasport rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmay” soʻzlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmay” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy roʻyxatdan oʻtmagan yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olinmagan” soʻzlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nizomga 2-ilovadagi “propiska qilingan edi” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilingan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtganlik” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi toʻxtatilganida”;
sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi-oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy roʻyxatda turadigan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “doimiy roʻyxatda turgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilganida”;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Harakatlanish hujjatini berish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi”;
quyidagi mazmundagi II1 boʻlim bilan toʻldirilsin:
“II1. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan harakatlanish hujjati oʻrniga yangi harakatlanish hujjati berish tartibi
301. Qidiruvda boʻlgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan harakatlanish hujjati ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi va unga harakatlanish hujjati olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
302. Vaqtincha xorijda boʻlgan sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning harakatlanish hujjati olib qoʻyiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qoʻyilgan harakatlanish hujjati yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali maʼlumotlarni yigʻish punktiga yuboriladi.
303. Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi harakatlanish hujjati maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab oʻn kun ichida beriladi.
Yangi harakatlanish hujjatini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi;
davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya.
Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
304. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi birinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiska rasmiylashtirilgandan” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingandan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida loyiha boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-son Farmoni 6-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi hamda muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni 14-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “propiska qilingan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmoni 18-bandidagi “yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilish, hisobga qoʻyish va vaqtincha propiskani” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari boʻyicha shuʼbasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalarining fuqarolik va afv etish shuʼbasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Nuroniy” jamgʻarmasi vakillari kiritiladi”;
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan toʻldirilsin:
“Zarur hollarda Komissiya majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin”;
12-banddagi “ichki ishlar va adliya vazirlari” soʻzlari “ichki ishlar, adliya hamda mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan toʻldirilsin:
“61-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etish tartibi
341. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mahkumning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning afv etishni soʻrab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar oʻz tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishi mumkin.
342. Bu haqda Shuʼbaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq xati yuboriladi.
343. Shuʼba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentidan topshiriq xatini olgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida Komissiya aʼzolariga Komissiyaning majlisi oʻtkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.
344. Komissiyaning majlisi yakuni boʻyicha Shuʼba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini oʻrganish boʻyicha Komissiya aʼzolari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.
345. Ishchi guruh Komissiyaning muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi koʻrib chiqilishiga eʼtirozi yoʻqligi haqida rozilik xatini oladi.
Mahkumning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsning rozilik xatiga mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Mahkum yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.
346. Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan mahkumlarning yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslarning hujjatlarini muhokama qilib, afv etilishi mumkin boʻlgan mahkumlar yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxslar boʻyicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
347. Komissiyaning mahkumni yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, mahkumga yoki jazoni oʻtab boʻlgan shaxsga kelgusida afv etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-maydagi PF-5719-son Farmoni 19-bandidagi “vaqtinchalik turar joyi boʻyicha propiska qilish va” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-maydagi PF-5722-son Farmoni 5-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilishni va vaqtincha propiskani” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda uning muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoni 10-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska muddati” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 24-fevraldagi PQ-290-son qarori 11-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Maktab taʼlimini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-yanvardagi PQ-551-son qarori 9-bandidagi “vaqtincha roʻyxatda turish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori 16-bandidagi “yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qarori 12-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 18-fevraldagi PQ-797-son qarori 13-bandidagi “muvaqqat yashash joyida vaqtincha roʻyxatda turish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 1-iyuldagi PQ-1993-son qarori 6-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida Oʻzbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-son qarori 14-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi yigirmanchi xatboshisidagi “doimiy va vaqtincha propiskasiz yoki turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan” soʻzlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarori 20-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3025-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash manzillarida vaqtincha roʻyxatga olinishini va vaqtincha roʻyxatga olish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha propiskadan oʻtkazilishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son qarorida:
a) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtinchalik propiska, turgan joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovada:
oʻn beshinchi xatboshidagi “yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshidagi “doimiy propiska” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “propiska qilish va propiskadan chiqarishni” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilishni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “propiska qilish va propiskadan chiqarish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va doimiy roʻyxatga olinganlikni bekor qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy va vaqtincha propiska olish, doimiy turish joyida hisobga qoʻyish” soʻzlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “doimiy propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorining 11-bandidagi “turgan joy boʻyicha muvaqqat propiska va hisobga qoʻyilishini” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3263-son qarorining 15-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-oktabrdagi PQ-3306-son qarorining 9-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qarorining 16-bandining uchinchi xatboshisidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxat rasmiylashtirilishi (uzaytirilishi)ni” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
birinchi xatboshidagi “doimiy propiska joyi boʻyicha” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshidagi “propiska joyi boʻyicha” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joydan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “doimiy propiska joyi boʻyicha” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “doimiy propiskaga ega boʻlmagan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori 5-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qarori 10-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiska muddatining” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qarorining 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “doimiy roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3528-son qarori 6-bandining yettinchi xatboshisidagi “doimiy propiskaga ega boʻlmagan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-martdagi PQ-3643-son qarorining 8-bandidagi “ularni vaqtincha propiska qilish, turar joyi boʻyicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi boʻyicha hisobga olish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish hamda muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:
birinchi xatboshidagi “doimiy propiskasi boʻyicha joylashgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “propiskaga qoʻyilgan” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilgʻor texnologiyalar markazini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-son qarorining 10-bandidagi “yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarorining 16-bandi ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi va ularning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
49. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiskani rasmiylashtirish va ularni” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
50. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son qarorining 14-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-son qarorining 16-bandidagi “vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qoʻyilishi va vaqtincha propiska” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
52. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinishini hamda vaqtincha roʻyxatga olish va hisobga olish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
53. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorida:
a) qarorning nomlanishidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-banddagi “doimiy propiska qilinish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 2-banddagi “doimiy propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “doimiy propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) qarorga ilovada:
ilovaning nomlanishidagi “propiska qilinish” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2, 3, 5 va 7-bandlardagi “propiska qilingan” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan uy-joy maydoniga”;
quyidagi mazmundagi 8 — 10 bandlar bilan toʻldirilsin:
“8. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi), shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
10. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, ularning oila aʼzolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
55. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarorining 14-bandidagi “turar joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
56. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qarorining 9-bandidagi “vaqtincha roʻyxatga olinishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
57. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son qarorining 14-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik propiska, yashash joyida hisobga olish va uni” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
58. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarorining 4-banddagi “doimiy (vaqtinchalik) roʻyxatga olish” soʻzlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
59. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-noyabrdagi PQ-4009-son qarorining 10-bandidagi “kelgan joyi boʻyicha ularning vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi, hisobga olinishi va uning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
60. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-son qarorining 22-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinishi va ularning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarorining 13-bandi uchinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilish” soʻzlari “doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
63. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 17-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi boʻyicha hisobga olish hamda ularning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
64. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning yettinchi xatboshisidagi “yashash joyidan roʻyxatdan chiqib” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilinib” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pasport egasining xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shtamp”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hamrohlik qiluvchi shaxslar toʻgʻrisida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shtamp”;
v) 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan — xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun)”;
g) 15-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportni amal qilishi toʻxtatib turilganda”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisidagi sud ajrimini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga maʼlumot uchun yuboradi”;
d) 17-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joylaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoxud konsullik roʻyxatiga olingan maʼlumotlarni yigʻish punktiga murojaat qiladilar”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 18-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi (xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi sud ajrimi bilan toʻxtatib turilganida)”;
oltinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni maʼlumotlarni yigʻish punkti masʼul xodimi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yozma ravishda ogohlantiradi”;
j) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “ota-onalardan” soʻzlari “ota-onadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar ota-onadan birining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida”;
z) 30-bandda:
“roʻyxatda turish joyi yoki” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joylaridagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoxud” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Doimiy yoki vaqtincha konsullik roʻyxatida turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki biometrik pasporti yoxud xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga yangi xorijga chiqish biometrik pasporti olish uchun murojaat etganda, amal qilishi toʻxtatib turilgan pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi va unga pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma berish yoʻli bilan konsullik roʻyxatidan chiqariladi hamda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi”;
i) 31-bandda:
birinchi xatboshisi “vizalar uchun moʻljallangan sahifalaridan foydalanib boʻlingan holatlarda” soʻzlaridan keyin “shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi toʻxtatib turilganda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyiladi, fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi”;
k) quyidagi mazmundagi 341-band bilan toʻldirilsin:
“341. Sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport ichki ishlar organlari tomonidan maʼlumotlarni yigʻish punktiga yoʻq qilish uchun joʻnatish maqsadida olib qoʻyilganda fuqaroga uning pasporti olib qoʻyilganligi haqida dalolatnoma beriladi”;
l) 35-band “shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan” soʻzlaridan keyin “yoki sud ajrimi bilan amal qilishi toʻxtatib turilgan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
m) 39-bandda:
“e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi axboroti (qonun buzilishlar roʻyxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) mavjud boʻlsa — u hisobga qoʻyilgan kundan boshlab bir yil oʻtgungacha. Bunda xorijga chiqishiga nisbatan qoʻyilgan cheklovni belgilangan muddatidan oldin bekor qilish masalasi tashabbuskor vakolatli organning yozma xati asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtinchalik cheklash belgilan taqdirda, uning Davlat chegarasi orqali oʻtish huquqini cheklash tegishli davlat organlarining murojaatiga asosan chegara nazorati boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
toʻqqizinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
n) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy konsullik roʻyxatiga olinadilar”;
o) Quyidagi mazmundagi 1, 2 va 3-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xorijda doimiy yashash uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hamrohlik qiluvchi shaxslar haqida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
OGOHLANTIRISH XATI | |||||||||||||||||||
|
Men, ____________y.t., _______________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | |
(fuqaroning F.I.O.) | |||||||||||||
|
“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi yoʻqotilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirildim. | |||||||||||||||||||
|
_______________ |
| |
_________________ |
| |
_______________ | |||||||||||||
|
(sana) |
|
|
(imzo) |
|
|
(F.I.O.)” | |||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
65. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qarorining 6-bandidagi “propiska” soʻzi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
67. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qarorining 14-bandidagi “vaqtinchalik turar joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilish” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
68. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4275-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilinishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
69. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi PQ-4286-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilinishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
70. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida 850 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi PQ-4287-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiska qilinishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
71. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha yoki doimiy propiska” soʻzlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
72. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olish va yadroviy hamda boshqa radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishiga yoʻl qoʻymaslik sohasida hamkorlik boʻyicha loyihani amalga oshirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-sentabrdagi PQ-4451-son qarorining 4-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
73. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 29-oktabrdagi PQ-4500-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish va uni” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning muddatini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
74. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4524-son qarorining 17-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
75. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4538-son qarorining 11-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish va uning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
76. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son qarorining 13-bandidagi “vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtincha propiska qilinishini” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
77. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-apreldagi PQ-4677-son qarorining 13-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik propiskaga qoʻyilishi” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
78. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarorining 16-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini” soʻzlari “vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)