Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2019 25.05.1993 yildagi 247-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DIPLOMATIK VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN BOShQA ChET EL VAKOLATXONALARNING FAOLIYAT KOʻRSATIShI UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 550-sonli “Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga xizmat koʻrsatishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi aloqalari infrastrukturasini yaratishda oʻzaro mulkiy munosabatlarni tartibga solish, xorijiy davlatlar vakolatxonalari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni puxta hal qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha yagona buyurtmachi qilib belgilansin. Unga Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalariga xizmat va uy-joy binolarini ijaraga berish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasiga xorijiy davlatlarda mamlakatning diplomatik va boshqa vakolatxonalarini ochishda Oʻzbekiston Respublikasining mulkiy manfaatlarini ifodalash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda mutaxassislar guruhini bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qoʻzgʻalmas mulklar bilan aʼmollarni amalga oshirish qoʻzgʻalmas mulk va xizmatlar narxini shakllantirish tartibini, oʻrganish uchun yuborsin hamda 1993-yilning 1-iyuligacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalari xodimlariga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi, ixtisoslashtirilgan poliklinika va statsionar ochish masalasini tibbiy sugʻurta tizimini qoʻllangan holda bir oy muddat ichida ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalariga oziq-ovqat va sanoat mollarini valyutaga sotadigan ixtisoslashtirilgan magazin ochish masalasini bir oy muddat ichida hal etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv diplomatik vakolatxonalar ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati talabnomalari boʻyicha zarur asbob-uskunalar va tovarlar ajratishni birinchi navbatda taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi Toshkent shahar hokimligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalariga uy-joy binolarini ijaraga beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari daromadidan soliqlar olish tartibini ikki hafta muddat ichida ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda xususiy uy-joy sektorida yashaydigan diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalari xodimlarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, shuningdek, avtotransportni rasmiylashtirish tartibini bir oy muddat ichida ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati Respublika valyuta jamgʻarmasiga chet el valyutasida tushadigan tushumlardan soliq toʻlashdan 1993-1994-yillarda ozod qilinsin. Diplomatik servis xizmati valyuta tushumlarini elchixona binolarini saqlash xarajatlarini oʻzaro toʻlash toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni tashkil etishga hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish shart-sharoitlarini takomillashtirishga yoʻnaltirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi 1993-1994-yillarda Diplomatik servis xizmatini keyinchalik diplomatik vakolatxonalarga sotish uchun tashib keltiriladigan yuk va tovarlarning barcha turlarini bojxona bojlaridan ozod qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari oʻrtoq K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritilayotgan ilova qilinayotgan oʻzgarishlar tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 25-maydagi 247-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalariga xizmat va uy-joy binolarini ijaraga berish hamda hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAQTINChALIK NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xizmat binolariga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tomonidan yangi ochilayotgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalarini (bundan keyin matnda dipvakolatxonalar deb ataladi) joylashtirish uchun ajratilgan binolar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Uy-joy binolariga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan dipvakolatxonalar boshliqlari va xodimlarining yashashi uchun ajratilgan, shuningdek, ana shu maqsadlar uchun alohida shaxslardan ijaraga olingan uy va kvartiralar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dipvakolatxonalar va ularning xodimlarini joylashtirish uchun ajratiladigan xizmat va uy-joy binolari Diplomatik servis xizmati (bundan keyin matnda Dipservis xizmati deb ataladi), shuningdek, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dipvakolatxonalar va ularning xodimlarini joylashtirish uchun ajratilgan binolarni ijaraga berish huquqi Dipservis xizmatiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipservis xizmati dipvakolatxonalar va ularning xodimlari tomonidan alohida shaxslardan binolarni ijaraga olishda vositachilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Binolarni ijaraga berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Dipvakolatxonalar zarur binoning foydalanish maqsadini, maydonini, xonalar sonini, joylashgan oʻrnini va shart-sharoitlarini koʻrsatgan holda Dipservis xizmatiga talabnoma berishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipservis xizmati mazkur talabnoma asosida ijaraga berish uchun binolarning mavjud variantlarini tanlaydi va taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomonlar oʻrtasida ijara yuzasidan kelishuvga erishilgan taqdirda Dipservis xizmati shahar hokimligini bundan xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Doimiy bino ajratilgungacha dipvakolatxonalar Dipservis xizmati tomonidan maʼmuriy binolarga va mehmonxonalarga joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ijara shartnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ijara shartnomasi Dipservis xizmati bilan dipvakolatxona oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Binolarni ijaraga olish shartnomasida quyidagilar koʻzda tutilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilayotgan binoning tarkibi, maydoni va qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara haqining, shuningdek, boshqa toʻlovlarning miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning xonalarni, binoni taʼmirlash va undan joriy foydalanish majburiyatlarini taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara haqini va boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dipvakolatxona tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻlash hamda xonalardan, binodan va yondosh hududlardan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga olingan xonalar va binoga yetkazilgan zarar boʻyicha ijarachining javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun sanksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa zarur shart-sharoitlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Binolarni ijaraga topshirish ijarachiga ularni oʻz mulki qilib olish huquqini bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ijara haqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ijara haqi boʻyicha xarajatlarni hukumatlararo bitimlar asosida qoplash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni oʻzaro hisobga olish yoʻli bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikda badalsiz amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat va uy-joy binolari uchun ijara haqi miqdori shartnoma asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijara haqi stavkasini Dipservis xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijara haqining bazaviy stavkasi qaror topgan jahon raqobat narxlari hamda Oʻzbekiston Respublikasida oʻzining vakolatxonasini ochgan mamlakat poytaxtidagi qoʻzgʻalmas mulkning bozor qiymatiga tuzatish koeffitsiyenti asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dipvakolatxonalar, I, II va III zonalarda joylashtirilganda ijara haqi tegishli ravishda 30, 20 va 10 foizga koʻpayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlovlar erkin almashtiriladigan istalgan valyutada amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Binolarni topshirish va qabul qilib olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Binoni tuzilgan shartnoma boʻyicha topshirish va qabul qilib olish tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida, ikki tomonlama dalolatnoma tuzgan holda amalga oshiriladi. Dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnomani tuzish joyi va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qatnashchilarga tomonlarning manfaatlarini ifodalash huquqini beruvchi hujjatlarning nomi va rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarni topshirish va qabul qilib olishga asos boʻladigan ijara shartnomalarining nomeri va imzolangan sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
berilayotgan binolarning texnikaviy holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish muddatlari va tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakillarning tomonlar muhri bilan tasdiqlangan imzolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Topshirish va qabul qilib olish dalolatnomasi ikki nusxada, har qaysi tomon uchun bittadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 25-maydagi 247-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga kiritiladigan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZGARIShLAR

1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalariga xizmat koʻrsatishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1988-yil 13-sentabrdagi 325-son qaroridan 11-bandning ikkinchi xatboshi, 12-band, 17-bandning oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda chet el firmalari, banklari va tashkilotlarining vakolatxonalarini ochish hamda ularning faoliyati toʻgʻrisida” 1989-yil 28-dekabrdagi 442-son qarorining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalariga xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalarga Diplomatik servis xizmati bilan kelishgan holda chet el firmalariga, vakolatxonalariga, banklarga va xalqaro tashkilotlarga shartnomalar asosida xizmat koʻrsatishga ruxsat etilsin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida chet el diplomatik vakolatxonalar uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyatini zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi farmoyishining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalari uchun moʻljallangan obyektlar hamda uy-joylarni qurish va qayta barpo etish boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.”.