Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996 19.05.1993 yildagi 238-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

IJODKOR YoShLARNING “ISTEʼDOD” RESPUBLIKA JAMGʻARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 338-son “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi huzuridagi “Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasini tuzish haqida” 1993-yil 4-maydagi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasining yuqori organi taʼsis konferensiyasi hisoblanadi, u Ustavni tasdiqlaydi, jamgʻarmaning boshqaruvini hamda taftish komissiyasini saylaydi, uning tuzilmasini va yagona tarif setkasiga muvofiq xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar “Isteʼdod” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparatining ilova qilinayotgan tuzilmasiga rozilik bildirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Isteʼdod” jamgʻarmasiga, ehtiyoj boʻlgan taqdirda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda respublika jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga oʻz boʻlinmalarini ochishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmui (oʻrtoq M. Qoraboyev) 15 kun muddatda ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasining taʼsis konferensiyasini oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasi Ustavini belgilangan tartibda roʻyxatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasi apparatini joylashtirish uchun xizmat xonalari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, viloyatlar boʻlinmalari ochilishiga qarab, jamgʻarma hududiy boʻlinmalarining normal faoliyatini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi hamda respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan savdo-taʼminot tashkilotlari respublika jamgʻarmasining buyurtmanomalari boʻyicha 1993-yilning I choragida inventar, mebel hamda texnika vositalari ajratishni nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Toshshahartranskorxona” davlat uyushmasi respublika jamgʻarma boshqaruvini shartnoma asosida xizmat avtotransport bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi esa shahar telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, konsernlar, korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasi faoliyatiga moliyaviy va amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika aksionerlik-tijorat sanoat-qurilish banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki respublika va xorijiy davlatlarning fuqarolari korxonalari, muassasalari va tashkilotlari homiylik badallarini oʻtkazishlari uchun maxsus soʻmli va valyuta hisoblarini ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, gazeta va jurnallar tahririyatlari Oʻzbekiston Respublikasi yosh fuqarolari shaxsiyatini shakllantirishda maʼnaviy qadriyatlarning muhim rolini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238-son

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-maydagi 238-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijodkor yoshlarining “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasi apparatining namunaviy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ijodkor yoshlarning “Isteʼdod” respublika jamgʻarmasi
‎apparatining shtatlar jadvali

Rais 1
Rais oʻrinbosari 1‎‎
Bosh konsultant 1 ‎
Konsultant 2
Buxgalter 1‎
Referent 1‎‎
Jami 7‎