08.09.2020 yildagi 443-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori, 08.09.2020 yildagi 443-IV-son
Kuchga kirish sanasi
08.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69, 78-moddalariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18, 23 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari oʻzgartirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlarining oʻzgartirilayotgan chegaralari hisobidan Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar yer maydoni, shu jumladan Zangiota tumani “Toshkent” mahalla fuqarolar yigʻini hududi (492,0 gektar), Quyichirchiq tumani “Surum” mahalla fuqarolar yigʻini hududi (128,7 gektar), Yangiyoʻl tumani “Chortoq” mahalla fuqarolar yigʻini hududi (264,4 gektar) va Oʻrtachirchiq tumani Alisher Navoiy, “Bektemir”, “Jaloir”, “Nurafshon”, “Xoʻja-Uchqun” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlari hamda “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini hududining bir qismi (1 403,3 gektar) Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga oʻtkazilgan yer maydoni, shuningdek Toshkent shahrining Sergeli tumani Al-Fargʻoniy, “Viqor”, “Chorbogʻ”, “Yorqin hayot”, “Yoʻldosh”, “Charogʻon”, “Doʻstlik”, “Navqiron”, “Olchazor”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi Choshtepa”, “Humo” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlari hamda “Daryo boʻyi”, “Qipchoq”, “Sofdil”, “Past darxon”, “Joʻnariq”, “Choshtepa” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarining bir qismi (1 864,2 gektar) va Bektemir tumani “Binokor” mahalla fuqarolar yigʻini hududi (267,0 gektar) hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 4 419,6 gektardan iborat boʻlgan Yangihayot tumani tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri tarkibida tashkil etilgan Yangihayot tumani chegaralarining kartografik chizmasi hamda chegaralari chizigʻining tavsifi tegishincha 1* va 2-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʻl va Oʻrtachirchiq tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlari chegaralarining kartografik chizmasi hamda chegaralari chizigʻining tavsifi tegishincha 3 — 14-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, chegarasi oʻzgartirilayotgan Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi saylov okruglaridan (21-Oʻzgarish, 22-Xonobod), Oʻrtachirchiq tumanidagi saylov okruglaridan (1-Qumovul, 2-Qumovul), Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi saylov okruglaridan (9-Oʻzar, 11-Xabibiy, 18-Fayzli, 19-Obihayot, 21-Ittifoq, 22-Navqiron, 23-Sofdil, 24-Lutfikor, 25-Qoʻrgʻontepa), Bektemir tumanidagi saylov okruglaridan (25-Binokor, 26-Sholikor, 27-Sangzor) saylangan xalq deputatlari Zangiota, Oʻrtachirchiq, Sergeli va Bektemir tumanlari Kengashlari deputatlari xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 8-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
443-IV-son