1-ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar/indikatorlar |
Oʻlchov birligi |
Yillar |
2028-yilgacha erishiladigan natija | ||
|
2021-yil |
2022-yil |
2023-yil | ||||
|
1. Agrosanot majmuini boshqarishning raqamli texnologiyasi | ||||||
|
1. |
Qishloq xoʻjaligi sohasini boshqarish uchun ochiq axborot oqimini va maʼlumotlarni jamlash va oʻzaro bogʻlash. |
- |
Qishloq xoʻjaligi va shu maqsadlarda foydalanish uchun berilgan boshqa toifadagi yerlarning integratsiyalashgan yagona axborot tizimi yaratiladi. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan agregatlashgan axborotlarni qabul qilish tajriba loyihasi amalga oshiriladi. |
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, banklar va sugʻurta kompaniyalari ishtirokida ishlaydi. Eksportni tashkil etish platformasi va boshqa internet tarmoqlari (texnikalarni boshqarish) platformasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. “Raqamli dala”, “Raqamli bogʻ” va “Raqamli poda” kabi bir nechta platforma ilovalari ishlaydi. “Ijtimoiy turdagi oziq-ovqat” platformasi yaratiladi. |
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimi qonunchilik hujjatlari doirasida ochiq maʼlumotlar asosida faoliyat yuritadi. Barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanadi. |
|
2. |
Raqamli texnologiyalarni standartlash, tajriba va sinovdan oʻtkazish, keng koʻlamda qoʻllash. |
- |
Chora-tadbirlar ishlab chiqish doirasida foydalanishga moʻljallangan standartlarning ustuvorligi ularning moslashuvchanligini eʼtiborga olgan holda belgilanadi. Tajriba sinovlarining ochiq tizimlari roʻyxati shakllantiriladi. |
Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va bozor ishtirokchilarini jalb etgan holda loyihalar tajriba-sinovidan oʻtkazilib, texnikalarni boshqarish (internet tarmoqlari) platformalarining raqamli prototiplari yaratiladi. |
Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va bozor ishtirokchilarini jalb etgan holda loyihalar tajriba-sinovidan oʻtkaziladi, raqamli dala va poda platformalarining raqamli prototiplari yaratiladi. |
Maʼlumotlarning tizimli tahlili, tuproqning agrokimyoviy tahlili, vegetatsiya koʻrsatkichlari va boshqalarni oʻrganish orqali mahsulot ishlab chiqarish platformalari joylarda keng koʻlamda joriy etiladi. Tovar yetkazib beruvchilar va xizmat koʻrsatuvchilarga uskuna va jihozlardan foydalanish uchun xalqaro standartlarga mos ravishda dasturiy taʼminot yetkazib beriladi va qoʻllab-quvvatlanadi. |
|
3. |
Alohida mahsulot turlarini kuzatib boruvchi tizimlarni yaratish. |
- |
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi. |
Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi. |
Ekologik toza, halol mahsulotlarni ishlab chiqarish tizimlari uchun chorva mollarini, himoya qilish vositalari va mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatib borish tizimi yaratiladi. Goʻsht va sut mahsulotlarini qayta ishlash tashkilotlari faoliyatining 10 foizga nazorat qilish tizimi joriy qilinadi. |
“Ishlab chiqarishdan doʻkongacha” boʻlgan kuzatuv tizimi 50 foizga joriy qilinadi. |
|
4. |
Agrosanoat majmuidagi tashkilotlarning internet tarmoqlari, “Aqlli dehqonchilik”, “Raqamli poda”, “Aqlli issiqxona” texnologiyalarini qoʻllash borasidagi ulushlari. |
foiz |
1 |
10 |
20 |
60 |
|
5. |
Qishloq xoʻjaligi yerlarini aloqa texnologiyalari bilan qamrab olinganligi. |
foiz |
10 |
15 |
20 |
60 |
|
6. |
Agrosanoat majmuidagi tashkilotlarning subsidiyalarni elektron koʻrinishda olish uchun maʼlumotlarni uzatish va xolisona nazorat qilish vositalari bilan jihozlanganligi. |
foiz |
10 |
25 |
50 |
100 |
|
7. |
Elektron savdo maydonlarida sotilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari miqdori. |
foiz |
10 |
25 |
50 |
100 |
|
8. |
Agrosanot majmuidagi kichik va yirik kompaniyalar tomonidan “Transport va logistika” platformasiga ulangan holda tashilgan yuk hajmi. |
foiz |
10 |
20 |
40 |
80 |
|
9. |
Axborot texnologiyalari, maʼlumotlar bilan ishlash va kiber-fizika tizimlari (internet tarmoqlari) boʻyicha qishloqlardagi ish oʻrnining foizdagi ulushi. |
foiz |
1 |
4 |
8 |
20 |
|
2. “Aqlli dehqonchilik” | ||||||
|
10. |
Geoaxborot, agrolandshaftlarni optimallashtirish tizimlarini joriy etgan yerdan foydalanuvchilar ulushi. |
foiz |
1 |
10 |
40 |
80 |
|
3. “Aqlli dala” | ||||||
|
11. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshirish. |
foiz |
- |
10 |
30 |
50 |
|
12. |
Maʼlumotlar uzatish va dala oʻsimlikshunosligi jarayonlarini internet tarmogʻi bilan qamrab olinganligi. |
foiz |
- |
5 |
20 |
50 |
|
13. |
Atrof-muhit, oʻsimliklar va tuproq holati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻuvchi raqamli vositalar bilan qamrab olingan maydonlar. |
ming gektar |
- |
10 |
100 |
500 |
|
4. “Aqlli bogʻ” | ||||||
|
14. |
Yagona geoaxborot tizimida koʻp yillik mevali daraxtlarning raqamlashgan shakldagi maydonlari. |
foiz |
- |
10 |
30 |
90 |
|
15. |
Yagona geoaxborot tizimiga ulangan monitoring tizimi bilan jihozlangan mobil texnik vositalar soni. |
foiz |
- |
10 |
30 |
70 |
|
16. |
Inson ishtirokisiz, avtonom rejimda ishlaydigan texnik robotlashgan vositalar soni. |
foiz |
- |
1 |
5 |
20 |
|
17. |
Abiotik omillarga chidamli, serhosil, tashish uchun qulay, bioaktiv moddalarga boy, isteʼmol sifati yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini yaratish. |
foiz |
- |
5 |
20 |
100 |
|
18. |
Hosilni yoʻqotish darajasini kamaytirish. |
foiz |
- |
5 |
10 |
20 |
|
19. |
Mehnat unumdorligini oshirish. |
foiz |
- |
5 |
10 |
30 |
|
20. |
Organik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish. |
foiz |
- |
5 |
20 |
50 |
|
5. “Aqlli issiqxona” | ||||||
|
21. |
“Aqlli issiqxona” texnologiyasini yopiq tizimlarda qoʻllash orqali oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish. |
foiz |
- |
5 |
10 |
15 |
|
22. |
“Aqlli issiqxona” tizimini qoʻllagan holda qayta jihozlangan yoki “Aqlli issiqxona” texnologiyasi boʻyicha loyihalashtirilgan obyektlar soni. |
dona |
- |
10 |
100 |
500 |
|
6. “Aqlli chorvachilik” | ||||||
|
23. |
Chorva mollarining mastit kasalligi bilan kasallanish darajasini kamaytirish. |
foiz |
- |
10 |
30 |
70 |
|
24. |
Sut mahsulotlari sifatini oshirish. |
foiz |
- |
5 |
10 |
40 |
|
25. |
“Aqlli chorvachilik” texnologiyasi joriy etilgan korxonalarda mahsulot tayyorlash rentabelligini oshirish. |
foiz |
- |
5 |
10 |
40 |
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy asoslarini shakllantirish | |||||
| 1. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish tizimini va uning samaradorligini baholash usulini xalqaro standartlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqish. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasiniamalga oshirish samaradorligini baholash usuli va vositalarini belgilovchi xalqaro standartlar asosida davlat standartlarini ishlab chiqish. | 2022-yil I chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 2. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bilan bogʻliq normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda natijalarga erishishga koʻmaklashuvchi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. | 2022-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| 3. | Qishloq xoʻjaligi yerlaridan unumli foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish. | Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi talablarini inobatga olish. | 2022-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| 4. | Suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish. | Suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi talablarini inobatga olish. | 2022-yil II chorak | Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi | |
| 5. | Chorva ozuqa bazasini rivojlantirish va chorva hayvonlarini parvarishlash bilan bogʻliq faoliyatni optimallashtirish. | Hududlarning iqlimi, geologik, geografik sharoitlarini inobatga olgan holda, chorva ozuqa ekinlarini joylashtirish hamda chorva mollari va parranda turlarini ushbu talablar asosida koʻpaytirish tadbirlarini tashkil etish. | 2021-yil IV chorak | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi | |
| 6. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining samaradorligini hisoblash. | 1. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining iqtisodiy samaradorligini aniqlash. | 2022-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| 2. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining ijtimoiy samaradorligini aniqlash. | 2022-yil III chorak | ||||
| II. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish | |||||
| 7. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshirish. | 1. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini ishlab chiqishga oid dolzarb mavzulardagi ilmiy loyihalar roʻyxatini shakllantirish. 2. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish. 3. Ilmiy loyihalar tanlovlari natijalariga koʻra ularni moliyalashtirish. 4. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha ilmiy loyihalarning bajarilishini taʼminlash. | 2021 — 2023-yillar davomida | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 8. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasining ilgʻor namunasini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida yosh olimlarni nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy tashkilotlarga stajirovkaga yuborish. | 1. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida va ilmiy tashkilotlarda stajirovkadan oʻtadigan yosh olim va mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish. | 2021-yil IV chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi | |
| 2. Yosh olim va mutaxassislar stajirovkadan oʻtadigan nufuzli xorijiy universitet va ilmiy tashkilotlarni aniqlash. | 2022-yil I chorak | ||||
| 3. Yosh olim va mutaxassislarning nufuzli xorijiy universitet va ilmiy tashkilotlarda stajirovkasini tashkil etish. | 2022-yil III chorak | ||||
| 9. | Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvdan samarali foydalanish maqsadida smart texnologiyali (mini oʻlchov stansiyalari va “aqlli tayoqcha”) loyihalarini amalga oshirish. | 1. Suv isteʼmolchilariga yetkazib berilgan suvni ular oʻrtasida optimal taqsimlash boʻyicha har bir hududda bittadan tajriba loyihasini amalga oshirish. | 2022-yil IV chorak | Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| 2. Suv taqsimlash inshootlarida suv hajmini oʻlchash, ekin turi va hududlar joylashuviga qarab suvni taqsimlash boʻyicha uskuna va qurilmalarni oʻrnatish. | 2023-yil I chorak | ||||
| 10. | Qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlarining oliy taʼlim va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish. | 1. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun qishloq va suv xoʻjaligi tashkilotlari mutaxassislarini oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. | 2022-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| 2. Ilgʻor ilm-fan yutuqlarini qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish tadbirlarini belgilash. | 2022-yil IV chorak | ||||
| 11. | Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaliklari yoʻnalishlarida mobil ilovalar yaratish maqsadida tanlovlar tashkil etish. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish loyihasi doirasida dolzarb yoʻnalishlarni aniqlash, sohalarning muhimligini inobatga olgan holda ilovalarga boʻlgan talabni ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| III. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirishning texnologik yechimlarini joriy etish | |||||
| 3.1. “Aqlli dehqonchilik” | |||||
| 12. | Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida yer maydonlaridan foydalanishning raqamli, masofali geoaxborot texnologiyalari va kompyuterlashgan usullarini qamrab oluvchi rejalashtirish va maqbullashtirishning intellektual tizimini yaratish. | “Aqlli dehqonchilik” texnologiyasi doirasida avtomatik rejimda hududlarning tuproq va yer resurslari holati boʻyicha axborot yigʻuvchi, uni tahlil etuvchi va yangilab boruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, almashlab ekish, ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarini avtomatik usulda baholovchi, yerdan foydalanishning samarali nazorati va monitoringini yurituvchi dasturni ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
| 3.2. “Aqlli dala” | |||||
| 13. | Tuproq, oʻsimlik va atrof-muhit holati boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va foydalanishning intellektual tizimini yaratish. | 1. Raqamli texnologiyalar asosida maʼlumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash natijasida ilmiy asoslangan holda mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatishda agrosanoat majmuining raqobatbardoshligi va barqarorligini taʼminlash yuzasidan dasturni ishlab chiqish. | 2022-yil II chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi | |
| 2. Daladagi oʻsimliklarning holati boʻyicha unifikatsiyalashgan vositalar yordamida axborotni uzatadigan va yuqori darajadagi tafsilotli maʼlumotlar asosida boshqaruv qarorlarini qabul qiladigan avtomatlashtirilgan dasturni ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | ||||
| 3.3. “Aqlli bogʻ” | |||||
| 14. | Robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, bogʻdorchilik mahsulotlarini yetishtirish jarayonlarini nazorat qilish tizimini yaratish. | Robototexnika, uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda, tuproq-iqlim sharoitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida ekish uchun maqbul koʻchat turini aniqlash, organik va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishning rentabelligi boʻyicha iqtisodiy hisob-kitoblar, aholining bogʻdorchilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish masalalarini qamrab olgan dasturni ishlab chiqish. | 2022-yil II chorak | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
| 3.4. “Aqlli issiqxona” | |||||
| 15. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini avtomatik rejimda yetishtiradigan robotlashtirilgan va tashqi muhit taʼsiridan himoyalangan, operator, agronom, muhandis va boshqalarning ishtiroki maksimal darajada kamaytirilgan obyekt loyihasini ishlab chiqish. | Issiqxonalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatini beruvchi dasturiy apparat yechimini qamrab olgan va robotlashtirilgan texnologiyalarni yaratish. | 2023-yil III chorak | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va moliyaviy mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
| 3.5. “Aqlli chorvachilik” | |||||
| 16. | Inson (operator, chorvador, veterinar va boshqalar) ishtirokisiz chorva mollari (goʻsht, sut va boshqa yoʻnalishdagi) turi/zotini avtomatik rejimda yetishtiradigan robotlashtirilgan obyekt loyihasini ishlab chiqish. | Raqamli texnologiyalardan (internet vositalari, zarur maʼlumotlar va boshqalar) foydalangan holda, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy muvofiqligini, isteʼmolchilarning faolligini, hudud aholisi sogʻligʻini va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlarni tahlil qiladigan zamonaviy “Aqlli chorvachilik” texnologiyasini amalga oshirish dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil IV chorak | Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| IV. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” majmuasining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqish | |||||
| 17. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatini oʻrganish. | Xorijiy tajribalarga asoslangan holda, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarining texnik vositalari va boshqa tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil III chorak | Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar | |
| V. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish Davlat dasturi yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda uni ilgari surish va targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish | |||||
| 18. | “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini aholi oʻrtasida targʻib qilish. | 1. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini rivojlantirishstrategiyasiningreja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2021-yil I chorak | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
| 2. Ommaviy axborot vositalarida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy videoroliklar, tahliliy maqolalar tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarga tegishli materiallarni joylashtirish. | Doimiy | ||||
3-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Agrosanoat majmuida integratsiyalashgan yagona axborot tizimini yaratish | |||
|
1. |
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini uchun “e-agriculture.gov.uz” domenni ajratib berish. |
2021-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. |
Respublikada yetishtirilgan paxta xomashyosi hisob-kitobini yuritadigan “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan tizimni Qishloq xoʻjaligi vazirligi hisobiga oʻtkazish choralarini koʻrish. |
2020-2021-yillar |
“Oʻzpaxtasanoat” AJ tugatish komissiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
3. |
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot va jismoniy shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron almashish xizmatini tashkil etish. |
2021-yil iyul |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
4. |
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimida maʼmuriy-hududiy birliklar va qishloq xoʻjaligi korxonalarining amaldagi chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron almashish xizmatini tashkil etish. |
2021-yil avgust |
Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
|
5. |
2021-2022-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi | |
|
6. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”ning server qurilmalarini uzluksiz ishlashini taʼminlash. |
Doimiy |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
7. |
Suv xoʻjaligi sohasidagi barcha jarayonlarni oʻzida qamrab olgan vaziyatlar markazi axborot tizimini yaratish. |
2022-yil dekabr |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishdan mahsulotlarni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq qamrab olgan raqamlashtirish tizimini joriy etish. |
2023-yil iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
9. |
“Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish. |
2021-yil may |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
II. Qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va maʼlumotlar bazalari boʻyicha baholash ishlarini olib borish | |||
|
10. |
Idoralararo ishchi guruhni tuzish. |
2020-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Agrosanoat majmudagi tashkilotlar foydalanayotgan raqamli texnologiyalar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
12. |
Agrosanoat majmuidagi tashkilotlar foydalanayotgan raqamli texnologiyalarning holati boʻyicha baholash ishlarini olib borish. |
2021-yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
13. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sohasida qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va maʼlumotlar bazalarini baholash. |
2021-yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
14. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlarda foydalanilayotgan raqamli texnologiyalar boʻyicha hisobot tayyorlash. |
2021-yil noyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
15. |
Agrosanot majmuida raqamli texnologiyalarni integratsiyalash va rivojlantirish boʻyicha ish rejani tasdiqlash. |
2022-yil yanvar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
III. Qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan (kosmik) zondlash texnologiyalarini rivojlantirish | |||
|
16. |
Xorijiy kompaniyalarning yerni masofadan (kosmik) zondlash texnologiyalari asosida tajriba loyihalarini joriy etish tartibini belgilash, shu jumladan, xorijiy kompaniya va Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida tajriba loyihasi doirasida maʼlumotlar almashish jarayonida ruxsat etilgan maʼlumotlar tarkibi va reglamentini ishlab chiqish. |
2020-yil dekabr |
“Oʻzbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Mudofaa vazirligi |
|
17. |
Yerni masofadan zondlash texnologiyalari maʼlumotlarini tahlil qiluvchi platformalar asosida tajriba loyihalarini amalga oshirish. |
2021 — 2023-yillarda |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT-park, “Oʻzbekkosmos” agentligi |
|
18. |
Mamlakatimizda yerni masofadan zondlash texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida bu borada ilgʻor tajribaga ega xorijiy kompaniyalarni jalb qilish. |
2021-2022-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
19. |
Yerni masofadan zondlash texnologiyalarini samarali tatbiq qilish uchun bugungi kunda respublikada mavjud ilmiy salohiyatni oʻrganish. |
2021-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
20. |
Yerni masofadan zondlash texnologiyalari boʻyicha respublikada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shu jumladan, chet elda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil fevral |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
21. |
Oʻzbekistonning sunʼiy yoʻldosh rasmlari, shu jumladan, pulli va bepul manbalar, ularning sifatli tarkibini baholagan holda maʼlumotlar manbalari roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekkosmos” agentligi |
|
22. |
Maamlakatimiz qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlash holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash. |
2021-yil aprel |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
23. |
Respublikada yerni masofadan zondlash texnologiyalari joriy qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni har chorakda Vazirlar Mahqamasiga kiritib borish. |
2021-2022-yillar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
IV. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasining shaffof tizimini rivojlantirish | |||
|
24. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini yuritishning integratsiyalashgan tizimi tamoyillarini ishlab chiqish. |
2021-yil may |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
25. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha amaldagi davlat statistika hisobot shakllarida mavjud koʻrsatkichlarni xalqaro tashkilotlar koʻrsatkichlari bilan taqqoslash hamda davlat statistika hisobot shakllarini takomillashtirish. |
2021-yil iyun |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
26. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini yuritish uchun masʼul idoralar faoliyatini belgilash va institutsional oʻzgarishlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
27. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasida qoʻllanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va maʼlumotlar bazasi boʻyicha baholash ishlarini olib borish. |
2021-yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
28. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasi boʻyicha yillik hisobotni (Annual agriculture report) chop etib borish. |
Har yili |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi |
|
29. |
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasi toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilish, agrar statistikaga oid video-rolik va infografikalar yaratish. |
2021-yil noyabr |
Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
4-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish | |||||
|
1. |
Agrosanoat majmuida integratsiyalashgan yagona axborot tizimini yaratish. |
1. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini joriy qilish va yuritishga masʼul boʻlgan tashkilotni belgilash. |
2021-yil yanvar |
Xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Xorijiy va mahalliy tashkilotlarni jalb qilgan holda, “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini yaratish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. |
2021-yil dekabr | ||||
|
3. Loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish. |
2022-yil fevral | ||||
|
4. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash boʻyicha tender (konkurs) savdolarini tashkil etish va gʻoliblar bilan shartnoma tuzish. |
2022-yil aprel-may | ||||
|
5. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” axborot tizimini ishlab chiqish. |
2022-yil iyun | ||||
|
2. |
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklda amalga oshirish boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
1. Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalar turlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2021-yil may |
Ijrochilar mablagʻlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi |
|
2. Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklda amalga oshirish boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish. |
2022-yil yanvar | ||||
|
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalarni ajratish boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ariza berish jarayonining yagona axborot tizimini ishlab chiqish. |
2022-yil may | ||||
|
4. Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish jarayonini elektron shaklga oʻtkazish loyihasini bosqichma-bosqich joriy etish va elektron hukumat axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
3. |
Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi ArcGIS geoaxborot tizimini joriy etish. |
1. ArcGIS geoaxborot tizimini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolash. |
2021-yil iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga ArcGIS geoaxborot tizimini joriy etish. |
2022-yil yanvar | ||||
|
4. |
Paxta xomashyosi hisob-kitobini yurituvchi “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini takomillashtirish. |
1. “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimida tegishli tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish. |
2021-yil fevral |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va kreditlari |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJning tugatish komissiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimida axborot xavfsizligi auditini oʻtkazish. |
2021-yil aprel | ||||
|
4. “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga oʻtkazish. |
2021-yil mart | ||||
|
5. “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish. |
2021-yil iyul | ||||
|
6. “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish va idoralarda undan foydalanishni tashkil etish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
II. Suv xoʻjaligi obyektlarida suv resurslarini boshqarish, monitoring qilish va ularning hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirish | |||||
|
5. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti metodikasi asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari uchun sugʻorish meʼyorlarini hisoblash boʻyicha dasturiy taʼminot ishlab chiqish. |
1. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlari uchun sugʻorish meʼyorlarini hisoblash boʻyicha dasturiy taʼminotni joriy qilish hamda yuritishga masʼul boʻlgan tashkilotni belgilash. |
2021-yil may |
Budjet mablagʻlari |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Sugʻorish meʼyorlarini hisoblash boʻyicha dasturiy taʼminotni yaratish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Loyiha-smeta hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish. |
2021-yil noyabr | ||||
|
4. Sugʻorish meʼyorlarini hisoblash boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlash uchun tender (konkurs) savdolarini tashkil etish va gʻoliblar bilan shartnoma tuzish. |
2022-yil yanvar-fevral | ||||
|
5. Sugʻorish meʼyorlarini hisoblash boʻyicha dasturiy taʼminotni ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr | ||||
|
6. |
“Oʻzgidromet” markazining Surxondaryo viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Amudaryo daryosidagi (Termiz sh.) gidrologik postni avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 2. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish. |
2021-yil avgust |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
7. |
“Oʻzgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Sirdaryo daryosidagi (Chinoz sh. va Nadejdinskiy q.) gidrologik postlarni avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postlarni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 2. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postlarni avtomatlashtirish. |
2021-yil dekabr |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
8. |
“Oʻzgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Koksu daryosidagi (Birchmulla q.) hamda Pskem daryosidagi (Pskem q.) gidrologik postlarni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postlarni qayta barpo etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. 2. Gidrologik postlarni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 3. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postlarni avtomatlashtirish. |
2022-yil may |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
9. |
“Oʻzgidromet” markazining Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Sirdaryo daryosidagi (Kal q.) gidrologik postini avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 2. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish. |
2022-yil avgust |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
10. |
“Oʻzgidromet” markazining Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Sirdaryo daryosidagi (Pungan q.) gidrologik postni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postni qayta barpo etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. 2. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 3. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish. |
2022-yil sentabr |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
11. |
“Oʻzgidromet” markazining Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga tegishli boʻlgan Chotqol daryosidagi (pastki-chotqol GES) gidrologik postni qayta barpo etish hamda avtomatlashtirilgan uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali takomillashtirish. |
1. Gidrologik postni qayta barpo etish boʻyicha ishlarni amalga oshirish. 2. Gidrologik postni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan uskuna va qurilmalarni xarid qilish. 3. Uskuna va qurilmalarni oʻrnatish orqali gidrologik postni avtomatlashtirish. |
2022-yil oktabr |
Budjet mablagʻlari hisobidan |
“Oʻzgidromet” markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi |
|
III. Agrar sohadagi biznes-startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash | |||||
|
12. |
Talabalarning agrar sohadagi biznes-startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida innnovatsion korxonalarni tashkil etish. |
1. Toshkent davlat agrar universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining biznes-startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida innnovatsion korxonalarni tashkil etish maqsadida zarur maydonlar ajratish. |
2021-yil aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. Innnovatsion korxonalarni zamonaviy kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash. |
jadval asosida | ||||
5-ILOVA
T/r | Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar | Maʼlumot nomi |
1. | Suv xoʻjaligi vazirligi | Suv sarfining samaradorligi boʻyicha tahliliy ishlarni olib borishga oid maʼlumotlar. |
2. | Kadastr agentligi | Maʼmuriy-hududiy birliklar va qishloq xoʻjaligi korxonalarining amaldagi chegaralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
3. | Adliya vazirligi | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilot va jismoniy shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
4. | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga ajratilayotgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
5. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | Chorvachilik xoʻjaliklari va ularga tegishli yer maydonlari, ekilgan ekin turlari (gektar koʻrsatilgan holda), barcha xoʻjaliklardagi chorva hayvonlari reyestri, goʻsht va sutni qayta ishlovchilar, chorva hayvonlarini soʻyishga ixtisoslashgan korxonalar (qushxonalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
6. | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | Fitosanitariya xizmatlari, oʻsimliklar karantini xizmatlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport (import) qiluvchilar reyestri, laboratoriyalar va berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
7. | Oʻrmon xoʻjaligi agentligi | Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasiga oid maʼlumotlar. |
8. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | |
9. | “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi | |
10. | “Parrandasanoat” uyushmasi | |
11. | “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi | |
12. | “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi | |
13. | “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi | |
14. | “Oʻzdonmahsulot” AK | |
15. | “Oʻzagroservis” AJ | |
16. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | |
17. | “Tomorqa xizmati” MCHJ | Aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻrsatkichlari (ajratilgan yer maydoni, hosildorlik va boshqalar), ichki va tashqi bozorning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
18. | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi | |
19. | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi | |
6-ILOVA
|
T/r |
Loyihaning nomi |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlash orqali maʼlumotlarni tahlil qiluvchi “Monterra” (IT-park rezidenti) elektron platformasi loyihasi. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, IT-park, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. |
Buxoro viloyatining ikkita tumanida qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlash orqali maʼlumotlarni tahlil qiluvchi Airbus kompaniyasining (“Oʻzbekkosmos” agentligi hamkori) elektron platformasi loyihasi. |
“Oʻzbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
3. |
Sirdaryo, Qibray va Qarshi tumanlarida qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlash orqali maʼlumotlarni tahlil qiluvchi Toshkent davlat irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Geoinformatsion markazining amaliy ishlanmalari loyihasi. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
4. |
Toʻrtkoʻl va Gʻallaorol tumanlarida qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlash orqali maʼlumotlarni tahlil qiluvchi “Ekomonitoring” (Rossiya Federatsiyasi) kompaniyasining amaliy ishlanmalari loyihasi. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
5. |
Qibray tumanida qishloq xoʻjaligi yerlarini masofadan zondlashda dronlardan foydalanish boʻyicha Germaniyaning Leybnits institutining amaliy ishlanmalari loyihasi. |
Toshkent davlat agrar universiteti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi |