Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017 21.11.1995 yildagi 440-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼlim toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgusta 173-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, oʻzlariga qarashli umumtaʼlim maktablariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim toʻgʻrisidagi idoraviy normativ hujjatlarni uch oy muddatda mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995/96 oʻquv yilida tasdiqlangan nizomlarni amalga oshirish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlarni amalga oshirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Taʼlim va fan boʻlimiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 21-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
440-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston umumtaʼlim maktabi oʻz faoliyatida “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, shu qonunga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumiy taʼlim maktabi uzluksiz taʼlim tizimining asosiy boʻgʻini hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga davlat umumtaʼlimi andozalari doirasida bepul umumiy taʼlim olishning kafolatlangan huquqi va imkoniyatini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Umumtaʼlim maktabi faoliyati demokratiya va insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning ilmiy va madaniy anʼanalari, oʻqitishning dunyoviy xarakteri, siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar taʼsiridan xolilik, iqtidor va ilmni ragʻbatlantirish, oʻquvchi va pedagog shaxsini hurmat qilish tamoyillari asosiga quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Umumtaʼlim maktabining asosiy maqsadi – oʻquvchilarni har tomonlama rivojlangan, madaniyatli shaxs sifatida shakllantirish, shuningdek, jamiyatda oʻzlarining mustaqil oʻrnini topish, ongli ravishda taʼlim va kasblar boʻyicha dasturlarni tanlash, ularni oʻzlashtirish uchun asos yaratish, jamiyat, oila va davlat oldida oʻz masʼuliyatlarini his qila oladigan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumtaʼlim maktabi taʼlim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlagan holda amalga oshiradi, oʻquvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan, ularning oʻz ustida mustaqil ishlashlari hamda qoʻshimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktab taʼlim oluvchilarning ilmiy bilimlar, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va boshlangʻich kasb koʻnikmalarini egallashlarini, shuningdek, ularning oʻziga xos qobiliyatlari va axloqiy sifatlarini rivojlantirishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktab fuqarolarning milliy-madaniy ehtiyojlarini qondirishda koʻmaklashishga, milliy qadriyatlarning tiklanishiga, barcha millat vakillariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalashga, yoshlarda fuqarolik tuygʻusini shakllantirishga, ularni mustaqil hayotga tayyorlashga daʼvat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat maktab faoliyati va uni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy asosini kafolatlaydi, uning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa ehtiyojlarining qondirilishini taʼminlaydi, ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot bilan bogʻliq ravishda oʻzgaruvchan taʼlim andozalarini, barcha turdagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim darajali va oʻquv soatlari hajmiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Umumtaʼlim maktabi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, toʻrtburchakli shtampga va belgilangan namunadagi peshlavhaga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktab hokimiyat va boshqaruv organlari, ota-onalar va pedagogik jamoatchiligi oldida shaxsning taʼlimga boʻlgan konstitutsion huquqining amalga oshirilishi, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning tanlangan shakllari oʻquvchilar yoshining ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, sogʻliqni saqlash talablariga muvofiq kelishi, oʻquvchilar tomonidan oʻquv materiallarining qoʻyilgan talablar asosida sifatli oʻzlashtirilishi uchun masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maktab taʼlim berish tilini tegishli organlar bilan kelishgan holda, oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻquvchilar va ota-onalar (yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning istaklarini hisobga olib belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabda taʼlim berilayotgan oʻz ona tillaridan tashqari oʻquvchilar davlat (oʻzbek, Qoraqalpogʻistonda – qoraqalpoq) tilini va xorijiy tillarni oʻrganishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Umumiy taʼlimning hamma uchun tengligini taʼminlash, oʻquvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, oʻquvchilar ichidan eng iqtidorlilarni har xil turlari (maktab kompleks, litsey, gimnaziya, iqtidorli bolalar uchun maktab, katta yoshlilar taʼlim markazi va boshqalar) tashkil qilinishi mumkin. Ular oʻz faoliyatlarida mazkur Nizomga va oʻz nizomlari hamda ustavlariga amal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab turini tanlash uning Kengashi (pedkengash) tomonidan mahalliy hokimiyat va taʼlimni boshqarish organlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maktablarni tashkil qilish, qayta tashkil etish (turini oʻzgartirish), shuningdek, uning faoliyatini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat taʼlim muassasalarini tashkil qilish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom asosida har bir maktab jamoaning xususiyatlari va taraqqiyot istiqbollarini, maktab jamoa aʼzolarining huquq va burchlarini, maktabning faoliyat qoidalarini belgilab beruvchi oʻz Ustavini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maktab Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-avgustdagi 406-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi belgilangan tartibda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Taʼlim-tarbiya jarayonining tuzilishi va uni tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.Umumiy taʼlim maktabi oʻqitish jarayonini oʻquvchilarni rivojlantirish umumtaʼlim dasturlarining uch bosqichi darajasiga muvofiq amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqich – boshlangʻich taʼlim (4 yil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bosqich – tayanch taʼlim (5 yil);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bosqich – oʻrta taʼlim (2-3 yil).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Turli bosqichdagi maktablar, shuningdek, kechki maktablar mahalliy sharoitlarni hisobga olgan alohida yoki yagona kompleks tashkil qilinishi va joylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kechki maktablarni tashkil qilish uchun oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan taqdirda yoshlar uchun umumiy taʼlim maktabi negizida kunduzgi sinflar va sirtqi guruhlar ochilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Zarurat boʻlganda va kerakli shart-sharoitlar yaratilgan maktablar qoshida oʻquvchilar uchun tegishli shtat bilan internat (yotoqxonalar)lar, ixtiyoriylik asosida butlanadigan kuni uzaytirilgan yoki bir kunlik guruhlar tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Boshlangʻich taʼlim (I bosqich) oʻqish, yozish, hisoblash, oʻquv faoliyatining asosiy bilim va koʻnikmalari, nazariy fikrlash elementlari, nutq va xulq madaniyati asoslarini egallashni hamda shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzini taʼminlashga daʼvat etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshlangʻich taʼlim tayanch taʼlim olish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birinchi sinfga 6-7 yoshga toʻlgan, taʼlim olish uchun ruhan va jismonan tayyor boʻlgan, 5 va 6 yoshligida tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmati koʻrigidan oʻtgan bolalar qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish, odatda, oʻquv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va maktab boʻyicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tayanch taʼlim (II bosqich) oʻquvchi shaxsining shakllanishi, uning ijtimoiy oʻzligini anglashga boʻlgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Tayanch taʼlim oʻquvchilarni oʻrta taʼlimning xilma-xil turlarini tanlashga tayyorlaydi va mustaqil hayotga toʻla maʼnoda qoʻshilish uchun zarur boʻlgan umumiy taʼlim poydevorini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-sinf hajmidagi tayanch taʼlim majburiydir va u oʻquvchilarga oʻrta taʼlim muassasalarida, III bosqichdagi oʻrta taʼlimlarda, turli xil hunar hamda oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishni davom ettirish, xuddi shu kabi mehnat faoliyatini boshlab hamda uni istagi boʻlgan taqdirda kechki (smenali) oʻrta umumtaʼlim maktablarida, kattalarga taʼlim berish markazlarida oʻqishni davom ettirish imkoniyati bilan uygʻunlashtirish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻrta taʼlim (III bosqich) oʻquvchilarga tabaqallashtirilgan va uygʻunlashtirilgan fanlar asosida umumiy oʻrta taʼlim berish jarayonini yakunlaydi. Asosiy fanlardan tashqari, oʻquvchilar xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha fanlarni oʻqitishni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bosqich maktablariga oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi. (Maktab (pedkengashi) kengashi qaroriga koʻra kirish imtihonlari, test sinovlari yoki suhbat oʻtkaziladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli imkoniyatlar boʻlgan taqdirda Maktab (pedkengashi) kengashi oʻquvchilarning talab va istaklarini hisobga olgan holda maktabda bir yoki bir nechta kasbga yoʻnaltiruvchi taʼlimni joriy etish haqida qaror qabul qilishi mumkin (umumiy, ijtimoiy, fizika-matematika, Kimyo-biologiya, texnika, qishloq xoʻjaligi, badiiy yoʻnalishdagi va boshqalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holatda mehnat tayyorgarligi taʼlim ixtisosi, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga koʻra u hamma oʻquvchilar uchun shart boʻlmagan kasb taʼlimi shaklida boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yangi turdagi oʻquv muassasalari (gimnaziya, litsey, iqtidorli bolalar maktablari va boshqalarga) ga oʻquvchilar ularning ustavlari talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy taʼlim maktablariga umumiy asoslarda shartnomalar va bitimlar bilan belgilangan tartibda qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatlararo tuzilgan madaniy, ilmiy hamkorlik bitimlari va rejalari asosida umumiy taʼlim maktablariga qabul qilingan xorijiy fuqarolar, agar bitim bilan boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, respublika qonunlarida va mazkur Nizomda belgilangan huquqlardan foydalanadilar va majburiyatlar oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktabdagi taʼlim-tarbiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv-tarbiya jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tegishli davlat taʼlimi andozalari darajasiga muvofiq oʻquvchilarga taʼlim beradigan, pedagogik jihatdan asoslangan oʻquv rejalari, dasturlari, vositalari va uslublari oʻqituvchi (tarbiyachi) tomonidan tanlab olingan asosga quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Umumiy oʻrta taʼlimning ochiqligi va koʻp variantliligi, milliy va mintaqaviy anʼanalar hamda oʻziga xosligiga yoʻnaltirilganligi taʼlim mazmunini quyidagi tizimda shakllantirish orqali taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tayanch komponenti (Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab komponenti (xalq taʼlimini boshqarish mahalliy organlari bilan kelishgan holda Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan belgilanadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat majburiy talablari doirasida oʻquv dasturini oʻzlashtira olmagan oʻquvchilarga yordam koʻrsatish uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan I va II bosqich sinflarida qoʻshimcha oʻqitish, pedagogik qoʻllab-quvvatlashning turli shakllari (umumiy soni 15 oʻquvchidan koʻp boʻlmagan korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo) tashkil etilishi mumkin, rivojlanishida jismoniy va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalash uchun esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari tomonidan I-II bosqichdagi maktablarning maxsus sinflari va maxsus umumtaʼlim muassasalari tashkil etiladi va faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar salomatligini tiklash sanatoriya turidagi muassasalarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish shtatli yoki maktabga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimi tomonidan bajariladi. U maʼmuriyat bilan bir qatorda bolalarning sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi uchun masʼuldir. U tor doirasidagi mutaxassislar yordamida bolalar salomatligini yillik tekshiruvdan oʻtkazadi, davolash-profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, sanitariya-gigiyena normalariga, maktab oʻquvchilari ovqatlanishining tartibi va sifatiga, jismoniy va aqliy nagruzkalar oʻlchovlariga rioya qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktablarda taʼlim jarayonini ruhiy taʼminlashni ruhshunoslar amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Taʼlimning II va III bosqichlarida oʻqishlar imtihonlar bilan yakunlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabda sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlari Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻquvchilarni imtihonlarga kiritish, sinfdan-sinfga koʻchirish va maktabni bitirish Xalq taʼlimi vazirligining Yoʻriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻquvchilar tibbiy komissiya xulosasiga asosan kasalligi tufayli sinfdan-sinfga koʻchirish va bitirish imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin. Imtihonlardan ozod etishga huquq beradigan kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻquvchilarning II va III bosqich maktablarini bitirishlari va ularga tayanch taʼlim haqidagi guvohnomalar va oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma berish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. II bosqich maktabi hajmida taʼlimni yakunlagan oʻquvchilarga asosiy (tayanch) taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli tayanch taʼlimi toʻgʻrisida guvohnoma topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bosqich maktabi hajmida taʼlim olgan bitiruvchilarga oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma, alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli oʻrta maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Katta yoshlilar taʼlimi markazi maktabida oʻqish davrida biror kasb-hunarni oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlgan bitiruvchilarga, ular malaka imtihonlarini topshirganlarida yoki sinovdan oʻtganlarida mazkur kasbga doir ishga kirishga asos boʻladigan kasb-korga doir mutaxassisligi koʻrsatilgan guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bolalarni uy sharoitida oʻqitish umumtaʼlim maktablarining dasturlari boʻyicha davlat andozalari doirasida olib boriladi va keyinchalik eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtkaziladi. Bunday hollarda oʻquvchilar ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida maktab, taʼlim boshqaruvining tegishli organlari bilan shartnoma tuziladi. Bunda tomonlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa majburiyatlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Maktab oʻz hududi (mikrorayoni) da yashovchi I-IX sinflarda oʻqishi lozim boʻlgan barcha bolalarni majburiy taʼlim olishga toʻliq jalb etish tadbirlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayanch maktabda boʻsh oʻrinlar boʻlgan taqdirda u unda oʻqishni xohlagan barcha bolalarni qabul qilishga majburdir. Agar maktabda oʻquvchilar soni juda koʻpayib ketsa, sinflarga yangi oʻquvchilarni qabul qilishda maktabga yaqin yashaydigan bolalar imtiyozga ega boʻladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 352-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malakali oʻqituvchilar va yetarli xonalarga ega boʻlgan barcha turdagi umumiy taʼlim maktablarida quyidagi fanlardan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun sinflarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V-IX sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan shahar maktablarida, oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan qishloq maktablarida hamda X-XI (XII) sinflardagi oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan shahar va qishloq maktablarida mehnat boʻyicha mashgʻulotlarda; tarmoq taʼlimi darslarida ham (VIII-IX sinflarda 1 soat, X-XI (XII) sinflarda 2 soat) faqat mehnat boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda boʻlib oʻqitish amalga oshiriladi; X-XI sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan taqdirda jismoniy tarbiya darslarida (har bir guruhda kamida 8 yigit va qiz boʻlganda); I-IX sinflardagi oʻquvchilar soni 25 va undan ziyod boʻlgan taʼlim rus tilida olib borilmaydigan maktablarda rus tili va adabiyoti darslarida X-XI (XII) sinflardagi oʻquvchilar soni 20 va undan ziyod boʻlgan hamda taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan maktablarda oʻzbek tili va adabiyoti, chet tili, informatika va hisoblash texnikasi va maxsus fanlar, ixtisos boʻyicha ayrim fanlar chuqur oʻrgatiladigan sinf va maktablarda esa oʻz nizomlariga koʻra boʻlinish amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Umumiy taʼlim maktablarida oʻquv yili 2-sentabrdan boshlanadi. Oʻquv yili toʻrt chorakka (semestrga) boʻlinadi, uning boshlanishi va oxirgi oʻquv rejasi bilan belgilanadi. Oʻquv yili Amaliy mashgʻulotlarni hisobga olmaganda 33 hafta, 1-sinflarda esa 30 hafta davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv yili mobaynidagi taʼtillar kamida 30 kalendar kun qilib belgilanadi: kuzgi taʼtil – 4-noyabrdan 11-noyabrgacha (8 kun), qishki taʼtil – 31-dekabrdan 10-yanvargacha (11 kun), bahorgi taʼtil – 22-martdan 31-martgacha (10 kun). Yozgi taʼtil – oʻquv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31-avgustgacha (kamida 8 hafta) davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-sinf oʻquvchilari uchun Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan fevral oyi oʻrtalarida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv yili davomidagi ish va mashgʻulotlar quyidagi bayram kunlarida oʻtkazilmaydi: 1-yanvar – Yangi yil, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 21-mart – Navroʻz bayrami, 9-may – Gʻalaba kuni, 1-sentabr – Mustaqillik kuni, Roʻza hayit – (yid-al-fitr) diniy bayramining birinchi kuni, Qurbon hayit (yid-al-adxa) diniy bayramining birinchi kuni, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda oʻquvchilari oʻquv vaqti hisobiga qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga, oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan turli tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. Oʻquvchilarni darslardan chalgʻitgan xalq taʼlimi muassasalari va boshqaruvi organlari rahbarlari tegishli maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Kundalik oʻquv mashgʻulotlar soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar I bosqich maktabida 35-40 daqiqagacha, II va III bosqich maktablarida 40-45 daqiqagacha, oʻquv haftasi 5-6 kun davom etadi. I va II navbat (smena) lardagi mashgʻulotlarning boshlanishini ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar), oʻquvchilar bilan kelishilgan, sanitariya-gigiyena talablari hisobga olingan holda Maktab (pedkengash) kengashi belgilaydi. Darslar orasidagi tanaffuslarning davom etishi oʻquvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat bilan taʼminlanishlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Uy vazifalari berish majburiy emas. Ular oʻquvchilarga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy ruhiy-jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. 1-sinf oʻquvchilariga baho oʻquv yilining birinchi yarmi uchun qoʻyiladi, soʻngra esa choraklar boʻyicha qoʻyiladi. Baholar quyidagi ballarda qoʻyiladi: 5 (aʼlo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz). Badallardagi oraliq yakuniy baholar (II – XI – (XII) sinflar) Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan chorak yoki yarim yillik uchun (agar fanni oʻrganish uchun oʻquv rejasida haftasiga 1 soat vaqt ajratilgan boʻlsa) qoʻyiladi. Yil oxirida yakuniy baholar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Maktabdagi barcha darsdan tashqari tarbiya ishlari ixtiyoriylik, faoliyat turini tanlashda mustaqillik, oʻzaro hurmat va hamkorlik prinsiplari asosida, ota-onalarning istagi, oʻquvchilarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatini hisobga olgan holda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar va oʻsmirlarni tarbiyalash vazifalari pedagogik va oʻquvchilar jamoalari, bolalar jamoat tashkilotlari, ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikning birgalikdagi ijodiy faoliyatida amalga oshiriladi. Buning uchun maktabda oʻquvchilarning qiziqishlariga koʻra bir xil yoshli va turli yoshli birlashmalari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar shirkatlari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻquvchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy taʼlim maktablarining oʻquvchilari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat andozalariga muvofiq bepul umumiy (boshlangʻich, tayanch, oʻrta) taʼlim olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oʻquv shaklini tanlash. Oʻquvchilar umumiy taʼlim dasturlarini yoki uning ayrim boʻlimlarini umumiy oʻrta taʼlim maktablarida ham, oilaviy taʼlim olish, mustaqil oʻqish va eksternat shaklida ham oʻzlashtirishlari mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼlimning yakka tartibdagi oʻquv rejasi boʻyicha davlat andozalari doirasida tezlashtirilgan kurslarida taʼlim olish Yakka tartibdagi oʻquv rejalari asosida oʻqitish shartlari maktab ustavi bilan tartibga solinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qoʻshimcha (shu jumladan, pulli) taʼlim olish xizmatidan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) maktab Ustavida belgilangan shaklda umumiy taʼlim maktabini boshqarishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) inson qadr-qimmatini hurmatlashni talab qilish, vijdon va axborot erkinligi, oʻz qarashlari va eʼtiqodlarini erkin ifodalash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻquvchini keyingi sinfga koʻchirish ijobiy yakuniy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Favqulodda hollarda Maktab (pedkengash) kengashi qarori bilan I-IX sinf oʻquvchilari qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga koʻchirilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bir-ikki fan (ona tili va matematikadan tashqari) boʻyicha dasturni oʻzlashtirmagan 1-sinf oʻquvchilari, metodika kengashining tavsiyaga koʻra va Maktab (pedkengash) kengashi qaroriga koʻra, 2-sinfga koʻchirilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini 1-sinfga qoldirish haqidagi qaror metodik kengash (birlashma) tavsiyasiga koʻra Maktab (pedkengash) kengashi tomonidangina qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv dasturini oʻzlashtira olmagan I bosqich (I-IV sinflar) oʻquvchilari metodika kengashi qaroriga koʻra zarurat boʻlganda yakka tartibdagi oʻquv rejasidan foydalangan holda qayta oʻqish uchun qoldirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki marta bir sinfda qayta oʻqish uchun qoldirilgan oʻquvchilarga nisbatan Maktab pedagogika kengashi ruhiy-tibbiy pedagogika komissiyasi xulosasiga asosan ularni yordamchi oʻquv-tarbiya muassasalariga, sinflar va maktablarni toʻldirish uchun oʻqishga yuborishga tavsiyanoma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquv dasturini majburiy talablar darajasida oʻzlashtira olmagan II bosqich oʻquvchilari Maktab pedagogika kengashi qaroriga koʻra oʻrnini bosuvchi taʼlim sinflariga oʻtkaziladilar. Ular tegishli bilim darajalariga erishganlaridan soʻng oddiy sinflarga oʻtkazishlari mumkin. Bundan tashqari, ularning oʻqishi yakka tartibdagi rejalar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. III bosqich maktabini bitirgan va ayrim fanlardan imtihon topshira olmagan oʻquvchilarga ularni bitiruv imtihonlaridan soʻng 2 oy ichida qayta topshirish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoniqarsiz baho olganda oʻquvchilarga eksternat tartibda imtihon topshirish huquqi bilan maktabda oʻqilganligi haqida maʼlumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻquvchi, uning ota-onasi (ular oʻrnini bosadigan shaxslar) yillik bahodan norozi boʻlsa, unga Maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha koʻchirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy oʻquv yilida oʻqitilgan fanlar boʻyicha ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻquvchilar umumtaʼlim muassasasi ustavini bajarishga, vijdonan oʻqishga, maktab mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga, boshqa oʻqiyotganlar va xodimlarning obroʻsini va qadr-qimmatini hurmatlashga, muassasa xodimlarining ustav va ichki tartib-qoidalar bilan ularning vakolatlariga oʻtkazilgan talablarini bajarishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim muassasasidagi intizom u yerda oʻqiyotganlar, tarbiyalanuvchilar, pedagoglarning insoniy qadr-qimmatlarini hurmatlash asosida qoʻllab-quvvatlanadi. Oʻquvchilarga nisbatan jismoniy, ruhiy zoʻravonlik qilish usullarini qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasidagi bahsli vaziyatlarni hal qilish uchun Maktab kengashi aʼzolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tuziladi. Bu komissiya oʻquvchi yoki uning ota-onalari (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozma, ogʻzaki holda tushgan arizalarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan oʻquvchiga maktab ustavida belgilangan maktabdan haydashgacha boʻlgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktablarini boshqarish organlari qaroriga koʻra qonunga xilof ravishda xatti-harakat qilganligi, Ustavni qoʻpol ravishda va bir necha marta buzganligi uchun pedagogik taʼsir koʻrsatishning oxirgi chorasi sifatida oʻn toʻrt yoshga yetgan oʻquvchilarni umumtaʼlim maktablaridan haydashga yoʻl qoʻyiladi. Etim bolalarni va ota-onalari nazoratsiz qolgan bolalarni maktabdan haydash haqidagi qaror vasiylik organlarining roziligi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchini maktabdan haydash haqidagi qaror Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquvchining haydalganligi haqida umumtaʼlim muassasasi uch kun muddatda mahalliy boshqaruv organlarini xabardor qiladi. Ular bilan bir oy ichida oʻquvchini bundan keyin qayerga joylashtirish masalasini hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Pedagogik xodimlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Pedagogik ishlarga qabul qilish tegishli maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar bilan kontrakt tuzish asosida maktab direktori tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kontrakt tuzish, uni bekor qilish va uning amalda boʻlish muddati, ishga qabul qilingan shaxsning huquqi va majburiyatlari, mehnat haqi toʻlash va mehnatni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy va boshqa shart-sharoitlar Pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzishning kontrakt shakli toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Pedagog xodimlarning huquqlari, vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Umumtaʼlim maktabini boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabni davlat – jamoatchilik tomonidan boshqarish demokratiya, oshkoralik, oʻz-oʻzini boshqarish asosida amalga oshiriladi. Oʻquvchilar va maktab xodimlarini birlashtiruvchi maktab jamoasi oʻz vazifasini ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar), mahalla qoʻmitalari, keng jamoatchilik bilan mustahkam hamkorlikda olib boradi. Maktabni boshqarish jamoaning oʻzini-oʻzi boshqarish va yakkaboshchilik asosida Maktab (pedkengash) kengashi tomonidan tasdiqlangan va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻz Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maktabning oʻquv-tarbiya jarayoniga va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni direktor amalga oshiradi. U tajribali va qobiliyatli mutaxassislar orasidan, jamoa fikrini hisobga olgan holda, maktab oʻz tasarrufida boʻlgan xalq taʼlimining yuqori organi tomonidan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktorining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktori quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayonini rejalashtiradi va tashkil qiladi, uning borishi va natijalarini, maktab dasturlarining bajarilishini nazorat qiladi, maktab ishlarining sifati va samaraliligiga, bolalikni va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini, oʻquvchilarning ovqatlanishiga javob beradi, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrinbosarlarni tanlab, joy-joyiga qoʻyadi, ularning vazifalarini belgilaydi, maktab pedagogik kadrlarini joy-joyiga qoʻyadi, kabinet va ustaxona mudirlarini, ota-onalar (ular oʻrnini bosuvchi shaxslar) va oʻquvchilar fikrini hisobga olgan holda sinf rahbarlarini tayinlaydi, maʼmuriyat va pedagogik, oʻquv-tarbiyaviy va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi (shartnoma asosida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi bilan birgalikda maktab tarkibiy qismini va tegishli xalq taʼlimi organlari bilan kelishgan holda uning mazmunini belgilaydi, oʻqitish va mehnatga tayyorlash ixtisosini tanlaydi, maktabning ish tartibini pedagogning tarifikatsiya qilingan ishining umumiy miqdorini oʻzgartirmay oʻquv haftalari va oʻquv mashgʻulotlarining davomiyligini, 1-sinfga bolalar qabul qilish (6-7 yosh) ni, oʻquvchilar kiyimi formasining zaruriyati va turini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navbatdagi malaka toifalarini tasdiqlaydigan maktab pedagogika xodimlarining attestatsiya komissiyasiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab pedagogika xodimlarining ijodiy oʻsishlari, taʼlim-tarbiyaning ilgʻor shakl va usullarini qoʻllashlari uchun shart-sharoitlar yaratadi. Pedagoglarning tashabbuslari, ijodiy izlanishlari va tajriba-eksperimental ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi, oʻquvchilar va pedagoglarning ijodiy faoliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida maktabning ilmiy-tekshirish, ishlab chiqarish, kooperativ tashkilotlar, mahalla qoʻmitalari, ijodiy uyushmalar boʻlimlari va boshqa davlat hamda jamoatchilik tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish yoʻllarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha ajratilgan moliyaviy mablagʻlarga egalik qiladi, istiqboldagi masalalarni hal etish va maktabni rivojlantirish uchun budjet mablagʻlarini, shuningdek, maktab fondi mablagʻlarini oqilona taqsimlashni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritishning va maktab hujjatlarining toʻgʻri yuritilishini hamda hisobotning oʻz vaqtida boʻlishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi, mahalliy hokimlik oldida oʻz faoliyati uchun javob beradi va ularga vaqti-vaqti bilan hisob berib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktorining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab (pedkengash) kengashiga maktabning ish rejasi va oʻquv rejasini tasdiqlash uchun taqdim etish, oʻquv rejalari, dasturlariga oʻquv ixtisosiga muvofiq oʻzgartirishlar kiritish, oʻquvchilarning oʻquv yil davomidagi va sinfdan-sinfga koʻchirish imtihonlaridagi bilimlarini tekshirish shakllarini, oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berish vositalari hamda usullarini aniqlash (belgilangan davlat andozalarining bajarilishini taʼminlash sharti bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng qobiliyatli va iqtidorli maktab bolalarini tanlash maqsadida oʻquvchilarni test sinovidan oʻtkazish, bir necha chuqur oʻrgatiladigan sinflarning X-XI sinflariga tanlov asosida oʻquvchilar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabga zarur boʻlgan jihozlarni va boshqa moddiy resurslarni xohlagan korxona, tashkilot, kooperativlar va shaxslar orqali chakana savdo tarmoqlaridan sotib olish, ijaraga olish, buyurtma berish, naqd pulsiz va vositachi doʻkonlarda mayda ulgurjini limitga hisoblamay olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali pedagog-mutaxassislarni taklif etgan holda taʼlimga qoʻyilgan majburiy talablar darajasini koʻtarish maqsadida ayrim fanlar chuqur oʻrganilganda oʻquv rejasidan tashqari qoʻshimcha kurslar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har xil turdagi qurilish ishlarini, maktabni joriy tuzatish, jihozlash, uning xonalari, inshootlari va shu kabilarini yaxshi saqlashga oid ishlarni bajarish uchun tashkilotlar, muassasalar va shaxslar bilan, shuningdek, oʻquvchilar bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy taʼminlashning turli manbalaridan foydalanib, maktabning oʻz fondini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov qogʻozlari boʻyicha va chek daftarlari boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobotini mustaqil ravishda olib borish, mavjud ortiqcha anjomlar va asbob-uskunalarni sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab (pedkengash) kengashi bilan kelishgan holda maktab fondidan olinadigan mablagʻlarni tejash hisobiga ijodiy ishlovchi oʻqituvchilarning ish haqiga ustamalar belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
attestatsiya yakunlariga koʻra oʻqituvchilarga yuqori toifa berilishi haqida takliflar kiritish hamda pedagogika xodimlarini viloyat va respublika malaka oshirish kurslariga, stajirovkaga (shu jumladan, chet ellarga), aspiranturaga tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ishda va oʻqishda alohida yutuqlarga erishgan oʻqituvchilarni, oʻquvchilarni va maktabning boshqa xodimlarini mukofotlarga (shu jumladan, moddiy) tavsiya etish, zarur hollarda ularni jazolash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilish, alohida tadbirlar oʻtkazish uchun zarur mablagʻlarni toʻplab boshqa maktablar, oʻquv-tarbiya, ilmiy va maktabdan tashqari muassasalar bilan birlashmalar tashkil etish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan oʻqituvchilar va oʻquvchilar almashish toʻgʻrisida, qoʻshma muassasalar tashkil etish haqida, qoʻshma tadbirlar (konferensiyalar, maktab lagerlari va boshqalar) oʻtkazish toʻgʻrisida chet el taʼlim oʻquv yurtlari bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning oʻquv-tarbiya faoliyatidagi kundalik masalalarni hal qilish uchun zaruriyatga qarab maktabning barcha xodimlarini yoki ularning ayrim toifalarini toʻplab majlis oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosarlarining, pedagoglarning ish faoliyatlari haqidagi hisobotlarini tinglash, Maktab pedagogika kengashi muhokamasiga ularning vakolatlarini davom ettirishlari yoki toʻxtatishlari toʻgʻrisida takliflar, shuningdek, ular ishini takomillashtirishga oid takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab Ustavi, Nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda oʻtayotgan Maktab (pedkengash) kengashi ishini toʻxtatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabni oʻz-oʻzini boshqarishning yuqori organi maktab jamoasining konferensiyasi (umumiy yigʻilish) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hal qiluvchi ovoz bilan delegatlar konferensiyaga II-III bosqich maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilar va maktabning boshqa xodimlari jamoasi, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillarining yigʻilishlarida har uch toifadan teng holda saylanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiya har yili kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashini, uning raisini toʻgʻridan toʻgʻriyashirin ovoz berish yoʻli bilan saylaydi, ularning vakolat muddatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab Ustavini qabul qiladi va unga zarur oʻzgartirishlar kiritadi; maktabni rivojlantirishning, oʻquv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitish qaysi tilda olib borilishini aniqlaydi, maktabning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat tugʻilgan taqdirda maktabning turli ish yoʻnalishlari boʻyicha vaqtinchalik yoki doimiy komissiyalar, shtablar, kengashlar tuzadi va ularning vakolatlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konferensiyalar oraligʻidagi davrda oʻz-oʻzini boshqarish yuqori organi vazifasini Maktab kengashi bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab jamoasi konferensiyasi qarorlari bajarilishini tashkil etadi, jamoa aʼzolarining takliflari va tanqidiy fikr-mulohazalarining qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabni rivojlantirish rejasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor bilan birgalikda davlat va jamoat tashkilotlarida maktab manfaatlarini ifodalaydi, shuningdek, ota-onalar (ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar) bilan bir qatorda davlat va jamoat tashkilotlari oʻquvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metodik va pedagogik kengashlar taqdimiga koʻra maktab taʼlimini taʼminlashning tarkibiy qismini belgilaydi, oʻqitish va mehnatga tayyorlash ixtisoslarini tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ish tartibini, pedagogning tarifikatsiya qilingan umumiy ish hajmini oʻzgartirmasdan oʻquv haftasi va oʻquv mashgʻuloti davomiyligini, 1-sinfga qabul qilish yoshini, oʻquvchi kiyimi formasining zarurati va koʻrinishini belgilaydi, tegishli xalq taʼlimi boshqarmasi organlari bilan kelishilgan holda birinchi, shuningdek, navbatdagi sinflar sonini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlarini sarflash hisobotlarini koʻrib chiqadi, mablagʻ bilan taʼminlashning turli manbalaridan foydalanib oʻz fondini shakllantiradi, maktabning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim pedagoglar, maktab direktori va uning oʻrinbosarlarining ishi haqidagi hisobotlarni tinglaydi, egallab turgan lavozimlariga muvofiqliklari yoki nomuvofiqliklari munosabati bilan ularning vakolatlarni uzaytirish yoki toʻxtatish haqida, shuningdek, ularning ishini takomillashtirish yuzasidan konferensiyaga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonunchilik doirasida pedagog xodimlar va maktab maʼmuriyatining kasb va lavozim faoliyatiga asossiz aralashishdan himoya qiluvchi zarur chora-tadbirlar koʻradi, maktab jamoasi mustaqilligini cheklovchi har qanday maʼmuriy buyruqbozlikka yoʻl qoʻyilmaydi va mazkur masalalar boʻyicha tegishli organlarga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi maʼmuriyat, oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uning barcha qarorlari oʻz vaqtida maktab jamoasi, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilikka maʼlumot uchun yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi tarkibiga pedagog xodimlar, II va III bosqich oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) va jamoatchilik vakillari kiradi. Kengashdagi vakillik normasi va Kengash tarkibining umumiy soni konferensiya tomonidan belgilanadi. Navbatdagi saylovlarda Kengash tarkibining odatda kamida uchdan bir qismi yangilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv yurti direktori lavozimi boʻyicha Kengash raisi hisoblanadi. Kundalik masalalarni hal qilish uchun Maktab kengashi oʻz tarkibidan byuro, bahsli masalalar va taftish komissiyalarini saylashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi bir yilda kamida 4-marta yigʻiladi. Maktab kengashi aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar. Maktab jamoasi konferensiyasi oʻz aʼzolarini muddatidan oldin kengash tarkibidan chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Kengash yigʻilishida Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa va qatnashchilarning uchdan ikki qismi ovoz bergan boʻlsa Maktab kengashi qarori qonuniy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashining oʻz vakolati doirasida va qonunchilikka mos ravishda qabul qilgan qarorlarini bajarish maʼmuriyat va maktab jamoasining barcha aʼzolari uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi aʼzosi kiritgan har qanday taklif, agar bu taklifni Kengash aʼzolarining uchdan bir qismi qoʻllab-quvvatlasa, u mazkur taklifning muhokama qilinishini talab etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab kengashi bilan maʼmuriyat oʻrtasida yuzaga kelgan munozarali masalalar maktab jamoasi konferensiyasi (umumiy majlisda) yoki xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi kengashida hal qilinadi.
(3-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻquv-tarbiya jarayonini rivojlantirish va takomillashtirish oʻqituvchilar va tarbiyachilarning kasb mahoratlarini va ijodiy salohiyatini oshirish maqsadida pedagog xodimlarni birlashtiruvchi maktab pedagogika kengashi – hayʼat organi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab direktori pedagogik kengashning raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogik kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim mazmuni (oʻquv rejalari, dasturlari, darsliklar)ning turli variantlarini muhokama qiladi, oʻquv-tarbiya jarayoni uslublari, shakllari va ularni amalga oshirish usullarini tanlaydi; pedagog xodimlarning malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish, pedagogika tajribalarini ommalashtirish ishlarini tashkil etadi, sinov-eksperiment ishlarining borishi va yakunini muhokama qiladi, oʻquv yurtining ilmiy-tadqiqot institutlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar boʻlimlari, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar, ota-onalar (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) ning fikr-mulohazalarini hisobga olib maktab pedagogika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi, oʻqituvchilarga malaka toifalarini berish haqida xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari huzuridagi malaka (attestatsiya) komissiyalariga takliflar kiritadi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab pedagog xodimlarini shahar, viloyat va respublika pedagogika oʻqishlariga, malaka oshirish kurslariga, (shu jumladan, chet elga), aspiranturaga, shuningdek, turli mukofotlarga tavsiya etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pedagogika kengashi huzurida fanga oid va boshqa seksiyalar, birlashmalar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabda amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻz Ustavlari va Nizomlari asosida bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha jamoat tashkilotlari maktab Ustavida nazarda tutilgan oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabda demokratiya va oshkoralikni rivojlantirish, majburiyatlarni bajarishga erishish va oʻquvchilarning huquqlarini himoya qilish uchun gʻamxoʻrlik qilishga daʼvat etilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat tashkilotlarining vakillari Maktab (pedkengash) kengashi, direktor oʻtkazadigan majlislarda muhokama qilish va qarorlar qabul qilishda qatnashish hamda maktab maʼmuriyatidan oʻquv-tarbiya jarayoni haqidagi zarur axborotlarni olish, pedagoglarning attestatsiyadan oʻtishida ularning oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabatlari haqidagi istaklarni aytish huquqiga egadirlar. Pedagogika jamoasi, maktab va bolalar, oʻsmirlar hamda yoshlar tashkilotlarining rahbarlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻzaro hurmat, ishonch, masʼuliyat va hamkorlik asosiga quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktablarda hujjatlarni yuritish tartibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktab hujjatlarini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab hisoboti davlat statistika organlari talablariga muvofiq taqdim etiladi. Davlat va jamoat organlari tomonidan boshqa xil hisobotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktabda barcha tekshiruv ishlari faqat xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmalari bilan kelishilgan va maktab direktori, Kengashi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktab Ustav asosida ish olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab Ustavida Ushbu Nizomda kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar, tegishli xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan berilgan qoʻshimcha vakolatlar, shuningdek amaldagi qonunga zid kelmaydigan va maktab faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar belgilanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Maktabning moliya – xoʻjalik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maktabning moliyaviy mablagʻi davlat darajasiga erishishni taʼminlovchi normativ asosda ajratiladigan budjet mablagʻlari va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi oʻz mablagʻlari hisobiga shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barqaror normativlar boʻyicha ajratiladigan, har yili narxlarni erkinlashtirish bilan aniqlanadigan davlat budjeti mablagʻlari maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonlarini, mehnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlariga ish haqi toʻlashning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi va ular taʼlimga nisbatan majburiy talablar darajasiga erishishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan moliyaviy taʼminlash normativlarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qarorlariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimliklar, mahalla qoʻmitalari mintaqaviy ehtiyojlar va shart-sharoitlardan kelib chiqib oshirilgan normativlarni belgilashlari va ularni tegishli mablagʻlar bilan taʼminlashlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktab kam taʼminlangan oilalarning bolalariga umumiy taʼlim fondi, maktab fondi mablagʻlari hisobidan darsliklar, oʻquv-yozuv qurollari, kiyim-bosh, oyoq kiyimlari sotib olishda va tekin yoki imtiyozli ovqatlanishni tashkil etishda moddiy yordam koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maktabning moliyaviy mablagʻlari uning toʻla ixtiyorida boʻladi va ular olib qoʻyilmaydi. Bu mablagʻlarni taqsimlash huquqi Maktab kengashiga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabning oʻz mablagʻlari quyidagi asosiy manbalar hisobiga shakllanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabning xoʻjalik faoliyatidan, maktab tomonidan koʻrsatilgan pulli xizmatlardan, maktab binosi va jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat, ijtimoiy, kooperativ va boshqa tashkilotlar, oʻquv kooperativlari, sexlar, ishlab chiqarish brigadalari, ota-onalar va boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, tayanch va boshqa korxonalar, davlat muassasalari, jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarning maqsadli qoʻyilmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank krediti va boshqa tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, alohida shaxslarning buyurtmalarini bajarishdan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab ustaxonalari, maktab uchastkasi va issiqxonalari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maktabda qoʻshimcha oʻquv predmetlari va rejadan tashqari kurslar joriy qilinganda, tajriba-eksperiment ishlari olib borilganda, eksperimental pedagogik maydonchalar tashkil etilganda, yangi turdagi maktablar ochilganda, shuningdek, boshqa hollarda hokimliklar maktabini zarur moddiy-texnika bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlar ajratishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlimni rivojlantirishga oid maqsadli eksperimentlar, istiqbolli pedagogik dasturlarni ilgari surgan eksperimental va boshqa maktablarning faoliyati Xalq taʼlimi vazirligining markazlashgan fondi hisobidan, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB fondlari va boshqa jalb qilingan mablagʻlardan moliyaviy taʼminlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maktab bank kreditidan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan maktabning kundalik faoliyati uchun qisqa muddatli kredit ajratiladi. Moddiy negizni rivojlantirish va ijtimoiy rivojlanish uchun kelgusida qarzni uzish sharti bilan maktabning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi hisobidan uzoq muddatli kredit beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maktab xodimlariga mehnat haqi toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lavozim maoshlari va tarif stavkalariga pedagoglarning va boshqa xodimlarning tegishli malaka toifalari uchun kafolatlangan eng kam ish haqi sifatida qaralishi kerak (barcha turdagi I bosqich umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarining haftalik dars soati 14 soat, II-III bosqich maktablarida – 16 soat).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka toifalari Attestatsiya toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq maktabning barcha xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabda lavozim maoshlariga va stavkalariga kasb mahorati, mehnatda erishgan yutuqlari, alohida muhim ishlarni bajargani uchun va bir yoʻla bir necha kasbda ishlagani uchun mablagʻlarni tejash va maktab fondi hisobidan tabaqalashtirilgan qoʻshimcha haq va ustamalar berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha haqlar joriy etish va pedagog xodimlar hamda boshqa xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi Maktab kengashi (pedkengash) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bosqich kam sonli maktablarning pedagoglariga, kuni uzaytirilgan guruhlariga, shuningdek, tanlov boʻyicha yoki fakultativ (davlat tomonidan haq toʻlanadigan) mashgʻulotlar uchun, oʻquvchilarning sonidan qatʼi nazar, faqat alohida sinf yoki guruh oʻquvchilari uchun oʻtilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi toʻlash amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maktab tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi maktabning xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Rejalashtirishning dastlabki maʼlumotlari: kontrol raqamlar, davlat buyurtmalari, uzoq muddatli iqtisodiy normativlar va limitlar – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kontrol raqamlar direktiv xususiyatga ega boʻlmaydi va ular maktabdagi oʻquvchilar soni, texnik jihatdan jihozlanganlik koʻrsatkichlari, moddiy, negizini rivojlantirish, maktab jamoasining ijtimoiy rivojlanishi, aholiga puli xizmatlar koʻrsatish hajmidan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktab tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish deganda quyidagilar tushuniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimga nisbatan majburiy talablar darajasini oshiruvchi turli pulli fakultativ kurslar va ayrim fanlarni chuqur oʻrganish boʻyicha kurslar, boshqa tashkilotlar (oliy oʻquv yurtlari, madaniyat va sanʼat muassasalari, ijodiy uyushmalar) dan yuqori malakali mutaxassislarni taklif qilish yoʻli bilan maxsus leksiyalar va maslahatlashuvlar oʻtkazish, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport va boshqalar boʻyicha qoʻshimcha darslar uyushtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
katta yoshlilarni oʻqitish uchun turli kurslarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilar va oʻqituvchilarning mehnat faoliyati jarayonida, shuningdek, korxona va tashkilotlarning buyurtmalarini bajarish natijasida olingan mahsulotlarni sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab xonalari, sport zallari, jihozlar va boshqa buyumlarni ijaraga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktab teatrlari qatnashchilari, oʻqituvchilar va oʻquvchilar kuchi bilan aholiga spektakllar va konsertlar namoyish qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga pulli xizmatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan narxlar va tariflar boʻyicha, bunday narxlar va tariflar boʻlmagan taqdirda – shartlashilgan narxlar boʻyicha koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hokimliklar pulli xizmatlar boʻyicha davlat buyurtmalarini bajarish haqidagi hisobotga maktablar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarini ham qoʻshishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori tashkilotlar tomonidan maktablarga pulli xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan topshiriqlarning, ular qanday shaklda boʻlmasin, berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Pulli xizmatlarni koʻrsatish budjetdan moliyaviy taʼminlanadigan faoliyat oʻrniga amalga oshirilmasligi va pulsiz xizmat koʻrsatish darajasini kamaytirish evaziga boʻlmasligi shart. Pulsiz xizmat koʻrsatish darajasini xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hokimliklar maktablarga zarur inshootlar va binolar, muhandislik kommunikatsiyalari, yer maydonlari, oʻquv qurollari, inventarlarni yetkazib beradilar, maktab binolari va inshootlarini oʻz vaqtida asosli va joriy tuzatib berishni taʼminlaydilar, maktablarni asbob-uskunalar bilan jihozlash uchun limitlar ajratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maktabning moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar (asosiy va yordamchi binolar), sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar va asbob-uskunalar, transport vositalari, kutubxona fondi, laboratoriya preparatlari, oʻquv-koʻrgazmali qurollar, mebel, oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash uchun foydalaniladigan boshqa mulklar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab binosi texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq jihozlanadi hamda foydalaniladi. Maktablarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish respublika va mahalliy budjetlar hisobidan, shuningdek, moliyaviy taʼminlashning qoʻshimcha manbalari, maktab fondi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maktabda buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritish tartibi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Hisobga olish maktab tomonidan mustaqil ravishda yoki markazlashgan tuman (shahar) buxgalteriya orqali olib borilishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha va chek daftarchalari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Maktabning xalqaro hamkorlikda qatnashishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumtaʼlim maktabi amaldagi qonunchilikka muvofiq xalqaro faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktab xorijiy oʻquv yurtlari bilan valyutasiz asosda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari orqali oʻquvchilar guruhini oʻqishga, dam olishga, birgalikda oʻtkaziladigan olimpiadalar, koʻriklar, tanlovlarga yuborish yuzasidan almashish imkoniyatlarini nazarda tutuvchi toʻgʻridan toʻgʻriamaliy aloqalar oʻrnatadi.
(VII boʻlimning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgusta 173-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 312-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 11-son, 44-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 312-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda)