Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2024 17.12.2020 yildagi 793-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-yanvardagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 1-iyuldagi PQ-4771-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonalari negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning huquqiy maqomi va tuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari, shuningdek, huquqlari hamda majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari, shu jumladan direktor oʻrinbosarining soha yoʻnalishlari boʻyicha asosiy vazifalari hamda javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining tashkiliy asoslari, hisobdorligi, faoliyat samaradorligini baholash mezonlari, hayʼat va boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlarining huquqiy maqomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarini ijtimoiy koʻllab-quvvatlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
793-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 793-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz boʻsh turgan obyektlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanishni, shu jumladan davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish boʻyicha vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va bevosita Agentlikka boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik Markaz faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi va unga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi, xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning hayʼati qarorlariga, buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markazning rasmiy nomlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Boʻsh turgan obyektlar markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Sentr po organizatsii effektivnogo ispolzovaniya pustuyuщix obyektov pri Agentstve po upravleniyu gosudarstvenimi aktivami Respubliki Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Sentr po pustuyuщim obyektam.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Center for organizing effective use of empty facilities under the State Assets Management Agency of the Republic of Uzbekistan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgan nomi — Center on empty facilities.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz joylashgan joy (pochta manzili): 100060, Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi, 6-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markaz tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz markaziy apparati (keyingi oʻrinlarda — markaziy apparat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy boshqarmalar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markaz va uning hududiy boshqarmalari vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Markaz va uning hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha toifadagi boʻsh turgan noturar bino va inshootlarni, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini (keyingi oʻrinlarda — boʻsh turgan obyektlar) aniqlash va hisobini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilgan davlat mulki obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlariga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan xususiy mulk obyektlarini ularning mulkdorlari ixtiyoriga koʻra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz va uning hududiy boshqarmalarining oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) boʻsh turgan obyektlarni aniqlash va hisobini yuritish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda boʻsh turgan obyektlarni aniqlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlar boʻyicha hududlar, faoliyat sohalari va mulkchilik shakli kesimida elektron maʼlumotlar bazasi yaratilishi hamda uning doimiy yangilab borilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlar elektron maʼlumotlar bazasi orqali yagona hisobi yuritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻliq va sifatli yuritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning huzuridagi Kadastr agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida elektron maʼlumotlar bilan almashish tizimi yoʻlga qoʻyilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilgan boʻsh turgan obyektlar tahlilini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlarni xoʻjalik faoliyatiga jalb etish ishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Agentlikka kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni tayyorlaydi va Agentlikka kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlarning yagona hisobini yuritish boʻyicha maʼlumotlar bazasining samarali ishlashini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlab borish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (obyekt toʻgʻrisidagi qisqa maʼlumot, geolokatsiya joylashuvi va boshqalar) oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi va har oyda yangilab boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish, shu jumladan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalarga tegishli boʻsh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berish jarayoni ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs va tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyektlarini ijaraga olishlarida zarur maʼlumotlarni berish barobarida targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish orqali amaliy-huquqiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijaraga berilgan davlat mulki obyektlarini va ularni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va ularning monitoringini olib borish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaraga berilgan davlat mulklarini hisobga oladi va ulardan samarali foydalanish tashkil etilganligini monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berishdan tushadigan tushumlarni hisobga oladi va monitoringini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ijaraga berilgan davlat mulki obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara shartnoma shartlarining bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan tushumlarni taqsimlash va yoʻnaltirilishini nazorat qiladi va hisobotini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijaradan tushgan tushumlarni nazorat qilish jarayonlariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha taklif ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat muassasalari (korxonalari)ga biriktirilgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanilishi va ularning saqlanishini belgilangan tartibda tekshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarni tekshirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda joylarga chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazish ularning joriy holati hamda samarali foydalanilishini oʻrganish yuzasidan hududiy boshqarmalar faoliyatini tashkil etishni belgilovchi meʼyoriy hujjatlarni qabul qiladi va ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalasida Markazning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) davlat muassasalari (korxonalari)ga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlarining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qoʻyish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan, maqsadsiz, samarasiz foydalanilayotgan va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilmagan bino-inshootlari (ularning bir qismi) boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtirib, manfaatdor tomonlar bilan oʻrganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalariga koʻra boʻsh turgan, maqsadsiz, samarasiz foydalanilayotgan va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilmagan bino-inshootlari (ularning bir qismi)ni Markaz yoki hududiy boshqarmalar balansiga olish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va hududiy boshqarmalar tomonidan boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini balansga olish boʻyicha qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosi taʼminlanishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (xususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida Markaz va hududiy boshqarmalar balansiga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalari tomonidan boʻsh turgan davlat obyektlarini buzish boʻyicha qarorlarini Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasi asosida qabul qilinishini qatʼiy nazoratga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalari tomonidan davlat mulki obyektlarini buzish boʻyicha qabul qilingan qarorlari ijrosini taʼminlanilishini va buzishdan boʻshagan yer maydonlarini mahalliy ijro hokimiyati zaxirasiga olish ishlari boʻyicha maʼlumotlarni umumlashtiradi va monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) boʻsh turgan xususiy mulk obyektlarini ularning mulkdorlari ixtiyoriga koʻra ijaraga berilishida har tomonlama amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan xususiy mulk obyektlarini ijaraga berish yuzasidan mulkdorlarga har tomonlama amaliy-huquqiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulkdorlarni murojaatlari asosida obyektlarini ijaraga taklif etish maqsadida ommaviy axborot vositalarida va markazning rasmiy veb-saytida eʼlonlar berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy mulkdorlarning ixtiyoriga koʻra ularning obyektlari boʻyicha ijara munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomalar rasmiylashtirishni tashkil etadi va ularning monitoringini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hududiy boshqarmalarning hududlarda boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalari va funksiyalari Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz va hududiy boʻlinmalarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻilish, seminar (vebinar), maxsus komissiya yigʻilishi va Agentlik hayʼati majlislarida ishtirok etish, vazirlik va idoralarga maʼlumotlar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan, boshqa davlat tashkilotlari va xoʻjalik jamiyatlaridan Markazga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish, malaka oshirish, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan oʻzaro bilim va tajriba almashish maqsadida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar loyihalari va dasturlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislar, yigʻilishlar, hayʼat majlislari va boshqa muhokamalarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga aloqador masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat va hududiy boshqarmalarda idoraviy nazoratni, korrupsion va boshqa huquqbuzarliklarning, shuningdek, xodimlar tomonidan korporativ axloq qoidalari buzilishining oldini olish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda joylarga chiqqan holda, boʻsh turgan yoki samarali foydalanilmayotgan davlat obyektlarini koʻrib chiqish (oʻrganish, tahlil qilish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarni oʻz muddatida va samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning topshiriqlar va Markaz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish sohasida xalqaro tashkilotlar, davlat organlari va xorijiy davlat tashkilotlari bilan imzolangan shartnomalar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshkor etilmaydigan maʼlumotlarni oshkor etilishi hamda maʼlumotlardan shaxsiy yoki boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xizmatchilari tomonidan ijro va mehnat intizomiga, ichki va umumiy tartib-qoidalarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi davlat mulki, tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi,maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizom bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini taʼminlovchi (xatlar, tahliliy maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomasi, oʻrganish va monitoring oʻtkazish yakuni boʻyicha tuzilgan xulosa, qonun loyihalari, qaror, buyruq, koʻrsatma, davlat reyestrlar, maʼlumotlar bazasi hamda boshqa) hujjatlarni tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hududiy boshqarmalar oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Markazga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini buzish hollari maʼlum boʻlib qolganda, ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrishni soʻrab tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislar, yigʻilishlar va boshqa muhokamalarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlariga qarashli boʻlgan, uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektni, ijtimoiy obyektlar bundan mustasno, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq ularning roziligisiz ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasidagi onlayn-auksion savdolariga chiqarish;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan davlat mulki obyektlarini buzish toʻgʻrisida qabul qilingan qarorni balansda saqlovchiga tilxat orqali eʼlon qilish va yuqori turuvchi tashkilot yoki sudga 10 kun ichida shikoyat qilish huquqini tushuntirish, qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin uni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi oʻrinlarda — Majburiy ijro byurosi) yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan davlat mulki obyektlari (boʻsh turgan qismi)ni, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki maqsadsiz foydalanilayotgan davlat mulki obyektlarini olib qoʻyish toʻgʻrisida qabul qilingan qarori balansda saqlovchiga tilxat orqali eʼlon qilish va yuqori turuvchi tashkilot yoki sudga 10 kun ichida shikoyat qilish huquqini tushuntirish, qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin uni ijro etish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning hududiy boshqarmalari qabul qilingan obyektlardan samarali foydalanish, xususiylashtirish va ijaraga berishda ularning jozibadorligini oshirish maqsadida budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan taʼmirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hududiy boshqarmalar quyidagi majburiyatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish sohasida tuman (shahar)larda aniqlangan muammolar tahlil qilinishi hamda umumlashtirish asosida takliflar tayyorlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish sohasidagi dasturlar, chora-tadbirlar, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlardagi tegishli tadbirlar samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markaz rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar Markaz direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Agentlik hayʼat qarorlari, Agentlik direktori buyruqlari bilan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkillashtirish;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining topshiriqlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori topshirigʻi asosida “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda kelishish uchun (viza qoʻyish) Agentlik direktoriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrinbosari va hududiy boshqarmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib, Markazning ishchi majlislarida ularning hisobotlarini eshitib borish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarma rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, oldini olish, bartaraf etish;
(18-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini qarorlar qabul qilish, oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida Agentlik direktoriga taklif kiritish, xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va hududiy boshqarmalar ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilishni tashkil etish, Markaz rahbarlari va xodimlari Xalq qabulxonalari faoliyatida faol ishtirok etishini, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siri hisoblanadigan maʼlumotlar va boshqa maxfiy axborotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
(18-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakat vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan rasmiy tadbirlarda Markaz nomidan ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Markaz va hududiy boshqarmalar tashkiliy tuzilmalariga oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar tuzilmalarini va boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik direktori bilan kelishilgan holda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan Markazning boshqaruv xodimlari tuzilmasiga qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga), qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼiy nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;
(18-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi, shuningdek, hududiy boshqarmalar toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat va hududiy boshqarmalar xodimlari bajarishi shart boʻlgan buyruqlar qabul qilish hamda koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini koʻp yillik, samarali faoliyati va alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat va hududiy boshqarmalar tuzilmalari, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat xodimlari, hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
(18-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va Markaz tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish.
(18-bandning uttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Quyidagilar Markaz direktori oʻrinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan Markazning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, dasturlar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish va belgilangan koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlarining choraklik rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markazning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;

Agentlik hayʼati qarorlari, Markaz direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini markaziy apparat masʼul xodimlari tomonidan koʻrib chiqilishi, ularni iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan oʻtkazilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish haqida Markaz direktoriga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz soha yoʻnalishlarida samaradorlik, sifat va qulayliklarni oshirish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;

davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
(18-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati sohasida xorijiy davlatlar amaliyotini oʻrganib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Quyidagilar Markaz markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Markazning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni direktorning oʻrinbosariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Markazning faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparat xodimlari va hududiy boshqarmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari va farmoyishlari, uning oʻrinbosari koʻrsatmalari hamda topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Markaz hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
(20-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktor oʻrinbosariga takliflar taqdim etish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, tarkibiy boʻlinmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini direktor tomonidan koʻrib chiqilishi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda Agentlik direktoriga (viza qoʻyilishi) koʻrib chiqish va viza qoʻyish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, moliyaviy, iqtisodiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat safarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining Markaz va uning hududiy boshqarmalari xodimlari odob-axloq qoidalariga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, oldini olish, bartaraf etish;
(20-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish ishlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
(20-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish yuritish sohasidagi namunali xodimlarni aniqlash va mukofotlash yuzasidan Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar Markazning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Markazning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan ushbu boshqarmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishi, ijro intizomi mustahkamlanishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning hayʼati qarorlari, direktorning buyruqlari, farmoyishlari va uning oʻrinbosari koʻrsatmalari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida majburiyatlarni taqsimlash, hududiy boshqarmalarni boshqarishda mansabdor shaxslarning javobgarligini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy boshqarmalar kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbari nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy boshqarmalarga ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boshqarmalarda, davlat arxivlari va ularning filiallarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
(20-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Markazning hududiy boshqarmalari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha takliflarni Markazga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar va ularning boʻlinmalari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifatini oshirish va ulardan erkin foydalanish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda koʻrib chiqish uchun Markaz rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, muntazam ravishda shaxsan, shu jumladan, sayyor qabullar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida Markazga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, sudlarda va tashkilotlarda Markazning hududiy boshqarmalari manfaatlarini ifoda etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Markaz rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaz direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Markazga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimida ijro intizomiga qatʼiy rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

23. Markaz direktori oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutasaddilik qilinayotgan yoʻnalishlar boʻyicha sohalarning barqaror rivojlanishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hududiy boshqarmalarining boshliqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda boʻsh turgan obyektlar holati toʻgʻrisida Agentlikka haqqoniy tahliliy va boshqa axborotlarni oʻz vaqtida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining funksional majburiyatlarini sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Markaz rahbariyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Agentlik direktorining oʻrinbosari — Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi direktori rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Markaz direktorining oʻrinbosari direktor taqdimnomasiga asosan Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Markaz direktori boʻlmagan vaqtda uning vazifalari Markaz direktorining oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan markaziy apparati rahbar xodimlaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Markaz hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ va ekspert organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Markazda direktor (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat aʼzolarning soni va shaxsiy tarkibi markaz direktorning taqdimnomasiga binoan Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Markaz tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda, hududiy boshqarmalar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishi natijadorligini har chorakda va zaruratga koʻra navbatdan tashqari muhokama qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishni taʼminlagan holda, hayʼatning kengaytirilgan, jumladan joylarda sayyor majlislar oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat lavozimlari nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan lavozimlar nomenklaturasidagi xodimlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Markaz rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayʼat Markaz vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hayʼat majlisiga davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qaror oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Hayʼat qarorlari ijrosi Markaz direktorining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markaz direktori va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan taqdirda, direktor yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida Agentlik direktoriga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari kelishmovchilik yuzasidan oʻz fikrini Agentlik direktoriga yozma xabar qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Markazda kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Markaz huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Markaz faoliyatining samaradorligi baholash mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Markaz faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanishi mumkin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Markazning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Markaz oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga boʻsh turgan obyektlar roʻyxatini kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Markaz boʻsh turgan obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali olishda tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Hududiy boshqarmalar oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Balansda saqlovchilar oʻziga tegishli boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar bundan mustasno, saqlash va ulardan kelgusida samarali foydalanish (xususiylashtirish, ijaraga berish va boshqa) maqsadida tegishligicha hududiy boshqarmalarga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi doimiy ravishda boʻsh turgan davlat obyektlarni aniqlab, ularni Markaz va uning hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib borish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Markaz va hududiy boshqarmalar faoliyatini moliyalashtirish va ularning xodimlarini ijtimoiy koʻllab-quvvatlash va moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Quyidagilar Markaz va hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlari ijarasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(47-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlik huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi, Markazning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Markaz direktori markaziy apparat va hududiy boshqarmalar daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek, shtatlar jadvalini (ularga oʻzgartirishlarni) tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning markaziy apparati daromadlari va xarajatlari smetasi, shuningdek, shtatlar jadvali Agentlik tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi va markaziy apparati moliyaviy hisoboti Agentlikka topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy boshqarmalar daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek, shtatlar jadvali hududiy moliya organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda moliyaviy hisobotini hududiy moliya organlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan hududiy boshqarmalar daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek, shtatlar jadvalining yigʻma maʼlumoti (jamlanmasi) Agentlikka taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Hududiy boshqarmalar shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadigan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy toʻlovlar amalga oshirilgandan keyin qolgan mablagʻlar toʻliqligicha Markazning gʻazna tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan markaziy apparat va hududiy boshqarmalar daromadlari va xarajatlari smetasiga asosan qayta taqsimlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Markaz va hududiy boshqarmalar xodimlarining ish haqi, lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya shartlari va tartiblari asosida amalga oshiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Markazning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Markazning xodimlarini ijtimoiy taʼminlashga, shuningdek, Markaz rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Markaz faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlari amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-bob. Markazning hisobot berishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har yili 1-aprelga qadar boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-bob. Markazni tugatish va qayta tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Markaz qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Markazning tugatilishi, huquqlar va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmasdan, uning faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/793/1637-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)