1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Davlat bayrogʻi. Davlat tili. Poytaxt. Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumki, 2021-yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr soʻnggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom maʼnodagi buyuk, olamshumul voqea — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi eʼlon qilinganiga oʻttiz yil toʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida koʻp millatli Oʻzbekiston xalqi oʻzining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, ogʻir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yurtimiz ilgarigi iqtisodiyoti bir tomonlama shakllangan, qoloq respublikadan barcha sohalarda jadal rivojlanib, fuqarolarning hayot darajasi, siyosiy-ijtimoiy faolligi, ongu tafakkuri tobora yuksalib borayotgan, jahon hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi sifatida uzoq-yaqindagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini keng miqyosda olib borayotgan zamonaviy, ochiq va demokratik davlatga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017— 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotini tubdan yangilash, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” gʻoyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon miqyosida davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozga, shuningdek boshqa turli tahdid va xatarlarga qaramasdan, xalqimizning mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi amaliy harakatlari izchil davom ettirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida keng koʻlamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kambagʻallikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi bosib oʻtgan rivojlanish yoʻlimizni sarhisob qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini chuqur tahlil qilish orqali oldimizda turgan ustuvor vazifa — Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri uchun poydevor yaratishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizni yanada kuchaytirishda gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz mustaqilligining ulkan siyosiy, tarixiy va maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatini inobatga olib, istiqlol yoʻlining asosiy maqsad va vazifalarini yangi bosqichda ogʻishmay, samarali davom ettirish, bu qutlugʻ sanani davlatimiz va jamiyatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiboriga munosib yuksak saviyada, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash maqsadida:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi bir hafta muddatda quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni atroflicha yoritishga alohida eʼtibor qaratgan holda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlasin:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda qonun ustuvorligi va sudlarning mustaqilligini taʼminlash, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining vakillik organlari va jamoatchilik oldida hisobot berish tizimining yoʻlga qoʻyilgani, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizni modernizatsiya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimining sifati va samarasini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha erishilayotgan natijalar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsirlarni qisqartirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini kuchaytirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan kompleks rivojlantirish dasturlari, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, biznes yuritish shartlarini yengillashtirish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni ragʻbatlantirish uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.11.00 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari. Moddiy balanslar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Bir million dasturchi” kabi ijtimoiy loyihalarning joriy etilishi, aholi bandligini taʼminlash, uning real daromadlarini izchil oshirib borish, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot, sport sohalarini tubdan rivojlantirish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini oʻziga xos xususiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatda xotin-qizlarning oʻrni va nufuzini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlash, oila, onalik va bolalikni har tomonlama himoya qilish, yosh qizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun koʻmak va yordam berish, tadbirkor ayollarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.09.00 Yoshlar, bolalar, ayollar tashkilotlari, faxriylar va nogironlar uyushmalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarga oid davlat siyosatini samarali olib borish, jumladan yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni munosib ish bilan taʼminlash, mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga tayyorlash, yosh tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan dasturlar;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini turar joy bilan taʼminlash, xususan namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar va infratuzilma tarmoqlarini barpo etish, keksa avlod vakillarini, yosh oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yordam va koʻmakka muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosini oʻrganish va keng targʻib qilish, Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini barpo etish borasida belgilab berilgan uzoq muddatli strategik vazifalar doirasida milliy gʻoyani rivojlantirish, jumladan davlat tilining oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan amaliy harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri, hayotga va mehnatga munosabati oʻzgarib, ijtimoiy muammolarni hal etishda davlat va fuqarolik institutlari oʻrtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash, chet ellardagi fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstlik hamda hamkorlik munosabatlarining tubdan yaxshilangani, mintaqaviy va xalqaro muammolarni birgalikda hal etish saʼy-harakatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohaga berilayotgan katta eʼtibor, xususan Oʻzbekiston tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilingani, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, hadis va kalom maktablarini tashkil etish bilan bogʻliq amaliy ishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli taʼminlash maqsadida Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar, jumladan, milliy armiyani modernizatsiya qilish, harbiy sanoat kompleksini yaratish, harbiy taʼlim tizimi va huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq ulkan oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon miqyosida turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olib, ekstremizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi, global pandemiya kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi tahlikali zamonda hayotning oʻzi talab qilayotgan mezonlar asosida doimo ogoh va hushyor boʻlib yashash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash boʻyicha amalga oshirilayotgan muhim ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish ishlari va Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarining faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan aholining keng qatlamlari oʻrtasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar va badiiy kechalar oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ilmiy va ijodkor ziyolilar, madaniyat va sanʼat arboblari, jumladan maqom va baxshichilik sanʼati vakillari, isteʼdodli yosh ijrochilardan iborat ijodiy guruhlarni shartnoma asosida jalb etish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi hamda keng jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi sanasi munosabati bilan:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.08.00 Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy obyektlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
poytaxtimizda “Istiqlol” majmuasini tashkil etish va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasini barpo etish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.24.00.00 Buyuk shaxslar xotirasi, tarixiy voqealarni abadiylashtirish. Nom berish, toponimik obyektlarni nomlash va nomini oʻzgartirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yoʻlini “Oʻzbekiston mustaqilligining oʻttiz yilligi” deb nomlash;
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.06.00 Xalqaro kongresslar. Konferensiyalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtgan davrda erishilgan yutuqlarga bagʻishlangan “Yangi Oʻzbekiston” kitob-albomini hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va toʻplamlarni nashr etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda yurtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan barcha xalqaro madaniy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalari, ilmiy konferensiyalar, ajdodlarimiz yubiley sanalarini mustaqillikning oʻttiz yilligi gʻoyasi va ruhi bilan uygʻun va hamohang holda tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va sanʼatning barcha yoʻnalishlari (musiqa, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, sirk, xalq ijodiyoti) boʻyicha respublika miqyosida festival va koʻrgazmalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurtimiz mustaqilligini tarannum etadigan eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari hamda tarixiy va zamonamiz qahramonlari hayoti va faoliyati haqidagi pyesalar tanlovlarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.10.00 Xalqaro koʻrgazmalar, savdolar, kimoshdi savdolari, yarmarkalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqillik yillarida erishilgan ilmiy yutuqlar asosida yaratilgan innovatsion loyiha va texnologiyalar koʻrgazmalarini oʻtkazish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlatimiz mustaqilligining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirlarini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda yuqori badiiy saviyada oʻtkazish uchun mamlakatimiz va xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.U. Madjidov), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh.X. Shermatov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi (R.D. Qurbonov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M.M. Xodjimatov) va Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlarini keng jalb etgan holda bayram tantanalari va xalq sayillarini tashkil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniyat va istirohat bogʻlarida shartnoma asosida taniqli sanʼat namoyandalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyingi yillarda yurtimizda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratishga bagʻishlangan publitsistik maqolalar va sheʼrlardan iborat kitobni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan chop etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov), “Oʻzbekkino” milliy agentligi (F.F. Abduxalikov), Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M.M. Xodjimatov) bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan keng jamoatchilik, jumladan xorijiy mamlakatlarda yashayotgan vatandoshlarimizni jalb qilgan holda “Oʻzbekiston kunlari”ni oʻtkazsin va uning doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzbekkino” milliy agentligi (F.F. Abduxalikov) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami munosabati bilan filmlar yaratish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil davomida barcha tuman (shahar)lar, qishloq va ovullarda, shuningdek milliy telekanallarda mustaqillik yillarida yaratilgan eng yaxshi badiiy va hujjatli filmlarning keng namoyishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Badiiy akademiya (A.V. Nuriddinov), Yozuvchilar uyushmasi (S.S. Saidov), Jurnalistlar ijodiy uyushmasi (X.X. Salimov) va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Ranglar jilosida — ona diyor”, “Vatan uchun yashaylik!” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida — Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov), “Dunyo” axborot agentligi (S.L. Suyarov) va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4926-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabrdagi PQ-4926-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha respublika
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi
X. Sultonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
A. Abduvaxitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi
B. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
O. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
A. Kamilov
—
tashqi ishlar vaziri
P. Bobojonov
—
ichki ishlar vaziri
Sh. Sodiqov
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
I. Madjidov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Sh. Shermatov
—
xalq taʼlimi vaziri
A. Xadjibayev
—
sogʻliqni saqlash vaziri
R. Mamatov
—
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri
R. Qurbonov
—
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi
A. Koʻchimov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
A. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori
F.Abduxalikov
—
“Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori
A. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi
B. Yuldashev
—
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti
A. Nuriddinov
—
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi
S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
R. Abdullayev
—
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi
Q. Rafiqov
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi
M. Xodjimatov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 07/20/4926/1633-son)