07.12.2020 yildagi 770-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, shuningdek, kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini (Cannabis Sativa L.) (keyingi oʻrinlarda — kannabis oʻsimligi) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun ekin navining uchinchi va undan keyingi reproduksiyadagi urugʻliklarini ekishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kannabis oʻsimligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshgan hollarda, ushbu oʻsimlik, shuningdek, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qoʻyiladi va yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish uchun ushbu oʻsimlik tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi miqdorini (0,2 foizdan kam boʻlgan) minimallashtirish boʻyicha seleksiya va urugʻchilik ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat maqsadlari uchun foydalaniladigan kannabis oʻsimligidan giyohvand vositalar va psixotrop moddalar tayyorlanishining oldini olish hamda davlat ekspert tashkilotlari mintaqaviy kimyo laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash hamda akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
770-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli qaroriga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 3-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi taqiqlangan giyohvandlik vositalarining roʻyxati (I roʻyxat)ning rus tilidagi matnida 53-pozitsiyaning “Naimenovaniye narkoticheskogo sredstva” ustuniga” (za isklyucheniyem rasteniya kannabis, s soderjaniyem narkoticheskogo sredstva tetragidrokannabinola do 0,2 protsentov, ispolzuyemogo v promishlennix selyax, ne svyazannogo s proizvodstvom ili izgotovleniyem narkoticheskix sredstv i psixotropnix veshestv)” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyundagi 511-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi hamda 3-bandning ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “texnik kanop” soʻzlari “kannabis” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ilovaning 1-pozitsiyasi “Investitsiya loyihasining nomi” ustunidagi “texnik kanop” soʻzlari “kannabis” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/720/1109-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 02.11.2024-y., 09/24/725/0879-son)