Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2025 25.11.2020 yildagi 744-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 482-sonli “Suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligida ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib suvni boshqarish, uning hisobini yuritish va undan oqilona foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, suv va yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni taʼminlash hamda fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm tajriba-ishlab chiqarish xoʻjaligi negizida davlat muassasasi shaklida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv xoʻjaligi obyektlarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurlarini hisobga olish, ularni oqilona boshqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respulikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan suv xoʻjaligi obyektlari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy salohiyatini oshirib borish, laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni texnik soz holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz direktori Xorazm viloyati hokimining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navoiy qishloq fuqarolar yigʻini hududida joylashgan sinov-tajriba boʻlimining bino va inshootlari, hududi va moddiy-texnika bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin hamda tegishli ekin-tajriba maydonlari bilan birgalikda Markazga belgilangan tartibda oʻtkazib bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda Markazni belgilangan tartibda malakali rahbar va mutaxassislar bilan taʼminlashni tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy va rahbar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlari uchun hamda boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning bino va inshootlarini saqlash hamda xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda sohaga oid mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni 2021-yildan boshlab amalga oshirish boʻyicha asoslangan takliflarni 2020-yil 25-dekabrga qadar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi Markaz bilan birgalikda ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlar doirasida ustuvor ilmiy loyihalarni ishlab chiqsin va ularning mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
744-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Direktor

Direktor oʻrinbosari — ilmiy kotib

Irrigatsiya tizimi va oʻzan jarayonlari laboratoriyasi

3

Suv xoʻjaligida raqamli va innovatsion texnologiyalar laboratoriyasi

2

Tuproq va suv tadqiqotlari hamda meliorativ jarayonlar laboratoriyasi

2

Bosh buxgalter

1

Xodimlar va hujjatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis

1

Sugʻorish va suvni tejaydigan texnologiyalar laboratoriyasi

3

Melioratsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari laboratoriyasi

3

Gidrometriya laboratoriyasi

2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jami ilmiy xodimlar va muhandislar 19 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlarning soni belgilangan meʼyorlarga asosan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda jalb qilinishi mumkin.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

USTAVI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, uning rahbarlari funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz Xorazm viloyatida suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tavsiyalar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish, ularni amaliyotga tatbiq etish ishlarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz oʻz faoliyatini tegishli davlat boshqaruvi organlari, Xorazm viloyati xokimligi, xoʻjalik birlashmalari, tashkilotlar, taʼlim va ilmiy muassasalar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, logotipiga, shtamp va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tatqiqot markazi” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi), qisqartirilgan nomi — SMITM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Nauchno-issledovatelskiy sentr vodnix problem pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — NITSVP;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq nomi — Scientific research center of water problems under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — SRCWP.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz joylashgan joy (pochta manzili): Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Navoiy qishloq fuqarolar yigʻini hududi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv xoʻjaligi obyektarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurlarini hisobga olish, ularni oqilona boshqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tavsiyalar, innovatsion takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respulikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan suv xoʻjaligi obyektlari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan tavsiyalar, innovatsion takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy salohiyatini oshirib borish, laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni texnik soz holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Markazning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xorazm viloyati suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha muammolarni aniqlash hamda ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining suv xoʻjaligi tizimi, suv va yer resurslari boʻyicha maʼlumotlar bazasini tashkil qilish va yangilab borish hamda suv xoʻjaligi rivojlantirish, suvdan va yerdan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha mavjud muammolarni aniqlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xoʻjaligi tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari hamda manfaatdor idoralar va tashkilotlar bilan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarni davriy ravishda muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv xoʻjaligi obyektarini xavfsiz va ishonchli ishlatish, suv resurlarini hisobga olish, ularni oqilona boshqarish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyatining tasdiqlangan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli dasturlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, uning tizimidagi suv tashkilotlari, shuningdek, fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari hamda manfaatdor boshqa idoralar va tashkilotlar bilan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlarda faol ishtirok etish hamda tegishli grant shartnomalarini rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa xoʻjalik faoliyati boʻyicha Markazning masʼul laboratoriyalari tomonidan shartnomaviy majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

ilmiy-tadqiqot ishlarini zamonaviy asbob-uskunalar, xalqaro ilgʻor tajriba asosida amalga oshirishni taʼminlash, ularning ijro holati boʻyicha tizimli monitoring olib borish va har chorak yakuni bilan muhokama qilib borish;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarida belgilangan muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha mintaqaviy muammolar va ularning yechimi boʻyicha innovatsion takliflar va tavsiyalarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga, manfaatdor vazirliklar va idoralarga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respulikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan suv xoʻjaligi obyektlari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar, takliflar va normativ hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ishlab chiqilgan innovatsion ishlanmalar, tavsiyalar va takliflarning Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xoʻjaligi tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislariga taqdimotlarini qilib borish hamda bildirilgan fikrlar boʻyicha ularni takomillashtirish va amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati suv xoʻjaligi tashkilotlari, fermer xoʻjaliklari va klaster tashkilotlari hamda aloqador boshqa tashkilotlar rahbar-xodimlari va mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirishda qatnashish, hamkorlikda koʻrgazmali seminarlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha loyihalarni amalga oshirish va boshqa xoʻjalik shartnomalarini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni taʼminlash, mablagʻlarning samaradoriligini oshirish yuzasidan har bir rahbar-xodimning masʼuliyatini oshirish va boshqa choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlab chiqarish faoliyati yuzasidan hisobotlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga hamda tegishli vazirliklar va idoralarga taqdim qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, grantlar asosida tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy-texnik yutuqlarni chop etish va targʻib qilish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan kadrlarni tayyorlash, rahbar-xodimlarning malakasini oshirish, yosh olimlarni tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalari talabalarining Markazda amaliyotini tashkil qilish, iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularning bakalavr va magistrlik diplom ishlarini tayyorlashda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soha boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan samarali foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha kompleks muammolarni hal qilishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan mamlakatlarning suv xoʻjaligi boʻyicha taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan belgilangan tartibda muloqotlar olib borish hamda erishilgan natijalar asosida tegishli grant shartnomalari va kelishuvlarni rasmiylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan suv xoʻjaligi sohasida erishilgan yutuqlarni targʻib qilish boʻyicha seminarlar va konferensiyalar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik yutuqlarni tizimli ravishda chop etish va targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orol dengizini qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va uning tarkibiy boʻlinmalari, Butunjahon suv Kengashi, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi, Yirik toʻgʻonlar boʻyicha Xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha Islom davlatlararo tarmogʻi va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Markazning ilmiy salohiyatini oshirib borish, laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni texnik soz holda saqlash hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ilmiy xodimlarining ish sharoitini yaxshilash, zamonaviy tashkiliy texnika bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi va boshqa mezonlardan kelib chiqib ularni ragʻbatlantirib borish, ularning taʼlim va boshqa ilmiy-tadqiqiot muassasalarida, shuningdek, xorijiy tashkilotlarda malakasini oshirishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz laboratoriyalari moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob berishini tahlil qilib borish, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash hamda ilmiy xodimlar uchun qulay ish sharoitini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz bino va inshootlarini texnik soz holatda saqlash hamda ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlash, bino va inshootlarni oʻz vaqtida taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda yanada rivojlantirish yuzasidan asoslangan hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonunga zid boʻlmagan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan samarali foydalanish hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarining qisqa, oʻrta va uzoq muddatlarga moʻljallangan dasturlari loyihalarini, ilmiy asoslangan tavsiyalar va innovatsion takliflarni, mintaqaviy muammolar yechimiga qaratilgan takliflarni, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa taklif hamda hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida Xorazm viloyati sharoitida suv xoʻjaligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari, suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi tashkilotlari hamda boshqa davlat organlaridan Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatiga kiradigan masalalarni oʻz vaqtida bajarish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan tegishli choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga va Xorazm viloyati hokimligiga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, loyiha tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda xalqaro shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, konferensiyalar va seminarlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning daromadlar va xarajatlar smetasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning koʻchmas mulki va boshqa turdagi mol-mulkini samarali boshqarishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga xizmat koʻrsatish, xoʻjalik inventarlari va ashyolarini, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis jihozlarini saqlash va ishlatish, dasturiy taʼminotni sotib olish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha faoliyatni tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga har chorakda bir marta tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflarni taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishish erkinligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish, muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga hisobot berish uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazga Xorazm viloyati hokimining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaz direktorining oʻrinbosari — ilmiy kotib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda direktor buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda uning vakolatlarini oʻrinbosar bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Direktor Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markazning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasidagi hamkorlik Markaz rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

5-bob. Markaz rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Quyidagilar direktorning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Markazga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dastur va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Markaz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar, Xorazm viloyati va tumanlar hokimliklari bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosari vakolatini hamda Markazning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Markaz va oʻz oʻrinbosarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etish boʻyicha taʼsirchan tizimni yaratish va monitoring olib borish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligini rivojlantirish, suvdan va yerdan samarali foydalanish hamda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalalari boʻyicha ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, xoʻjalik ishlari boʻyicha boshqa shartnomalar oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga tegishli sohalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar va innovatsion takliflarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, ilmiy salohiyatga, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, uning shaxsiy hisobotlarini eshitish, uning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining rasmiy hujjat va topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish va monitoringini olib borishning amaliy tizimini yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajadagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga asosan Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Markazning shtat jadvalini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va yoʻriqnomalarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz oʻrinbosari vakolatlarini belgilash, laboratoriya mudirlarining Markaz faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyati darajalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining oʻrinbosari — ilmiy kotib va tarkibiy boʻlinmalar boshliqlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini qonun hujjatlariga muvofiq ragʻbatlantirish shakllarini hamda lavozim maoshlariga ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni belgilash, xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha buyruqlar chiqarish, zarur boʻlganda ularni intizomiy jazoga tortish masalalarini hal qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, boʻlim boshliqlari va xodimlarning funksional vazifalarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Markaz tadbirlari kalendar rejasini, ilmiy-tadqiqot loyihalarining mavzuli rejalarini shakllantirish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning hisobotlarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning aktivlarini tasarruf etish, mol-mulkni boshqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish, moliyaviy, toʻlov, hisob-kitob va boshqa hujjatlarni imzolash, zarur hollarda Markaz xodimlariga ishonchnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlari bilan shartnoma va memorandumlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan shartnomalar va boshqa bitimlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni belgilangan tartibda ishga qabul qilish, ular bilan mehnat shartnomalari tuzish, oʻzgartirish va amal qilishini toʻxtatish, buyruqlar chiqarish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va innovatsion takliflarni amaliyotga joriy qilish ishlarining manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markazning moliya-xoʻjalik faoliyati, shartnomalarning bajarilishi va barcha xizmatlar boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan tarzda xalqaro hamkorlik ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Quyidagilar direktor oʻrinbosari — ilmiy kotibning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish hamda Markaz tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha laboratoriyalar tomonidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion ishlanmalarning yillik hamda istiqbolga moʻljallangan mavzular rejalari boʻyicha takliflar tayyorlash, tasdiqlangan mavzular rejasi oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, Markaz boʻyicha ilmiy hisobot tayyorlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kengash ish rejalari loyihasini tayyorlash va tasdiqlangan ish rejalar ijrosini nazorat qilish, ilmiy ishlarni nashr etish rejasi boʻyicha takliflar tayyorlash, ularni taqrizdan oʻtkazishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash, Markaz direktori tomonidan belgilangan ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun Markaz direktoriga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Markaz direktoriga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda Markaz direktoriga takliflar kiritish, oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarda ustuvor ilmiy-tadiqot ishlari boʻyicha loyihalar natijasi asosida tavsiyalar, innovatsion takliflar va normativ hujjatlar oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish va Markaz direktoriga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning hisobotlarini yigʻilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha Markaz direktoriga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining oʻrinbosari — ilmiy kotib qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar xodimlariga bevosita rahbarlik qilish, boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash, Markaz rahbariyati tomonidan belgilangan ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbariyati buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun belgilangan tartibda tegishli rahbarga kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun tegishli rahbarga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmaga kadrlarni tanlash va tayinlashda tegishli rahbarga taklif kiritish, tarkibiy boʻlinmaga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, ilmiy salohiyati, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmada kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinma tomonidan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha loyihalar oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar va innovatsion takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmaga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish va tegishli rahbarga takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning xizmat safarlarini qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinma xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, tarkibiy boʻlinma hisobotlarini rahbariyatga taqdim etish va rahbariyat koʻrsatmalariga muvofiq faoliyatni takomillashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinma xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Markaz rahbarlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Ustavning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Direktor oʻrinbosari — ilmiy kotib va tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 18 va 19-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Markaz va uning xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning bino va inshootlarini saqlash hamda xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyuldagi 453-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Markazga biriktirilgan va uning operativ boshqaruvida boʻlgan mulk Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz mol-mulki unga davlat tomonidan belgilangan tartibda operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan mulkdan iborat boʻlib, Markazning oʻz faoliyatidan olingan daromadlaridan, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz mol-mulkini sotish, boshqa yuridik shaxslarga berish yoki uning shaklini oʻzgartirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xoʻjalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Markaz mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Barcha ilmiy-tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq bajarilgan ishlar boʻyicha materiallar Markaz faoliyatining intellektual mulk obyektlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Markaz direktori belgilangan ish haqi fondini tejashdan hamda budjetdan tashqari tushgan, shuningdek, xodimlarning tasdiqlangan shtatlar jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari yetishmasligidan iqtisod qilingan mablagʻlardan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalanishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Markaz xodimlarining oldingi ish joyida olgan uzoq muddat uzluksiz mehnati uchun qoʻshimcha haqlari va ustamalari saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markaz direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda vazifalarini tashabbus koʻrsatib va vijdonan bajargan xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida ularga belgilangan tartibda Markazning oʻz mablagʻlari hisobiga lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda oylik ustamalar belgilashga, har chorakda mukofotlashga, moddiy yordam tayinlashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markaz Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va fuqarolar huquqlariga rioya qilishni hamda shartnomaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha javobgarlikni oʻziga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Markaz buxgalteriya va operativ hisob-kitob ishlarini yuritadi va belgilangan muddatlarda davlat statistika muassasalari va yuqori tashkilotlarga amaldagi qonunchilikda belgilangan shakllarda hisobotlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-noyabrdagi 744-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ustuvor vazifalar, amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro muddati

Moliyalashtirish

manbai

Masʼullar

I. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

1.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Navoiy” QFY hududida joylashgan sinov-tajriba boʻlimining bino va inshootlari, hududi va moddiy-texnika bazasini toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda tegishli ekin-tajriba maydonlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) operativ boshqaruv huquqi bilan belgilangan tartibda oʻtkazish.

2020-yil

15-dekabrgacha

Xorazm viloyati xokimligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi,

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda mebel va boshqa jihozalar bilan butlash boʻyicha hisob-kitoblarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi taqdim qilish.

2020-yil

20-dekabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjeti

Xorazm viloyati hokimligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Markaz

Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda mebel va boshqa jihozalar bilan butlash loyihasini 2021-yil manzilli dasturiga kiritish.

2020-yil

30-dekabrgacha

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Markaz

3.

Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish, zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar hamda mebel va tashkiliy texnika bilan butlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.

2021-yil

1-martgacha

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjeti,

Markaz,

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

4.

Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda mebel va boshqa jihozalar bilan butlash boʻyicha loyihani belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2021-yil

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjeti, Xorazm viloyati mahalliy budjeti

Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi, Markaz

5.

Markaz faoliyati uchun talab etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnika boʻyicha asoslangan hisob-kitoblarni Moliya vazirligiga taqdim qilish.

2020-yil

20-dekabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjeti

Xorazm viloyati hokimligi,

Markaz

Avtotransport vositasi va boshqa texnikani xarid qilishni belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2021-yil

1-aprelgacha

Moliya vazirligi

6.

Markaz ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun talab etiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarning roʻyxatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun Moliya vazirligiga, Innovatsion rivojlanish vazirligiga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilish.

2020-yil
25-dekabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat budjeti,

xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Markaz

Markaz ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari uchun talab etiladigan zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qilishni belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2021-2022-yillar

Moliya vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

7.

Taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda Xorazm viloyatidagi olim va mutaxassislarni oʻrganish, ular bilan suhbatlar oʻtkazish hamda Markazni belgilangan tartibda malakali rahbar va mutaxassislar bilan butlash.

2020-yil

25-dekabrgacha

Xorazm viloyati hokimligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

8.

Xorazm viloyati boʻyicha oldingi yillarda amalga oshirilgan sohadagi ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha ilmiy hisobotlar Markazga oʻtkazib berilishini taʼminlash.

2020-yil
10-dekabrgacha

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

II. Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish

9.

Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida:

qishloq xoʻjaligi ekinlarining suv isteʼmolini maqbullashtirish va sugʻorish texnika hamda texnologiyalarini takomillashtirish;

shoʻrlangan yerlar ikkilamchi shoʻrlanishining oldini olish va ularni tiklash, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini ilmiy asoslangan holda tanlash boʻyicha kompleks meliorativ chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun tajriba-eksperimental uchastkasini tashkil etish.

2020-2021
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Moliya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

10.

Xorazm viloyatining turli meliorativ sharoitlarida tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun sugʻorishni avtomatik boshqarish modulini yaratish va amaliyotga joriy etish.

2020 — 2022
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

Sugʻorishning turli gidrogeologik sharoitlarda oʻzgarishining kompyuter modelini tuzish orqali monitoring tizimini ishlab chiqish.

2020 — 2022
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

12.

Suv tanqisligi sharoitida sugʻoriladigan yerlarning suv-tuz balanslari va suv-tuz rejimlarini prognozlashtirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2020 — 2022-yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

13.

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini Xorazm viloyati sharoitida loyihalash va qurish boʻyicha “startap” loyihalarga takliflar tayyorlash.

2021-2022
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan mablagʻlar

Markaz,

Xorazm viloyati hokimligi

“Startap” loyihalarni tanlov natijalariga muvofiq belgilangan tartibda moliyalashtirish.

2021-2022
yillar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Markaz

III. Raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish

14.

Raqamli va innovatsion texnologiyalar usullarini qoʻllab irrigatsiya tizimi kanallari va nasos stansiyalarining ishonchli hamda xavfsiz ishlashining modeli va algoritmini yaratish.

2021 — 2023
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

15.

Geoaxborot texnologiyalari, maʼlumotlar bazasi va yoʻldosh hamda dron yordamida sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanishini aniqlash hamda ularning samaradorligini baholash boʻyicha monitoring tizimini yaratish.

2021 — 2023
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

16.

Markazning Xonqa tumanidagi poligonida raqamli va innovatsion texnologiyalarga asoslangan “Dala-sugʻorish texnologiyasi-sugʻorish tizimi” Smart texnologiyasini joriy etish.

2021 — 2023
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

17.

Viloyat suv xoʻjaligi tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

2021 — 2023
yillar

Tanlov natijalariga koʻra ilmiy loyihalarga ajratilgan
mablagʻlar

Markaz,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

18.

Markaz ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy innovatsion ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha chet el grant loyihalarini jalb etish.

2021 — 2025
yillar

Xalqaro moliya institutlarining grantlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Markaz

19.

Markaz xodimlarining chet eldagi nufuzli oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malakasini oshirish.

2021 — 2025
yillar

Xalqaro moliya institutlarining grantlari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Innovatsion
rivojlanish vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Markaz

20.

Suv xoʻjaligining zamonaviy ilmiy-texnik muammolari mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil qilish.

2021-yil noyabr,

2022 — 2025
yillar

jadval boʻyicha

Xalqaro moliya institutlarining grantlari

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,

Markaz

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2020-y., 09/20/744/1553-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/453/0693-son)