12.11.2020 yildagi PF-6110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, malakali tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruvni joriy qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, dunyoda epidemiologik xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgani kasalliklarga qarshi kurashish faoliyatidagi yondashuvlarni, hozirgi murakkab sharoit va orttirilgan tajribalardan kelib chiqib takomillashtirishni talab etmoqda, ayniqsa, ularning profilaktikasi, erta aniqlash, toʻgʻri tashxislash hamda davolashda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ish uslublarini qayta koʻrib chiqib, sogʻliqni saqlashni tashkil etishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning sifati, samaradorligi va ommabopligini oshirish, tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar sogʻliqni saqlash tizimini bugungi bosqichda isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud kuch va vositalarni jalb qilgan holda, eng avvalo birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini har tomonlama mustahkamlash, tibbiy profilaktika va patronaj tizimining mutlaqo yangi tizimini joriy qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va aholi jamoat salomatligini taʼminlashning mahallalar va aholi xonadonlari darajasigacha qamrab oladigan yaxlit tizimini yaratish, bu borada avvalambor sogʻlom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirishni tizimli tashkil etish hamda keng targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda raqobat muhitini yaratish, ilgʻor xorijiy tajribaga asosan xodimlarni kasbiy rivojlantirishning samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish orqali joylardagi tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʻrni va maqomini kuchaytirish, xalqimiz oʻrtasida ularga nisbatan hurmatni oshirish, ushbu kasb egalari uchun munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini koʻpaytirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish boʻyicha aniq amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga zamonaviy menejmentini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha va byurokratik tartib-tamoyillarni qisqartirish, sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish hamda raqamli tibbiyotni takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmati joriy qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi ularning salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga (tayanch, past xavf guruhi, oʻrta xavf guruhi, yuqori xavf guruhi va boshqalar) boʻlinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi guruh mansubligiga koʻra belgilangan muddatlarda tibbiy koʻriklardan oʻtadi va salomatligi davriy kuzatuvga olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda tibbiyot muassasasiga kela olmaydigan bemorlar doimiy kuzatuvga olinadi hamda uyiga borgan holda ularga tibbiy xizmat koʻrsatiladi va individual patronaj amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktik koʻriklar oʻrniga hududning oʻziga xos xususiyatlari va aholining guruhga mansubligidan kelib chiqib, muayyan kasalliklar boʻyicha davriy tibbiy skrining tekshiruvlari oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patronaj koʻriklarini maqbullashtirib, yangilangan maqsadli patronaj tizimi joriy qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi oilaviy shifokor etib qayta nomlanadi, shuningdek, tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi fan dasturlari oilaviy shifokor tayyorlashga moslashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari va viloyat shifoxonalariga bepul tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun yoʻllanma bevosita oilaviy shifokor tomonidan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga imtiyozli retseptlar yozib berish bevosita oilaviy shifokor tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy shifokorga yordam beradigan terapiya, pediatriya, akusherlik, patronaj boʻyicha oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat boʻlgan “tibbiyot brigadalari” tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktika inspektorlari mahallalarda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda oilaviy shifokorlarga koʻmaklashadi, fuqarolarning kechki sayrlari va sport oʻyinlarining xavfsiz oʻtkazilishini tashkil qiladi. Bunda, profilaktika inspektorlari mahallalardagi aholining salomatlik koʻrsatkichlariga qarab har 6 oyda mahalliy budjet mablagʻlari va boshqa manbalar hisobidan ragʻbatlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tibbiyot brigadalari” oʻzlariga biriktirilgan hududlarda oilalar va fuqarolar kesimida “tibbiy xarita”ni shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda tibbiy xizmat koʻrsatishni soddalashtirish va raqamlashtirish hamda ortiqcha qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida “tibbiyot brigadalari” maxsus kompyuter-planshetlari, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov, J.I. Abroʻyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ajratilgan mahalliy budjet mablagʻlari doirasida yil yakuniga qadar takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatining 1-ilovada keltirilgan 26 ta tuman (shahar)larda ustuvor ravishda toʻliq joriy qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yil yakuniga qadar aholi salomatlik va fiziologik holatidan kelib chiqib, aholi boʻlingan guruhlarning aniq tasnifini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmatini bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda “tibbiyot brigadalari”ni mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan taʼminlash maqsadida ularning aniq roʻyxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan “tibbiyot brigadalari”ni maxsus kompyuter-planshetlari va mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan taʼminlasin. Bunda, mazkur vositalar xaridi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona texnik talablar asosida amalga oshirilishi inobatga olinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda aholini xatlovdan oʻtkazib, ularni birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. Bunda, ushbu chora-tadbirlar mavjud shtat birliklari doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi soni va mahalliy zaruriyatdan kelib chiqib, shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligining roʻyxatiga muvofiq oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda tunu-kun navbatchi tibbiyot xodimi xizmat koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada aholining salomatligi, hududdagi kasalliklarning oʻsishi, aholining shifoxonalarga yotishi, shoshilinch tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishi va boshqalar oilaviy shifokorning faoliyati natijadorligini baholash koʻrsatkichlari etib belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligi boʻyicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi hamda uning natijalariga qarab ushbu xodimlar mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻi bir vaqtning oʻzida koʻp tarmoqli markaziy poliklinika mudiri hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi boshligʻiga ajratilayotgan mablagʻlar doirasida, zaruriyatga qarab, tor soha shifokorlari shtatlarini mustaqil belgilash vakolati beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining rahbarlariga, zarur hollarda xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan mablagʻlarni budjet tasnifining xarajatlar guruhlari oʻrtasida mustaqil qayta taqsimlash vakolati beriladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi faoliyat dislokatsiyasi boʻyicha koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ushbu bandda koʻrsatilgan baholash koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, oilaviy shifokor va “tibbiyot brigadalari” faoliyatini ragʻbatlantirishning differensial tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining yangilangan shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda qoʻshimcha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315 ta oilaviy shifokor punktlari, shundan 2021-yilda — 100 ta, 2022-yilda — 105 ta va 2023-yilda — 110 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52 ta qishloqda joylashgan oilaviy poliklinikalar, shundan 2021-yilda — 17 ta, 2022-yilda — 18 ta va 2023-yilda — 17 ta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33 ta shaharda joylashgan oilaviy poliklinikalar, shundan 2021-yilda — 7 ta, 2022-yilda — 13 ta va 2023-yilda — 13 ta tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar qoʻshimcha oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qoʻshimcha tashkil etilayotgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatini toʻliq yoʻlga qoʻyish, ularni malakali xodimlar bilan taʼminlash va mazkur Farmonda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni ular faoliyatiga joriy qilish boʻyicha shaxsan masʼul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud ehtiyojdan kelib chiqib Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti va Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi, shu jumladan ularda va boshqa tibbiy oliy taʼlim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy qilinadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda oʻquv amaliyotini oʻtaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflarini hisobga olgan holda texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning oʻquvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot oʻtaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2021-yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Qishloq shifokori” dasturi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olis va chekka hududlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari tomonidan olis va chekka hududlardagi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib boʻsh shifokor ish oʻrinlari roʻyxati tuziladi va muntazam yangilanib turiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandda koʻrsatilgan imkoniyatlardan foydalanish uchun shifokorlar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari oʻrtasida shartnoma tuzib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq shifokori” dasturini moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalardagi shifokorlarga boʻlgan ehtiyojlarni va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlasin, ularga uy-joy ajratish va mablagʻ berishni taʼminlasin, shuningdek, ularni tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tayyorlash boʻyicha qabul parametrlarini oshirish yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimlari va tijorat banklari bilan birga ipoteka dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinayotgan shifokorlar uchun ajratishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun kelgusi yilda Davlat budjetidan 20 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar taqiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna boʻlishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tuman va shahar hokimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qatʼiy ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarining huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini oʻtkazsin hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har bir korxona, muassasa va tashkilot ish beruvchisi oʻz xodimlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtadigan kuni ushbu tibbiy jarayondan oʻtishlari uchun shaxsan masʼul hisoblanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar har bir korxona, muassasa va tashkilotga ishga qabul qilinayotgan xodimlar oʻzlari tibbiy tekshiruvdan oʻtadigan kuni toʻgʻrisida ish beruvchilarni majburiy tarzda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ushbu talablarning ish beruvchilar tomonidan rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatilishi, zarur hollarda, ularni buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda taʼsir choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tegishli soha va tashkilot kasaba uyushmalarini jalb qilgan mazkur bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xodimlar va ishchilarning mehnatiga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning ishchi va xizmatchilarga jarohat yetkazish xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish oʻrniga mehnat sharoitlarini maxsus baholash tizimi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus baholash jarayonida birinchi navbatda ish oʻrinlaridagi xavfli va zararli omillarning xodim salomatligi darajasiga taʼsirini bartaraf etishga qaratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus baholovchi xodimlar tarkibiga oliy maʼlumotga ega boʻlgan mehnat gigiyenasi mutaxassisi majburiy tarzda kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus baholash faqatgina shtat birligidagi xodimlarida maxsus baholash boʻyicha ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan guvohnomasi mavjud tashkilot (yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus baholash tizimining 2021 — 2023-yillar mobaynida toʻliq joriy qilinishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvarga qadar mehnat sharoitlarini maxsus baholash boʻyicha maʼlumotlarni kiritish hamda tahlil qilish mexanizmini joriy qilish uchun yagona elektron platforma bazasi yaratilishini va 2021-yil 1-fevralga qadar uning toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 2014-yilda Palliativ tibbiy xizmatni rivojlantirish boʻyicha maxsus rezolyutsiya qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov, E.I. Basitxanova) Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va YUNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 — 2025-yillarda Oʻzbekistonda palliativ tibbiy xizmatni rivojlantirish konsepsiyasini maqsadli koʻrsatkichlar (indikatorlar) hamda uni amalga oshirishga doir yillar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” bilan birgalikda tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxonov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) bilan birgalikda bir oy muddatda sogʻliqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish dasturini ishlab chiqsin. Bunda, har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika va shifoxonaning kirish joylarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chaqiriqlar, “ishonch telefonlari” va boshqa targʻibot materiallari joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka toʻgʻri yetkazish maqsadida tibbiyot xodimlarining kasbini ulugʻlovchi videoroliklar, ilmiy-ommabop koʻrsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlarni ishlab chiqsin, televideniye orqali doimiy namoyish qilsin hamda ijtimoiy reklama sifatida ularni televideniye va radiokanallarda joylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish ishlarini tashkillashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy telekanallar va ommaviy axborot vositalarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholi jamoat salomatligini taʼminlash, mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish ishlarini doimiy ravishda tashkillashtirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev, sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev va sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov har chorakda ushbu Farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 12-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6110-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tibbiy profilaktika va patronaj tizimi ustuvor ravishda joriy qilinayotgan tuman (shahar)lar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

Tuman (shahar)lar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1. Beruniy tumani
2. Nukus shahri

2.

Andijon viloyati

3. Qoʻrgʻontepa tumani
4. Andijon shahri

3.

Buxoro viloyati

5. Vobkent tumani
6. Kogon shahri

4.

Jizzax viloyati

7. Mirzachoʻl tumani
8. Jizzax shahri

5.

Qashqadaryo viloyati

9. Gʻuzor tumani
10. Qarshi shahri

6.

Navoiy viloyati

11. Xatirchi tumani
12. Navoiy shahri

7.

Namangan viloyati

13. Toʻraqoʻrgʻon tumani
14. Namangan shahri

8.

Samarqand viloyati

15. Ishtixon tumani
16. Kattaqoʻrgʻon shahri

9.

Surxondaryo viloyati

17. Oltinsoy tumani
18. Termiz shahri

10.

Toshkent viloyati

19. Oqqoʻrgʻon tumani
20. Chirchiq shahri

11.

Fargʻona viloyati

21. Oltiariq tumani
22. Margʻilon shahri

12.

Xorazm viloyati

23. Urganch tumani
24. Urganch shahri

13.

Toshkent shahri

25. Bektemir tumani
26. Olmazor tumani

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021 — 2023-yillarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hududlar

OSHP*

OP**

OP***

shu jumladan:

2021-yil

2022-yil

2023-yil

OSHP*

OP**

OP***

OSHP*

OP**

OP***

OSHP*

OP**

OP***

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

28

2

1

8

2

10

1

10

2.

Andijon viloyati

29

10

1

9

4

10

3

1

10

3

3.

Buxoro viloyati

3

2

1

1

1

1

1

4.

Jizzax viloyati

25

3

8

1

8

1

9

1

5.

Qashqadaryo viloyati

25

5

8

1

8

2

9

2

6.

Navoiy viloyati

24

3

2

8

1

8

1

1

8

1

1

7.

Namangan viloyati

27

7

10

2

8

2

9

3

8.

Samarqand viloyati

20

10

4

6

4

1

7

3

1

7

3

2

9.

Sirdaryo viloyati

19

7

7

5

10.

Surxondaryo viloyati

36

3

2

12

1

11

1

1

13

1

1

11.

Toshkent viloyati

28

6

6

8

2

1

10

2

2

10

2

3

12.

Fargʻona viloyati

32

14

2

10

5

1

10

5

1

12

4

13.

Xorazm viloyati

19

4

5

1

7

1

7

2

14.

Toshkent shahri

2

1

1

Jami

315

52

33

100

17

7

105

18

13

110

17

13

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Oilaviy shifokor punktlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Qishloqlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Shaharlarda joylashgan oilaviy poliklinikalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(izoh qismning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi PF-6110-son Farmoniga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5590-son Farmonining 3-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikkinchi xatboshidagi “2019-yil 1-apreldan” soʻzlari “2022-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uchinchi xatboshidagi “2020-yil 1-apreldan” soʻzlari “2022-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5863-son Farmoni 2-ilovasi 11-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” soʻzlari “2021-yil 1-mart” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5953-son Farmoni ilovasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 129-pozitsiyasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-noyabr” soʻzlari “2021-yil 1-mart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi” soʻzlari “Sanepidxizmat” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 267-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 30-aprel” soʻzlari “2021-yil 1-aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5995-son Farmoni 2-ilovasi 2-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” soʻzlari “2021-yil 15-fevral” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 4-bandi ikkinchi xatboshidagi “2020-yil 1-dekabrga” soʻzlari “2021-yil 1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-oktabrdan” soʻzlari “2021-yil 1-apreldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “2020-yil 15-oktabrga” soʻzlari “2021-yil 1-fevralga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 16-bandning birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-noyabrga” soʻzlari “2021-yil 1-martga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” soʻzlari “2021-yil 1-may” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-pozitsiyasi “Bajarish muddati” ustunidagi “2020-yil 1-oktabr” soʻzlari “2021-yil 1-may” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3494-son qarori 2-ilovasi izohining rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“*) Respublikanskomu nauchnomu sentru ekstrennoy meditsinskoy pomoshi (dlya naseleniya Tashkentskoy oblasti i goroda Tashkenta) videlyayutsya 10 spetsializirovannix avtotransportnix sredstv, a takje 1 spetsializirovannoye avtotransportnoye sredstvo iz rascheta 500 000 naseleniya dlya Respubliki Karakalpakstan i oblastey.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isxodya iz geograficheskogo raspolojeniya territoriy, Ministerstvu zdravooxraneniya i Ministerstvu finansov predostavlyayetsya pravo vnosit izmeneniya i dopolneniya v nastoyashiy normativ dlya okazaniya ekstrennoy meditsinskoy pomoshi naseleniyu v otdalennix regionax respubliki”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 17-bandning birinchi xatboshidagi “2020-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2021-yil 1-aprelga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1-ilova 5-pozitsiyasi “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2020-yil 1-fevral” soʻzlari “2021-yil 1-aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 06/20/6110/1512-son; 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)