04.11.2020 yildagi PQ-4879-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya va soliq sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5953-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institut (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institutda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar tayyorlash borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va oʻquv muassasalari bilan tajriba almashishni kengaytirish hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet daromadlarini shakllantirishda davlat manfaatlarini hamda soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlay oladigan kadrlarni tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organlari uchun ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tahlil uslublari bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borish natijasida innovatsion loyihalarni joriy etishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malakali kadrlar tayyorlashni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfert narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq maʼmuriyatchiligida ilgʻor axborot texnologiyalarini (Big Data) qoʻllash asosida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonida oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlari, shu jumladan pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy taʼlimni, oʻqitish va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etish, talaba, tinglovchi va pedagog kadrlarning global axborot-huquqiy hamda taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, Institut:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va soliqqa tortish sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlash va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan Institut tuzilmasida mazkur universitetning boʻlinmasini (fakultetini) tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining Institut tuzilmasidagi boʻlinmasi (fakulteti) moddiy-texnik taʼminoti joriy yilda Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida tushgan mablagʻlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos boʻlgan yoʻnalishlar doirasida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida sirtqi taʼlim shaklida oʻqitish tashkil etiladi. Bunda talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning oʻqishi uchun toʻlov ish beruvchining xodim (abituriyent) bilan kelishilgan shartnomasiga muvofiq belgilangan shaklda amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari uchun taʼlim jarayoni bevosita soliq organlari maʼmuriy binolarida tashkil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari, dekan oʻrinbosarlari va professor-oʻqituvchilari lavozim maoshlari — oliy taʼlim muassasalarining, ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari esa — ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi, oʻquv-yordamchi va boshqa xodimlarining lavozim maoshlari Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining tegishli lavozimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash miqdorlarida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning rahbar, boshqaruv xodimlari va professor-oʻqituvchilari tarkibiga Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining tegishli toifalari uchun xizmatni oʻtash va mukofotlarni toʻlash tartiblari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat soliq qoʻmitasi 2021-yil 1-martga qadar Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga yuqori malakali xorijiy mutaxassis tayinlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Fargʻona va Toshkent soliq kollejlarini Institut huzuridagi Fargʻona va Toshkent soliq texnikumlari etib qayta tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institutda kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning shunday tartibi joriy etilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari har yili belgilangan muddatlarda ish beruvchilarning Institut tomonidan tayyorlanadigan kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari haqidagi maʼlumotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga qabul parametrlari belgilangan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha bakalavr va magistrlarga boʻlgan ehtiyojni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qilish asosida Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan mustaqil belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilotlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlari tomonidan tayyorlanadigan kadrlarga buyurtmani shakllantirishda ishtirok etishga, xususan kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun toʻlovni, ular tomonidan oʻqishni tugatganidan soʻng, shartnomada belgilanadigan muddat davomida tashkilot-buyurtmachida uzluksiz ishlash majburiyatini qabul qilgan holda, amalga oshirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan va shartnomalar asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Institut rektoriga va soliq texnikumlari direktorlariga mazkur muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xodimlarga ularning ish hajmi va samaradorligini hisobga olgan holda lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda qoʻshimcha oylik ustama belgilash huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Institutga oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalari ega boʻlgan huquqlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda taʼlim yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritish, oʻquv rejalari va dasturlarini hamda bitiruvchilarga qoʻyiladigan malaka talablarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit-modul tizimini oʻquv jarayoniga joriy etish borasida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini mustaqil meʼyorlashtirish, shuningdek pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha ishlarning bajarilishini ragʻbatlantirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar — Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education va Academic Ranking of World Universities reytinglarining barchasida bir vaqtda birinchi 1 000 ta oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlaridan foydalangan holda oʻqitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning uzluksizligi va izchilligini taʼminlashni hisobga olgan holda Institut huzuridagi soliq texnikumlarining oʻquv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtirish, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, qabul parametrlari va taʼlim yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq texnikumlari pedagog xodimlari mehnatini meʼyorlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish uchun toʻlov miqdorini oʻrnatgan holda Institut bakalavriat va magistraturasiga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul parametrlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ilmiy faoliyatiga va oʻquv jarayoniga oʻqituvchilar va mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik olimlarni shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarida nomutaxassislik fanlarini oʻqitish va fakultativ mashgʻulotlar oʻtkazishni autsorsing shartlarida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi barcha turdagi, shu jumladan Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarining bino va inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish boʻyicha kelishuvlarni tuzish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda moliya yili uchun Institut va uning huzuridagi soliq texnikumlarining daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvalini, biznes-rejasini tasdiqlash, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek bino va inshootlarni kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, xodimlariga ish haqini toʻlash tizimi va tartibini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Institut Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Institutni oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini qoʻllash koʻnikmalariga hamda amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, shuningdek xorijda tajriba orttirgan malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli fanlar boʻyicha yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlashning kompleks dasturi ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bitiruvchilarga nisbatan malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini quyidagilarni nazarda tutgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonini ilgʻor xalqaro tajribani, talabalarda til tayyorgarligini, tahlil qilish qobiliyatini, tizimli tahlil va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan talablarni hisobga olgan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslik fanlari oʻquv yuklamasida amaliy mashgʻulotlar hajmini trenajyor-imitatsion va dasturiy komplekslarni qoʻllash hisobiga oshirish va amalga oshirilishini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarining stajirovka oʻtash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut lavozimlarini ichki idoraviy rotatsiya asosida egallash tartibini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy va ilmiy faoliyati boʻyicha vaqt meʼyorlarini, shuningdek oʻquv yuklamasini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut talabalari tomonidan malakaviy amaliyot va magistrlar tomonidan ilmiy stajirovkani oʻtash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining takliflari asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq amaliy va innovatsion loyihalarning tanlovlar asosida shakllantirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda talabalarning sohaviy vazirlik va idoralarning tegishli boʻlinmalarida malakaviy amaliyotini tashkil etishda Institutga har tomonlama amaliy koʻmak koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat soliq qoʻmitasi Institutning zamonaviy oʻquv binosi, kutubxona, faollar zali, sport zali va yotoqxona binosini qurish, shuningdek mavjud binolarni rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2021-yil va kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institut binolarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Toshkent shahar, Uchtepa tumani Kichik halqa yoʻli, 3-uydagi binolari Institutga operativ boshqarish huquqi asosida berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat soliq qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4879-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga
oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Institut faoliyatini samarali tashkil etish

1.

Institut ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ustav loyihasi

ikki oy muddatda

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

2.

Institut Vasiylik kengashi tarkibi, nizomi va ish rejasini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

ikki oy muddatda

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

3.

Institutni malakali kadrlar, shu jumladan oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish maqsadida boshqa taʼlim, tadqiqot muassasalarining mutaxassislari bilan toʻldirish.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

ikki oy muddatda

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

4.

Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash:

Institutning tegishli taʼlim dasturlarini yakunlagan shaxslarga qoʻyiladigan malaka talablari;

Institutning zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan, shuningdek, taʼlim jarayonini soliq organlari faoliyatining asosiy vazifa hamda yoʻnalishlari bilan bogʻliqligini taʼminlaydigan oʻquv rejalari va dasturlari.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-aprelga qadar

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

5.

Institutning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan toʻldirish, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyunga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjanov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

6.

Institutni “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-fevralga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

7.

Institutning oʻquv dasturlariga (rejalariga) kiritilgan fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish dasturini tasdiqlash.

Dastur loyihasi

2021-yil
1-mayga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

8.

Institutning “Soliq va hayot” ilmiy-amaliy huquqiy jurnalini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda uni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan iqtisod va yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

uch oy muddatda

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(D. Saidjonov),
Oliy attestatsiya komissiyasi
(A. Yusupov)

9.

Institutning xalqaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yetakchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar bilan memorandumlar va oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;

Institut professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish va talabalarni oʻqitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;

Institut oʻqituvchilari va xodimlarini xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi, shuningdek, doimiy ravishda soliq maʼmuriyatchiligining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyunga qadar

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

10.

Institut oʻqituvchilarining Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetida malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash dasturlariga jalb qilish.

Institut talabalari va abituriyentlarini 2021/2022 oʻquv yilida Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining bakalavriati va magistraturasiga qabulini tashkillashtirish.

Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladigan “Yoʻl xaritasi”

2021-yil 1-martga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

11.

Institutning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-aprelga qadar

Institut mablagʻlari, boshqa manbalar

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

12.

Buxoro, Fargʻona va Toshkent soliq texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 1-aprelga qadar

-

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

II. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

13.

Masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensiyalar oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish, shuningdek, masofaviy taʼlim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish orqali tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etish.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyunga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

14.

Institutning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyunga qadar

Institut mablagʻlari

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

Institutni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvarga qadar

Institut mablagʻlari

Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev),

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2020-y., 07/20/4879/1467-son)