O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-son buyrug‘i (ro‘yhat raqami 2608, 2014-yil 8-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 33-son, 424-modda) bilan tasdiqlangan Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga jo‘natish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
“muassasada jazo muddatini o‘tayotganlar orasida uyushgan guruh tashkil etish yoki yetakchilik qilishga moyilligi mavjud bo‘lgan mahkumlarning muassasada o‘rnatilgan tezkor vaziyat barqarorligiga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida;”.
“12. Mahkumlarni davolash huquqi asosidagi koloniyalarga va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarga o‘tkazish soqchi, zarurat bo‘lganda, tibbiy xodimlar kuzatuvida amalga oshiriladi. Mahkum kasal bo‘lib qolgan taqdirda, uni koloniyadan yoki turmadan davolash huquqi asosidagi koloniyaga yoki mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazishga tibbiy xulosa asosida yo‘l qo‘yiladi.”.
3. 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasasida” degan so‘zlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyada yoki mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 16-banddagi “ixtisoslashgan davolash muassasasiga” degan so‘zlar “davolash huquqi asosidagi koloniyalarga va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.