Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017 02.03.2005 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.07.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGINING OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI HUZURIDA MANZARALI BOGʻDORChILIK VA OʻRMON XOʻJALIGI RESPUBLIKA ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning turli mintaqalari sharoitlarida manzarali bogʻdorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oʻstirishning yangi texnologiyalarini joriy etish, shuningdek manzarali oʻsimliklar etishtirishga ixtisoslashayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozor ehtiyojini oʻrganish asosida respublika manzarali bogʻdorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzarali oʻsimliklar koʻchatlarini oʻstirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzarali oʻsimliklar koʻchatlarini sertifikatsiyalash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali oʻsimliklarni rayonlashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarga manzarali oʻsimliklar oʻstirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari huzuridagi ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va gulchilik korxonalari, shuningdek Nukus ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaligi korxonasi hamda respublika viloyatlaridagi 1-ilovaga muvofiq oʻrmon xoʻjaliklarining ishlab chiqarish uchastkalari Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan Oʻzbekiston oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining bolalar bogʻchasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tasarrufiga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazining xodimlarining cheklangan umumiy soni 64 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 7 nafar boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va gulchilik oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga berilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyati xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, oʻrmon xoʻjaligi tadbirlariga budjetdan ajratilgan mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 167-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 287-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda 2010-yilgacha boʻlgan davrda manzarali bogʻdorchilikni rivojlantirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
1-ILOVA

Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga beriladigan oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va ishlab chiqarish uchastkalari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mintaqalar nomi‎

Boʻlinmalar nomi‎

Beriladigan ishlab chiqarish uchastkalari nomi‎

1. Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi ‎
Nukus ixtisoslashtirilgan
‎oʻrmon xoʻjaligi korxonasi‎
Toʻliq beriladi‎
2. Andijon viloyati‎ Toshoxur oʻrmon xoʻjaligi ‎ Oyim uchastkasi‎
3. Buxoro viloyati‎ Gʻijduvon oʻrmon xoʻjaligi ‎ Markaziy uchastkasi‎
4. Qashqadaryo viloyati‎ Qarshi oʻrmon xoʻjaligi ‎ Beshkent uchastkasi‎
5. Navoiy viloyati ‎ Navbahor oʻrmon xoʻjaligi ‎ Navbahor uchastkasi‎
6. Namangan viloyati‎ Namangan oʻrmon xoʻjaligi ‎ Oʻrtaorol uchastkasi‎
7. Samarqand viloyati‎ Samarqand oʻrmon xoʻjaligi ‎ Dargʻom uchastkasi‎
8. Surxondaryo viloyati‎ Termiz oʻrmon xoʻjaligi ‎ Qorasuv uchastkasi‎
9. Sirdaryo viloyati‎ Sirdaryo oʻrmon xoʻjaligi ‎ Bobur nomli uchastkasi‎
10. Toshkent viloyati‎ Toshkent oʻrmon xoʻjaligi ‎ Saksonota uchastkasi‎
11. Xorazm viloyati‎ Xorazm oʻrmon xoʻjaligi ‎ Qaqrali uchastkasi‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
2-ILOVA

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkiliy tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 8-9-son, 68-modda; 2009-y., 25-son, 287-modda)