Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari va uning tarkibiga kiruvchi departamentlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doyr qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qarorini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qarorini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi ― Eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari, Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari va Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 8-fevraldagi 61-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Otajonov Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari hamda Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlari rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini bir hafta muddatda tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-sentabr,
759-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. U mumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doyr qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3226-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir oʻrinbosari deb ataladi) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot real sektori mahsulotlarini eksport qilish, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularni eksport qilishni muvofiqlashtirish, Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz hamda Toshkent tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralari, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasi bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish sohasida:
yagona tashqi savdo siyosatining, birinchi navbatda, tashqi savdo mutanosibligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importining hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish sohasida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, jahon hamda mintaqaviy bozorlar konyuʼnkturasini tahlil qilish asosida bojxona-tarif va notarif siyosatni tartibga solish, mahalliy mahsulotlarning eksport tuzilmasini takomillashtirish hamda hajmini yanada koʻpaytirishga oid takliflar tayyorlashni tashkil qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni boʻyicha tashqi savdo hamkorligi sohasida erishilgan bitimlar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi hamda yuritilishini tashkil etish va ushbu bitimlar amalga oshirilishining monitoringini olib borish, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirishga doir ishlab chiqilgan takliflarni baholash;
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarining tashqi savdo aloqalari sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash hamda respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, jahon bozoridagi konyunktura oʻzgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot institutlari, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
eksport hajmlari, tarkibi va nomenklaturasining komplekslar hamda respublika hududlari boʻyicha chuqur tahlil etilishini muvofiqlashtirish va shu asosda mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, ularni tashqi bozorlarga kiritish, eksportni yanada ragʻbatlantirish hamda uning tuzilmasini takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasi har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish va shu asosda importni yanada qisqartirish, bojxona import bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmurchiligi uslublarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasini tahlil qilish natijalari inobatga olingan holda, ichki tarmoq kooperatsiyasini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, mahalliylashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirishga oid takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
mahsulotlar eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish hajmlari va nomenklaturasi boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini muntazam nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tashqi savdo hamkorligi va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi savdo xavfsizligiga rioya etish taʼminlanayotgani yuzasidan xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatidan ishlab chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlik qilish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar vakillari bilan tashqi savdo faoliyati sohasida shartnomalar tayyorlash hamda tuzish masalalari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etish;
b) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport kilish sohasida:
birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi hisobiga eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksporta hajmlari va tuzilmasini maqbullashtirish yuzasidan yagona tashqi savdo siyosatini yuritish boʻyicha iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini muvofiqlashtirish;
ichki va tashqi bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, eng avvalo, eksport turlarini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish, sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishning tashqi bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda belgilangan eksport prognoz koʻrsatkichlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mahalliy tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tashqi bozorlarga kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashga doyr kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish;
eksportning asosiy turlari boʻyicha marketing tadqiqotlari hamda marketing va tahliliy sharhlarni, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlarini tashkil etishda va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy koʻmaklashish;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, ushbu loyihalar va dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
v) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining hajmlari va tuzilmasini, birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish hisobiga mahalliy ijro etuvchi organlarga, hududlarga boʻysunuvchi korxonalarni optimallashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan va tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalarni tahlil qilishdan kelib chiqqan holda, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini yaratishga hamda eksportchi korxonalarga amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda eksportning belgilangan prognoz parametrlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mintaqaviy darajadagi tashkilotlar va eksportchi korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, ularga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
mintaqalarda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil etishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunishdagi korxonalarning va boshqa turdosh tarmoqlarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflarni, loyihalarni va istiqbolli rejalarini har tomonlama tahlil qilishni va kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha hududiy boʻysunishdagi korxonalar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi yuzasidan tashkil etish, ularni moliya va xomashyo resurslari bilan taʼminlash, shuningdek eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal etishda koʻmaklashish;
g) meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish sohasida:
meva-sabzavot mahsulotlari jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturasini chuqur oʻrganish va tahlil qilish va shu asosda respublika mintaqalarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni va eksport qilishni jadal rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksportining oʻrta muddatli va uzok muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashayotgan tumanlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning yerlarida tegishli ekinlarni joylashtirish va oʻstirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;
mamlakatimizda yetishtirilgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishini, ularni sotishning yangi bozorlarini izlash va oʻzlanggirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, respublikada xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etish, tuziladigan kontraktlar boʻyicha mahsulotlar yetkazib berish hajmlari va geografiyasi monitoringini olib borish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishi monitoringini taʼminlash, ularning faoliyatidagi muammoli masalalarni, shu jumladan zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarini hal qilishda koʻmaklashish;
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tashkil etish, ushbu soha infratuzilmasining yangi ixtisoslashtirilgan obyektlarini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan sabzavot omborlari va sovutish kameralarini kurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy oʻrab-joylashtirish mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish uchun mamlakatda zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
d) Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz hamda Toshkent tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlari tuzilmasini optimallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ularni joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qilish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish hamda mavjudlarini rivojlantirish, ushbu xoʻjaliklar yerlarida eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish;
fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, ularning manfaatdorligini ragʻbatlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xoʻjaligi xomashyosini kompleks qayta ishlash hisobidan mexanizatsiyalashtirish hamda rentabellik darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz va Toshkent tumanlarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini tashkil qilish, shu jumladan sabzavotlarni saqlash omborlari hamda sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash, zamonaviy joylash va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
jahon va mintaqalar meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyuʼnkturasini oʻrganishni tashkil etish va shu asosda respublika hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, yangi hamda qayta ishlangan mahsulotlar eksportini rivojlantirishni jadallashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
eksportchi korxonalar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarishning monitoringi olib borilishini taʼminlash, ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar, shu jumladan zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarini hal etishga koʻmaklashish;
e) avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:
texnologik liderlar bilan birgalikda yuk avtomobillarining importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarni oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
j) qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini asosan zamonaviy energiyadan samarali foydalanuvchi va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini qayta tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, texnologik liderlar bilan birgalikda importning oʻrnini bosuvchi yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini optimallashtirish;
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan xolda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni koʻrib chiqish va baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis va taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etishning istiqbolli rejalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etishni nazorat qilish;
fermer xoʻjaliklarini, mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan lizing asosida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
z) elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiyasamarador va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan, elektrotexnika sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, jahonga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun asbob-uskunalar va aksessuarlar chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika sanoati, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi samaradorligini yanada oshirishga, shuningdek ushbu tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va isteʼmol tovarlarining zarur turlari bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
elektrotexnika tarmogi korxonalarida korportiv boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini taʼminlash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarni koʻrib chiqish va baholash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturiga muvofiq elektrotexnika sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlapggirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
i) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofikdikni baholash sohasida:
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlarning sifatini va rakobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil qilish;
texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli oʻrganishni va kompleks tahlil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash va shu asosda xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlar sifatini va rakobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
k) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish;
davlat moddiy zaxiralarini jamgʻarish, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahlliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish hamda texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va baholash;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chikarilgan tovarlari va mahsulotlarining sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatini monitoring va tahlil qilish.
7. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli tarmoqlarida va hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlariga bevosita rahbarlik qiladi;
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar, shuningdek hududlar va boshqa tashkilotlarning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, boshqa tashkilotlardagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda kiritadi;
Kompleks yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viz qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlarining departament mudirlari, shuʼbalari mudirlari, bosh va yetakchi mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlashni Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi bilan birgalikda amalga oshiradi;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlari mudirlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish hamda Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentlarida kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshqaradigan tegishli komissiyalarga rahbarlik qiladi, shuningdek Kompleks yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha komissiyalar (kengashlar) faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi va qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari kollegial organlarining majlislarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlari boʻyicha ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning Kompleks boshqaradigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablari buzilgan holda tushadigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni takdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi boshqaradigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
9. Bosh vazir oʻrinbosari:
zimmasiga yuklangan vazifalarning zarur darajada va sifatli bajarilishi;
oʻzi rahbarlik qiladigan Kompleksdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kompleks yurituviga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarning va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarini respublika davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorligini nazarda tutib va ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlagan holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir urinbosari faoliyatini tashkil etish
10. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiklanadi.
11. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, tashkilotlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish yoʻli bilan, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi majlislarida hisobotlarni eshitgan holda tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini tashqi savdo faoliyati, iqtisodiyot real sektori mahsulotlarini eksport qilish, hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz hamda Toshkent tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish ni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament uz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini tashqi savdoni va eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish sohasida:
yagona tashqi savdo siyosatining, birinchi navbatda, tashqi savdo mutanosibligini kuchaytirish, eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar importining hajmlari va tuzilmasini optimallashtirish sohasida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, jahon hamda mintaqaviy bozorlar konyuʼnkturasini tahlil qilish asosida bojxona-tarif va notarif siyosatni tartibga solish, mahalliy mahsulotlarning eksport tuzilmasini takomillashtirish hamda hajmini yanada koʻpaytirishga oid takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlarga tashriflari yakuni boʻyicha tashqi savdo hamkorligi sohasida erishilgan bitimlar toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi hamda yuritilishini tashkil etish va ushbu bitimlar amalga oshirilishining monitoringini olib borish, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro tuzilmalar, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligini chuqurlashtirishga doyr takliflar ishlab chiqish;
respublikaning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarining tashqi savdo aloqalari sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash hamda respublikani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, jahon bozoridagi konyunktura oʻzgarishlari asosida xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot institutlari, chet el kompaniyalari bilan tashqi savdo hamkorligining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
eksport hajmlari, tarkibi va nomenklaturasining komplekslar hamda respublika hududlari boʻyicha chuqur tahlil etilishini muvofiqlashtirish va shu asosda mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, ularni tashqi bozorlarga kiritish, eksportni yanada ragʻbatlantirish hamda uning tuzilmasini takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasining mutanosibligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasi har tomonlama tahlil etilishini tashkil qilish va shu asosda importni yanada qisqartirish, bojxona import bojlarini optimallashtirish, bojxona maʼmurchiligi uslublarini takomillashtirishga doyr takliflar ishlab chiqish;
import qilinadigan mahsulotlar hajmlari va nomenklaturasini taxdil qilish natijalari inobatga olingan holda, ichki tarmoq kooperatsiyasini rivojlantirish, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish, mahalliylashtiriladigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha buyurtmalarni joylashtirishga oid takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
mahsulotlar eksportining har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish hajmlari va nomenklaturasi boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini muntazam nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda tashqi savdo hamkorligi va tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarining ekspert jihatidan ishlab chiqilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari hamda tashqi savdo xavfsizligiga rioya etish taʼminlanayotgani yuzasidan xalqaro shartnomalar loyihalarini ekspert jihatidan ishlab chiqish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlashda belgilangan tartibda ishtirok etish;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va kelishishda Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan hamkorlik qilish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va nodavlat tashkilotlar, xalkaro tashkilotlar vakillari bilan tashqi savdo faoliyati sohasida shartnomalar tayyorlash hamda tuzish masalalari yuzasidan muzokaralarda ishtirok etish;
b) iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish sohasida:
birinchi navbatda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi hisobiga eksport salohiyatini kengaytirish, tovarlar va xizmatlar eksporta hajmlari va tuzilmasini maqbullashtirish yuzasidan iqgisodiyotning real sektori tarmoqlarini muvofiqlashtirish;
tashqi va ichki bozorlarni rivojlantirish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish hamda shu asosda, eng avvalo, eksport turlarini kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishning tashqi bozorlarini diversifikatsiyalash boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlariga doyr takliflar ishlab chiqish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) har yilgi prognozlarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda belgilangan eksport prognoz koʻrsatkichlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
jahon va mintaqaviy bozorlar konyunkturasini tahlil qilish asosida iqtasodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirish, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish hamda eksport qiluvchi tashkilotlarni, shu jumladan bojxona-tarif va notarif siyosatini takomillashtirish yoʻli bilan ragʻbatlantirish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda ularni jahon va mintaqa bozorlariga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mahalliy tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tashqi bozorlarga chiqishi uchun kulay shart-sharoitlarni taʼminlashga doir chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzok muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlariga koʻmaklashish;
eksportning asosiy turlari boʻyicha marketing tadqiqotlarini hamda marketing va tahliliy sharhlarni tayyorlashni, eksport qiluvchi tashkilotlarda marketing xizmatlari koʻrsatishni va ularning faoliyat koʻrsatishida metodik va amaliy koʻmaklashishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining koʻrgazma-yarmarka faoliyati samaradorligini taʼminlash boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
iqtisodiyotning real sektori korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning bajarilishini muvofiklashtirish, ular bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish yuzasidan takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
v) hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar) eksportining hajmlari va tuzilmasini, birinchi navbatda, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada koʻpaytirish, tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish hisobiga optimallashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan va tashqi bozorlardagi uzoq muddatli tendensiyalarni taxdil qilishdan kelib chiqqan holda, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning zamonaviy ishlab chiqarishlarini, zarur transport-logistika infratuzilmasini yaratishga hamda eksportchi korxonalarga amaliy yordam koʻrsatishga qaratilgan xududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
hududiy darajada tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini shakllantirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish hamda eksportning belgilangan prognoz parametrlarining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan soʻzsiz bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
mintaqaviy darajadagi tashkilotlar va eksportchi korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash, ularga eksport faoliyatini amalga oshirishda va xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo aloqalarini oʻrnatishda koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;
mintaqalarda eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlarning yangi turlarini oʻzlashtirishni tashkil etishda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida hududiy boʻysunishdagi korxonalarning va boshqa turdosh tarmoqlarning tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha takliflarni, loyihalarni va istiqbolli rejalarini har tomonlama taxdil qilishni va kompleks ravishda ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
eksport qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha kontrakt majburiyatlarining hududiy boʻysunishdagi korxonalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, ularni moliya va xomashyo resurslari bilan taʼminlash masalalarini, shuningdek eksport faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalarini hal qilishda koʻmaklashish;
g) meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilishni muvofitslashtirish sohasida:
meva-sabzavot mahsulotlarining jahon va mintaqaviy bozorlari konyunkturasini chuqur oʻrganish va tahlil qilish hamda shu asosda respublika mintaqalarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum eksportining qisqa muddatli va uzok muddatli prognozlari, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashayotgan tumanlarning eksport salohiyatini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklari tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularning hududida tegishli ekinlarni joylashtirish va yetishtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
mamlakatimizda yetishtirilgan yangi va kayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishini taʼminlash, ularni sotishning yangi bozorlarini izlash va oʻzlashtirishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, respublikada xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkalari oʻtkazilishini tashkil etish, tuziladigan kontraktlar boʻyicha mahsulotlar yetkazib berish hajmlari va geografiyasi monitoringini olib borish;
eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yetishtirish va yuklab joʻnatish boʻyicha meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar tomonidan kontrakt majburiyatlari bajarilishini tashkil etish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarida koʻmaklashish;
yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporta transport logistikasining zamonaviy tizimlari va joriy etilishini tashkil etish, ushbu soha infratuzilmasining yangi ixtisoslashtirilgan obyektlarini tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan sabzavot omborlari va sovutish kameralarini kurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, zamonaviy oʻrab-joylashtirish mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
d) Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz hamda Toshkent tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish sohasida:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish, ekin maydonlari tuzilmasini optimallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ularni joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qilish, ixtisoslashtirilgan yangi fermer va dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish hamda mavjudlarini rivojlantirish, ushbu xoʻjaliklar yerlarida eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish;
fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, ularning manfaatdorligini ragʻbatlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va qishloq xoʻjaligi xomashyosini kompleks qayta ishlash hisobidan mexanizatsiyalashtirish hamda rentabellik darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz va Toshkent tumanlarida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport kilish uchun zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini tashkil kilish, shu jumladan sabzavotlarni saqlash omborlari hamda sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash, zamonaviy joylash va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish;
jahon va mintaqalar meva-sabzavot mahsulotlari bozorlarining konyuʼnkturasini oʻrganishni tashkil etish va shu asosda respublika hududlarida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, yangi uzilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlar eksportini rivojlantirishni jadallashtirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
eksportchi korxonalar tomonidan eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuklab joʻnatish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarishning monitoringi olib borilishini taʼminlash, ularning faoliyati bilan bogʻliq masalalar, shu jumladan zarur moliyaviy resurslarni jalb etish masalalarini hal etishga koʻmaklashish;
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tashkilotlarda va hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini shu jumladan joylarga borib oʻrganishni taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli protokollari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ular da qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligini hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga takdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari va hududlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahlil tadqiqotlarini oʻtkazish uchun ekspert guruhlari tashkil etish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda hududlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigiga binoan esa ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil qilish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarishning taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuningdek:
tashqi savdo faoliyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
iqtisodiyotning real sektori mahsulotlarini eksport qilish masalalari shuʼbasi;
hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari shuʼbasi;
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni muvofiqlashtirish masalalari shuʼbasi;
Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz hamda Toshkent tumanlarida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish masalalari shuʼbasi kiradi.
Har bir shuʼbaning tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparata toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, mudirning oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Departament mudirining oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini olib borish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlar da Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan taʼminlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlik qiladi, mudirning oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqgisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni xal etish, respublika tarmoqlari va xududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mudirning oʻrinbosari, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Kompleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament mudiri oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari kengashlari, idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Departament mudirining oʻrinbosari bajaradi.
16. Mudirning oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisiga axborot beradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalarida, respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalar boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, tarmoqlarni va respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishiini taʼminlaydi;
Departament mudiri bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan, ular boʻyicha respublika Hukumatining qarori talab etilmaydigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil etadi va Departament mudiriga takdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudirining topshirigiga koʻra chiquvchi hujjatlarni imzolaydi;
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflarni Departament mudiriga kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
17. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga takdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda katnashadi;
Departament mudiri topshirigiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur taxdiliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari, idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimlanishga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan takdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil kiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari, kengashlari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatini avtomobilsozlikni va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini, elektrotexnika sanoatini rivojlantirish; davlat moddiy zaxiralari; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash masalalari boʻyicha axborot-taxliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi ― Tashqi savdo faoliyatini, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbariga (keyingi oʻrinlarda Bosh vazirning oʻrinbosari deb ataladi) boʻysunadi, ayni bir paytda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) avtomobil sanoatini rivojlantirish sohasida:
texnologik liderlar bilan birgalikda yuk avtomobillarining importning oʻrnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlar chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan Tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni taʼminlash chora-tadbirlari dasturiga muvofik avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarni oʻzlashtirishni taʼminlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilashni, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini taʼminlash;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
b) qishloq xoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiyasamarador va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan qishloq xoʻjaligi mashinasozligini qayta tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, texnologik liderlar bilan birgalikda importning oʻrnini bosuvchi yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini optimallashtirish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirishga, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan toʻldirishni taʼminlovchi loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bщlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini taʼminlash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan xolda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xoʻjaligi mashinasozligiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlilini hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
mashina-traktor parklarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi texnikasiga servis va taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishning zamonaviy shakllari va metodlarini joriy etishning istiqbolli rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tashkil etish;
fermer xoʻjaliklarini va mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan, shu jumladan lizing asosida taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish;
v) elektrotexnika sanoatini rivojlantirish sohasida:
tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarini faqat zamonaviy energiyasamarador va energiyani tejovchi texnologiyalar negizida modernizatsiyalashga va texnik qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan, elektrotexnika sanoati korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, jahonga mashhur savdo markalariga ega boʻlgan xalqaro transmilliy kompaniyalarni jalb etgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun asbob-uskunalar va aksessuarlar chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etish;
ishlab chiqarish potensialidan yanada toʻliq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida elektrotexnika sanoati, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiya samradorligini oshirishga, shuningdek ushbu tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini diversifikatsiyalashga koʻmaklashish;
elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliy elektrotexnika va isteʼmol tovarlarining zarur turlari bilan toʻldirishni taʼminlovchi zamonaviy yuqori texnologiyali raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni barpo etish loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni tashkil etish;
elektrotexnika tarmogi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan respublika elektrotexnika sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yoʻli bilan jalb etilishini chuqur oʻrganish va ekspert jihatidan baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bщlgan mahsulotlarni ishlab chiqarishning tashkil etilishini taʼminlash;
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan xolda, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni elektrotexnika sanoatiga jalb etish boʻyicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama taxdilini hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, koʻrsatib oʻtilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishini monitoring qilish, shuningdek tasdiqlangan parametrlarga soʻzsiz erishish boʻyicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalashni taʼminlash dasturiga muvofiq elektrotexnika sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sigʻimini kamaytirish va energiyani tejash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli boʻlgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, ularni jahon bozorlariga kiritish ishlarini muvofiqlashtirish;
g) texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofitslikni baholash sohasida:
standartlashtirish, metrologiya, muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil qilish;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash tizimlarining faoliyat koʻrsatishini va rivojlantirilishini tizimli oʻrganishni va kompleks taxdil qilishni tashkil etish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish boʻyicha xalqaro standartlarni qoʻllanish asosida mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha takliflarni tahlil qilish va tayyorlash;
standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash boʻyicha xalqaro talablarni va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni hisobga olgan holda milliy sifat infratuzilmasini yanada takomillshatirish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Metrologiya toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”, “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini taʼminlash boʻyicha ishlarning monitoringini olib borish va ularni muvofiqlashtirish;
d) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga tayyorligi holatini tizimli oʻrganish va taxdil qilish;
davlat moddiy zaxiralarini jamgʻarish, yangilash va ishlab chiqarish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish hamda davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini doimiy nazorat kilish;
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “Oʻzdavzaxira” qoʻmitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha davlat moddiy zaxiralariga boʻlgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli oʻrganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlari va mahsulotlarining sifati va miqdori boʻyicha saqlanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash ishlari holatining monitoringini va tahlilini taʼminlash.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masaalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
oʻzining yuritishi sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha tashkilotlarda va hududlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini shu jumladan joylarga chiqib oʻrganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
tahliliy maʼlumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi va koʻrsatib oʻtilgan materiallar haqida Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli protokollari ijrosi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleksliligi hamda ularning sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishi, shuningdek ularning davlat va xoʻjalik boshqaruvi manfaatdor organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga takdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Departament vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqgida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni taxdil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarining xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-taxdil tadqiqotlari oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigiga binoan esa ― davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqgida va sifatli bajarishning taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, shuningdek:
mashinasozlik va avtomobil sanoati shuʼbasi;
elektrotexnika sanoati va standartlashtirish shuʼbasi kiradi.
Departament tuzilmasiga bir nafar inspektor kiradi.
Har bir shuʼba tarkibiga shuʼba mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga Departament mudiri rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, shuʼba mudirlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparata toʻgʻrisidagi Nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning ish rejalari, Departament mudiri, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Departamentning ish rejasi, Departament mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Departamentning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish boʻyicha faoliyati mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlar da Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlarni oʻtkazish yoʻli bilan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining topshiriqlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati, Kompleks majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, shuʼba mudirlari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
respublikaning tegishli tarmoqlari, sohalari va hududlarida iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish, respublika tarmoqlari va xududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Departamentning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, shuʼbalar mudirlari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Komleks rahbariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
shuʼba mudirlari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini, shuningdek Kompleksning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Kompleks rahbariga kelishish hamda tasdiqlash uchun kiritadi, Departament shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tushgan respublika Hukumati qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departamentning kadrlar zaxirasi shakllantirilishini va yangilab borilishini, kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar bilan tizimli ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ijro etuvchi apparatda amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritishni taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Departamentning shuʼba mudirlaridan biri bajaradi.
16. Shuʼba mudiri:
shuʼba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shuʼbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
shuʼbaga birkitilgan masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda taʼminlaydi;
masalalarni oʻrganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi, tanqidiy taxdil asosida tegishli takliflarni koʻrib chiqish uchun Departament mudiriga va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga kiritadi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek respublika hududlari boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
maʼlumotnoma materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazirning oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Departament mudiriga takdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shuʼba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparata boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Departament mudiri topshirigiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga va shuʼba mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama taxdil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuʼba mudiriga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari markaziy apparatlari (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlari)ning tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
shuʼba mudiri bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi organlar va boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.