Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.02.2005 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIGA ZAMONAVIY HISOBGA OLISh PRIBORLARINI VA RESURSLARNI TEJOVChI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISh DASTURI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilayotgan kommunal xizmatlarning hajmi va qiymatini yakka tartibda hisobga olish va ular haqini oʻz vaqtida toʻlash mexanizmini joriy etish va unga soʻzsiz rioya etish, kommunal xizmatlarni ishlab chiqarish va aholiga kommunal xizmatlar koʻrsatishda zamonaviy resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosida kommunal xizmat koʻrsatish tizimini modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarni hisobga olishning zamonaviy tizimini joriy etish dasturi tasdiqlansin, unda hisobga olish priborlari oʻrnatishni toʻliq tugallashning quyidagi muddatlari nazarda tutiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy gazni hisobga olish priborlarini — 2005-yil 1-sentabrgacha, 1-ilovaga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8-avgustdagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 321-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 8-avgustdagi 166-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 321-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini (koʻp kvartirali uylarga kirish joylarida) — 4-ilovaga* muvofiq 2007-yil 1-yanvargacha tugallash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqlik bilan taʼminlash manbalarida issiqlikni va tabiiy gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish 2007-yil 1-yanvargacha tugallansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlarini oʻrnatish yoʻli bilan aholiga koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarni toʻliq hisobga olishni joriy etish dasturini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlarini Oʻzbekiston Respublikasining ularni oʻrnatish va almashtirishga boʻlgan joriy ehtiyojini toʻliq taʼminlaydigan miqdorda keng koʻlamda ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda umuman har qaysi hudud, tumanlar va shaharlar, muayyan koʻp kvartirali uylar boʻyicha kommunal xizmatlarni hisobga olish priborlarini oʻrnatish jadvallari va tadbirlarini ishlab chiqsinlar hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish kompleks dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, dasturda quyidagilar nazarda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻ agregatlarini ishlab chiqarish hamda maʼnaviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan tejamsiz bugʻ agregatlarini almashtirish ishlarini 2008-yil 1-yanvargacha tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskirgan issiqlik va suv quvurlari tarmoqlarini almashtirish ishlarini 2010-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda tugallash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 2005—2008-yillar mobaynida hamma joyda issiqlik bilan taʼminlashning yopiq sxemasiga yoki markazlashtirilmagan holda (mahalliy sxema boʻyicha) issiqlik bilan taʼminlashga oʻtish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirish nazarda tutilayotgan ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini muntazam ravishda yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.H. Toʻxtayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-fevraldagi
61-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga amalga oshirish nazarda tutilgan ustuvor investitsiya loyihalari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r‎

Loyihaning nomi*‎

Loyihaning ishlab chiqilganlik darajasi‎

Amalga oshirish muddatlari**‎

Zarur mablagʻlarning taxminiy summasi**‎

Moliyalashtirish manbalari (ishlab chiqiladigan kreditlar summasi)‎

‎‎I. Suv taʼminoti sektori

1.‎ Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari aholi punktlarini ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2005—2009-yillar‎ 75,0‎ Osiyo taraqqiyot banki—40,0,
‎OIT Quvayt jamgʻarmasi — 20,0,
‎Islom taraqqiyot banki — 15,0 ‎
2.‎ Damxoʻja mintaqalararo suv quvurlarini zamonaviylashtirish (I navbati)‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 7,0‎ XXR Hukumati krediti ‎
3.‎ Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari suv taʼminotini kengaytirish (I faza, Damxoʻja mintaqalararo suv quvurlarining II navbati).‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2006—2010-yillar‎ 35,0‎ Islom taraqqiyot banki —15,0,
‎OIT Quvayt jamgʻarmasi—20,0 ‎
4.‎ Fargʻona, Margʻilon shaharlari va suv oqish tarmogʻiga yaqin boʻlgan aholi punktlari suv taʼminotini tubdan yaxshilash.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2007—2010-yillar‎ 40,0‎ XXR Hu�umati krediti ‎
5.‎ Tuyabugʻuz-Bekobod mintaqalararo suv quvuri.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2005—2010-yillar‎ 60,0‎ XXR Hukumati krediti—25,0,
‎XMI ning 35 mln AQSh dollari summasidagi qoʻshimcha mablagʻlari‎
6.‎ Toshkent viloyatining Chinoz, Zangiota, Toshkent tumanlari va Yangiyoʻl tumanining bir qismi qishloq aholi punktlari suv taʼminoti uchun VU-1, VU-3 suv chiqarish inshootlarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2007-yillar‎ 19,0‎ XXR Hukumati krediti ‎
7.‎ Uchqoʻrgʻon suv omboridan Namangan shahrining suv taʼminotini yaxshilash, 2-navbati.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 11,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
8.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi shaharlarida suv quvurlari tarmoqlarini rivojlantirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar‎ 14,3‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎

‎‎II. Kanalizatsiya sektori

9.‎ Namangan shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini kengaytirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar ‎ 19,8‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
10.‎ Chirchiq shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini choʻkindilardan tozalash va qayta ishlov bergan holda kengaytirish va rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIA ishlab chiqilgan ‎ 2006—2008-yillar‎ 6,9‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
11.‎ Guliston shahri kanalizatsiyalarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar ‎ 7,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
12.‎ Qarshi shahri tozalash kanalizatsiya inshootlarini choʻkindilardan tozalash va qayta ishlov bergan holda rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2008—2010-yillar‎ 10,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
13.‎ Jizzax shahri tozalash inshootlari kanalizatsiyalarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2007—2009-yillar‎ 15,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
14.‎ Termiz shahri kanalizatsiya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2008-yillar‎ 12,5‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎

‎‎III. Sanitariya jihatidan tozalash sektori

15.‎ Samarqand shahrida sanitariya jihatidan tozalash tizimini takomillashtirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2007-yillar‎ 75,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎

‎‎IV. Issiqlik taʼminoti sektori

16.‎ Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimlarini rekonstruksiya qilish‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2005—2007-yillar ‎ 40,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari ‎
17.‎ Issiqlik taʼminotini yopiq tizimga oʻtkazish yoʻli bilan Chirchiq shahrining issiqlik taʼminoti tizimlarini rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2006—2008-yillar‎ 6,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
18.‎ Namangan shahrining “Markaz” va “Doʻstlik-1” bugʻqozonxonasini mahalliylashtirish.‎ TIA ishlab chiqilishi zarur‎ 2006—2009-yillar‎ 4,6‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎
19.‎ Fargʻona shahrining issiqlik taʼminoti tizimlarini rekonstruksiya qilish.‎ Loyihaning TIAsi ishlab chiqilgan‎ 2007—2010-yillar‎ 11,0‎ Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari‎

Jami:‎

469,1‎

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash moliyalashtirish manbalarini belgilagan holda investitsiya loyihalari roʻyxatiga aniqlik kiritish huquqiga ega.
(5-ilovaga izohning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Jalb etiladigan mablagʻlar summalari va amalga oshirish muddatlari loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashlarini tasdiqlash natijalariga koʻra oʻzgarishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 5-6-son, 36-modda; 2006-y., 31-32-son, 321-modda; 2009-y., 43-son, 456-modda)