1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 904-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menejment sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) oʻtkazilganligi va ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlari boʻyicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, tovar va moliya bozorlarida monopol mavqega ega boʻlgan korxonalarga qoʻllanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
halqaro eʼtirof etilgan xorijiy oliy oʻquv yurtlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining tadbirkorlikka qiziqishi boʻlgan qatlamlarini hamda tadbirkorlarni biznes va tadbirkorlik koʻnikmalari boʻyicha qisqa muddatli pulli, xususan, keyinchalik boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oʻqitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni moʻljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid oʻquv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Vasiylik kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat diplomining namunasi 5-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Oliy maktabning muassisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv oliy maktabi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab korporativ boshqaruv va loyiha boshqaruvi, biznes va tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab direktori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab direktorining oʻrinbosarlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparatining departamenti direktoriga, kafedra mudirlari markaziy apparatining departamenti direktori oʻrinbosarlariga tenglashtirilgan tibbiy xizmat amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oliy maktabga Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi bilan kelishgan holda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab vazirliklar, idoralar va tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari va strategik rivojlanishidan kelib chiqqan holda, sohaviy xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma “ikki diplom” (double degree) modeli asosida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishni hamda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati, xizmatlarni tijoratlashtirish va eksport qilish, innovatsion faoliyat natijalari, startap loyihalar asosida tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga va moliya bozoridagi boshqa vositalarga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari), professor-oʻqituvchilari va xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish, ilmiy darajaga beriladigan qoʻshimchalar va ijtimoiy himoyani taʼminlash maqsadida Oliy maktabning budjetdan tashqari Rivojlantirish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab jamgʻarmasi) tashkil etilsin va uning moliyaviy manbai etib toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab jamgʻarmasi budjet mablagʻlari (budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish uchun mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida nazarda tutilgan) bilan bir qatorda toʻlov-kontrakt asosida tushadigan mablagʻlari hisobidan Oliy maktab rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari), professor-oʻqituvchilari va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun mehnatga haq toʻlash fondining 185 foizigacha miqdorida tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktab jamgʻarmasining mablagʻlari Oliy maktab shtatidagi boshqaruv, professor-oʻqituvchilar va xodimlarga tarif stavkasining 200 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilashga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur qaror 2-bandining oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oliy maktab va uning hududiy filiallari tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etishda foydalaniladigan davlat mulki boʻlgan bino va xonalarning maydonlariga hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari auditoriyalarida tekin foydalanish asosida va kommunal xizmatlar toʻlovisiz oʻquv kurslarini oʻtkazishga ruxsat etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oliy maktab magistraturasida taʼlimning kechki shaklida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan tuzilgan amaldagi shartnomalar belgilangan muddatgacha oʻz kuchida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki hafta muddatda Oliy maktab ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Oliy maktab hududiy filiallarini joylashtirish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oliy maktabning professor-oʻqituvchilari tarkibini tanlab olish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oliy maktab xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin va yuqori darajadagi zarur zamonaviy bilimlarga va koʻnikma hamda ish tajribasiga ega boʻlgan rahbar va pedagogik mutaxassislar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oliy maktabda oʻqitishning kredit-modul tizimi toʻgʻrisidagi nizomni, oliy taʼlimning sirtqi va masofaviy taʼlim shaklida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibini hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalarini, fan dasturlarini va boshqa ichki meʼyoriy hujjatlarni tanqidiy qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oliy maktab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, Davlat statistika qoʻmitasi, moliya, iqtisodiy taraqqiyot, bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, boshqa vazirliklar va idoralarning statistik maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi xorijiy matbuot sharhlari, shu jumladan Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutining tahliliy maʼlumotnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qoʻshimcha hukumat aloqasi va zarur aloqa kanali hamda keng polosali Internet tarmogʻi bilan taʼminlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga hamda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenziyalangan axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirmasdan ikki hafta muddatda qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabining hamda Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maktabga oʻtkazilayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralarida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini Oliy maktabga belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2021-yildan boshlab esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 30-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 80 nafar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlardan tashqari), shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 55 nafar, professor-oʻqituvchilar tarkibi — 25 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlardan tashqari): jami — 8 nafar, shu jumladan: boshqaruv xodimlari — 6 nafar, professor-oʻqituvchilar tarkibi — 2 nafar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, vasiylik kengashi raisi
2.
A.J. Ortiqov
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari
3.
J.I. Abruyev
—
moliya vazirining oʻrinbosari
4.
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchisi
5.
I.R. Mahkamov
—
transport vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi
6.
O.A. Pekos
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
U.Sh. Begimqulov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari
8.
S.X. Bekenov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
9.
A.O. Kamalov
—
Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy oʻzgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudiri
10.
J.Sh. Salixov
—
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori
11.
M.M. Djalalov
—
Toshkent shahridagi INXA universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi
12.
O.B. Yuldashev
—
“Praysvoterxaus Kupers” MChJ auditorlik tashkiloti rahbari
13.
Sh.R. Akbarov
—
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yetakchi menejeri
14.
lavozimi boʻyicha
—
iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
15.
lavozimi boʻyicha
—
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori, vasiylik kengashi kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoxud mazkur lavozim vazifalarini bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-apreldagi 195-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oliy maktab magistraturasida (keyingi oʻrinlarda — magistratura) boshqaruv kadrlari ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq meʼyoriy va qisqartirilgan muddatlarda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistraturada oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli mutaxassislik boʻyicha magistr darajasini beruvchi davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim sirtqi shakllarda, shu jumladan masofaviy oʻqitishni qoʻllash bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Magistratura dasturlari boʻyicha oʻqitish ixtisoslashgan yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan xalqaro kelishuvlarda nazarda tutilgan oʻquv rejalari, dasturlar va jadvallar asosida “ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzodlar magistraturaga oʻqishga “ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha xalqaro kelishuvlar talablariga muvofiq qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ikki diplom” (double degreye) modeli boʻyicha oʻqishni bitirgandan soʻng xorijiy taʼlim muassasasining diplomi va tegishli mutaxassislik boʻyicha davlat namunasidagi magistr darajasi diplomi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Magistraturada boshqaruv kadrlari oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq toʻlov-kontrakt hamda xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari asosida, “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration-MBA) mutaxassisligi boʻyicha ikki yillik va “Loyiha boshqaruvi” (Project Management) mutaxassisligi boʻyicha bir yillik taʼlim dasturi boʻyicha tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqish muddati va shakllari Oliy maktab tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Magistraturaga xoʻjalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlar fuqarolari hisoblangan, oliy maʼlumotga (bakalavr diplomi mavjud boʻlganda) va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha boʻlgan (oʻqitishning faqat kunduzgi shakliga) rahbar xodimlari va mutaxassislari suhbat va test sinovlari natijalari boʻyicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, kirish imtihonlari oʻquv yilida ikki marta — avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Magistraturaga oʻqishga barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov prinsiplari asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Magistraturada ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish davrida magistratura tinglovchilarining egallab turgan ish oʻrinlari (lavozimlari) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi. Bunda ish beruvchi tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida magistraturada taʼlim olayotgan tinglovchining oʻqishni tamomlash davri yakuniga qadar muddatga tuzilgan shartnoma asosida boshqa xodimlarni tegishli ish joyiga qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oliy maktab magistraturasiga qabul qilish va oʻqishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Magistraturaga oʻqishga qabul qilishning yillik kvotasi Vazirlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ingliz tilini V2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi amaldagi milliy malaka sertifikati yoki CEFR (Common European Framework of Reference) boʻyicha B2, IELTS (International English Language Testing System) boʻyicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) boʻyicha 72 balldan kam boʻlmagan darajada ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini ingliz taʼlim tilida bitirgan nomzodlar ingliz tili boʻyicha imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Ularga mazkur fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish uchun qabul komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi. Komissiya aʼzolarining tarkibi, shuningdek, ish reglamenti Oliy maktab direktori tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya tinglovchilarni magistraturaga suhbat va test sinovlarini oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilishni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nomzodlar uchun suhbatni amalga oshirish boʻyicha fanlar roʻyxati komissiya tomonidan aniqlanadi. Test sinovlarini amalga oshirish boʻyicha fanlar roʻyxati komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) bilan kelishgan holda belgilanadi. Test sinovlari Oliy maktab va Davlat test markazi kelishgan holda ishlab chiqilgan nizom talablari asosida Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Magistraturaga qabul tanlov asosida ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich — nomzodlar tomonidan boshqaruv koʻnikmalarini egallaganlik darajasi, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlarini baholash, shuningdek, ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan suhbatlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich — Oliy maktabda mavjud mutaxassisliklar boʻyicha Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlaridan oʻtish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Suhbatlarning mavzulari hamda test sinovlari fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari Oliy maktab Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda kirish suhbatlari va test sinovlari boshlanishiga qadar kamida bir oy avval Oliy maktabning Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida (keyingi oʻrinlarda — veb-sayt) chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga va veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qoʻyilgan tavsiya xati;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 679-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va testdan) muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nomzodlarning suhbatdan oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nomzodlar bilan suhbat Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan Vazirlik vakillari va Oliy maktabning professor-oʻqituvchilari xamda boshqa oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilaridan iborat tarkibda tuziladigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — maxsus komissiya) tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nomzodlar bilan suhbat boshqaruv koʻnikmalarini egallaganlik, mantiqiy, tizimli va tahliliy fikrlash qobiliyatlari saviyasini baholash hamda ularning yetakchilik sifatlarini aniqlash nuqtai nazaridan vaziyatlarga xos vazifalarni hal etish va shaxsiy muloqot shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus komissiya aʼzolarining tarkibi, ish reglamenti, shuningdek, suhbat oʻtkazish qoidalari va uning yakunlari boʻyicha bilimlarni baholash mezonlari Vazirlik bilan kelishilgan holda Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Suhbat natijalari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Nomzodlar bilan suhbat yakunlariga koʻra, maxsus komissiya tomonidan tegishli bayonnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nomzodlarni Oliy maktabga qabul qilish uchun tavsiyanoma toʻgʻrisida maxsus komissiyaning qarori tasdiqlangan kvotalardan kelib chiqqan holda, nomzodlar suhbat yakunlari boʻyicha toʻplagan ballari asosida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suhbat yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 25 foizini toʻplagan nomzodlar suhbatdan oʻtgan xisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Suhbat natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlari ular eʼlon qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida komissiyaga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni koʻrib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Nomzodlarning test sinovlaridan oʻtish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oliy maktabga qabul qilish uchun test sinovlarini oʻtkazish va tashkil qilish tartibi Davlat test markazi tomonidan Oliy maktab bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Test sinovlari uchun savollar Davlat test markazi tomonidan kirish imtihonlari boʻyicha oʻquv dasturlari asosida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Test sinovlarining natijalari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Test sinovlarining natijalari vedomostlarga kiritiladi va ular Davlat test markazi direktori tomonidan imzolanib, Oliy maktabga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomzodlarning test sinovlari natijalari boʻyicha shikoyatlari natijalar eʼlon qilingan sanadan keyin uch ish kuni mobaynida Davlat test markaziga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatni koʻrib chiqish muddati nomzod tomonidan shikoyat berilgan sanadan boshlab uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Nomzodlarning kirish suhbati va test sinovlaridan takroran oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Magistraturaga qabul qilish shartlari, hujjatlarni qabul qilish muddatlari magistraturaga hujjatlarni qabul qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin veb-saytda ommaviy eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda, magistraturaga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Magistraturaga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan kirish imtihonlarida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilganlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Magistraturaga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar roʻyxati veb-saytda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Komissiyaning nomzodlarni magistraturaga qabul qilish haqidagi qarori asosida nomzod (tashkilot) bilan toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisida tegishli shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shartnoma shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi va veb-saytda eʼlon qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Belgilangan namunadagi shartnoma blankalari Oliy maktab tomonidan magistraturaga kirish imtihonlari natijalari eʼlon qilinganidan keyin beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tinglovchilar magistraturaga komissiya qaroriga muvofiq shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlov-kontrakt summasi toʻlanganidan keyin Oliy maktab direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nomzod tomonidan toʻlov-kontrakt summasi shartnomada koʻrsatilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda, uning oʻrniga toʻplangan ballar soni boʻyicha navbatdagi nomzod qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tinglovchilar Oliy maktabning ichki tartib-qoidalarini buzganligi yoki akademik qarzdorlik sababli tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, mazkur tinglovchi uchun amalga oshirilgan toʻlov-kontrakt summasi qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Magistraturaga kirish imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oliy maktab mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasining tarkibi komissiya va maxsus komissiya faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat tugʻilganda, Davlat test markazining masʼul xodimi yoki eksperti test sinovlari boʻyicha javoblarni asoslashga jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida nomzodga shu kunning oʻzida shikoyatni qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish masalasini koʻrsatgan holda yozma ravishda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Nomzod apellyatsiyasining koʻrib chiqilishida shaxsan ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nomzodlar Apellyatsiya komissiyasi qarori boʻyicha uch ish kuni mobaynida Oliy maktabning Vasiylik kengashiga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vasiylik kengashi shikoyatni Oliy maktab ustavida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oliy maktab oʻquv kurslariga qabul qilish va oʻqitish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oliy maktabda oʻquv kurslari oʻqishni tamomlagandan keyin tegishli tasdiqlovchi hujjatlar (davlat namunasidagi sertifikat) beriladigan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Oliy maktab maxsus taʼlim dasturlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro miqyosda tan olingan biznes taʼlimi dasturlari asosida zamonaviy menejment va yetakchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan, biznesni yuritishning barcha jabhalarini yaxshi biladigan, raqobat sharoitida samarali boshqarish va tarmoqlarni rivojlantirishga qodir boʻlgan professional boshqaruv kadrlarini (menedjerlarini), shuningdek, biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi, menedjment, xususiylashtirish, xalkaro moliyaviy xisobot, sud boshqaruvchisi, davlat-xususiy sherikchilik, komplayens va audit yoʻnalishlari boʻyicha xoʻjalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari va tadbirkorlik subyektlarining oliy maʼlumotga ega boʻlgan (diplomli mutaxassis, bakalavr) yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda, korporativ boshkaruvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ularga korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchilar oʻquv kurslarida tuzilgan shartnomalar asosida oʻqitiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻquv kurslarining qiymati Vazirlik bilan kelishilgan holda, Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻquv kurslarini oʻtkazish sanasi, davomiyligi, taʼlim shakli, shartnoma shartlari, taraflarning huquq va majburiyatlari, toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va oʻquv kurslari boʻyicha boshqa maʼlumotlar Oliy maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat diplomining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
successfully completed the course “_________________”
Director
P.S. Registration № _______
Tashkent “___” ______ 20 __
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-son qaroriga 7-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 94-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 32-son, 816-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1002-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori)“ 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 5-son, 98-modda) ilovaning 61-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 09/20/460/1132-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 29.11.2022-y., 09/22/679/1051-son)