Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 05.05.2018 yildagi PF-5434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish, Oʻzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʻrin egallashiga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng qoʻshilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri boʻlgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar oʻzining ifodasini topgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 70 ta asosiy hujjatga qoʻshildi, BMT tomonidan ushbu sohada qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning oʻz modeli, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyekti sifatidagi oʻrni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan oʻrin olish, Oʻzbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qoʻshnichilik muhitini yaratish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat, jamiyat va fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tamoyillari va qadriyatlariga eʼtiborini kuchaytirish, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa choralar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, qonunchilikka va davlat organlarining amaliy faoliyatiga inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda koʻzda tutilgan tadbirlar ijrosini tashkil qilishga va ularning oʻz vaqtida ijro etilishi monitoringini amalga oshirishga har taraflama koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston vakillarining faol ishtirok etishi boʻyicha xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni, mamlakatimizda maqsadi va shartlari inson, uning huquq va erkinliklarini taʼminlash boʻlgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda 2018-yil 10-dekabrda mamlakatimizdagi barcha maktab, litsey, kollej, oliy taʼlim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari maslahati koʻmagida Dastur amalga oshirilishining borishini keng yoritish boʻyicha mavzuli eshittirishlar, koʻrsatuvlar va materiallar eʼlon qilinishini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5434-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2018-y., 06/20/5434/0987-son)