29.10.2018 yildagi PQ-3987-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takommillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish va uning iqtisodiy samaradorligini taʼminlashga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, joriy yilning oʻzida paxta ekiladigan unumdorligi past maydonlar qisqartirilib, davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi bir necha bor oshirildi, shuningdek, fermerlarning manfaatdorligini taʼminlashga qaratilgan bir qator iqtisodiy mexanizmlar joriy qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, Toshkent viloyatida mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari mavjud imkoniyatlar va sharoitlardan samarali foydalanmayotgani oqibatida viloyat qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishda oʻz yechimini kutayotgan dolzarb muammolar va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarida qishloq xoʻjaligi sohasida yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha toʻgʻri qarorlarni qabul qilish hamda bu boradagi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirishda tashabbuskorlik yetishmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi yerlarini noqonuniy ajratish va ulardan xoʻjasizlarcha foydalanish holatlari davom etib, mavjud yer va suv resurslari samaradorligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish masalalariga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, nazorat va soʻrovning yoʻqligi oqibatida davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ajratilayotgan moddiy resurslar talon-taroj qilinishiga hamda agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilmasligiga yoʻl qoʻyilgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun barcha imkoniyatlar va zaxiralar boʻlsa-da, viloyat va Toshkent shahri aholisini yil davomida hamda uzluksiz ravishda barqaror narxlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha yetarli darajada ishlar amalga oshirilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida qishloq va suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yanada jadallashtirish, tarmoqdagi mavjud tizimli muammolarni bartaraf etish, viloyat agrar tarmogʻining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish hamda ushbu vazifalar ijrosini taʼminlashda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining masʼuliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimini tugatish hamda uning oʻrnida Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatda qishloq xoʻjaligi faoliyati samaradorligini oshirish va fermerlik harakatini jadal rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, shu jumladan agrar tarmoqni isloh qilish va barqaror rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer, suv resurslaridan samarali va maqsadli foydalanish, jumladan, tumanlarning tuproq, iqlim va suv sharoitlaridan hamda yerlarning ball bonitetidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, zamonaviy resurs tejamkor agrotexnologiyalarni joriy etish va eksportbop mahsulotlar yetishtirishni yanada koʻpaytirish hisobiga olinadigan daromadni oshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent viloyati hokimligi bir hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent viloyati hokimining tegishli oʻrinbosarlarining funksional vazifalari va ularning kotibiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Toshkent viloyatida qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolar va kamchiliklarni chuqur tahlil qilib, ularni yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va ijrosini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3987-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-oktabrdagi PQ-3987-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati hokimligi boshqaruv apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 68 nafar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2018-y.,07/20/3987/0962-son; 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)