Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2024 05.04.2018 yildagi 264-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoni ijrosini taʼminlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish, sogʻliqni saqlash va moliya organlari hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yuborilgan soʻrovlariga belgilangan tartibda tegishli maʼlumotlar taqdim etilishi uchun tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼuldirlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qoʻllab-quvvatlash, ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yil yakuniga koʻra fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli tarmoqlarning hisobotlarini eshitish, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf etish toʻgʻrisida hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish amaliyotini joriy etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 5-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 264-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirishda va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
profilaktik yoʻnaltirilganlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniq yoʻnaltirilganlik va individual yondashuv;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy adolat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyma-uy yurish chogʻida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xizmatlarga muhtoj shaxs mustaqil ravishda murojaat etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalar roʻyxatini shakllantirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chogʻida toʻplangan axborotga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlab, ularning roʻyxatini tuzadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu roʻyxatga ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj shaxs, uning oila aʼzosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham qoʻshimcha kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) roʻyxat asosida tegishli shtat birliklari, ijtimoiy xizmat xarajatlarining hisob-kitobini har oy yakuni boʻyicha ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Hududiy boshqarma) yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy boshqarma taqdim etilgan roʻyxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodim assistentlarining tegishli shtat birliklarini va xarajatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va har yili 1-aprelga qadar roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yil davomida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan soʻng, uch ish kuni mobaynida xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi doirasida belgilangan tartibda tegishli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi uyma-uy yurish chogʻida aniqlagan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga bir ish kuni mobaynida yoʻllanma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu yoʻllanmani tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi kasallikka chalingan shaxs, uning oila aʼzosi yoki vakolatli vakili murojaati yoxud jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan axborot asosida ham kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yoʻllanma berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, bir oy mobaynida belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki masʼul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini kasallik turiga koʻra belgilangan muddatlarda rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda TIEK deb ataladi) takdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIEK maʼlumotnomaning bir qismini nogironligi boʻlgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga oʻn kun mobaynida takdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nogironligi boʻlgan shaxslarning koʻrik ishlaridagi maʼlumotlari uch ish kuni mobaynida “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TIEK dasturi” boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati har oyda bir marta shakllantiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimi tomonidan nogironligi boʻlgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlari taqdim etilgandan soʻng oʻn kundan kechiktirmasdan pensiya tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kun mobaynida arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi koʻrsatilgan xabarnomani beradi yoki joʻnatadi hamda ayni chogʻda barcha hujjatlarni qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda uyma-uy yurish chogʻida toʻplangan axborotga asosan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlab, roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Aniqlangan kuni

2. Tasdiqlangan roʻyxat Hududiy boshqarmaga kiritiladi

Har oy yakuni boʻyicha

2-bosqich

Hududiy boshqarma

1. Taqdim etilgan roʻyxatlar va hisob-kitoblar asosida tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tegishli shtat birliklari va xarajatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Agentlikka taqdim etadi.

Har yilning 1-apreliga qadar

2. Yil davomida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritilganda, xarajatlarning moliyalashtirish manbai aniqlangandan soʻng xarajatlar smetasiga oʻzgartirish kiritadi.

Uch ish kuni mobaynida

3-bosqich

Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasi doirasida tegishli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi.

Belgilangan tartibda

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi boʻlgan shaxslarning roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlari

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi uchastka vrachi

Uyma-uy yurish chogʻida aniqlangan, kasallikka chalingan shaxslarga davolash-profilaktika muassasasining tegishli mutaxassislariga yoʻllanma beradi.

Bir ish kuni mobaynida

Davolash-profilaktika muassasasidagi tegishli mutaxassis

Kasallikka chalingan shaxsni kasallik turidan kelib chiqib, belgilangan tartibda Tibbiy-maslahat komissiyasiga kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini tayyorlab yuboradi.

Bir oy mobaynida

Tibbiy-maslahat komissiyasi

Tibbiy-maslahat komissiyasi raisi yoki masʼul shaxsi kasallikka chalingan shaxsning hujjatlarini rasmiylashtirib, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK)ga taqdim etadi.

Kasallik turiga koʻra belgilangan muddatlarda

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari

TIEKlar hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilaydi.

Ikki hafta mobaynida

TIEK maʼlumotnomaning bir qismini nogironligi boʻlgan shaxsga yoki uning vakiliga, ikkinchi qismini Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga taqdim etadi.

Oʻn kun mobaynida

Nogironligi boʻlgan shaxslarning koʻrik ishlaridagi maʼlumotlari “TIEK dasturi”ga tegishli TIEK vrach-eksperti va hamshirasi tomonidan kiritiladi.

Uch ish kuni mobaynida

“TIEK dasturi” boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxati shakllantiriladi.

Har oyda bir marta

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimi

Nogironligi boʻlgan shaxs yoki uning vakolatli vakilining nogironlik pensiyasi (nafaqa) olish uchun arizasi va pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlari taqdim etilgandan soʻng pensiya tayinlash masalasi koʻrib chiqiladi.

Oʻn kundan kechiktirmasdan

Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda. tegishli qaror chiqarilgandan keyin pensiya tayinlash rad etilgani haqida rad etish sabablari va shikoyat berish tartibi koʻrsatilgan xabarnomani arizachiga yoki uning vakolatli vakiliga beradi yoki joʻnatadi hamda ayni chogʻda barcha hujjatlarni qaytaradi.

Besh kun mobaynida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 09/20/264/0830-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)