20.06.2020 yildagi 394-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani yanada qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi “Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank xizmatlarining ommabopligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish boʻyicha samarali tizimni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 20-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
394-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-iyundagi 394-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar

I. Iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasini “yashirin iqtisodiyotni qisqartirish nuqtai nazaridan takomillashtirish.

1. Davlat soliq qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalarining mavjud tarkibiy boʻlinma tarkibida tasdiqlangan shtat birligi doirasida quyidagi boʻlimlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi asoslantirilgan takliflar tayyorlash:

jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish boʻlimi;

elektron savdoni soliqqa tortish boʻlimi;

“yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va xalqaro iqtisodiy integratsiya boʻlimi.

2. Takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2020-yil 1 oktyabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

2.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish va qaytarish tizimini takomillashtirish.

1. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish va qaytarish huquqi qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining guvohnomasi mavjudligi va hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish sharti bilan taqdim etishni nazarda tutgan holda, qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash.

2. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tuzilmasini “yashirin iqtisodiyotni qisqartirish nuqtai nazaridan takomillashtirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tarkibida tasdiqlangan shtat birliklari doirasida:

yashirin va noqonuniy faoliyatni baholash maqsadida eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish uchun boʻlinmalarni tashkil etish;

iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha haqiqiy ish vaqtini statistik hisobga olish va yashirin ishsizlikni baholashni joriy etish;

xodimlarning ushbu sohadagi kasbiy malakasini oshirish maqsadida kurslarni tashkil etish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish yuzasidan ichki normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

2020-yil 1 sentyabr

Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

4.

“Yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurashish dasturini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Xalqaro tashkilotlar (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqalar) ekspertlarini jalb qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiyotida “yashirin iqtisodiyot”ni baholash va hisoblash boʻyicha tavsiyaviy uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

2. Iqtisodiyotning tarmoq va sohalari kesimida yashirin iqtisodiyot koʻlamini aniqlash metodologiyasini qabul qilish.

3. Yashirin iqtisodiyotni shakllantiruvchi va uning koʻlamini kengaytiruvchi asosiy omillarni aniqlash.

4. Hududlarda ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish.

5. Amalga oshirilgan tahlil va oʻrganishlar natijasi boʻyicha iqtisodiyotda “yashirin iqtisodiyot” ulushini baholash.

6. Baholash yakunlari boʻyicha 2021 — 2023-yillarda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashishning taʼsirchan choralarini nazarda tutuvchi kompleks dasturni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-mart




2021-yil 1-aprel







2021-yil 1-may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov), Markaziy bank (M. Normuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5813-son Farmoni bilan tasdiqlangan naqd pul tushumiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish grafigi ijrosini taʼminlash.

1. Respublikaning barcha tadbirkorlik subyektlarini onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi bilan bosqichma-bo�qich qamrab olish.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olis, yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlari roʻyxatini tasdiqlab, keyingi nazorat uchun Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etib borish.

3. Alkogol, tamaki, dori vositalari, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz savdosi bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarnitoʻliq onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa oʻrnatish ishlarini yakunlash choralarini koʻrish.

4. 2019-yil yakunlari bilan taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda yillik oboroti 5,0 milliard soʻmdan oshgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashtirib, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassa oʻrnatish choralarini koʻrish.

5. 2020-yil yakunlari boʻyicha yillik oboroti (tushumi) yuz million soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ushbu tizimga oʻtkazish.

6. Qolgan tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanish afzalliklari va qulayliklari boʻyicha keng tushuntirish ishlarini olib borish orqali ularni ixtiyoriy ravishda tizimda ishtirokini tashkil qilish.

2020 yil davomida

2020-yil 1 iyul,
keyinchalik har yili
20-yanvarga qadar


2020-yil 15 iyul




2020-yil 1 sentyabr




2020-yil 25-dekabr




yil davomida

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

6.

Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga muvofiq alkogol va tamaki mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalashva kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasini yakuniga yetkazish.

1. Identifikatsiya vositalari bilan mark?rovkalash va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar roʻyxatini bosqichma-bosqich kengaytirish, bunda:

birinchi bosqichda — tajriba tariqasida tamaki va alkogol mahsulotlarini markirovkalash tizimini tatbiq etish;

ikkinchi bosqichda — birinchi bosqichdagi tajriba loyihalari natijalariga koʻra dori vositalari va tibbiy buyumlarni markirovkalash tizimi bilan qamrab olish.

2. Tajriba loyihasining natijalari yuzasidan yakuniy hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil davomida


2020-yil 15-sentabr

2020-yil 1 dekabr



2020-yil 31-dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini qisqartirish mexanizmlarini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2020-yil 1-sentabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi subyektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlashni hisobga olgan holda, soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish.

Internet-savdo (elektron tijorat) sohasidagi subyektlarni aniqlash tartibini takomillashtirish, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlashni hisobga olgan holda, soliqqa tortish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil 1 sentyabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

9.

Oʻzbekiston Respublikasida yagona elektron bilet tizimini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasida yagona elektron bilet tizimini joriy etish va nazorat mexanizmini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Maxkamasiga kiritish.

Bunda konsert-tomosha faoliyatiga maʼlumotlarni real vaqt rejimida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etib boriladigan elektron bilet tizimini joriy etishga alohida eʼtibor qaratish.

2020-yil 1 oktyabr

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

10.

Barcha kadastr hujjatlarini raqamlashtirish, milliy geoaxborot tizimini joriy etish hamda “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi va Qurilish vazirligining maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasida barcha kadastr hujjatlarini raqamlashtirish, milliy geoaxborot tizimini joriy etish, hamda “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi va Qurilish vazirligining maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

“Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev),

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

11.

Soliq tekshiruvlarining samaradorligi va sifatini nazorat qiluvchi “Case management system” (CMS) tizimini joriy etish hamda davlat soliq xizmati xodimlarini oʻqitish.

“Case management system” (CMS) tizimini joriy etish hamda Jahon bankining texnik koʻmagi yordamida davlat soliq xizmati xodimlarini oʻqitish boʻyicha ichki idoraviy hujjat loyihasini qabul qilish.

2020-yil 1-dekabr

Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

III. Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish

12.

“Humo” va “Uzcard” toʻlov tizimlarini integratsiyalashtirish.

Mavjud toʻlov tizimlari infratuzilmasidan (toʻlov terminallari, bankomatlar, infokiosklar) ikkala tizim foydalanuvchilari uchun muqobil foydalanish imkoniyatini yaratish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

13.

“QR” kod orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarning ommabopligini oshirish va koʻlamini kengaytirish.

1. Savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalariga “QR” kodlarni shakllantirib borish hamda 2020-yil yakuni boʻyicha maxsus kodlar sonini 3 200 tadan 50 000 ga yetkazish.

2. “QR” kod tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishini jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilib borish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

14.

Toʻlov tizimi subyektlari boʻlgan toʻlov agentlari tomonidan oʻz depozit mablagʻlari doirasida mijozlarning bank kartalarini naqd pul bilan toʻldirish imkonini beruvchi mexanizmni joriy qilish.

Agentlik shartnomasi asosida toʻlov agentlari tomonidan mijozlarga ochilgan virtual kartalarni bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorigacha toʻldirish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan oshgan taqdirda, mijozni ichki nazorat qoidalariga muvofiq identifikatsiyalash amaliyotini ishlab chiqish.

2020-yil 1-oktabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

15.

Respublika boʻyicha tezkor toʻlov tizimlaridan foydalanish ommabopligini oshirish choralarini koʻrish.

1. Mamlakatda B2B (xoʻjalik subyektlaridan xoʻjalik subyektlariga) toʻlovlarini uzluksiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimiga oʻtkazish.

2. Mazkur tizimning samarali ishlashini yoʻlga qoʻyish hamda undan xoʻjalik subyektlari tomonidan foydalanish koʻlamini kengaytirib borish.

2020-yil davomida

Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari

16.

Mol-mulk (koʻchmas mulk va transport vositalari) oldi-sotdisini amalga oshirishda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish.

Mol-mulk (koʻchmas mulk va transport vositalari) boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi oldi-sotdi shartnomalarni notarial idoralar orqali rasmiylashtirishda oʻzaro hisob-kitoblarni zamonaviy bank xizmatlaridan foydalangan holda amalga oshirish tizimini joriy qilish boʻyicha taklif ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

IV. Bank xizmatlarining ommabopligini oshirish

17.

Aholi uchun isteʼmol kreditlarini ajratish tartibini yanada soddalashtirish va takomillashtirish.

1. “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzg?rtirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini tayyorlash:

xorijda ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan yoki realizatsiya qilinadigan tovarlarni hamda ikkilamchi bozordan avtomobillar, shu jumladan jismoniy shaxslardan sotib olish uchun kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy isteʼmol kreditlarini ajratishga ruxsat berish;

aholining daromadlar manbalarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 31-sentabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

18.

Moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi muqobil tashkilotlarni rivojlantirish.

1. Jahon bankining takliflari asosida mikromoliyalashning yangi turlari va ishtirokchilarini inobatga olgan holda, “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Markaziy bank (M. Nurmuratov)

19.

Bank xizmatlari qamrovi va ommabopligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Jahon banki bilan birgalikda moliyaviy ommaboplikni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Markaziy bank (M. Normuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

V. “Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish, tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish boʻyicha samarali tizimni joriy etish hamda bu borada keng targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish

20.

“Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish.

“Yashirin iqtisodiyot” subyektlarini aniqlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy qilish va ularni amalga oshiruvchi shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan taklif kiritish.

2020-yil 1-oktabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Tashqi savdoda “yashirin iqtisodiyot”ning holatini chuqur tahlil qilish va qisqartirish boʻyicha amaliy takliflar hamda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Tashqi savdoda yashirin iqtisodiyotning holatini chuqur tahlil qilish va uni samarali qisqartirish boʻyicha amaliy takliflar hamda chora-tadbirlar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil 1-avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov)

22.

Respublikada noqonuniy faoliyat yuritayotgan yoʻlovchi va yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni rasmiylashtirish uchun soddalashtirilgan litsenziya berish tizimini yaratish.

“UzTrans” yagona interaktiv axborot tizimida tashuvchilar faoliyatini monitoring va nazorat qilishning zamonaviy usullarini qoʻllashni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga:

yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi toʻgʻrisida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” roʻyxatdan oʻtkazish tartibini joriy etish orqali avtomobil transportida yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshirish;

jismoniy shaxslarga avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqini berish boʻyicha takliflarni kiritish.

2020-yil 1-avgust

Transport vazirligi (E. Ganiyev), �avlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

23.

Respublikada “yashirin iqtisodiyot”ulushini qisqartirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar hamda ularning natijasida iqtisodiyotga yetkazilayotgan zararlar toʻgʻrisida keng targʻibot ishlarini amalga oshirish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan “yashirin iqtisodiyot” ulushini qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni Internet jahon axborot tarmogʻida joylashtirib borish.

2. Ommaviy axborot vositalari orqali “yashirin iqtisodiyot” natijasida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalariga yetkazilayotgan zarar toʻgʻrisida targʻibot va tushuntirish ishlarini olib borish.

2020-yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2020-y., 09/20/394/0784)