1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.02.00 Radiatsiyaviy xavfsizlik (shuningdek, 16.04.07.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablar buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvini rejalashtirish, tashkil qilish va oʻtkazish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi norma va qoidalarning buzilishi aniqlanganda, tekshiruvlar oʻtkazilishini muvofiqlashtirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirishi jarayonida ushbu qaror talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B.V. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 368-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan xavfsiz foydalanishni davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ va atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlarining (keyingi oʻrinlarda — xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar) tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizlik talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyekti — atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beradigan litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsatnoma talablari va shartlari bajarilishini taʼminlaydigan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat subyekti — davlat tomonidan xavfsizlikni tartibga solish organlarining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish jarayonida ekspluatatsiya qilayotgan tashkilot tomonidan xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan majburiy talablar va litsenziyaning amal qilish shartlariga rioya qilinishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining ushbu sohada belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligini taʼminlaydigan mansabdor shaxslari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya manbalari — tarkibida radioaktiv moddalar mavjud boʻlgan yoki ionlashtiruvchi nurlanish chiqaradigan, yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan majmualar, qurilmalar, apparatlar, uskunalar va buyumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv moddalar — ionlashtiruvchi nurlanishni tarqatadigan, yadroviy materiallar jumlasiga kirmaydigan moddalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun moʻljallanmagan, tarkibidagi radionuklidlarning aktivlik darajasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlardan yuqori boʻlgan har qanday agregat holatidagi moddalar;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saqlash punktlari — yadroviy qurilmalar jumlasiga kirmaydigan hamda yadroviy materiallarni va radioaktiv moddalarni saqlash, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv (inspeksiya) — yuridik shaxslar tomonidan xavfsizlikni taʼminlash uchun zarur boʻlgan majburiy talablar, litsenziyaning amal qilish shartlari bajarilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining atom energiyasidan foydalanish sohasida belgilangan normalar va qoidalarga muvofiqligi boʻyicha xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar amalga oshiradigan bir martalik nazorat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar — tarkibida boʻlinadigan (parchalanadigan) yadroviy moddalar boʻlgan yoki ularni hosil qilishga qodir boʻlgan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari boʻlgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilgʻidan va materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun moʻljallangan qurilmalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar (keyingi oʻrinlarda — majburiy talablar) buzilishining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga qaratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy, radiatsiyaviy, sanoat, yongʻinga oid, sanitariya-epidemiologik, ekologik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradigan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning bevosita yadroviy qurilmalardagi va (yoki) saqlash punktlaridagi doimiy vakilligini nazarda tutuvchi davlat nazorati va tekshiruvi rejimi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat nazorati va tekshiruvini tashkil qilish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat nazorati va tekshiruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablarning bajarilishini, ularning atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya talablari va shartlari hamda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga (keyingi oʻrinlarida — litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari) rioya qilishni, shuningdek, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar koʻrsatmalarining ijrosini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishni (inspeksiyani) tashkil qilish va oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy talablar, shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari buzilishi aniqlangan holatlarda, ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya etilishini tizimli kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasida majburiy talablar ijrosi holatini tahlil va prognoz qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va tekshiruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarida — maxsus vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligining taʼminlanishi, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilinishi, yadroviy qurilmalarda va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi boʻyicha;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi — ifloslantirish manbalari monitoringi, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar tomonidan ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringi hamda tabiatdan barqaror oqilona foydalanish boʻyicha;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi — tegishli davlat boshqaruvi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi vositasida avariyaga oid tashqi va ichki rejalarning bajarilishi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va boshqa yuridik shaxslarning avariyaga oid shayligi va atom energiyasidan foydalanish obyektlarida yongʻin xavfsizligi talablarini taʼminlash boʻyicha davlat nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — yuridik xodimlar va aholining radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi, shuningdek fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qoida va normalarga rioya etilishi boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va foydalanishdan chiqarish yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati;
(6-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi — yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini joylashtirish uchun yer qaʼrini geologik oʻrganishda, togʻ ishlarini geologik-marksheyderlik taʼminlashda, shuningdek, obyektlar joylashgan zonadagi yer osti suvlari ishlab chiqarish monitoringida yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼrini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va normativ hujjatlar talablarining bajarilishi boʻyicha;
(6-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi — yadroviy materiallarni, radioaktiv moddalarni, radiatsiya manbalarini, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun uskuna va texnologiyalarni olib kirish hamda olib chiqishda bojxona nazorati;
(6-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi — atmosfera havosi, yuza suvlar (tabiiy oqimlar) ifloslanishi monitoringi;
(6-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — atom energiyasidan foydalanish obyektlariga tutash hududda jamoatchilik tartibini muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining xavfsizligiga tahdid soluvchi qoʻporuchilik va terrorchilik harakatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasida tartibga solish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi — yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari hududiga ruxsatsiz kirish, radioaktiv moddalardan, yadroviy materiallardan va radioaktiv chiqindilardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olishga, shuningdek, ularning oʻgʻirlanishi va zararlanishining oldini olishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi — radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va radioaktiv chiqindilarning yaxlitligi va saqlanishiga har qanday tajovuzni oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berishga yoʻnaltirilgan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining jisman himoyasini taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tekshiruv (inspeksiya) rejalari “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan har yili 15-dekabrga qadar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddati oʻn kalendar kunidan oshmasligi kerak. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddatlarini tegishli asoslar (nazorat obyekti rahbarlarining, masʼul shaxslarining yoʻqligi, boshqa asosli sabablar) mavjud boʻlganda oʻzgartirish, yoki tekshiruv oʻtkazish imkoniyati yoʻqligi tufayli uning muddatini kechroqqa koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari tekshiruv (inspeksiya) muddati oʻzgargani va oʻzgarish sabablari toʻgʻrisida maxsus vakolatli organni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nazorat obyektlari tomonidan majburiy talablar ijrosi, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishini tizimli kuzatish, majburiy talablar, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlari ijrosining holatini tahlil va prognoz qilish xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar tomonidan ular oʻtkazgan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tekshiruvlar (inspeksiyalar) va boshqa tadbirlar natijalari asosida, shuningdek, nazorat obyektlari tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda taqdim etiladigan:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanganda xavfsizlikni taʼminlashga taʼsir koʻrsatadigan hodisalar va ularning oqibatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyekti xodimlarining hamda kuzatuv zonasida yashaydigan aholining salomatligini yomonlashtirgan hodisalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitga koʻrsatiladigan taʼsir, ishlab chiqarish ekologik nazorat natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning mavjudligi va harakatlanishi, shuningdek ularning eksporti va importi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida uskunalar tayyorlanishi va qoʻllanishining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida sodir boʻlgan noxush hodisa va avariyalar sabablarini texnik jihatdan oʻrganish natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziya va ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomani olish bosqichida taqdim etilgan hamda tegishincha litsenziyalashtirilayotgan faoliyat turlari va ish turlari xavfsizligiga aloqador boʻlgan maʼlumotlarning yangilanishi yoki ularga oʻzgartirishlar kiritilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Xavfsizlikni davlat tomondan tartibga soluvchi organlar nazorat obyektidan olingan maʼlumotlarni tahlil qilish natijalari boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalarini tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun mobaynida tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligi holatini, shuningdek, majburiy talablarning bajarilishi hamda litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilish holatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligini baholash, majburiy, litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishiga, shuningdek, yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarida radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar va ridioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilishda anomaliyalarga va ularga nisbatan ruxsat etilmagan harakatlarga olib kelgan sabablar va sharoitlarni oʻrganish, “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida kelgusidagi tekshiruvlarni (inspeksiyalarni) rejalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq tadqiqotlar, sinovlar, ekspertizalar, tekshirishlar va boshqa tadbirlar oʻtkazish (oʻtkazilishini tayinlash), zarurat boʻlganda, ekspertlar va ekspert tashkilotlarini jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallarni navbatdan tashqari jismoniy xatlovdan oʻtkazish yoki ularning parametrlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha oʻlchovlarni amalga oshirish radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni ularning yoʻqolishi mumkinligi yoki ruxsatsiz toʻplanishini tasdiqlovchi dalillar aniqlanganda, xatlovdan oʻtkazish uchun rasmiy talab yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining jisman himoya qilish tizimi samaradorligini, uning pasayishi mumkinligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlanganda, navbatdan tashqari baholash oʻtkazish uchun rasmiy talab yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tashkil etadigan yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining tekshiruvlar (inspeksiyalar) belgilangan tartibda Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olingan reja asosida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tekshiruvning (inspeksiyaning) maqsadlari, vazifalari va predmetini batafsil bayon qilish uchun uning ajralmas qismi boʻlgan rejalashtirilgan tekshiruv (inspeksiya) dasturi tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organ tekshiruv (inspeksiya) tayinlagani toʻgʻrisida tekshiruv boshlanishidan 30 kalendar kunidan kam boʻlmagan muddatda tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi haqida bildirishnoma (xat) yuborish orqali yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari rahbarlarini xabardor qiladi, bildirishnomada (xatda) quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv (inspeksiya) turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektining nomlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi (tekshiruvchilar guruhining tarkibi, tekshiruv (inspeksiya rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv (inspeksiya) dasturida nazarda tutilgan tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi kerak boʻlgan masalalar (savollar) roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish muddati (tekshirish boshlanish va tugallanish sanasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa maʼlumotlar (zarurat boʻlganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektining rahbari bildirishnoma hujjatini olishdan bosh tortishi tekshiruvni (inspeksiya)ni bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazishda quyidagi masalalar (savollar) oʻrganiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan majburiy talablar, litsenziya hamda ruxsatnoma talablari va shartlarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida avval berilgan koʻrsatmalarning bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablarining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi talablarining ijrosi, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishi, shuningdek, atrof tabiiy muhit — ishlab chiqarish monitoringining oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalar va tizimlar resursini boshqarish tartibiga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarining uskunalari va tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining uskunalari va tizimlarini sinovdan va koʻrikdan oʻtkazish ishlari davriyligi va hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektining unga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari bilan berilgan atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash qismidagi vakolatlarining toʻliq amalga oshirilishi;
(14-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga atom energiyasidan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarining xavfsizlik holati toʻgʻrisida taqdim etilayotgan maʼlumotning ishonchliligi;
(14-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat obyektlari tomonidan yadroviy qurilmalar, radiatsiya manbalari va saqlash punktlarini barpo etish, ulardan foydalanish va foydalanishdan chiqarishning barcha bosqichlarida sifatni taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu dasturlar bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlarini jisman himoya qilishning holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarni hisobga olish va nazorat qilish holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilarning fakt boʻyicha mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlashga taʼsir koʻrsatuvchi tizimlar va ularning elementlarining zarur tavsiflarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash va tayyorlash, ishchilar (xodimlar) bilimini tekshirish va ishlashga ruxsat berish tizimini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish va texnologik hujjatlar talablariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va ruxsatnoma talablari va shartlariga, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xodimlariga beriladigan atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma talablari va shartlariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishg uchun nazorat obyektlarining shayligi boʻyicha tadbirlar oʻtkazilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayonlarni amalga oshirishda atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlar tartibiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburiy talablar ijrosi bilan bogʻliq boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tekshiruvlar (inspeksiyalar) oʻtkazilishini muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish doirasida alohida vakolatlarga ega davlat organlari tomonidan tekshiruvlar (inspeksiyalar) oʻtkazilishini maxsus vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻtkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda keyingi oyning 10 kunigacha alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari tomonidan maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlangan tekshiruv natijalari boʻyicha tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi tuziladi. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarning buzilishi aniqlanmagan tekshiruv natijalari maʼlumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) uch ish kuni davomida ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda imzo qoʻyilgan sanani koʻrsatgan holda, nazorat subyektining tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish uchun vakolatli shaxsi yoki tekshiruvga jalb qilingan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma (maʼlumotnoma) imzo qoʻyilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida nazorat obyekti yoki uning vakiliga imzo qoʻydirib topshiriladi (topshirish toʻgʻrisida bildirishnoma buyurtma xat bilan yuboriladi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirilayotgan nazorat obyekti tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortsa, xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli qayd kiritadi va shu vaqtdan boshlab tekshiruv (inspeksiya) tugallangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nazorat obyekti tekshiruv dalolatnomasi (maʼlumotnomasi) asosida tekshiruv dalolatnomasida (maʼlumotnomasida) koʻrsatilgan muddatda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda maʼlumot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidabuzarliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun nazorat obyekti rahbari masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Aholi hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga haqiqiy zarar yetkazish xavfini yuzaga keltiruvchi normalar va qoidalar talablarining buzilish holatlari aniqlanganda, qoidabuzarlik aniqlangan kunda nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻliq yoki qisman toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani nazorat obyekti tekshiruvini (inspeksiyasini) oʻtkazgan xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organning mansabdor shaxsi imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi imzolangan koʻrsatma qoidabuzarlik aniqlangan kundan keyin bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda nazorat obyektiga topshiriladi yoki topshirish toʻgʻrisidagi bildirishnoma buyurtma xat orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat obyektini tekshiruvdan (inspeksiyadan) oʻtkazgan alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organning mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan atom energiyasidan foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma nusxasi xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Nazorat obyekti xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi va bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirmasdan, nazorat obyektining atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalariga rozi boʻlmagan nazorat obyektlari xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi yuqori organlarga nizoli masalalarni aniqlashtirish uchun yozma ravishda murojaat qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi har bir organ koʻrsatma shaklini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatma blankasi belgilangan tartibda hisobga olinadi va saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazayotgan nazorat subyektlari tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazish davomida atom energiyasidan foydalanish obyektlariga xizmat guvohnomasini va xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar rahbarining (rahbarlar oʻrinbosarlarining) tekshirish (inspeksiya) tayinlash toʻgʻrisidagi buyrugʻining koʻchirma nusxasini taqdim etgach, qarshiliksiz kirish huquqiga egalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazishda nazorat subyektlari texnik vositalardan va foydalanishni nazorat qilish vositalaridan (shu jumladan, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar tarkibini tekshirish va nazorat qilish vositalari, audio, foto va video qayd etish vositalari, plombalovchi qurilmalardan) foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat nazoratini amalga oshirishda nazorat subyektlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlardan foydalanadi, taqiq va cheklovlarga rioya qiladi hamda oʻz majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki yetarlicha bajarmaganliklari uchun javobgar boʻladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nazorat subyektining harakatlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar va ularning mansabdor shaxslari qarorlari va harakatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning tomonidan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi vakolatli organlarning atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat nazorati va Tekshiruv (inspeksiya)ini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar
(Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Ekologiya vazirligi, FVV, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi)
1. Kelgusi yil uchun “Xavfni tahlil etish” tekshiruv (inspeksiya) rejasini tuzadi, uni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va maxsus vakolatli organ bilan kelishadi va tasdiqlaydi.
2. Tekshiruv (inspeksiya) oʻtkazilishi toʻgʻrisida bildirishnoma (xat) yuboradi va tekshiruv (inspeksiya)ni oʻtkazadi.
3. Tekshiruv (inspeksiya) natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma tuzadi va Tekshiruv (inspeksiya)larni elektron roʻyxatga olish yagona tizimiga kiritadi.
4. Nazorat obyekti yoki uning vakiliga tekshiruv (inspeksiya) dalolatnomasini imzo qoʻydirib topshiradi.
Har yili 15-dekabrgacha
10 kalendar kunidan oshmasligi kerak
3 ish kuni mobaynida.
1 ish kuni mobaynida
Nazorat obyekti
1. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va maxsus vakolatli organ va (yoki) boshqa vakolatli organlarga taqdim etadi.
2. Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarga tadbirlar rejasining har bir bandi ijrosi toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib yozma ravishda maʼlumot beradi.
Dalolatnomasida koʻrsatilgan muddatda
Tadbirlar rejasida koʻrsatilgan muddatda
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar
1. Aholi hayoti va salomatligi, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini yuzaga keltirgan norma va qoidalar talablari buzilishi aniqlanganda, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻliq yoki qisman toʻxtatilishi toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
2. Nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisida imzolangan koʻrsatmani nazorat obyektiga topshiradi yoki topshirish toʻgʻrisida bildirishnomani buyurtma xat orqaliyuboradi.
3. Nazorat obyektini tekshiruv (inspeksiya)dan oʻtkazgan nazorat subyekti tomonidan imzolangan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi nazorat obyekti faoliyatining toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma nusxasini xabarnoma sifatida maxsus vakolatli organga yuboradi.
Qoidabuzarlik aniqlangan
kunda
1 ish kunidan kechiktirmasdan
1 kun muddatda
Nazorat obyekti
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlarni atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatni toʻxtatishga olib kelgan qoidabuzarliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Qoidabuzarliklar bartaraf etilgandan soʻng
Xavfsizlikni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar
Taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda nazorat obyektining atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi faoliyatini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bildirish qogʻozi olgan kundan boshlab 2 ish kunidan kechiktirmasdan
Alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari
Oʻtkazilgan tekshiruvlar (inspeksiyalar) toʻgʻrisidagi maʼlumot maxsus vakolatli organga kelgusida umumlashtirish va yakuniy maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun taqdim qilinadi.
Har chorakda keyingi oyning 10 sanasigacha
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2020-y., 09/20/368/0742-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)