Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Milliy malakalar ramkasining tuzilishi

3-bob. Yakunlovchi qoidalar

ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MALAKALAR RAMKASI

2-ILOVA
Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Milliy malakalar tizimining maqsadi, asosiy vazifalari va bazaviy komponentlari

3-bob. Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi

4-bob. Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi

5-bob. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari

1-§. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazlari maqsad va vazifalari

2-§. Kasbga o‘qitish jarayonini tashkil qilish tartibi

3-§. Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul qilish tartibi

4-§. Malaka imtihonlarini o‘tkazish to‘g‘risida

6-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlari

1-§. Kompetensiyalarni baholash markazlari faoliyatining asoslari

2-§. Kompetensiyalarni mustaqil baholashni o‘tkazish tartibi

7-bob. Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar Milliy reyestri

8-bob. Kompetensiyalarni baholash markazlarini akkreditatsiyalash

1-§. Akkreditatsiyalash tartibi

2-§. Kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registri

3-§. Belgilangan talab va shartlar va sifatga rioya etish ustidan nazorat

9-bob. O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi

10-bob. Kasb standartlari

1-§. Kasb standartlarining maqsadi va tamoyillari

2-§. Kasb standartlarini ishlab chiqish, taqdim etish va tasdiqlash tartibi

3-§. Kasb standarti mazmuni (maketi)

4-§. Kasb standartlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartish

5-§. Kasb standartlari milliy registrini yuritish

11-bob. Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish parametrlarini shakllantirish tartibi

12-bob. Uzoq muddatli o‘qitish

13-bob. O‘rta muddatli o‘qitish

14-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Ishsizlar va band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga o‘qitish markazida o‘qishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi DIPLOM NAMUNASI

2-ILOVA
Kasb-hunarga o‘qitish markazida qisqa muddatli o‘qishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi SERTIFIKAT NAMUNASI

6-ILOVA
Kompetensiyalarni baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish SXEMASI

10-ILOVA
Kasb standartlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash SXEMASI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini va O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. Milliy malakalar ramkasi Yevropa malakalar ramkasiga va O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga mos bo‘lgan sakkizta malaka darajasini, shuningdek, mos malakalar darajalariga erishishning asosiy yo‘llarini ilovaga muvofiq o‘z ichiga olgan.

Malaka darajasi

Bilimlar

(professional faoliyatning ilmiy sig‘imliligi)

Mahorat va ko‘nikma

(professional faoliyatning murakkabligi)

Kompetensiyalar

(vakolatlar ko‘lami, mas’uliyat va mustaqillik)

Malakaning mos darajasiga
erishish yo‘llari

1

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi umumiy bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni bajarish

Kuzatuv ostida ishlash va o‘rganish

Amaliy tajriba va/yoki ish joyida qisqa muddatli o‘quv (yo‘riqnoma) va/yoki kamida boshlang‘ich ma’lumot darajasidagi ta’lim bo‘yicha qisqa muddatli kurslar

2

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi maxsus bilimlar

Standart va oddiy vazifalarni oddiy qoidalarva instrumentlar orqali bajarish, yo‘riqnoma bo‘yicha harakat qilish usulini tanlash

Qo‘yilgan vazifalarni tushunish, rahbarlik ostida qisman mustaqil ravishda mehnat qilish va o‘rganish qobiliyati

Kamida asosiy o‘rta ma’lumotdan past bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha amaliy tajriba va/yoki professional ta’lim (ta’limni tashkil qilish yoki korxonada o‘qish bazasida qisqa muddatli kurslar)

3

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi prinsiplar, jarayonlar va umumiy konsepsiyalar haqidagi umumiy maxsus bilimlar

Asosiy usullar, instrumentlar, materiallar va ma’lumotlarni tanlash va qo‘llash uchun talab qilinadigan vazifalarni bajarish, mustaqillikni namoyish qilish

Mas’uliyat, vaziyatdan kelib chiqib qaror qabul qilish, jumladan, o‘z-o‘zining mustaqil bandligini ta’minlash

Boshlang‘ich professional ta’lim (o‘rta maxsus, professional ta’lim).

Professional ta’lim (bir yilgacha kasbga tayyorlash dasturlari bo‘yicha ta’lim tashkilotlari bazasidagi kurslar yoki korxonada o‘qitish) va kamida umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha amaliy tajriba

4

Mehnat yoki o‘quv sohasini umumiy qamrab oluvchi keng miqyosli amaliy va nazariy bilimlar

Aniq muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan amaliy mahoratlar. Ma’lum bo‘lgan harakatlar orasidan maqbulini tanlash

Qo‘yilgan maqsadni hal qilish uchun bajarish zarur bo‘lgan vazifalarni mustaqil belgilash.

Ish natijasini oldindan ko‘ra bilish va shunga ko‘ra o‘z harakatini to‘g‘rilash qobiliyati

O‘rta (to‘liq) umumiy ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim bazasida o‘rta professional ta’lim yoki professional tayyorgarlik (bir yilgacha kasbga o‘qitish dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalari bazasidagi kurslar va qo‘shimcha professional ta’lim dasturlari), amaliy tajriba

5

Mehnat yoki o‘quv sohasidagi har tomonlama ixtisoslashtirilgan maxsus va nazariy bilimlar, shuningdek ushbu bilimlar chegaralarini anglash

Abstrakt muammolarni ijodiy hal qilish uchun talab qilinadigan anglash va amaliy mahoratning har tomonlama ko‘lami. Professional vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni mustaqil izlash qobiliyati.

Tashkilotning ichki vazifalarini bajarish uchun mehnat jarayonini mustaqil boshqarish va nazorat qilish qobiliyati. O‘zi va boshqalarning faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish.

O‘rta (to‘liq) umumiy ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim yoki o‘rta professional ta’lim bazasida o‘rta maxsus professional ta’lim, amaliy tajriba, yoki oliy ta’lim

6

Nazariya va eng muhim tamoyillarni tanqidiy tushunishni o‘z ichiga oluvchi mehnat yoki o‘quv sohasidagi ilg‘or bilimlar

Mehnat yoki o‘qishning ixtisoslashtirilgan sohasidagi murakkab va kutilmagan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan yangiliklar egallaganligini tasdiqlovchi ilg‘or qobiliyatlar. Faoliyat, usullar va ularning natijalarini baholash.

Mehnat yoki o‘qishning kutilmagan kontekstida qaror qabul qilish darajasida mas’uliyatni talab qiluvchi, faoliyatning murakkab texnik va professional turlarini boshqarish.

Yakka tartibdagi va jamoaviy rivojlanish sohasida o‘ziga mas’uliyatni qabul qilish.

Oliy ta’lim, amaliy tajriba.

7

Muayyan qismi mehnat yoki o‘quv sohasida muhim bo‘lgan va aralash sohalarda original va tanqidiy mulohazalar yuritish va/yoki tadqiqotlar uchun asos bo‘luvchi yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Yangi bilimlarni, tartibotlarni rivojlantirish va turli sohalarga taalluqli bilimlarni integratsiyalash uchun o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlarda va/yoki faoliyatda innovatsiya talab qilinadigan maxsus tadqiqot o‘tkazish qobiliyati.

Faoliyat, usullar va natijalar va professional faoliyat sohasi va undan tashqari sohalar uchun qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.

Murakkab, kutilmagan va yangi strategik yondoshuvlarni talab qiluvchi professional yoki o‘quv kontekstlarni boshqarish va ushbu kontekstlarni o‘zgartirish. Professional bilimlar va amaliyotga hissa qo‘shish va/yoki jamoalar strategik mehnat unumdorligini tekshirish bo‘yicha mas’uliyatga ega bo‘lish.

Oliy ta’lim, amaliy tajriba. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim, amaliy tajriba

8

Mehnat yoki o‘quvning ilg‘or sohasida va sohalararo yuqori darajada ixtisoslashgan bilimlar

Ilmiy tadqiqotlardagi va/yoki innovatsiyalardagi o‘tkir muammolarni hal qilish uchun va mavjud bilimlar yoki professional amaliyotni qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan, sintez va baholashni o‘z ichiga oluvchi ilg‘or va ixtisoslashgan mahorat va usullar. Faoliyat, usullar va natijalarni va ularning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini tanqidiy baholash.

Mehnat yoki o‘quv sohasida, jumladan, tadqiqot yo‘nalishida yangi g‘oyalar yoki jarayonlar ishlab chiqarishda yuksak darajadagi obro‘, innovatsiyalar, mustaqillik va professional mukammallikni namoyon qilish.

Oliy ta’lim, amaliy tajriba. Oliy ta’lim, amaliy tajriba va/yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim, amaliy tajriba.

2. Milliy malaka tizimi O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga asosan, mehnat bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, bozor sharoitlarida xodimlarning raqobatbardoshligini ta’minlashning bazaviy mexanizmi hisoblanadi.
58. YaMIni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga, malaka komissiyasi qaroriga asosan, ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi diplomlar (uzoq muddatli o‘qish kurslarini tamomlaganlarga) yoki 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat namunasidagi sertifikatlar (o‘rta va qisqa muddatli o‘qish kursini tugatganlarga) beriladi.
kompetensiyani baholash natijalari haqidagi ma’lumotlarni shakllantiradi, ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga muvofiq belgilangan namunadagi Kompetensiya to‘g‘risida sertifikatni beradi;
ushbu Nizomga 4-ilovadagi shaklga muvofiq malaka imtihonida ishtirok etish uchun ariza;
83. Talabgor ushbu Nizomning 81-bandi talablariga to‘g‘ri kelmagan hollarda Kompetensiyalarni baholash markazi malaka imtihonini topshirishni rad etadi.
89. Malaka imtihoni natijalari ushbu Nizomga 5-ilovadagi shakl bo‘yicha bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq akkreditatsiya uchun arizani;
118. Registrni yuritish va uni dolzarblashtirish elektron ko‘rinishda ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq vakolatli organ belgilagan dasturiy-texnik vositalardan foydalanib amalga oshiriladi.
146. Kasb standarti mazmuni (maketi) ushbu Nizomga 11-ilovada aks ettirilgan to‘rt bo‘limdan iborat:
Mehnat organida ro‘yxatga olingan va “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishsiz deb e’tirof etilgan shaxs kasbga o‘qitishga grant olishni rad etishi mumkin. Ushbu rad etish ishsizlik nafaqasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga

Tashkilot rekvizitlari:

Rasmiy nomi: ________________
_____________________________
_____________________________

Manzili: ____________________
_____________________________
_____________________________

Bankdagi h/v: _________________
_____________________________

AKKREDITATSIYAGA BUYuRTMA

____________________________________________________________________________

(tashkilot nomi)

T/r*

Familiyasi, I.O.

Lavozimi

Mutaxassislik faoliyati yo‘nalishi

Telefon raqami

Imzo

1.

2.

*) Nizomning 104-bandida nazarda tutilgan buyurtmachi tashkilotning xodimlari ko‘rsatiladi.

Birinchi raqamda buyurtmachi tashkilotning rahbari ko‘rsatiladi, keyingi raqamda — Nizomning 104-bandining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mutaxassislar.

Ushbu Buyurtma bilan quyidagi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha akkreditatsiya o‘tkazishingizni so‘raymiz:

____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

(mutaxassislik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha malakalar)

Faoliyatni amalga oshirish uchun moddiy-texnik baza quyidagilardan iborat:
bino maydoni _________ kv.m,
shu jumladan, auditoriyalar ________ kv.m, ustaxonalar _________ kv.m.
Imtihonlar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uskuna va jihozlar, ilovaga muvofiq.

Akkreditatsiya qoidalari bilan tanishdik.

Buyurtmachilarning imzolari ularning shaxsiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlatilishiga roziligini tasdiqlaydi.

Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:

____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________

(buyurtmaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati)

Tashkilot rahbari____________________________________________________________

(lavozimi)

(imzo)

(imzo egasining F.I.O.)

M.O‘. Buyurtma berilgan sana: 20____ yil “_____” _________________

Bosqichlar

Ishchi organ

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Vazirliklar, idoralar, tashkilotlar — ishlanmaning tashabbuskorlari

Kasb standarti loyihasi, loyihaga tushuntirish (izohli) xati, ishlab chiquvchilar to‘g‘risida ma’lumotlarni ilova qilgan holda rasmiy xat bilan yo‘llaydi.

Jadvalga muvofiq


2-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb standartilari loyihalarini qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiradi.

Hujjatlar jamlanmasi tushgan kunda


3-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb standarti loyihasining yangiligi (amaldagi kasb standartilar mavjudligi yoki yo‘qligi)ni tekshiradi. Mos ravishda tegishli xulosani beradi.

Hujjatlar jamlanmasi tushganidan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida


4-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb standarti loyihasini vazirlikning rasmiy saytida “Mehnat standartlari” bo‘limida joylashtiradi

2-bosqich bo‘yicha qaror qabul qilingan kunda


5-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb-mutaxassislik standart loyihasini Kasb-mutaxassislik malakalari bo‘yicha tarmoq kengashiga ko‘rib chiqishi uchun yo‘llaydi.

2-bosqich bo‘yicha qaror qabul qilingan kunda


6-bosqich

Kasb-mutaxassislik malakalari bo‘yicha tarmoq kengashi

1) Kasb standarti loyihasini ko‘rib chiqadi va xulosani beradi

2) Xulosani Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yo‘llaydi

Kiritilgandan so‘ng
30 kun ichida


7-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

1) Kasbiy malakalarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan ijobiy xulosa berilganda kasb standartii loyihasini tasdiqlaydi;

2) Salbiy xulosa berilganda loyihani qayta ishlab chiqishga yo‘llaydi yoki tasdiqlashni rad etadi.

Kengashdan xulosa olingandan so‘ng
5 kun ichida


8-bosqich

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Kasb-mutaxassislik standartlar milliy registrida kasb-mutaxassislik standartini ro‘yxatdan o‘tkazadi

Tasdiqlangan kunda

Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga shartnomaning Namunaviy shakli

Ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga
_____-sonli ShARTNOMA

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (keyingi o‘rinlarda – ABKM) _______________________ nomidan, ABKM Nizomi asosida faoliyat yurituvchi rahbari ________________________________, (keyingi o‘rinlarda – “Buyurtmachi”), bir tomondan va ________________________________________________________________
___________________________________________________________________________,

(tashkilot nomi)

akkreditatsiya guvohnomasi № __________-sonli, 20_____ yil “___”_________da berilgan, ___________________________________________________________________

(hujjat nomi va rekvizitlari)

asosida faoliyat yurituvchi rahbari ________________________________, keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, bundan so‘ng matnda “Tomonlar” deb ataladilar, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 20_____ yil “___”_________dagi ________-sonli ochiq tanlovning natijalariga ko‘ra, ushbu Davlat kontrdalolatnomaini quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar.

1-BO‘LIM. ShARTNOMA MAZMUNI

1.1. Buyurtmachi buyurtma beradi, Ijrochi esa o‘z zimmasiga ishsizlar va band bo‘lmagan aholi (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar)ni kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish majburiyatlarini oladi.
1.2. Kasbiy o‘qitishga yo‘llangan fuqarolar soni —
_____________________________________________ (_______) kishini tashkil etadi.

(yozuv bilan)

shu jumladan kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha:
1.2.1. _______________________________________________
1.2.2. _______________________________________________
1.2.3 _______________________________________________
1.2.4 _______________________________________________
1.2.5. _______________________________________________

1.3. Xizmatlarni ko‘rsatish muddati:
Boshlanishi — 20___yil “_____”______________;
Yakunlanishi — 20___yil “____”______________.

1.4. Xizmatlar ko‘rsatilishi joyi:
__________________________________________________________________________

(shahar, ko‘cha, uy)

2-BO‘LIM. ShARTNOMA NARXI

1.5. Shartnoma narxi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilanadi.
1.6. Shartnoma narxi aniq va shartnoma amal qilish muddati davomida uning narxi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ylmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
1.7. Shartnoma narxiga ijrochining barcha xarajatlari kiritilgan, shu jumladan, o‘quv-metodik va butlovchi materiallar, Ijrochi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishi kerak bo‘lgan barcha soliq to‘lovlari va boshqa majburiy to‘lovlar,
1.8. Shartnoma narxi ijrochining bitta o‘quvchini mutaxassislikka o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan harajatlarini hisoblashdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
1.9. Shartnoma narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

ShN = Ns * Ns * No‘

Bu yerda: ShN — Shartnoma narxi;
Ns — 1ta o‘quvchini o‘qitish hisobiga 1 soat o‘qitish narxi;
Ns — o‘qitish dasturida soatlar miqdori;
No‘ — o‘qitilganlar soni.
1.10. Ushbu Shartnomaga muvofiq:
1 o‘qitiladigan fuqaroga hisoblaganda bir soat o‘qitishning narxi ______ so‘mni tashkil etadi;
o‘qitish dasturining hajmi soatlarda _______ o‘quv soatidan iborat;
o‘qitiladiganlar soni _______ nafar.
1.11. Xizmatlarga haq to‘lash Buyurtmachi tomonidan ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish maqsadlari uchun mo‘ljallangan manbalardan amalga oshiriladi.
1.12. Xizmatlarga haq to‘lash pul o‘tkazish yo‘li bilan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
avans to‘lovi Shartnoma tuzilgandan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida Shartnomaning 15%i miqdorida;
oraliq to‘lovlar — xizmatlar amalda ko‘rsatilganda, ko‘rsatilgan xizmatlarga oraliq dalolatnomasi imzolangandan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida, ammo Shartnomaning 50%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yakuniy to‘lov — Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgani to‘g‘risidagi Dalolatnoma Tomonlar tomonidan imzolanganidan so‘ng 10 kun ichida qolgan summa miqdorida.
1.13. Majburiyatlarni bajarish dalolatnomasida quyidagilar hisobga olinadi:
kasbga o‘qitish dasturida rejalashtirilgan o‘quv soatlari hajmi;
kasbga o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘qitilganlarning soni;
kasbga o‘qitishning natijasi, ya’ni o‘qitilganlarning o‘qish tugagandan so‘ng 3 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ishga joylashganlari.
1.14. O‘qishni bitirganlardan ishga joylashganlar:
85% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
60% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi;
50% dan kam miqdorni tashkil etsa — Shartnoma narxi _____%ga kamaytiriladi.
1.15. Buyutmachi aybi bilan Shartnomani bajarish imkoni bo‘lmasa, Ijrochi tomonidan faqat amalda qilingan xarajatlar to‘lov bilan qoplanadi.
1.16. Shartnomaning 3.4-bandida ko‘rsatilgan sabablar bilan o‘quvchi o‘qishdan chetlatilsa, Ijrochining xizmatlariga amalda ko‘rsatilgan xizmat miqdoriga teng hajmda to‘lov to‘lanadi.

3-BO‘LIM. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI

3.1. Buyurtmachi o‘z zimmasiga quyidagilarni oladi:
a) Shartnomaning 1.3.bandida ko‘rsatilgan muddatlarni hisobga olgan holda o‘quv guruhlari tarkibini shakllantirish;
b) Shartnoma talablariga muvofiq ravishda ko‘rsatilgan xizmatlarni qabul qilib olish;
v) Shartnomaning 3-bo‘limiga muvofiq ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash;
g) ___________________________________________________________________.

(boshqa majburiyatlar)

3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
a) Ijrochi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish, shu jumladan, Ijrochining malakaviy komissiyasi ishida ishtirok etish yo‘li bilan, shuningdek, o‘qitilayotgan guruhlarning davomatini joriy tekshiruvlarni amalga oshirish orqali;
b) Shartnomani bajarishda Ijrochi bila� kelishilgan holda Shartnomada ko‘zda tutilgan xizmatlar hajmini 20%dan oshmagan miqdorda o‘zgartirish, shunga mos ravishda Shartnoma narxini ham o‘zgartirish;
v) Shartnomaning 1.14-bandiga muvofiq Shartnoma narxini kamaytirish;
g) Ijrochiga Shartnoma bajarilishi yuzasidan so‘rovlar yuborish;
d) ___________________________________________________________________.

(boshqa huquqlar)

3.3. Ijrochi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ishsizlar va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirish;
b) ta’lim oluvchilar guruhlarini qabul qilishni ta’minlash va kasbga o‘qitish o‘quv jaraynini samarali tashkil etish;
v) o‘qishni tugatganlar va malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli tugatganlarga belgilangan shakldagi kasb-mutaxassislik malakasi berilgani to‘g‘risidagi Sertifikatni taqdim etish;
g) Ijrochining aybi bilan xizmatlar ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan bartaraf etish;
d) Shartnoma bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga oid zarur hujjatlarni Buyurtmachining talabiga muvofiq taqdim etish;
e) _____________________________________________________________________.

(boshqa majburiyatlar)

3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
a) kasbga o‘qitish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida o‘quv dasturiga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
b) o‘quvchilar tomonidan kasbga o‘qitish jarayonida tashkiliy va o‘quv jarayoni qoidalari qo‘pol ravishda yoki tizimli buzilgani uchun, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko‘ra mashg‘ulotlarga kelmasligi, shuningdek, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmasligi uchun o‘quvchilar o‘qishdan chetlatiladi, va bu haqda Buyurtmachiga uch kun muddat ichida xabar beriladi;
v) ____________________________________________________________________.

(boshqa huquqlar)

4-BO‘LIM. KO‘RSATILGAN XIZMATLARNI TOPShIRISh VA QABUL QILISh TARTIBI

4.1. Ijrochi Shartnomada belgilangan muddatda Buyurtmachiga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisobotni va Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnoma loyihasini taqdim etadi.
4.2. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan hisobot va dalolatnoma loyihasini tekshirish uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Shartnoma shartlariga mos kelishi bo‘yicha Buyurtmachi tomonidan ekspertiza o‘tkaziladi.
Ekspertizani o‘tkazish uchun Buyurtmachi Ijrochidan Shartnoma shartlariga tegishli tasdiqlovchi hujjat va materiallarni talab qilishga haqlidir.
4.3. Hisobot va dalolatnoma loyihasi to‘g‘riligi tasdiqlangan holda, Buyurtmachi 5 ish kuni davomida Shartnoma majburiyatlari bajarilgani bo‘yicha dalolatnomani imzolaydi va uni Ijrochiga yo‘llaydi.
4.4. Tomonlar Shartnoma majburiyatlari bajarilganligi to‘g‘risida dalolatnomani imzolaganidan boshlab, Shartnoma doirasida belgilangan Xizmatlar bajarilgan hisoblanadi.
4.5. _________________________________________________________________.

(ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish va qabul qilishning boshqa shartlari)

5-BO‘LIM. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Tomonlar Shartnoma shartlari bajarilganligi yoki bajarilmaganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
5.2. Ijrochi tomonidan Shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya to‘lash talabini yo‘llaydi.
5.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmaganligi holatida Ijrochi Buyurtmachiga kechiktirilgan har bir kun uchun Shartnoma narxining _______%i miqdorda penya to‘lash talabini yo‘llaydi.
5.4. Tomonlar Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan quyidagi hollarda ozod etiladi — Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganda, shu jumladan:
___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________.

(bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega hollar)

5.5. Tomonlar bir-biriga 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida ularga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar amalda yoki yuzaga kelish ehtimoli to‘g‘risida xabar berishi lozim.
Tomonlarning biri ularga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi e’tirof etilishiga rozi bo‘lmasa, Tomonlar kelib chiqqan kelishmovchilarni ko‘rib chiqish uchun qo‘shma komissiya tuzadilar.
Tomonlarning biri unga bog‘liq bo‘lmagan, bartaraf etish imkoniyati bo‘lmagan kuchga ega sharoitlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida boshqa tomonga xabar bermaganligi yoki o‘z vaqtida xabar bermaganligi, uni ushbu sharoitni inobatga olish huquqidan mahrum qiladi.

6-BO‘LIM. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI

6.1. Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar uchun uning bajarilishi majburiydir.
6.2. Shartnoma Tomonlar kelishuviga asosan va sud qarori bilan Shartnoma Tomonlarining biri bir tomonlama Shartnomani bajarishdan bosh tortgan holda bekor qilinishi mumkin.

7-BO‘LIM. BOShQA ShARTLAR

7.1. Shartnoma 2 nusxada tuzilgan bo‘lib, har bir nusxasi bir xil mazmunga va bir xil yuridik kuchga egadir.
7.2. Shartnomada ko‘zda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish tutadilar.
7.3. Shartnomaga barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar yozma ravishda Shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlar shaklida rasmiylashtiriladi va Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
7.4. Shartnomani bajarishda kelib chiqadigan nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar muzokaralar yo‘li bilan bartaraf etishadi, Tomonlar kelishuvga kelolmagan holda — ular sud tartibiga muvofiq hal etiladi.
7.5. ___________________________________________________________________.

(boshqa shartlar)

8-BO‘LIM. TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA REKVIZITLARI

BUYuRTMAChI _____________________________
_____________________________
_____________________________

IJROChI
_____________________________
_____________________________
_____________________________

9-BO‘LIM. TOMONLARNING IMZOLARI

BUYuRTMAChI _____________________________ _____________________________ 20___yil “____”_______________
M.O‘.

IJROChI _____________________________ _____________________________ 20___yil “____”_______________ M.O‘.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi