1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda investorlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilishi uchun samarasiz ishlayotgan davlatga tegishli obyektlarni qulay shartlarda tadbirkorlik subyektlariga berish, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish hamda davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan obyektlar hisobini yuritish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning hududiy boshqarmalarining davlat mulki obyektlari, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun davlat tashkilotlari mansabdor shaxslariga hamda davlat mulki obyektlaridan foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar rahbarlariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda foydalanilmayotgan davlat koʻchmas mulklaridan samarali foydalanish boʻyicha namunaviy “yoʻl-xaritasi”ning shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda elektron tizimlar oʻrtasida davlat koʻchmas mulklari hisobini yuritish va ular toʻgʻrisidagi onlayn maʼlumotlar almashinuvini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi bilan birgalikda davlat tashkilotlari, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondida (kapitalida) 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni doimiy yangilab borish boʻyicha onlayn maʼlumotlar almashinuvini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar ishchi guruh tuzgan holda, davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat tashkilotlari xatlovdan oʻtkazilishini tashkil qilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan barcha davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir oy muddatda Agentlikning “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 8-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob obyekti — Oʻzbekiston Respublikasining davlat koʻchmas mulk (turar va noturar) obyekti, moddiy madaniy meros obyekti, avtomototransport vositasi, davlat ishtirokidagi tashkilotlar va ushbu tashkilotlarning ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar (tegishli ulush (aksiya)), intellektual mulk obyekti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlarining axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “property.davaktiv.uz” axborot tizimi orqali barcha davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlar jamlanadigan maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnoma — davlat tashkilotlari, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar ushbu Nizom talablarini bajarmagan taqdirda, Agentlik va uning tegishli hududiy boshqarmalari tomonidan yozma ravishda taqdim etiladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat mulkining hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Har chorakda bir marotaba, hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay, axborot tizimiga onlayn maʼlumotlar asosida hisob obyektlari boʻyicha zarur maʼlumotlar — STIR raqami, ulush (aksiya) miqdori va qiymati, muassisi (ishtirokchi, aksiyador) va ularning STIR raqami kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar axborot tizimiga onlayn maʼlumotlar asosida hisob obyektlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar roʻyxati (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona davlat reyestridan chiqarilgan davlat korxonalari hamda davlat tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan:
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona davlat reyestridan chiqarilgan davlat tashkilotlarining (davlat muassasalari) roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) “Qimmatli qogʻozlarlarning markaziy depozitariysi” davlat korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Depozitariy) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati, shu jumladan ushbu jamiyatlarning qimmatli qogʻozlari chiqarilishini hisobga qoʻyilishi yoki hisobdan chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati shu jumladan ushbu jamiyatlarning qimmatli qogʻozlari chiqariluvini hisobga qoʻyilishi yoki hisobdan chiqarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, qonunchilik hujjatlarida hamda aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari qarorlari asosida davlat ulushi vujudga kelgan aksiyadorlik jamiyatlari, ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi mavjud boʻlgan aksiyadordik jamiyatlarining roʻyxati;
(3-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat tashkilotlarining tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va ularning roʻyxatdan oʻtgan raqami va sanasi hamda uning amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat tashkilotlariga tegishli avtomototransport vositalarining roʻyxatini (nomi, rusumi, davlat raqami, ishlab chiqarilgan yili bilan birgalikda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi davlat koʻchmas mulk obyektlarining nomi va joylashgan yeri (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar), kadastr raqami, kadastr qiymati, umumiy yer maydoni (kv.m.), qurilish osti maydoni (kv.m.), foydali maydoni (kv.m.), obyektlar tegishli boʻlgan yuridik shaxslar (STIR raqami), obyektlarga boʻlgan huquq turlari hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining zaxira yer fondidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining manzili, konturi, maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
(3-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat tashkilotlarining moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi davlat tashkilotlarining moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi davlat mulki boʻlgan moddiy madaniy meros obyektlari (obyekt nomi va davri, balansda saqlovchi nomi, STIRi, manzili, maydoni) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
(3-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan “i”, “k” va “l” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot tizimiga onlayn maʼlumotlari asosida ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan hisob obyektlarida oʻzgarish boʻlganidan soʻng besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Depozitariy tomonidan quyidagi hollarda tegishliligi boʻyicha yuridik shaxs nomi, STIR raqami, ulush (aksiya) miqdori va qiymati, muassisi (ishtirokchi, aksiyador), ularning STIR raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga kiritiladi:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda (aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyador, aksiyalar soni hamda nominal qiymati oʻzgarganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish), yuridik shaxsning faoliyati toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan yuridik shaxs tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmayotganligi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav jamgʻarmasining shakllantirilmaganligi, shuningdek, uning ixtiyoriy tugatish jarayonidaligi yoki tugatish jarayonining toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinganda;
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) yuridik shaxsning idoraviy mansubligi oʻzgarganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi obyektning kadastr raqami, qiymati, umumiy yer maydoni (kv.m.), foydali maydoni (kv.m.), huquq turlari oʻzgarganda maʼlumotlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hisob davlat mulki maʼlumotlari bazasini oʻzida jamlovchi amaliy dasturiy vosita yordamida axborot tizimida keltirilgan tartib va shakllar asosida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat tashkilotlari tomonidan hisob obyektlarining joriy holati, shuningdek, moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyining 25-sanasiga, yil yakunlari boʻyicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar kiritib boriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalarini davlat-xususiy sheriklikka berish toʻgʻrisida bitim tuzilgan taqdirda, bitim tuzilgandan soʻng oʻn kun muddatda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davlat tashkilotlari tomonidan hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish vazifalari quyidagicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hisob obyektlari boʻyicha zarur axborotni axborot tizimiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq hisob obyektlari haqidagi maʼlumotlarni davriy ravishda kiritib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat tashkilotlari tomonidan axborot tizimiga oʻziga biriktirilgan hisob obyektlari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar (har birini alohida shaklda) kiritib boriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat koʻchmas mulki obyektlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning nomi va joylashgan yeri (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan obyektlar va avtomobil yoʻllari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning kadastr raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt tegishli boʻlgan yuridik shaxs (STIR raqami) va ularning yuqori tashkiloti (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning balans (qoldiq) qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning umumiy yer maydoni (kv.m.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qurilish osti maydoni (kv.m.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning foydali maydoni (kv.m.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga boʻlgan huquq turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning joriy holati (foydalanishda, boʻsh, ijara) va fotosuratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning samarali foydalanish boʻyicha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilganligi (qaror raqami, sanasi va mazmuni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyekti va boʻsh yer uchastkalarini negizida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (bitim);
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) avtomototransport va qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari vositalari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi davlat raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining ishlab chiqarilgan yili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining joriy holati, texnik pasport raqami va fotosuratlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasining balans (qoldiq) qiymati;
(9-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) davlat ishtirokidagi tashkilotlar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtirokidagi tashkilotlar (davlat tashkilotlari, xoʻjalik jamiyatlari, unitar korxonalar, shuʼba korxonalari) nomi va uning STIR raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulush (aksiya) miqdori va qiymati (ming soʻm);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondi miqdori (ming soʻm);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) intellektual mulk obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlarining tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va ularning roʻyxatdan oʻtgan sanasi, raqami va amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) moliyaviy hisobotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy koʻrsatkichlari, jumladan, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumlar;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) moddiy madaniy meros obyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt davri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning umumiy yer maydoni (kv. m.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning qurilish osti maydoni (kv. m.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning joriy holati (foydalanishda, boʻsh, ijara) va fotosuratlari;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar ushbu Nizomning 7-bandda belgilangan muddatlarda hamda 9-bandiga muvofiq ularga davlat mulki sifatida foydalanish uchun biriktirilgan hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maxfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan, harbiy va maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan alohida tartibga boʻysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga boʻysunuvchi obyektlarning, shuningdek, gidrotexnika inshootlarining hisobini yuritish qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Axborot tizimiga kiritilayotgan maʼlumotlar Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan davriy ravishda kuzatib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar tomonidan hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimiga belgilangan muddatlarda kiritilmaganligi yoki toʻliq kiritilmaganligi aniqlangan taqdirda, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ikki kun ichida tegishli davlat tashkiloti shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarga hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish boʻyicha taqdimnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Davlat tashkiloti yoxud davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilot taqdimnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kun muddatda mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda, axborot tizimidagi maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat tashkilotlarining oʻz foydalanishida boʻlgan davlat mulklarining hisobini yuritish boʻyicha masʼuliyati va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hech qanday toʻlovlarsiz elektron raqamli imzosi orqali tashkilotlarga axborot tizimidagi hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻldirish imkoniyatini yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Davlat mulki oʻziga biriktirilgan (shu jumladan, tekin foydalanish huquqi asosida yoki boshqacha tartibda biriktirilgan) yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu mulkning idoraviy hisobi yuritilishi, uning inventarizatsiya qilinishi hamda qayta baholanishini taʼminlaydi. Bunda davlat mulkining idoraviy hisobini yuritish davlat mulkining haqiqatda mavjudligini va hisobga olinmagan davlat mulkini aniqlashga hamda keyinchalik uni tegishli davlat mulkini boshqarish subyektiga biriktirishga qaratilgan boʻlishi kerak.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Hisob obyektlari hisobot davrida hisobdan chiqarilgan taqdirda (sotish, ustav fondiga berish, davlat-xususiy sheriklikka berish, boshqa davlat tashkilotiga berish, buzish va boshqalar), tegishli davlat tashkiloti tomonidan obyekt haqidagi maʼlumotlar asoslari bilan birgalikda axborot tizimiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Axborot tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli tarzda kiritilishiga hamda ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi hamda davlat mulklariga zarar yetkazilganligi, noqonuniy begonalashtirilganligi uchun davlat tashkiloti rahbariyati hamda ularning yuqori turuvchi organlari, shuningdek, davlat mulkidan foydalanib kelayotgan tashkilotlarning mansabdor shaxslari shaxsan masʼul hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar Agentlik va uning tegishli hududiy boshqarmasi taqdimnoma yuborgandan soʻng davlat tashkiloti, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan tashkilotlar tomonidan axborot tizimidagi tegishli hisob obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliqligi taʼminlanmagan taqdirda, ushbu davlat tashkilotilari mansabdor shaxslariga, shuningdek, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar raxbarlariga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat tashkilotlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan joyiga chiqqan holda, hisob obyektlarining haqiqatda toʻgʻri kiritilganini oʻrganishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻrganish jarayonida kiritilgan maʼlumotlar toʻliq tahlil qilinadi va aniqlangan foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanish yuzasidan mazkur obyekt tegishli davlat tashkilotlaridan takliflar (sotish, ustav fondiga berish, davlat-xususiy sheriklikka berish, buzish va boshqalar) olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ishlab chiqilgan takliflar belgilangan tartibda hisob obyektlari tegishli boʻlgan tashkilotning yuqori turuvchi tashkilotlari bilan kelishiladi (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Davlat mulki reyestrining maʼlumotlaridan vakolatli davlat organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish va uning yaxlitligini hamda but saqlanishini taʼminlash bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Davlat mulki reyestrini yuritish davlat mulkini hisobga olish va axborotga oid maqsadlar uchun moʻljallangan hamda huquqni belgilovchi yoki huquqni tasdiqlovchi fakt boʻlib hisoblanmaydi.
(211 va 212-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Adliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Depozitariy, Ichki ishlar vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga hisob
obyektlari boʻyicha maʼlumotlarni kiritish
Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kuni
2-bosqich
Davlat tashkilotlari
Oʻzlariga biriktirilgan hisob obyektlarini xatlovdan oʻtkazish
Doimiy
3-bosqich
Davlat tashkilotlari
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritish
Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning
15-kuni
4-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari
Davlat tashkilotlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish
Doimiy
5-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Maʼlumotlar kiritilmaganligi va (yoki) toʻliq kiritilmaganligi holati yuzasidan davlat tashkilotlariga taqdimnoma kiritish
Holat aniqlangan kundan 2 kun ichida
6-bosqich
Davlat tashkilotlari
Taqdimnoma kelib tushgandan soʻng mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda www.property.davaktiv.uz axborot tizimidagi maʼlumotlarning toʻliqligini taʼminlash
Taqdimnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida
7-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari
www.property.davaktiv.uz axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar asosida davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash
Doimiy
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish hamda ularni boshqarish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari — davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan va chet elda joylashgan mol-mulklar, aksiyalar (ulushlar), nomoddiy boyliklar va intelektual mulklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi — chet elda mulki mavjud boʻlgan davlat korxonasi yoki tashkiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi muassasa — Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi missiyalari va vakolatxonalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari reyestri — chet eldagi davlat mulki obyektlarining moddiy, moliyaviy va boshqa koʻrsatkichlari oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdimnoma — davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi ushbu Nizom talablarini bajarmagan taqdirda, Agentlik tomonidan yozma ravishda taqdim etiladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari hisobini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda chet elda joylashgan mulk egasi boʻlish huquqiga ega.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tashkilotlari chet elda joylashgan obyektga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadigan shakldagi maʼlumotlarni 10 kun ichida Agentlikka taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Agentlik chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining saqlanishi yuzasidan monitoring olib borish va samarali boshqarilishini taʼminlash maqsadida, elektron dasturiy taʼminotdan foydalangan holda ularning reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi bilan elektron maʼlumot almashish, shuningdek, vakolatli davlat organlari elektron tizimlari bilan integratsiyalashish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish orqali reyestrning tezkor va doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari reyestriga davlat mulki obyektlari joylashgan davlatning qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilib berilgan taqdirda, mulk huquqi vujudga kelgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Chet elda joylashgan madaniy meros obyektlarining hisobini yuritish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini boshqarish va monitoring qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining balansda saqlovchilar Agentlikka u tomonidan belgilanadigan shakldagi maʼlumotlarni quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy koʻrsatkichlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida — shunday oʻzgarish boʻlgan kundan boshlab oʻn kun ichida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda joylashgan davlat mulki obyekti toʻgʻrisida — har yili, hisobot yili yakuni boʻyicha keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmasdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agentlik zarur hollarda chet eldagi tegishli muassasadan chet elda joylashgan davlat mulki obyekti toʻgʻrisida maʼlumot soʻrab olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet eldagi muassasalar zarur maʼlumotlarning belgilangan muddatda tayyorlanishi va taqdim etilishini taʼminlashi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarning hisobini yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, ularni boshqarish mulk joylashgan davlat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini saqlash va operativ boshqarish ushbu mulkning balansda saqlovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchilari chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini ishonchli boshqaruvga, ijaraga, bir davlat tashkiloti tasarrufidan boshqa ikkinchi davlat tashkiloti tasarrufiga berishni Agentligining roziligi bilan davlat mulki obyekti joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining mulk huquqi aniqlanmagan va biror-bir davlat tashkilotiga biriktirib berilmagan boʻlsa, chet eldagi muassasa Oʻzbekiston Respublikasining mulk huquqini har tomonlama himoya qilinishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida chet elda joylashgan korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari, shuningdek, koʻchmas mulk obyektlari va mulkiy majmualarni saqlab turishning yakuniy moliyaviy natijalari oʻrganiladi va tahlil qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi tomonidan — doimiy ravishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik tomonidan — ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi tomonidan maʼlumotlar taqdim etilgandan keyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy koʻrsatkichlari barqaror boʻlmagan hollarda, Agentlik chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari boʻyicha ushbu aktivlardan samarali foydalanish, shu jumladan sotish boʻyicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchi ushbu Nizomning 7-bandiga muvofiq maʼlumotlarni taqdim qilmagan taqdirda, Agentlik tomonidan ikki kun ichida mazkur maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha taqdimnoma yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat mulki obyektining balansda saqlovchi taqdimnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kun muddatda tegishli maʼlumotlar toʻliq taqdim etishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agentlik tomonidan taqdimnoma yuborgandan soʻng, davlat mulki obyektining balansda saqlovchi tomonidan tegishli munosabat bildirilmagan yoki maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, davlat mulki obyektining balansda saqlovchisi rahbariga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini samarali boshqarish boʻyicha qarorlar qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlari ularning balansda saqlovchilari tomonidan davlat mulki obyektlari joylashgan davlat qonunchiligiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga beriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansda saqlovchi tomonidan ijaraga berilgan davlat mulki obyektlari toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Agentlikka maʼlumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar tegishli davlat mulki obyekti balans saqlovchisi hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini tasarruf etish, shu jumladan sotish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
(21-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 349-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur jarayon ushbu mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga zid boʻlmagan holatda, shunday turdagi bitimlarni amalga oshirishning xalqaro amaliyotiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarni sotishda ularni sotish bilan bogʻliq barcha tadbirlar professional tashkilotni jalb etgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmatlar, shu jumladan sotilayotgan chet elda joylashgan davlat mulki obyektini baholash jarayonlari mulk joylashgan davlatning qonunchiligiga zid boʻlmagan taqdirda, xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi roziligiga asosan chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotish uchun jalb qilinadigan baholovchilar, investitsiya vositachilari, maslahatchilar va boshqa tashkilotlar xizmatlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Chet eldagi muassasalar Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy manfaatlarining huquqiy himoyasini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va davlat mulki obyektlari balansda saqlovchilariga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maʼlumotlarning oʻz vaqtida va ishonchli taqdim etilishi, shuningdek, chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini samarali boshqarish, saqlash va maqsadli foydalanish uchun javobgarlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat mulki obyektlari balansda saqlovchlari rahbari zimmasiga yuklanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ushbu Nizom qoidalari qoʻllanishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi
Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini xatlovdan oʻtkazish
Doimiy
2-bosqich
Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadigan shakldagi maʼlumotlarnikiritish
Har yili, hisobot yili yakuni boʻyicha keyingi oyning 25-kuni
3-bosqich
Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga chet elda joylashgan davlat mulki obyektining moddiy va moliyaviy koʻrsatkichlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritish
Oʻzgarish boʻlgan kundan boshlab oʻn kun ichida
4-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish
Doimiy
5-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Chet eldagi muassasadan chet elda joylashgan davlat mulki obyekti toʻgʻrisida maʼlumotlarni soʻrab olish
Zaruratga koʻra
6-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Maʼlumotlar kiritilmaganligi va (yoki) toʻliq kiritilmaganligi holati yuzasidan davlat mulki obyektlari balans saqlovchisiga taqdimnoma kiritish
Holat aniqlangan kundan 2 kun ichida
7-bosqich
Davlat mulki obyektlari balans saqlovchisi
Tadimnoma kelib tushgandan soʻng mavjud kamchiliklarni bartaraf etgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga maʼlumotlarni takroran kiritish
Tadimnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran 5 kun ichida
8-bosqich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Kiritilgan maʼlumotlar asosida davlat mulkidan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash
Doimiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlat korxonalari toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot boʻlmagan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi, ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqori tashkilotning (mavjud boʻlganda) talabiga koʻra yoki budjet tashkilotlarining oʻz tashabbusi bilan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “ommaviy savdolarda” degan soʻzlari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“12. Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi, ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat unitar korxonalarining qolgan asosiy vositalari qonun hujjatlariga muvofiq muassis bilan kelishgan holda, davlat unitar korxonalari tomonidan mustaqil ravishda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat unitar korxonalarining binolari va inshootlari (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassisning talabiga koʻra yoki davlat unitar korxonalarining oʻz tashabbusi bilan koʻrsatib oʻtilgan asosiy vositalar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno, qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovadagi “III. Muassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” pozitsiyasining 3-2-qatori quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3-2. Muasssisning — yuridik shaxsning nomi:___________________
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ishtiroki mavjud ____ ; davlat ishtiroki mavjud emas ____”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 36-son, 951-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda avtomototransport vositalariga ega boʻlishni tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son; 21.07.2023-y., 09/23/302/0508-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)