17.04.2020 yildagi PQ-4681-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, talabalarni oʻqishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, taʼlim jarayoniga raqamli va pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy usullarni keng joriy etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich 50 foizga yetkazish, hududlarda sifatli oliy taʼlim xizmatlari koʻlamini kengaytirish orqali aholi va jadal oʻsib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini taʼminlash belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etish kerakki, mamlakatimizning olis hududlarida yoshlarning oliy maʼlumot olishga boʻlgan intilishini qoʻllab-quvvatlash uchun muayyan ishlar amalga oshirilayotgan boʻlsada, ushbu choralar hamon yetarli boʻlmayapti. Buning oqibatida maktab va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining muayyan qismi xorijiy mamlakatlar oliy oʻquv yurtlariga borib oʻqishga majbur boʻlmoqda. Soʻnggi ikki yilda birgina Surxondaryo viloyatidan 7,5 mingga yaqin yoshlar oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun qoʻshni mamlakatlarga ketgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu munosabat bilan, respublikamizning janubiy sarhadlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning ilgʻor pedagogik texnologiyalar yordamida taʼlim olishi uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratish, hududda tadbirkorlik anʼanalarini ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat bilan uygʻun rivojlantirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, viloyat jamoatchiligi, xalq deputatlari Kengashlarining murojaatlari hamda Surxondaryo viloyatining eng koʻp aholisi istiqomat qilayotgan Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilayotganligini inobatga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, tadbirkorlikning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik va boshqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiq boshqa sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni milliy va xalqaro standartlarga muvofiq sifatli tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilgʻor taʼlim texnologiyalari, shu jumladan masofaviy oʻqitish uslublarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishda respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, mutaxassislarni jalb etgan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan tarmoqlari uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy- tadqiqot muassasalariga istiqbolli yoshlarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Termiz davlat universiteti Denov filialining barcha huquq, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va bank hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Termiz davlat universiteti Denov filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga talabalarni qabul qilish har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo, Uzun, Shoʻrchi va Qumqoʻrgʻon tumanlaridagi umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida chet tili va aniq fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi oʻqituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Institutda ilmiy faoliyatni rivojlantirish hamda taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020/2021 oʻquv yili davomida “Oliy taʼlim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilgan holda Institutning axborot-texnologiyalari, biologiya, kimyo va fizika boʻyicha zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Institutga yuqori salohiyatga, jumladan fan nomzodi, falsafa doktori hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Institutning pedagogik va ilmiy salohiyatini oshirish, taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadida, shuningdek, joylashuv hududini inobatga olib Institut professor-oʻqituvchilari va xodimlariga mehnatga haq toʻlashda mos ravishda yagona tarif setkasi razryadlariga koʻra tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tuzilmasi oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutni tanlov asosida, shu jumladan respublika oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliy tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Institutda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, belgilangan tartibda shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut axborot-resurs markazini qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Vasiylik kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Respublika oliy taʼlim tizimidagi mavqeyi, ilmiy salohiyati, uzoq yillar davomida shakllangan anʼanalarini inobatga olgan holda Samarqand davlat universiteti zimmasiga Institutni otaliqqa olish vazifasi yuklansin va unga quyidagi yoʻnalishlarda koʻmak berib borish topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda taʼlim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
darslik, oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy material va axborot resurslari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Institutni salohiyatli professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli sohalar boʻyicha 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklari va 2021-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Respublika oliy taʼlim kengashi bilan birgalikda Institut faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatini chuqur oʻrganish va tahlil qilish hamda uning natijalari boʻyicha xulosa va takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʻrganish hamda ilgʻor xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oʻquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqarish tizimi samaradorligi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan taʼlim berishda qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligiga xolisona baho berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik, shaffoflik va xolislikni taʼminlash, korrupsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishi boʻyicha tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʻqituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni jalb etish boʻyicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni moliyalashtirish 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2021-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda respublikamizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Institutda onlayn maʼruza oʻtkazish hamda masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan taʼminlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻi hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab ilgʻor xorijiy, shu jumladan Turkiya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bilan kelishuv asosida qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash hamda talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda “Yosh tadbirkorlar” biznes-inkubatorini tashkil etish, unda hudud yoshlari uchun tadbirkorlik va startap loyihalarini amalga oshirish koʻnikmalarini shakllantirish hamda talabalarning amaliyotlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Surxondaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilarni xizmat uylari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq Termiz davlat universiteti Denov filialiga uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun operativ boshqarish huquqi asosida berilgan Denov qurilish va transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlari Institutda saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi “Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 171-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov — ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etsin va muvofiqlashtirsin, ular rahbarlarining bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini har chorakda qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov — Institut faoliyatini samarali tashkil etsin, mazkur qarorni ijro etish yuzasidan barcha zarur choralar koʻrilishini taʼminlasin, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda masʼul tashkilotlarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatsin hamda uning ijrosi boʻyicha har chorakda axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov — Institut faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda har tomonlama koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev — ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, hududda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam yoritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4681-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi PQ-4681-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Vasiylik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

T.A. Bobolov

Surxondaryo viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

R.I. Xolmurodov

Samarqand davlat universiteti rektori, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

4.

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

5.

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

6.

I.Yu. Abduraxmonov

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

7.

A.J. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

O.M. Umarov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

Sh.S. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

Sh.Sh. Shoraxmetov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

11.

A.Oʻ. Aqqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

A.I. Ikromov

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

14.

I.U. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

15.

B.Q. Sharipov

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi

16.

A.X. Toshkulov

Termiz davlat universiteti rektori

17.

lavozimi boʻyicha

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

18.

lavozimi boʻyicha

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, Vasiylik kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2020-y., 07/20/4681/0461-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)