07.04.2020 yildagi PQ-4666-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy-sanitariya xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yaxshilash, sohada yetuk va chuqur bilimga ega kadrlarni zamonaviy taʼlim standartlari asosida tayyorlash, tibbiyot tashkilotlari, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan taʼminlash, tibbiyot taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining mavqeyini oshirish, shuningdek, 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab 1-ilovaga muvofiq 47 ta tibbiyot kollejlarini Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish, amaliyot xonalarini belgilangan normativlarga asosan jihozlash, oʻquv-simulyatsion auditoriyalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valeologiya, tibbiy psixologiya, nutritsiologiya, diyetologiya, farmakologiya, kineziologiya, reabilitologiya, profpatologiya fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishini joriy etish hamda mazkur texnikumlarning oʻquv rejalari va fan dasturlarini ilgʻor xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarida masofaviy taʼlim orqali dars mashgʻulotlarini oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy saqlash, faoliyat yuritish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash xarajatlari Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor oʻrinbosarlari) bir vaqtning oʻzida ushbu oliy taʼlim muassasa klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari oʻquv rejalaridagi mutaxassislikka oid boʻlmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik ordinaturasiga (rezidenturasiga) maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursini viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida tashkil etish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hududlarning shifokorlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bakalavriatning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy taʼlim (davolash ishi)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tibbiyot oliy taʼlim muassasalari “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Kasbiy taʼlim (davolash ishi)” yoʻnalishlari bitiruvchilari yashash boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berish majburiyati kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan takliflarni amalga oshirish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Vazirlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 oʻquv yilida tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida oʻqishga maqsadli qabul parametrlarini 50 foizgacha oshirishni inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) taʼlim bosqichidan qatʼi nazar 2-ilovaga muvofiq chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi xalqaro sertifikatga ega boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalariga (mutaxassislik fanlarni “qoniqarli” bahoga oʻzlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida qoʻshimcha toʻlov amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat tibbiyot muassasalarining xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingidagi tibbiyot yoʻnalishida birinchi 200 oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalarida klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan, shuningdek, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan xodimlari lavozim maoshiga quyidagi miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan xodimga — mehnatga haq toʻlashni eng kam miqdorining yetti baravariga teng miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan xodimga — mehnatga haq toʻlashni eng kam miqdorining oʻn besh baravariga teng miqdorda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uch oy muddatda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash boʻyicha alohida tibbiyot oliy taʼlim muassasasini tashkil qilish va oʻquv jarayonini 2020/2021 oʻquv yilidan boshlashni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini Oʻzbekistonda tashkil etish yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida xalqaro fakultetlar, shuningdek, filiallarni ochish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlik Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlarini jalb qilgan holda ushbu universitetlar hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab sogʻliqni saqlash sohasi uchun menejer mutaxassislarni (Master of Healthcare Administration) tayyorlash boʻyicha magistrlik yoʻnalishini joriy qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi 2022/2023 oʻquv yilida sogʻliqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yoʻnalishi boʻyicha davlat granti asosida tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash choralarini koʻrsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-avgustga qadar mutaxassislik yoʻnalishlarida asosiy hisoblangan xalqaro tan olingan mualliflarning adabiyotlari, shuningdek, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini qoʻllash boʻyicha xorijiy darsliklarni mualliflik huquqlar talablariga rioya qilgan holda belgilangan tartibda oʻzbek tiliga tarjima qilish asosida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu tadbirlarni moliyalashtirish Vazirlik va tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlik hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 1-sentabrdan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida joylashgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlikning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) etib qayta tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning koʻp tarmoqli klinikasini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlmagan hududlarda (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida) hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallarini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda 2021-yilgi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari hisobidan xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv-simulyatsion markazini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning koʻp tarmoqli klinikasi muassisi Markaz hisoblanadi hamda uning faoliyati Markaz tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Markazning koʻp tarmoqli klinikasi bosh shifokori hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida toʻplanadigan kreditlar hajmi 4-ilovaga muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimida 2020-yil 1-sentabrdan boshlab akkreditatsiyadan oʻtmasdan, Vazirlik tomonidan har yili tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida oʻqitish huquqi quyidagi muassasa va tashkilotlarga taqdim etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan va pullik asosda — respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pullik asosda — nodavlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari hamda tegishli tibbiy-sanitariya mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv-simulyatsion markazi (shu jumladan mobil oʻquv-simulyatsion markaz) va ilmiy darajaga ega mutaxassislari mavjud boʻlgan xususiy tibbiyot tashkilotlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shu jumladan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish mazkur bandda belgilangan muassasa va tashkilotlar tomonidan joylarda tashkil etiladigan sayyor sikllar va masofadan turib oʻqitish asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimida tibbiyot xodimlarini oʻqitish bilan shugʻullanadigan tashkilotlarga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilishda yaqindan koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Belgilab qoʻyilsinki, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlar uchun har 5 yilda malaka toifasini olish boʻyicha majburiy attestatsiyadan oʻtish tartibi kiritiladi hamda ularga qulaylik yaratish va shaffof oʻtkazilishini taʼminlash uchun attestatsiyani onlayn tartibda audio va videokuzatuv ostida tashkil etish tizimi joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlov bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlari uchun malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari (shu jumladan nodavlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari), respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirishdan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassislarga oʻtilgan oʻqish kreditlari koʻrsatilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadigan namunadagi sertifikat rasmiylashtirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4666-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Hudud

Kollej nomi

Kollejlar negizida tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumlari

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus tibbiyot kolleji

Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

2.

Qoʻngʻirot tibbiyot kolleji

Qoʻngʻirot Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

3.

Xoʻjayli tibbiyot kolleji

Xoʻjayli Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

4.

Andijon viloyati

Andijon tibbiyot kolleji

Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

5.

Boʻston tibbiyot kolleji

Boʻston Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

6.

Qoʻrgʻontepa tibbiyot kolleji

Qoʻrgʻontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

7.

Paxtaobod tibbiyot kolleji

Paxtaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

8.

Buxoro viloyati

Buxoro tibbiyot kolleji

Buxoro Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

9.

Afshona tibbiyot kolleji

Afshona Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

10.

Qorakoʻl tibbiyot kolleji

Qorakoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

11.

Jizzax viloyati

Jizzax tibbiyot kolleji

Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

12.

Doʻstlik tibbiyot kolleji

Doʻstlik Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

13.

Zomin tibbiyot kolleji

Zomin Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

14.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tibbiyot kolleji

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

15.

Muborak tibbiyot kolleji

Muborak Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

16.

Shahrisabz tibbiyot kolleji

Shahrisabz Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

17.

Namangan viloyati

Namangan tibbiyot kolleji

Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

18.

Kosonsoy tibbiyot kolleji

Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

19.

Chortoq tibbiyot kolleji

Chortoq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

20.

Norin tibbiyot kolleji

Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

21.

Navoiy
viloyati

Navoiy tibbiyot kolleji

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

22.

Xatirchi tibbiyot kolleji

Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

23.

Samarqand viloyati

Samarqand tayanch tibbiyot kolleji

Samarqand Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

24.

Ishtixon tibbiyot kolleji

Ishtixon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

25.

Samarqand viloyati

Kattaqoʻrgʻon tibbiyot kolleji

Kattaqoʻrgʻon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

26.

Pastdargʻom tibbiyot kolleji

Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

27.

Paxtachi tibbiyot kolleji

Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

28.

Siyob tibbiyot kolleji

Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

29.

Urgut tibbiyot kolleji

Urgut Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

30.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tibbiyot kolleji

Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

31.

Surxondaryo viloyati

Denov tibbiyot kolleji

Denov Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

32.

Termiz tibbiyot kolleji

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

33.

Sariosiyo tibbiyot kolleji

Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

34.

Sherobod tibbiyot kolleji

Sherobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

35.

Toshkent viloyati

Bekobod tibbiyot kolleji

Bekobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

36.

Olmaliq tibbiyot kolleji

Olmaliq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

37.

Zangiota tibbiyot kolleji

Zangiota Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

38.

Yangiyoʻl tibbiyot kolleji

Yangiyoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

39.

Fargʻona viloyati

Beshariq tibbiyot kolleji

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

40.

Margʻilon tibbiyot kolleji

Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

41.

2-Margʻilon tibbiyot kolleji

2-Margʻilon Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

42.

Quva tibbiyot kolleji

Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

43.

Rishton tibbiyot kolleji

Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

44.

Xorazm viloyati

Urganch tibbiyot kolleji

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

45.

Toshkent shahri

1-Respublika tibbiyot kolleji

1-Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

46.

Chilonzor tibbiyot kolleji

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

47.

Yunusobod tibbiyot kolleji

Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot oliy taʼlim muassasasi talabalari stipendiyasiga 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab qoʻshimcha ravishda bazaviy stipendiya miqdorida ustama toʻlashda inobatga olinadigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi xalqaro sertifikatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Sertifikatlar nomi

Tillar

Minimal ballar

1.

International English Language Testing System (IELTS academic)

Ingliz tili

6,5

2.

Test of English as a Foreign Language (TOEFL)

IBT 72

3.

Cambridge Assessment English PET

B2

4.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

B2

5.

TestDaf

B2

6.

Deutsches Sprachdiplom

DSD II

7.

Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF)

Fransuz tili

B2

8.

Test de Connaissance du Français (TCF)

B2

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni (professor-oʻqituvchilar tarkibi, oʻquv-yordamchi xodimlar, fakultetlar xodimlari, shuningdek, texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimi texnik va xizmat koʻrsatish xodimlarini hisobga olmaganda) — 56 nafar, ulardan boshqaruv xodimlari — 28 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Shtatlar Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Shtat birliklari soni oliy taʼlim muassasalari uchun nazarda tutilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida toʻplanadigan kreditlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAJMI

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Taʼlim oluvchilar kontingenti

Kreditlar hajmlari*

Jami

shundan, bir yilda quyidagidan kam boʻlmagan

1.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining oliy maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

288**

36

2.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga kirmaydigan boshqa davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarining oliy maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

250***

50

3.

Oʻrta maxsus maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika kadrlari

140****

28

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Besh yil davomida toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 288 ta kreditdan 144 tasi tegishli tibbiy taʼlim muassasalari va tashkilotlarida pullik asosda taʼlim olish orqali toʻplanadi, undan keyin qolgan 144 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼlim olish orqali toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** 250 ta kredit tegishli tibbiy taʼlim muassasalari va tashkilotlarida pullik asosda toʻplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**** 140 ta kredit davlat tibbiyot muassasalarining kadrlari tomonidan tegishli davlat tibbiy taʼlim muassasalari va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼlim olish orqali, nodavlat tibbiyot tashkilotlarining kadrlari tomonidan — pullik asosda toʻplanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2020-y., 07/20/4666/0402-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)