ILOVA
1-ILOVA
|
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Ijro muddati | |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Adliya vazirligi |
|
Normativ-huquqiy hujjatlarning gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish reja (keyingi oʻrinlarda — reja) loyihasini shakllantirish maqsadida davlat organlariga oʻz takliflarini taqdim etishlari uchun soʻrov yuboradi. |
|
Reja loyihasini shakllantirishdan oldin |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar |
|
Davlat organlari gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun oʻz faoliyatining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatini birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi. |
|
Adliya vazirligi soʻroviga asosan unda koʻrsatilgan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Adliya vazirligi |
|
1. Davlat organlari tomonidan berilgan takliflarni umumlashtiradi. 2. Reja loyihasiga normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllash amaliyotini tahlili asosida ishlab chiqilgan takliflarni kiritishi mumkin. 3. Reja loyihasini tasdiqlashdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash boʻyicha komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) kelishish uchun taqdim etadi. 4. Rejani tasdiqlaydi. |
|
Har uch yilda bir marotaba yilning |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
|
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar |
|
1. Rejada belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarni gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi. 2. Gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy axborot va takliflarni oʻz ichiga olgan xulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi. |
|
Rejada belgilangan muddatlarda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich |
|
Adliya vazirligi |
|
1. Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga nomuvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganadi. 2. Oʻrganish natijalariga koʻra, xulosalarni maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emas deb topadi. |
|
Bir oy muddatda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich |
|
Adliya vazirligi |
|
Normativ-huquqiy hujjatlardagi gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar boʻyicha tayyorlangan va umumlashtirilgan xulosalarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etadi. |
|
Rejada belgilangan muddatda |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich |
|
Komissiya |
|
Umumlashtirilgan xulosalarning tahlili asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatda gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar mavjud deb topilgan hollarda, ularni bartaraf etish maqsadida mazkur normativ-huquqiy hujjatni bajarish va qoʻllash uchun masʼul boʻlgan davlat organlariga tegishli normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha aniq muddatini koʻrsatgan holda topshiriq berish huquqiga ega. |
|
Zaruratga koʻra |
2-ILOVA
|
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING GENDER-HUQUQIY | ||||
| | | | | |
| 1. Normativ-huquqiy hujjat turi. ___________________________________________________________________________________________ 2. Normativ-huquqiy hujjat nomi va rekvizitlari. ___________________________________________________________________________________________ 3. Gender-huquqiy ekspertizani oʻtkazuvchi davlat organi. ___________________________________________________________________________________________ 4. Gender-huquqiy ekspertizani oʻtkazish uchun asos. ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ 5. Normativ-huquqiy hujjatda aniqlangan gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va ularni bartaraf etish uchun tayyorlangan takliflar.* ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________ | ||||
| | | | | |
| | | | | |
| Rahbar | | | |
________________ |
| 20___ yil “_____” _______________ | | |
( imzo ) | |
3-ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Ijro muddati |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar (ishlab chiquvchi) |
|
1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari tegishli loyiha boʻyicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasida aks ettiriladi. 2. Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq boʻlsa, yuridik xizmat loyihani tegishli eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi. |
|
Zaruratga koʻra |
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Ishlab chiquvchi |
Loyiha yuridik xizmat tomonidan gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin birinchi rahbar (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va belgilangan tartibda manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi. |
Loyiha boʻyicha yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Manfaatdor organlar va tashkilotlar |
Kelishish jarayonida loyihani gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazishi va shu boʻyicha oʻzlarining taklif va eʼtirozlarini ishlab chiquvchiga bildirishlari mumkin. |
Zaruratga koʻra | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Ishlab chiquvchi |
Adliya organlariga huquqiy ekspertizadan va uning doirasida gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi. |
Manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilgandan soʻng | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Adliya organlari |
1. Loyihani huquqiy ekspertiza doirasida uning gender tengligi prinsiplariga muvofiqligi va jins boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish holatlari vujudga kelishiga shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi. 2. Loyihani gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari huquqiy ekspertiza boʻyicha tegishli xulosada aks ettiriladi, unda gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan normalarning mavjudligi toʻgʻrisida asoslantirilgan maʼlumot beriladi va loyihani qayta ishlash zarurligi toʻgʻrisida takliflar yoki bunday normalar yoʻqligi koʻrsatiladi. |
Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida hamda boshqa tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan muddatlarda |