1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi);
2.Moliya / Birja faoliyati]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, tovar xom ashyo birjalari tomonidan tashkil etilayotgan birja va elektron savdolarda shaffoflik darajasini oshirish, shuningdek, elektron savdolar jarayoniga aralashish va ularning natijalarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — “OʻzRTXB” AJ) aksiyadorlarining 2019-yil 19-noyabrdagi umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ilgʻor axborot-texnologiyalarini joriy etish va birja faoliyatida elektron tijoratni izchil rivojlantirish, talab va taklif hamda narxlarni prognozlashtirish uchun tovar bozorlarini, shuningdek, tovar bozorlari konyunkturasiga jiddiy taʼsir etuvchi omillarni har tomonlama tahlil qilish boʻyicha dolzarb vazifalarni hisobga olgan holda jamiyatning yangilangan tuzilmasi tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “OʻzRTXB” AJ faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkaziladigan savdolar shaffofligini taʼminlaydigan, shuningdek, birjaning barcha platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarini oʻtkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-menejment uslublarni joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va “OʻzRTXB” AJning 2020-yil 1-iyundan quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar segmentlari boʻyicha birja savdolarini mahsulotning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja aʼzolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni seksiya tamoyili boʻyicha sotishni taʼminlash va brokerlik oʻrinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish boʻyicha shaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik shaxslarni birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi boʻyicha faoliyat koʻrsatuvchi birja aʼzolarining malaka darajasini har 3 yilda muntazam aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi asosiy tartib-taomillarni nazarda tutuvchi Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari orqali sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar hajmini shakllantirish, ularning boshlangʻich narxlarini hamda oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarida tuziladigan bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatga kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotishni nazarda tutuvchi “forvard” savdo turini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrtacha birja kotirovkalarini hisoblash hamda mahsulot narxlarining monitoringini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.01.00 Birjalar va ularning faoliyatini tashkil etishning umumiy qoidalari. Birjalarning ixtisoslashuvi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari mexanizmlarini takomillashtirish va “OʻzRTXB” AJ faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejasi

T/r
Tadbirlar nomi
Amalga oshirish shakli
Amalga oshirish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Oʻtkaziladigan savdolar shaffofligini taʼminlaydigan, shuningdek, barcha birja platformalarida elektron savdolarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga aralashish hamda ularning yakunlarini notoʻgʻri koʻrsatish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaydigan innovatsion IT-texnologiyalarni joriy etish
1.
Birja elektron savdo platformalari uchun yagona kliring tizimini yaratish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi
2.
Birja savdosining savdo tizimini modernizatsiya qilish, mahsulotning oʻziga xos xususiyatlarini va birja aʼzolarining foydalanish huquqini hisobga olgan holda, tovarlar segmentlari boʻyicha savdolarni alohida seksiyalarda tashkil etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
3.
Quyidagilar boʻyicha savdolarni tashkil etishni nazarda tutuvchi yangi savdo vositalarini joriy etish:
tovarni 1 oydan ortiq boʻlgan muddatda yetkazib berish boʻyicha forvard bitimlar;
ikki tomonlama qarama-qarshi auksion savdolari.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil may
2020-yil avgust
“OʻzRTHB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
4.
Chakana savdo korxonalariga “V2V”, “V2S” va “S2S” formatida elektron tijorat bozoriga kirish uchun soddalashtirilgan holda foydalanish uchun elektron savdo tizimini (elektron gipermarket) joriy qilish.
Savdo qoidalarini ishlab chiqish
2021-yil avgust
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
5.
Elektron tijorat va logistika sohasida tajribaga ega boʻlgan hamkorlarni jalb qilgan holda, “UZEX innovation” MCHJ negizida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shu jumladan:
birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlash va logistika qilish elektron dasturini ishlab chiqish;
elektron xaridlar tizimini yanada takomillashtirish;
birjaning barcha savdo platformalarida oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraqdan foydalanishni joriy etish;
birja savdolarining elektron tizimini yagona kliring tizimiga integratsiyalashgan yangi dasturiy tizimini ishlab chiqish.
“UZEX innovation” MCHJning moddiy-texnik jihatdan barqarorligini taʼminlash.
Hamkorlarni jalb qilish, innovatsion savdo platformalarini yaratish
2020-yil sentabr
“OʻzRTXB” AJ
6.
Birjaning axborot tizimida auksion oʻtkazish orqaliisteʼmolchilarga talab etilgan raqamlar kombinatsiyasi bilan mobil raqamlarni shaffoflik va raqobat asosida realizatsiya qilish mexanizmini joriy qilish.
Kelishuv imzolash
kelishuvga qarab
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, uyali aloqa operatorlari
7.
Birjaning barcha elektron savdo platformalari uchun mobil dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ
8.
Birja va uning aʼzolari, shuningdek, mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarning interfaol shakliga oʻtish uchun elektron hujjat aylanish tizimini joriy etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ, Davlat soliq qoʻmitasi,
9.
Elektron savdolar natijalarining havfsiz saqlanishini taʼminlash maqsadida maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha maʼlumotlar markazi zaxirasini yaratish.
Muhandislik tuzilmasini barpo etish
2020-2022-yillar
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
10.
Intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof foydalanish, aralashishdan texnik va huquqiy himoya qilish vositalarining axborot xavfsizligi taʼminlanishini hisobga olgan holda, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish yoki birja axborot tizimlarini modifikatsiyalashtirish.
Tashkiliy-texnik tadbirlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi
II. Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarida konyunkturani, jumladan, tovar bozorlarida konyunkturaga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish
11.
Narxlarni, talab va taklifni prognozlashtirish maqsadida tovar bozorlarini, jumladan, tovar bozorlariga jiddiy taʼsir oʻtkazuvchi omillarni samarali va har tomonlama tahlil etish ishlarini tashkil qilish.
Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
12.
Tashqi va ichki tovar bozorlarining holati va rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash maqsadida vazirliklar, idoralar, ilmiy-tekshirish markazlari, institutlar va boshqa tashkilotlar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan maʼlumotlar yagona axborot-tahlil bazasini yaratish.
Dasturiy modulni ishlab chiqish, idoralararo kelishuvlarni tuzish
2020-yil aprel
“OʻzRTXB” AJ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi
13.
Birjaning maxsus elektron savdo maydonchasidagi elektron savdolar natijalariga koʻra tuzilgan bitimlar boʻyicha yuklarni avtomobil transportida tashish xizmatlarini xarid qilish va koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil may
“OʻzRTXB” AJ, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
14.
Xalqaro ixtisoslashgan tashkilotlar doirasida birjalararo hamkorlikni rivojlantirish va faoliyatni faollashtirish.
Tashkiliy tadbirlar kompleksi
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ
15.
“OʻzRTXB” AJning elektron savdo tizimlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.
Tashkiliy tadbirlar kompleksi
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ,
16.
“Tovar bozorlari” toʻgʻrisida elektron statistik-tahliliy toʻplamlarini nashr ettirish.
Elektron toʻplam
har chorakda
“OʻzRTXB” AJ,
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
17.
Tovar bozorlari sharhlariga bagʻishlangan korporativ bosma nashrlar chop etish va telekoʻrsatuvlar tayyorlash.
Tashkiliy chora-tadbirlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ
III. Birja savdolarini oʻtkazish shakllarini takomillashtirish va yangi savdo vositalarini, hisob-kitoblarni joriy etish, shuningdek, elektron tijoratni jadal rivojlantirish
18.
Birja aʼzolari reytingini aniqlash boʻyicha baholashning tabaqalashgan mezonlarini nazarda tutuvchi yangi tizimni joriy etish va natijalarini birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirib borish.
“OʻzRTXB” AJ boshqaruv qarori
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
19.
Mahsulotni seksiya prinsipi boʻyicha sotish va brokerlik oʻrinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish boʻyicha shaffof mexanizmni joriy etishni inobatga olgan holda yuridik shaxslarni birja aʼzolari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.
“OʻzRTXB” AJ boshqaruv qarori
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
20.
Koʻrgazma-yarmarka savdolarini quyidagilar orqali modernizatsiya qilish va elektron savdo uslublarini kengaytirish:
xarid uchun elektron savdolarning yangi usullarni joriy etish (narx shakllantirish, narx soʻrash va boshqalar);
eksport-import amaliyoti mexanizmini va hisob-kitob tartibini takomillashtirish;
tarmoqlar elektron savdo maydonchalarini tashkil etish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil
aprel
“OʻzRTXB” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
21.
Davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalini quyidagilar orqali takomillashtirish:
tanlov va tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazish jarayonlariga elektron tizimlarni joriy etish;
davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida jadal kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish imkonini beruvchi zamonaviy savdo vositalariga asoslangan elektron xarid platformasini joriy qilish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona klassifikatorining elektron modulini ishlab chiqish.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish va joriy etish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ,
Moliya vazirligi
22.
Tovar-xom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzish mexanizmini joriy etish. Bunda:
tovar-xom ashyo birjalari ochiq elektron savdolarida sotilgan import mahsulotlarga toʻlovlar (zakalatdan tashqari) uchun chet el valyutasi birjada import bitimituzilganligi hamda uni Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganligi birja tomonidan majburiy tarzda tasdiqlangandan soʻng savdolar qatnashchisi-rezidentlar tomonidan vakolatli banklar orqali sotib olinadi;
sotib olingan valyuta mablagʻlari import birja bitimlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish uchun savdolar qatnashchisi-rezidentning tovar-xom ashyo birjalari hisob-kliring palatasida ochilgan shaxsiy hisobraqamiga oʻtkaziladi;
Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimiga import bitimlari (umumiy maʼlumotlar), shuningdek, mablagʻlarning harakati boʻyicha maʼlumotlarni kiritish tovar-xom ashyo birjalari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar
2020-yil may
“OʻzRTXB”, Markaziy bank,
tijorat banklari
IV. Xalqaro standartlar talablariga muvofiq zamonaviy va samarali moliyaviy va HR-menedjment uslublarni joriy etish
23.
“OʻzRTXB” AJ rahbarlari va xodimlari faoliyatini integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mexanizmini takomillashtirish orqali zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish.
Faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
24.
Moliyaviy hisobot auditiga yetakchi auditorlik kompaniyalarini jalb etish.
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish
2020-yil boshidan
“OʻzRTXB” AJ
25.
ISO 9001 — 2015 xalqaro standarti boʻyicha SMKni qayta sertifikatlash orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini boshqarish tizimlarini takomillashtirish.
Sertifikatsiya auditini oʻtkazish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
26.
Tegishli Xalqaro korrupsiyaga qarshi standartga (ISO 37001 — 2016) muvofiq sertifikatlash orqali korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish.
Sertifikatsiya auditini oʻtkazish
2020-yil iyun
“OʻzRTXB” AJ
27.
“OʻzRTXB” AJning tashqi bozorlarda ishonchli va barqaror imidjini shakllantirish maqsadida rebrending va xorijiy birjalar standartlariga mos boshqaruv tizimini joriy qilish.
Tashkiliy
chora-tadbirlar
2020-yil
“OʻzRTXB” AJ
28.
“OʻzRTXB” AJning:
Sirdaryo viloyati, Guliston shahri Oʻzbekiston shox koʻchasida joylashgan binoning qurilishini yakunlab, belgilangan tartibda sotish;
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
may
“OʻzRTXB” AJ,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Navoiy koʻchasi 205-uy manzilidagi biznes-markazi binosi boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilganligini inobatga olib, binoga boʻlgan tasarruf etish huquqini rasmiylashtirish va kelgusida samarali foydalanish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
aprel
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “OʻzRTXB” AJ
29.
Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan samarali HR-menejment tizimini yaratish.
Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish
2020-yil avgust
“OʻzRTXB” AJ,
Mehnat vazirligi
30.
Birja xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda yuqori malakali, tashabbuskor va sof vijdonli mutaxassislar bilan toʻldirish, ularni kasbga uzluksiz oʻqitish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil
iyul
“OʻzRTXB” AJ
31.
Mutaxassislarning xorijga stajirovkasini muntazam ravishda tashkil etish orqali birja xodimlari va aʼzolarining malakasini oshirish.
Xorijiy safarlar
doimiy ravishda
“OʻzRTXB” AJ,
“El-yurt umidi” fondi
32.
Oliy oʻquv yurtlarida “Birja ishi” yoʻnalishida kadr tayyorlashni tashkil qilish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil iyul
“OʻzRTXB” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab, qayta koʻrib chiqilishi yoki bitta hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 324-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/324/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizom
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom birja savdolarida monopolist korxonalar, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar hamda qonunchilikda yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotish nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan ichki bozorda va eksportga bozor tamoyillari asosida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga oladigan summa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulot — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qaroriga ilovadagi roʻyxatga muvofiq mahsulotlar, xom ashyo va materiallar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja bitimi — birja savdolarining natijasi boʻyicha tuzilgan va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan birja tovari oldi-sotdi shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi — qonunchilik hujjatlarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja orqali sotishi nazarda tutilgan tashkilotlar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — birja savdolari orqali mahsulot sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarining elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — BSET) — birja aʼzolariga aniq vaqt rejimida birja savdolarida ishtirok etish imkoniyatini beradigan, dasturiy-apparat vositalari majmuini oʻz ichiga olgan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Mahsulotlar hajmini shakllantirish va ularni birja savdolari orqali sotish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mahsulotlarni birja savdolari orqali ichki bozorda va eksportga sotish mazkur Nizomga 1- va 2-ilovalardagi sxemalarga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Birja savdolariga qoʻyiladigan mahsulotlar hajmlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar koʻrsatkichlariga muvofiq hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda boshqa masʼul vazirliklar yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, shuningdek, ularning bajarilishi boʻyicha oylik va choraklik grafiklardan koʻchirmalarni ular tasdiqlangan kundan boshlab bir ish kunida monopoliyaga qarshi kurashish organiga yuboradi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchilar savdo kunlari boʻyicha teng qoʻyishni hisobga olgan holda, yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar asosida hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda, qoʻyish jadvallarini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularni birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi va ushbu mahsulotlarni mazkur jadvallarda belgilangan muddatlar va hajmlarda birja savdolariga qoʻyib boradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish organi sotuvchilarga yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlar koʻrsatkichlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda, mahsulotni birja savdolariga qoʻyish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish haqida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish organining mahsulotni birja savdolariga qoʻyish jadvallari parametrlariga tuzatishlar kiritish haqidagi koʻrsatmalarining bajarilmasligi hamda mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini belgilangan muddatda Qoʻmitaga taqdim etmaslik qoidabuzarlikka, yaʼni mahsulotlarni birja savdolariga tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻymaganlikka tenglashtiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopolist va davlat ulushi mavjud tashkilotlar har oylik yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni yuklash grafigini kunlarga taqsimlagan holda, birja rasmiy veb-saytida kelgusi oy boshlanishidan uch kun oldin joylashtiradi, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sotuvchilar obyektiv va ularga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli jadvallarda nazarda tutilgan hajmlarni va mahsulotni birja savdolariga qoʻyish muddatlarini bajarishning imkoniyati boʻlmagan holatlarda, bu haqda mahsulotni birja savdolariga qoʻyish sanasidan oʻn kun avval, favqulodda yuzaga kelgan vaziyatlarda esa shu kunning oʻzidayoq aniq sabablarni koʻrsatib hamda ombordagi mavjud mahsulot zaxirasi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan maʼlumotlarni taqdim etgan holda monopoliyaga qarshi kurashish organi va birjani xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish organi, zarur boʻlganda, mutasaddi idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda, joyiga chiqib, mavjud muammolarni oʻrganadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Birja savdolarida yiriklashtirilgan moddiy balanslar va prognozlarga asosan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarga qoʻyiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari keyingi birja savdosiga takroran qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari yakuni boʻyicha bitim tuzilib, keyinchalik xaridor tomonidan bekor qilingan, tanlanmagan yoki sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagani uchun bekor qilingan bitimlar hajmlari bitim bekor boʻlgan kundan boshlab bir ish kuni ichida sotuvchi tomonidan birja savdolariga takroran qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur hajmlar boʻyicha sotuvchi mahsulotning (xalqaro birjalardagi narxlarga bogʻlangan mahsulotlar bundan mustasno) boshlangʻich narxini qayta koʻrib chiqishi, boshlangʻich narxdan past narx berish boʻyicha buyurtmalarni qabul qilishi hamda savdolarni ikki tomonlama auksion tartibi orqali oʻtkazilishi boʻyicha tovar-xom ashyo birjalariga murojaat qilishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 220-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 09/25/220/0334-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Sotuvchi va xaridorlarga mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish, sotish, sotib olish, majburiyatlarni bajarish va bitimlarni bekor qilishda mazkur Nizom hamda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan monopoliyaga qarshi talablar qoʻllaniladi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Boshlangʻich narxlarni, oʻzaro hisob-kitoblar va mahsulotni yuklab joʻnatish mexanizmini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mahsulotni birja savdolariga qoʻyishning boshlangʻich narxi quyidagicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar darajasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxlar tartibga solinmaganda — sotuvchi-korxona tomonidan mustaqil shakllantirilgan narxda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mis katodini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxini London metall birjasi (keyingi oʻrinlarda — LMB) narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023 — 2030-yillarda 4 foiz miqdorida chegirma bilan va unga soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoʻshgan holda;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
misdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlangʻich narxlari LMB narxidan 2021-yil 1-apreldan — 8 foiz, 2022-yilda — 6 foiz va 2023 — 2026-yillarda 4 foiz miqdorida chegirma bilan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarni va soliq haqidagi qonunlar asosida hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoʻshgan holda;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metall ruxini birja savdolariga qoʻyishda uning boshlangʻich narxi LMB narxiga qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holda, ruxdan ishlab chiqarilgan boshqa mahsulotlar boshlangʻich narxlari esa LMB narxlariga ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga sarflangan qoʻshimcha xarajatlarni va umumiy summaga qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holda aniqlanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Birja bitimlari ijrosini taʼminlash maqsadida tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar birjaning hisob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKP) orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Birja bitimlari birja savdolariga qoʻyilgan tovar umumiy qiymati va moʻljallanayotgan bitim hajmi boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan 10 foizgacha boʻlgan avans sotuvchi va xaridorlar tomonidan kiritilib, hisob-kitoblar HKP orqali amalga oshirilgandan soʻng tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Birja aʼzolari sotuvchi va xaridorning topshirigʻiga asosan BSETga arizalar taqdim etish orqali birja bitimlarini amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. BSET qarama-qarshi buyurtmalarni birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlarni roʻyxatga oladi va soʻngra BSET dasturiy kompleksi tomonidan tuzilgan bitimlar reyestri shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Birja vositachilik yigʻimlari bitimning keyinchalik rasmiylashtirishidan qatʼiy nazar undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xaridor birja oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda tuzilgan birja bitimlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun mablagʻlarni birjaning talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob-raqamiga oʻtkazishi shart. Bunda majburiyatni bajarish uchun toʻlangan zakalat pulidan foydalanish mumkin.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. HKP xaridorlar tomonidan toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxatini sotuvchiga yuboradi. Yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni yuklab joʻnatish kuni shartnomada belgilangan muddatlar doirasida amalga oshirilgan toʻlovlarning tartibiga koʻra xaridor tomonidan shaxsiy kabinet orqali aniqlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kliringni oʻtkazish tartibi va tuzilgan birja bitimlari ijrosini taʼminlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalarida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish qoidalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan sotish (forvardlar)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bitimlar boʻyicha mahsulotni bir oydan ortiq muddatda kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan yetkazib berish muddati (keyingi oʻrinlarda — forvard bitimlari) namunaviy forvard shartnomasini ochishda sotuvchi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Namunaviy forvard shartnomasi tafsilotlari quyidagi asosiy shartlarni oʻz ichiga olishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma boʻyicha yuklab joʻnatish davri (yuklab berish oyi);
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot nomi, navi va markasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lot hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida shartlar;

20. Sotuvchi va xaridorlar forvard bitimlar boʻyicha savdolarda qatnashish uchun HKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga moʻljallanayotgan bitim summasining 10 foizgacha boʻlgan miqdorida avans kiritadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 570-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bitim tuzilganidan soʻng xaridor forvard shartnomasida koʻrsatilgan muddat ichida sotuvchi hisobraqamiga qolgan pul mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda toʻlov muddati 15 ish kunidan kam boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor tomonidan toʻlov belgilangan muddatdan oldin amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi forvard shartnomasi boʻyicha toʻliq toʻlovni qabul qilgandan soʻng toʻlov sanasi haqida birjani bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Sotuvchi tomonidan tuzilgan shartnoma boʻyicha mahsulotni yuklab berish majburiyati asossiz bajarilmaganda, shartnoma boʻyicha kiritilgan avans summasidan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun shartnoma qiymatining 0,1 foizi miqdorida penya toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda penya shartnoma boʻyicha xaridor tomonidan toʻlov majburiyatlari toʻliq bajarilgan kundan boshlab, sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan mahsulot toʻliq hajmda yetkazib berilgunga qadar yoki buning imkoniyati mavjud boʻlmasa, shartnoma qiymati toʻliq qaytarib berilguniga qadar har bir kun uchun hisoblanadi.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sotuvchi va xaridor forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida mahsulotni yuklash muddatini kelishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sotuvchi tomonidan forvard shartnomasi boʻyicha mahsulot bir oydan kam boʻlmagan muddatda yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda sotuvchi tomonidan mahsulotni toʻliq yuklab joʻnatishda rasmiylashtirilgan hisobvaraq va (yoki) yuk xatining sanasi shartnoma tuzilgan kundan boshlab bir oydan kam boʻlmasligi shart.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Avans ajratish va birja bitimini yopish kliring oʻtkazish tartibi va tuzilgan bitimlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlashga muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) har bir mahsulot boʻyicha uning navi, sinfi, markasi, tipi, qadogʻi va boshqa xususiyatlariga koʻra savdo haftasi mobaynida oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga asosan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Savdo haftasi uchun oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N = (Q1+Q2+…+Qn)/(H1+H2+…+Hn),
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
N — oʻrtacha hisoblangan kotirovka;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Q1, 2...n — bitim narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
H1, 2...n — bitim hajmi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblashda amaldagi Birja savdolari qoidalariga muvofiq roʻyxatga olingan barcha birja bitimlari hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Savdo haftasi mobaynida roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi birinchi ish kunida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Birjalar hisob-kitob qilinadigan haftadan keyingi ikkinchi ish kuni oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytlariga va boshqa notijorat manbalariga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tovarlar sotilmagan taqdirda, birjalar tomonidan yakunlari boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkasi (narxi) hisoblab chiqarilgan savdo haftasini aks ettirgan holda, avvalgi oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narxlari) chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda takroran chop etish uch martadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Mahsulot narxlarining monitoringi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini oʻtkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Birja narxlarining oʻtgan savdolarga nisbatan keskin oshishi, talab yoki taklifning jiddiy nomutanosibligi kuzatilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning oshish sabablarini va hiyla-nayrang alomatlari mavjudligini oʻrganadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Monopoliyaga qarshi kurashish organi narxlarning keskin oshishi sabablarini aniqlashda quyidagilarni oʻrganadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar tomonidan tasdiqlangan jadvallarga muvofiq mahsulotni savdoga qoʻyish hajmlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotning xaridorligini aniqlash uchun xaridorlar buyurtmanomalari asosida mahsulotning aniq turiga boʻlgan talabning oʻzgarish danimikasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot boshlangʻich narxining, shu jumladan monopol korxonalar tomonidan monopol yuqori narxlarni qoʻllash boʻyicha oʻzgarish dinamikasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarida ulushning sunʼiy ravishda oshirilishini aniqlash maqsadida birja savdolari ishtirokchilari tomonidan mahsulotni xarid qilish hajmlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchilar tomonidan birja savdolari ishtirokchilari doirasini chegaralash maqsadida asossiz ravishda oʻrnatilgan katta hajmdagi lotlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolaridan chetga olingan mahsulot hajmlarining mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlgan kelishilgan harakatlarning mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo sessiyasi davomida birja tovariga buyurtmanoma berish orqali narxlarning oshishini va keyinchalik savdo sessiyasi yakuniga qadar ushbu buyurtmanomalarning oʻchirib tashlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja aʼzolarining birja savdosida birja tovarining narxini sunʼiy oshishi yoki pasayishiga sabab boʻluvchi harakatlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar boʻyicha belgilangan avans miqdorlari, toʻlov va yetkazib berish muddatlarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monopoliyaga qarshi kurashish organi mahsulotlar boʻyicha belgilangan avans miqdorlari, toʻlov va yetkazib berish muddatlariga oʻzgartirish kiritish haqida sotuvchilarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311. Birja savdolarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar, shu jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarni oʻtkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarga oid hujjatlarga va qoidalarga, shu jumladan, eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan talablarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarning oʻtkazilish jarayoniga va natijalariga taʼsir koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarning operatorlari va (yoki) tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari va (yoki) savdolar ishtirokchilari tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni hamda muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarda narxlarning sunʼiy ravishda shakllantirilishiga olib keladigan narx algoritmidan, yaʼni tovarlar narxini oldindan belgilangan parametrlarga asosan monitoring qilish, hisob-kitob qilish, belgilash va nazorat qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarda savdo shartlarini bir necha marta bajarmaslik natijasida tovar narxlarini raqobat mavjud boʻlganda shakllangan narxlardan (talab, taklif yoki ishlar hajmidan) ancha oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachining yoki sotuvchining savdolar natijalariga koʻra shartnoma tuzishdan asossiz ravishda boʻyin tovlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarini oʻtkazish jarayoniga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan, hiyla-nayrang hisoblanadigan harakatlar, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada sotilayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotning narxiga, talabiga, taklifiga va uni yetkazib berish shartlariga sunʼiy ravishda taʼsir etish, shu jumladan, oldindan kelishish va til biriktirishlar orqali asossiz foyda olish, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, axborotdan foydalanish orqali boshqa ishtirokchilarga mahsulotni sotib olish imkoniyatini cheklash, birja savdolari ishtirokchilarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishi, qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolarda talabning oʻzgarishiga, narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yolgʻon, asossiz maʼlumotlarni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja shartnomasi boʻyicha barcha xaridorlarga savdolarda teng ishtirok etish imkoniyatini cheklaydigan lotlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovning va yetkazib berishning asoslanmagan muddatlarini, shuningdek, oʻxshash mahsulotni sotuvchilar tomonidan belgilangan shartlardan jiddiy farq qiluvchi alohida shartlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja shartnomalarida ishtirokchilar sonini cheklaydigan alohida shartlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni savdoga qoʻyish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarni savdoga qoʻyish jadvallarida ularning hajmlarini forvard va spot shartnomalari boʻyicha asossiz ravishda nomuvofiq qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
forvard shartnomasi boʻyicha mahsulotni bir oydan kam boʻlgan muddatda yuklab joʻnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni savdoga qoʻyish jadvallarida nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qoʻymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari davomida birjaning muayyan ishtirokchisi tomonidan boshqa ishtirokchilarning buyurtmalariga nisbatan narxi noodatiy tarzda katta farq qiluvchi buyurtmalar berish, keyinchalik mazkur buyurtmalarni savdolar tugaguniga qadar olib tashlash yoki tuzilgan bitimni jarima toʻlamasdan asossiz ravishda bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
narxi qonunchilik bilan tartibga solinadigan mahsulotning boshlangʻich narxini shakllantirishning belgilangan tartibiga rioya etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich narxlarni asossiz oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja shartnomasi boʻyicha muayyan xaridor ishtirokida bekor qilingan bitimning bahosi ayni shu xaridor bilan mazkur birja shartnomasi boʻyicha keyingi ikki savdoda amalga oshirilgan bitimning eng past bahosidan past boʻlishiga olib keluvchi harakatlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat birja savdolariga qoʻyish yoʻli bilan sotilishi lozim boʻlgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotni transportning muqobil turi bilan joʻnatish imkoni boʻlgani holda, uni transportning muayyan turi bilan asossiz ravishda joʻnatishni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha savdolarga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birjada tuzilgan bitimlar va shartnomalarni jarima sanksiyalarisiz asossiz ravishda yoki muntazam asosda bekor qilish, bir tarafning yengib boʻlmas kuch holatlari munosabati bilan majburiyatlarini bajarish imkoniyati yoʻqligi isbotlangan holatlar, yaʼni favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan (fors-major) holatlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni yuklab joʻnatish navbatining izchilligiga rioya etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja shartnomalarida tovarlarning sifat koʻrsatkichlari (turi, navi, markasi va boshqalar) toʻgʻrisidagi yetarlicha axborotni koʻrsatmaslik yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi chalgʻituvchi axborotni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining ishtirokchilari uchun teng boʻlmagan sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdolar tashkilotchilari tomonidan birja savdolarining natijalarini asossiz ravishda bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchi va xaridor oʻrtasida ayni bir shaxsiy hisobvaraqda bitim tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarning narxi xususida chalgʻitish maqsadida bahosi raqobat muhitida tarkib topgan darajadan jiddiy farq qiladigan bir nechta bitimni bir kunda bir ishtirokchi tomonidan yoki bir ishtirokchining manfaati uchun tuzish.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Monopoliyaga qarshi kurashish organi oʻtkazilgan oʻrganish natijalari boʻyicha hiyla-nayrang va narxlarni asossiz oshirilgan holatlar aniqlanganda, qonunchilikda belgilangan choralarni koʻradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha birja kotirovkalari (narx)dan qimmatroq sotish, shu jumladan, eksportga sotish holatlari aniqlanganda, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilgan hajmni sotish narxi bilan birja savdolarida bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalari (narx) oʻrtasidagi farqqa koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
(321-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-apreldagi 220-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 09/25/220/0334-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulotlarni tegishli jadvallarda nazarda tutilgan muddatlar va hajmlarda qoʻyilmagan taqdirda sotuvchidan mahsulotni birja savdosiga qoʻyishning oxirgi sanasida shakllangan birja narxi bilan uning ishtirokidagi oldingi savdolar birja narxi oʻrtasidagi tafovut, sotuvchi tomonidan savdolarga qoʻyilmagan tovarning hajmiga koʻpaytirilgan mablagʻlar olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolari ishtirokchilari tomonidan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar natijasida, mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno, joriy birja narxlarining keskin koʻtarilishiga yoki qatʼiy belgilanishiga olib keladigan harakatlar aniqlanganda, oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning oʻrtacha sotilish narxi bilan raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar natijasida shakllangan mahsulot sotilish narxi oʻrtasidagi farq summasini raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar sodir etilgan savdolarda sotilgan mahsulot hajmiga koʻpaytirish orqali hisoblangan mablagʻ olib qoʻyiladi.
(321-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzilishi deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotuvchilar tomonidan mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini belgilangan muddatda birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik, shuningdek, monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolariga qoʻyiladigan va sotilmay qolgan mahsulotlar hajmlari, bekor qilingan bitimlar hajmlari, xaridor tomonidan tanlanmagan yoki amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha sotuvchi tomonidan yetkazib berilmagan hajmlar sotuvchining oʻzi tomonidan keyingi birja savdolariga takroran qoʻyilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolariga qoʻyilishi lozim boʻlgan, sotuvchilar tomonidan ichki bozorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xom ashyo birjalarida hisobga qoʻyilmasligi va ushbu maʼlumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtirilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
forvard shartnomalari boʻyicha mahsulotlarni bir oydan kam boʻlgan muddatda yuklab joʻnatilishi hamda mahsulot yuklab joʻnatish navbati boʻyicha ketma-ketlikka amal qilmaslik holatlari aniqlanganda tuzilgan forvard bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi va sotuvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi — uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga olib qoʻyiladi.
(321-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 687-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Mahsulotlarni birja savdolari orqali eksportga sotish va olib chiqib ketish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan norezidentlar tovarlarni birja savdolarida sotishlari va xarid qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Kontraktlar boʻyicha birjada xarid qilingan tovarlar uchun hisob-kitoblar chet el valyutasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan eksport kontrakti tovar-xom ashyo birjalari savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan tartibiga muvofiq birjada roʻyxatdan oʻtkaziladi va rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun brokerlar va ularning mijozlari javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksport kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qoʻyilishi uchun birja javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Kontraktlarga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar birja aʼzolarining yozma arizasiga binoan, oʻzgartirishlarni kiritish sabablarini koʻrsatgan holda kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tovarlarni olib chiqishga kontraktlarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradigan birjalar xaridor va sotuvchidan bitimni rasmiylashtirishga taalluqli boʻlmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, erkin almashtiriladigan valyutada xarid qilingan birja tovarlarini olib oʻtish va deklaratsiyalash tartibi bojxona qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 37-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat birja orqali eksport qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda, birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar boʻyicha kvotalarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi bozor konyunkturasidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, monopol va davlat ulushi mavjud tashkilotlarning asoslangan takliflariga koʻra, birja savdolarida ikki oy davomida eksport qilinmagan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va Birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomalar majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj, intizom komissiyalari yoki sudda koʻrilishiga tegishliligi toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq hakamlik sudida yohud sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Sotuvchilar yoki xaridorlar toʻlovlarni toʻlash va mahsulotni tanlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni ichki bozorga sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Sotuvchilar
Yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarning yillik ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib, birja savdolariga qoʻyiladigan hajmlar toʻgʻrisidagi takliflarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi taqdim qilish.
25-dekabrga qadar
2-bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Tegishli moddiy balanslarga va prognozlarda birja savdolariga qoʻyiladigan hajmlarni shakllantirish.
1-yanvarga qadar
3-bosqich
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Monopoliyaga qarshi kurashish organiga yiriklashtirilgan moddiy balanslarni, ularni bajarish boʻyicha har oylik va choraklik jadvallardan koʻchirmalarni yuborish.
Tasdiqlanishiga qarab
4-bosqich
Sotuvchilar
1. Moddiy balanslar va prognozlar asosida hamda ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqib kunlar boʻyicha qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish.
2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.
Har oy boshlanishidan 3 kun oldin
5-bosqich
Sotuvchilar
Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.
Har oy boshlanishidan 3 kun oldin
6-bosqich
Sotuvchilar
Boshlangʻich narxni aniqlash.
Savdoga qoʻyilishidan oldin
7-bosqich
Sotuvchilar, xaridorlar
10 foizgacha miqdordagi avans toʻlovini oʻtkazish.
Savdodan oldin
8-bosqich
Birja aʼzolari
Xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish.
Har kuni savdo sessiyasidan oldin
9-bosqich
Birja savdo elektron tizimi (BSET)
Bitimlarni shakllantirish.
Savdo sessiyasidan keyin
10- bosqich
Sotuvchi, xaridor
Toʻlovlarni toʻlash va yetkazib berish.
Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda
11-bosqich
Birjalar
Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.
Har xafta
12-bosqich
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
1. Birja narxlari monitoringi.
2. Narxlarning keskin oshishini va savdoga chiqarish jadvallarining ijrosini oʻrganish.
3. Qonunchilikka asosan choralar koʻrish.
Doimiy ravishda
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/777/1199-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni eksportga sotish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning yillik eksport prognoz hajmlaridan kelib chiqib hamda oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan shartnomalardagi va uzoq muddatli bitimlardagi (off take contract) hajmlardan istisno holda birja savdolari orqali eksport qilinadigan hajmlar boʻyicha kvotalarni shakllantirish hamda sotuvchilar vaMonopoliyaga qarshi kurashish organiga yuborish.
1-yanvarga qadar
2-bosqich
Sotuvchilar
1. Birja orqali eksportga sotish prognozlari asosida kunlar boʻyicha qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish.
2. Birja jadvallarini monopoliyaga qarshi kurashish organiga taqdim etish.
Har oyning boshlanishidan 3 kun oldin
3-bosqich
Sotuvchilar
Taqdim etilgan jadvallarni veb-saytga joylashtirish.
Har oyning boshlanishidan 3 kun oldin
4-bosqich
Sotuvchilar
Boshlangʻich narxni aniqlash.
Savdoga qoʻyilishidan oldin
5-bosqich
Sotuvchilar, xaridorlar
10 foizgacha miqdordagi avans toʻlovini oʻtkazish
Savdodan oldin
6-bosqich
Birja aʼzolari
Xaridorlarning topshirigʻi boʻyicha sotish/sotib olish uchun buyurtmanoma berish
Har kuni savdo sessiyasidan oldin
7-bosqich
Birja savdo elektron tizimi (BSET)
Bitimlarni shakllantirish
Savdo sessiyasidan keyin
8- bosqich
Sotuvchi, xaridor
Toʻlovlarni toʻlash va yetkazib berish.
Oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda
9-bosqich
Birjalar
1. Eksport kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazish hamda tashqi savdo operatsiyalarining yagona avtomatlashtirilgan elektron tizimida hisobga qoʻyish.
2. Oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalarini (narxlarini) hisoblash va ularni veb-saytga joylashtirish.
Har xafta
10-bosqich
Sotuvchilar
Birja savdolarida mahsulot ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilish.
Zarur hollarda
11-bosqich
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
1. Birja narxlari va tuzilgan eksport kontraktlari monitoringini yuritish.
2. Mahsulotlarni ikki oy davomida realizatsiya qilinmagan hollarda sotuvchilar murojaatiga muvofiq sabablarini oʻrganish, zarur hollarda tashqi bozor konyunkturasidan kelib chiqib toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolashga ruxsat berish.
Sotuchilar murojaatiga muvofiq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz isteʼmolchilari va gaz bilan taʼminlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisida” 2005-yil 26-maydagi 132-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 28-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy balanslarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish tartibi toʻgʻrisida” 2006-yil 28-iyundagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 46-modda).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-oktabrdagi 213-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 75-modda) ilovaning 9 va 14-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 55-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 90-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2007-yil 23-oktabrdagi 222-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 58-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 4-martdagi 36-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-11-son, 60-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Neft mahsulotlarini yetkazib berilganligi uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 13-martdagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda) ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 9-modda) ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 7-apreldagi 66-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 16-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 53-modda) 3-bandi, shuningdek, qarorga 2-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 13-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xom ashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 21-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 56-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 3-fevraldagi 30-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 6-modda) ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-maydagi 143-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 14, 17 va 21-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 7-martdagi 69-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 18-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 31-maydagi 152-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 34-modda) ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xoʻjaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 5-avgustdagi 218-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 52-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilovaning 37 va 58-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 1-noyabrdagi 295-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 11-son, 78-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 6-oktabrdagi 278-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 41-son, 505-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 7-son, 53-modda) 7-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2015-yil 25-dekabrdagi 372-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 110-modda) 1-ilovaning 6, 8 va 18-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 27-fevraldagi 57-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 9-son, 91-modda) ilovaning 6-bandi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 81-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Vazirlar Mahkamasining “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ qoʻshma korxonasining polimer mahsulotlarini ichki bozorda sotishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 27-iyundagi 216-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 26-son, 317-modda) 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda) 1-ilovaning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 30-dekabrdagi 422-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 1-son, 15-modda) 6-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 13-martdagi 131-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 25-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyundagi 442-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 123-modda) ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 146-modda) ilovaning 22-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda) 1-ilovaning 27 va 41-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 639-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 178-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida” 2017-yil 27-sentabrdagi 770-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 219-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini yetkazib berilishida maxsus tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimcha kiritish haqida” 2017-yil 28-sentabrdagi 773-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 220-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-dekabrdagi 1017-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 300-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 304-modda) ilovaning 16-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 305-modda) ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovaning 5 va 11-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-martdagi 249-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 3-modda) 2-ilovaning 21-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovaning 47 va 75-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-apreldagi 341-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-apreldagi 367-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga 7-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlarining cheklangan miqdorlarini deklaratsiya qilish chogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ uchun foyda soligʻini hisoblashda xarajatlar bilan chegiriladigan monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan sotiladigan mahalliy yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarni sotish boʻyicha “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,1% miqdordagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi va ular quyidagi ulushlarda oʻtkaziladi:”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-avgustdagi 515-f-son farmoyishining rus tilidagi matni 1-bandidagi “(bez prava rasporyajeniya)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2024-y., 09/24/319/0406-son)