17.03.2020 yildagi O‘RQ-612-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 28-fevralda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1921-modda. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻyxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 245-moddaning birinchi qismi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1751” raqamidan keyin “1752” raqami bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“191” raqamidan keyin “1921” raqami bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2456-moddaning birinchi qismidagi “2152-moddasida” degan soʻzlar “1752 va 2152-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 2641-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2641-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksning 1752-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 332-moddaning birinchi qismidagi “topshirilgan kundan boshlab oʻn besh” degan soʻzlar “topshirilgan kundan boshlab oʻttiz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) quyidagi mazmundagi 3321-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3321-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibi quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 335-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Majburiy ijroga qaratilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ijro etilganidan soʻng davlat ijrochisi ijro ishini yuritishni tamomlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uning bir nusxasini uni chiqargan organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga yuboradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 588-modda, № 10, 674-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda) 4-moddasining toʻrtinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi — oltinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 592-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning asosiy turlari: giyohvandlik vositalarini olib kirish (olib chiqish), taqsimlash, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish davlat monopoliyasi hisoblanadi, ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 11-moddaning birinchi qismidagi “27 — 29-moddalarida” degan soʻzlar “21, 211, 27 — 29-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan, I roʻyxatga kiritilgan oʻsimliklarni yetishtirish uchun ruxsat davlat korxonalariga ilmiy maqsadlarda maxsus vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda hamda ushbu Qonunning 211-moddasida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslarga sanoat maqsadlarida mazkur faoliyat turiga doir litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“211-modda. Tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarning sanoat maqsadlarida yetishtirilishi va muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizatsiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan litsenziyaga asosan ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan, sanoat maqsadlarida yetishtirilishiga va muomalada boʻlishiga ruxsat etilgan kannabis oʻsimligining navlari, ularning yetishtirilish va muomalada boʻlish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda, № 9, 588-modda, № 11, 791-modda, № 12, 884, 891-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshisidagi “ularning ijrosini nazorat qilish” degan soʻzlar “ularning shakllantirilishini, tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat moliyaviy nazorati — budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida davlat moliyaviy nazorati obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda taqqoslash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat moliyaviy nazorati obyektlari — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn toʻqqizinchi — qirq oltinchi xatboshilari tegishincha yigirmanchi — qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttiz ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻttiz uchinchi — qirq yettinchi xatboshilari tegishincha oʻttiz ikkinchi — qirq oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlangʻich maʼlumotlar boʻyicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot boʻyicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 117-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hisob va hisobotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 120-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hisob va hisobotni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 170-moddaning birinchi qismidagi “moliyaviy nazorat obyektlari” degan soʻzlar “davlat moliyaviy nazorati obyektlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “va moliya organlari” degan soʻzlar “moliya organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi “moliyaviy nazorat” degan soʻzlar “davlat moliyaviy nazorati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi shakllantirilishini va uning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklariga muvofiqligini tizimli tahlil qilishni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshisidagi “zaxiralarni” degan soʻz “imkoniyatlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshisidagi “soliq va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga” degan soʻzlar “soliq, bojxona va budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan chet el valyutasidagi mablagʻlardan toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan nazoratni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi xatboshisi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 179-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 182-moddaning birinchi qismidagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 183-moddaning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“oʻrganish va nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha tuziladigan hujjat — maʼlumotnoma yoki xulosa tarzida rasmiylashtiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 184-moddaning birinchi qismi yettinchi, sakkizinchi va oʻninchi xatboshilaridagi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlaridagi, 185-moddasidagi, 186-modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi tegishli son va kelishikdagi “moliyaviy nazorat obyekti” degan soʻzlar tegishli son va kelishikdagi “davlat moliyaviy nazorati obyekti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 27-apreldagi OʻRQ-687-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi va 2-bandining uchinchi xatboshisi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun 1-moddasining 5-bandi mazkur Qonun kuchga kirganidan keyin chiqarilgan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-612-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)