1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun bugʻdoyni xarid qilish tartibini ishlab chiqish: Bunda: don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun hududlar kesimida xarid qilinadigan gʻalla hajmini aniqlash; xarid qilinadigan gʻalla uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-may |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. |
Don va non mahsulotlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan gʻallani saqlash tartibini ishlab chiqish. Bunda, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olinadigan donni saqlash sigʻimlarini sertifikatlash nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, |
|
3. |
“Oʻzdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021-yillarda isloh qilish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tuzish. 2020-2021-yillarda amalga oshiriladigan choralar “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda: korxonalarning don saqlash sigʻimlarini (quvvatlarini) xatlovdan oʻtkazish; “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari qarzdorliklarining (debitor-kreditor) hamda asosiy vositalarining xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlash; “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021-yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash. |
Loyiha ofisini tuzish Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 20-mart 2020-yil 10-may |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Loyiha ofisi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
4. |
“Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalarda saqlanayotgan davlat zaxirasidagi bugʻdoyni belgilangan tartibda xatlovdan oʻtkazib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qoʻmitasi bilan birgalikda uning hisobini yuritish choralarini koʻrish. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlari uchun xarid qilinadigan bugʻdoyning hisob-kitobi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi balansida yuritiladi hamda ushbu donning sifati, shuningdek, miqdori uchun “Oʻzdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar va xususiy korxonalar masʼul hisoblanadi. Davlat zaxirasidagi bugʻdoyni almashtirishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 20 aprel |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxirasi qoʻmitasi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi |
|
5. |
Don saqlashga talabgor boʻlgan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha don qabul qilish korxonalarining laboratoriyalari va tarozilarini xatlov hamda attestatsiyadan oʻtkazish, ruxsatnomalar berish, don saqlashga ruxsat etilgan korxonalar roʻyxati hamda ularning don saqlash quvvatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun sotib olingan gʻalla saqlanayotgan omborlarda gʻallaning sifati va miqdori boʻyicha toʻgʻri saqlanishi yuzasidan oylik nazorat oʻrnatilishini taʼminlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2020-yil 25-aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Tegirmonchilar uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
6. |
Don va non mahsulotlariga boʻlgan talabni tahlil qilish, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun xarid qilinadigan bugʻdoy hajmining prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
Har yili |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
|
7. |
2020-yil hosilidan don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olinadigan bugʻdoy uchun shartnoma munosabatlarini qayta koʻrib chiqish. Bunda, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari hajmini 25 foizga kamaytirib, 2020-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Jamgʻarma tomonidan 2 265 ming tonna (tovar don va urugʻlik don) bugʻdoyni xarid qilish choralari koʻriladi. |
Namunaviy shartnoma loyihasi Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil 15 mart |
Adliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
8. |
Fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolgan donni don saqlovchi sigʻimlarga ega boʻlgan korxonalarda shartnoma asosida saqlashni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil 15-may, |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Fermer xoʻjaliklari tomonidan donni birjada sotish mavzusida oʻquv seminarlari oʻtkazish, xoʻjaliklar bilan birja brokerlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2020-yil 1-aprel, |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Respublika tovar xom ashyo birjasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
Jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari hamda gʻalla yetishtirishning prognoz xarajatlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilib borish. |
Byulleten chop etish, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish |
Har yili 1-avgust |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
11. |
Ichki bozorda don narxlari barqarorligini taʼminlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilingan donni temir yoʻlda tashishda imtiyozli tariflarni belgilash mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil 5-aprel |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
12. |
Donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish. Bunda, donni qabul qilish, dastlabki ishlov berish (tozalash, quritish), qayta ishlashga moʻljallangan uskunalarni olib kirganlik uchun mavjud bojxona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish koʻzda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-iyun |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, tijorat banklari |
|
13. |
“Omborxona guvohnomasi” va “Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslarini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-iyun |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
14. |
2020-yil don hosilini oʻrish-yigʻish davrida texnika taʼminoti uzluksizligini taʼminlash maqsadida tumanlar kesimida muvofiqlashtiruvchi shtablarni tashkil etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil may |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagroservis” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
15. |
Don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun sotib olingan bugʻdoyning sifati va miqdori yuzasidan monitoring yuritish hamda choraklik va yillik maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2020-yil iyul-avgust |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
16. |
Hududlarda donni qayta ishlashga moʻljallangan loyihalarni koʻpaytirish choralarini koʻrish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
17. |
Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatidan donni (xarid narxlari) chiqarish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-aprel |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” AK |
|
18. |
Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har hafta |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
|
1. |
A. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi |
|
2. |
Oʻ. Barnoyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
3. |
R. Gulyamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi |
|
4. |
B. Mavlonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari |
|
5. |
J. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
6. |
M. Nurmuratov |
— |
Markaziy bank raisi |
|
7. |
J. Xodjayev |
— |
qishloq xoʻjaligi vaziri |
|
8. |
A. Ergashev |
— |
moliya vaziri oʻrinbosari |
|
9. |
S. Bekenov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
10. |
A. Ravshanov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
|
11. |
A. Ortiqov |
— |
Vazirlar Mahkamasining kotibiyat mudiri |
|
12. |
A. Vaxobov |
— |
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi |
|
13. |
B. Musayev |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
14. |
A. Abdullayev |
— |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi |
|
15. |
R. Mamatqulov |
— |
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi |
|
16. |
M. Abdullayev |
— |
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi |
|
17. |
A. Xaitov |
— |
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi |
|
18. |
F. Poʻlatov |
— |
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi |
|
19. |
R. Xaitov |
— |
“Oʻzagroservis” AJ boshqaruvi raisi |
|
20. |
J. Mirzamahmudov |
— |
“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi |
|
21. |
A. Isroilov |
— |
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori, Kengash kotibi |