1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.09.00 Kommunal xizmatlarni toʻlash tartibi va tariflar hamda kompensatsiyalar (imtiyozlar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi 337-sonli “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻida tarif siyosatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-apreldagi 310-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 3-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
964-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi 964-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Komissiya quyidagi tovar va xizmatlar boʻyicha tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan elektr va issiqlik energiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqsimlovchi tashkilotlar tomonidan elektr energiyasini taqsimlash va sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Shoʻrtan GKM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan respublika ichida sotiladigan tabiiy gaz, neft va gaz kondensati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib chiqaruvchi va/yoki qayta ishlovchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan hamda aholiga va ijtimoiy soha obyektlariga maishiy isteʼmol uchun yetkazib berishga masʼul tashkilotlarga sotiladigan suyultirilgan gaz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya shartnomalari boʻyicha respublika isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib berishga masʼul tashkilotlarning vositachilik haqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tarmoqlarining tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) tovarlari (xizmatlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmirning ulgurji va chakana narxlari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentabrdagi 551-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari hamda mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda samarali hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy kommunal xoʻjaligi, energetika va transport sohalarida isteʼmolchilar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlar muvozanatini taʼminlovchi tarif siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va transport, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohalarida davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etishda ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat boshqaruvi organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda samarali hamkorligini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariflarni shakllantirishini tartibga solishda ochiqlik, oshkoralik tamoyillari, isteʼmolchilar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlar muvozanati asosida davlat boshqaruvi organlari va manfaatdor tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariflarni shakllantirishini tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari va manfaatdor tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini yaxshilash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi, energetika va transport sohalarida isteʼmolchilar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlar muvozanatini taʼminlovchi tarif siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va transport (yoʻnalishli va liniyali taksilardan tashqari), shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida tovarlar va xizmatlar uchun tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) tasdiqlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va transport (yoʻnalishli va liniyali taksilardan tashqari), shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida tovarlar va xizmatlar uchun isteʼmolchilar, ishlab chiqaruvchilar, tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar manfaatlari va ijtimoiy ahamiyatga molik manfaatlar muvozanatini taʼminlovchi tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) energetika va transport, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida tariflar shakllantirilishini tartibga solish sohalarida davlat siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energetika va transport, shuningdek, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida tarif siyosatining asosiy yoʻnalishlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlararo va tarmoqlar ichida narx tyengiligi hamda muvozanatiga rioya qilish, moslashuvchan tariflarni tartibga solish uslublarini belgilash sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy monopoliya subyektlari uchun tarifni shakllantirishning amaldagi uslublarini takomillashtirishning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etishda ishtirok etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi sohasidagi tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini taʼminlaydigan takliflarni koʻrib chiqadi hamda elektr energiyasi isteʼmolchilaridan va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Komissiya oʻziga yuklangan funksiyalarni amalga oshirishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, tashkilotlardan oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha vazirliklar, qoʻmitalar va tashkilotlar rahbarlari takliflarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tariflar shakllantirilishiga taʼsir qiluvchi choralarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza oʻtkazish va maslahatlashish uchun faoliyati Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq boʻlgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga rais va Komissiya aʼzolari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiyaga Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradigan, uning ishlarini tashkil etadigan va qabul qilingan qarorlarning ijrosi boʻyicha umumiy nazoratini amalga oshiradigan rais boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya raisi Komissiyaga yuklangan funksiyalar va vazifalarni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun shaxsan javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya yigʻilishini Komissiya raisi olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va zarurat tugʻilganda, shu jumladan tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar murojaat qilganda yigʻilish oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibga solinadigan faoliyatni amalga oshiradigan tashkilotlar tariflarni tasdiqlash boʻyicha loyihalarni tegishli tarmoqlarga mutasaddilik qiladigan vazirliklar va/yoki idoralar bilan kelishilgandan keyin Komissiyaga kiritadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladigan turli isteʼmolchilar guruhlari uchun elektr energiyasi tariflari boʻyicha elektr energiyasi tariflarini tasdiqlash loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilganidan keyin elektr energiyasini yagona xaridori tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilotlar tomonidan Komissiyaga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilish muddati murojaat va qonunchilik hujjatlarida belgilangan zarur hujjatlar Komissiyaga kiritilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kunini tashkil etadi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya yigʻilishi, agar unda aʼzolarning kamida yarmi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va yigʻilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchiligi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi. Agarda ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Komissiya qarori yigʻilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya aʼzolari yigʻilishda almashish huquqisiz ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolari alohida fikr bildirish huquqiga ega va bunday fikr bildiriladigan hollarda, u yozma ravishda bayon qilinishi va bayonnomaga ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Komissiya oʻz faoliyati doirasida tariflarni shakllantirish sohasida alohida masalalar va muammolarni chuqur va batafsil ishlab chiqish, vaqtincha ishchi guruhlar tashkil qilish va ularga davlat boshqaruvi organlari xodimlari va jalb qilingan ekspertlarni kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyaning ishchi organi vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishchi organ quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolariga kun tartibiga kiritilgan masalalar, yigʻilish oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyi haqida xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yigʻilishi uchun materiallar tayyorlash, yigʻilish materiallarini tarqatish, ish yuritishni amalga oshirish va hujjatlarni saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda Komissiya qabul qilgan qarorlar ijrosining nazorati va monitoringini tashkil qilish, tegishli maʼlumotlarni va takliflarni Komissiya raisiga taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqish va Komissiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya yigʻilishi materiallari Komissiya raisining imzosi bilan har bir Komissiya aʼzosiga yigʻilishgacha 5 kundan kam boʻlmagan muddatda yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tomonidan tartibga solinadigan tariflarni (ustamalarni) koʻrib chiqish va tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
I bosqich
Tovarlarining (xizmatlarining) narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tashkilotlar
1. Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarga (xizmatlarga) yangi narxlarni (tariflarni) belgilash uchun hisob-kitob materiallarini tayyorlash.
2. Tovarning (xizmatning) yangi narxini tegishli tarmoqqa mutasaddilik qiladigan vazirlik (idora) bilan kelishish.
3. Mutasaddi vazirlik (idora) bilan kelishilgan materiallarni yangi narxlar (tariflar) loyihasiga tahliliy maʼlumotnoma bilan birgalikda Ishchi organga taqdim qilish.
Zarurat tugʻilganda
II bosqich
Ishchi organ
(Moliya vazirligi)
1. Hisob-kitob materiallarini koʻrib chiqish.
2. Kamchiliklari boʻlgan taqdirda, puxta ishlab chiqish uchun materillarni qaytarish.
3. Qaror qabul qilish, yigʻilish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻplami toʻliq taqdim etilgandan soʻng koʻrib chiqiladigan materiallarni tayyorlash va yangi narxlarni tasdiqlash loyihasini koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritish.
5 kun mobaynida
25 kun mobaynida
III bosqich
Idoralararo tarif komissiyasi
Komissiyaning yangi narxlarni (tariflarni) tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini kabul qilish.
5 kun mobaynida
IV bosqich
Ishchi organ
(Moliya vazirligi)
Komissiyaning qabul qilgan qarorini tegishli vazirlik va idoralarga tarqatish.
1 kun mobaynida
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 09/19/964/4105-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)