Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2015 14.08.1996 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOVAR BOZORLARI KONʼYuNKTURASINI OʻRGANISh MARKAZINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QOʻMITASI HUZURIDAGI TOVAR BOZORLARI KONʼYuNKTURASINI OʻRGANISh RESPUBLIKA MARKAZIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish markazi tomonidan xalq isteʼmol mollari va oziq-ovqatlarni, korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xomashyo, materiallar va mahsulotlarni import boʻyicha xarid qilishda maqbul variantlarni tanlashga oid konsalting xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq vazifalarni hal etish, shuningdek ular boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markaziga aylantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika markazining tuzilmasi va 21 nafardan iborat shtatdagi xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari), shu jumladan 6 nafar xodim qoʻshimcha ravishda ajratiladi, 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yangi tashkil etilayotgan boʻlinmalar xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Respublika markazi 1998-yil 1-yanvardan boshlab oʻz moliyaviy taʼminoti va faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq barcha xarajatlarning 50 foizini xoʻjalik hisobi mablagʻlari hisobidan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Respublika markazining yangi tashkil etilgan boʻlimlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 317-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzurida Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 23-yanvardagi 35-son qarorining 1-bandi, 3-bandining birinchi xatboshi va 6-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ. Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
286-son

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-avgustdagi 286-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tovar bozorlarini muntazam oʻrganish, isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni toʻldirish chora-tadbirlarini belgilash, xalq isteʼmol tovarlarini va oziq-ovqatlarni hamda ishlab chiqarish maqsadlaridagi xom ashyo, materiallar va mahsulotlarni import boʻyicha xarid qilishda maqbul variantni tanlashga oid konsalting xizmatlari koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta schyotlariga, dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan ish qogʻozlari va shtampga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining qarorlari va buyruqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilida — Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazi (qisqartirilgan holda — TBKOʻM);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilida — Respublikanskiy sentr po izucheniyu konʼyunkturi tovarnix rinkov (qisqartirilgan holda — SIKTR) deb ataladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz oʻz faoliyatini “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining topshiriqlari va buyurtmalari, korxonalar va tashkilotlarning isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importini ekspertiza qilish yuzasidan tavsiyanomalarga bergan buyurtmalari, shuningdek ilmiy maqsadlardagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) foydalanuvchilari bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. MARKAZNING VAZIFALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuman respublika va hududlar boʻyicha isteʼmol bozori konʼyunkturasini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol tovarlarining ayrim turlari bozorlari konʼyunkturasini va nomenklaturasini oʻrganishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuman va tovarlarning asosiy guruhlari boʻyicha isteʼmol bozorining ahvoli toʻgʻrisidagi oylik tahliliy maʼlumotnomalar va choraklik konʼyunktura sharhlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozorini aholining talabi yuqori boʻlgan tovarlar bilan toʻldirishga doir tavsiyalar va takliflarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalarining va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalarning, shu jumladan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida marketing konʼyunktura tadqiqotlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontraktlar tuzilayotganda, korxonalar, tashkilotlar va firmalar uchun xalq isteʼmol mollari va oziq-ovqat, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xom ashyo, materiallar va mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, tashkilotlar va firmalarning buyurtmalari boʻyicha isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, xarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash boʻyicha marketing va maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi, shuningdek tarmoq va xalqaro loyihalarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma seminarlar, simpoziumlar tashkil etadi va oʻtkazadi, shuningdek xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari va alohida xorijiy fondlar va firmalar bilan birgalikda marketing va konʼyunktura sohasida tadqiqot dasturlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing va konʼyunktura tadqiqotlari boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, aholi bilan bozor konʼyunkturasini, talab va taklifni oʻrganish masalalari boʻyicha savol-javob oʻtkazishni va boshqa sotsiologik soʻrovlar oʻtkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Bosh hisoblash markazi va uning hududiy organlari xodimlarini, shuningdek, intervyu beruvchilar va respondentlarni shartnoma asosida jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, respublika ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yirik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun prognoz hujjatlarni, kompleks va maqsadli milliy dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish sohasidagi xorijiy tajribani oʻrganadi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlarini toʻldirishni taʼminlashning muhim muammolarini hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish muammolari boʻyicha kengashlar, kurslar va maslahatlashuvlar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, chet tashkilotlar va firmalarning buyurtmalari boʻyicha tahliliy sharhlarni, shuningdek tovar bozorlari konʼyunkturasiga oid maʼlumotnomalarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shakllanayotgan konʼyunkturadan kelib chiqqan holda tovarlarning aniq turlarini respublikaga keltirishning maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan tahliliy ishlarni amalga oshiradi va tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimining 2-bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. MARKAZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi hamda korxonalar va tashkilotlar rahbarlari oʻrtasida tekshiruvlar va sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ishi sohasi boʻyicha zarur boʻlgan noshirlik faoliyatini amalga oshirish, maʼlumotnomalar, konʼyunkturaviy sharhlar va boshqa zarur axborot materiallarini chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati xususiyatidan kelib chiquvchi maslahat, axborot xizmati va xizmatlarning boshqa turlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozoriga va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar bozoriga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, firmalar va tashkilotlarning investitsiya loyihalarini va biznes-rejalarini ishlab chiqish va ekspertizaga qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz filiallarini, kichik va qoʻshma korxonalar, vaqtinchalik va joriy qiluvchi jamoalarni hamda Markaz faoliyatini yaxshilashga yordam beruvchi boshqa boʻlinmalarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning asosiy faoliyati bilan bogʻliq muammolarni yanada chuqurroq tahlil etish uchun, asosiy vazifalarga zarar yetkazmagan holda, konkurs grantlari, chet, shu jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar, fondlar va firmalar buyurtmalari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozorini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar bozorini toʻldirishga yordam beruvchi kontraktlar tuzishga shartnoma asosida koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning faoliyat sohasi boʻyicha, shu jumladan Markaz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tadqiqot markazlari va eksport qiluvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar boʻyicha tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistika, ilmiy va boshqa axborotlarni hamda hujjatlarni toʻsqinliksiz olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning asosiy vazifalarini bajarish boʻyicha normal faoliyati uchun zarur boʻlgan texnik vositalar, asbob-uskunalar, nou-xau va boshqa mahsulotlarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanimizning buyurtmachilari va xorijiy sheriklar va buyurtmachilar bilan marketing va konʼyunktura tadqiqotlari oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va berish tartibini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ish sohasi boʻyicha reklama faoliyatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha kengashlar, simpoziumlar va konferensiyalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadida respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qilish, Markaz sohasi boʻyicha oʻzaro uzviy reja va dasturlar boʻyicha ular bilan birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konʼyunktura sharhlari va ilmiy-uslubiy adabiyotlar ayirboshlash hamda boshqa oʻxshash soha tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy xodimlar tayyorlashni va stajirovkalar, shuningdek mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga joʻnatish orqali ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya jamgʻarmalari va boshqa tashkilotlarning homiylik yordamini olish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozorining ahvoli toʻgʻrisidagi konʼyunktura sharhlari va tahliliy maʼlumotnomalar oʻz vaqtida tayyorlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi uchun, ham chet tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha bajariladigan tahliliy ishlanmalarning sifati va ilmiy darajasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha isteʼmol tovarlarining aniq turlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbulligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiyalarning oʻz vaqtida tayyorlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozori konʼyunkturasi qisqa muddatli prognozlarining iqtisodiy asoslanganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining maqbul variantlarini tanlash yuzasidan buyurtmachilar oldidagi majburiyatlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. MARKAZ DIREKTORINING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz direktori “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz direktori amaldagi qonunchilikka, mazkur Nizomga, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining buyruqlari hamda qoʻmita hayʼati karorlariga asosan rahbarlikni amalga oshiradi va Markazning faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmalarning yuksak ilmiy-uslubiy darajasi va sifatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmol bozori konʼyunkturasini tahlil etish va prognoz qilish uchun Markaz mutaxassislari malaka darajasining doimiy oʻsib borishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz mutaxassislariga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, ularning vakolatlari va funksional vazifalari belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy rivojlanish, xodimlarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari hal etilishini taʼminlashga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz direktori quyidagi huquqlarga egadir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini oʻzi ishlab chiqqan va “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi hayʼati tomonidan tasdiqlangan joriy va istiqbol rejalari hamda dasturlar asosida shtatdagi va shtatda boʻlmagan mutaxassislar kuchi bilan mustaqil ravishda belgilash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining lavozim maoshiga 70 foizgacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash va shaxsiy ustamalarni olib tashlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz sohasiga mos boʻlgan tashabbus va qidiruv tariqasidagi tadqiqotlar mavzuini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizdagi va xorijdagi muassasalar va tashkilotlarda Markaz manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz mulki va mablagʻlarini boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini taʼminlash uchun boshqa xoʻjalik masalalarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor oʻrinbosarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MARKAZNING MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh MANBALARI, MOL-MULKI VA FOYDADAN FOYDALANISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun xoʻjalik hisobi faoliyatidan olingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz mulki asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklardan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, mahsulotlar sotishdan va shartnoma asosida bajariladigan ishlardan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markaz mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shartnoma asosida bajarilgan ishlar uchun Markaz tomonidan olingan foyda va isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar importi boʻyicha kontraktlar ekspertizasini amalga oshirganlik uchun olingan mablagʻlar Markaz mablagʻlarini tashkil etadi. Ular asosiy fondlarni sotib olishga va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga, shuningdek ijtimoiy rivojlantirishga va moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va davlat hisobotini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
14-avgustdagi 286-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish respublika markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

1.‎ Markaz direktori‎ — 1‎
2.‎ Direktor oʻrinbosari‎ — 1‎
3.‎

Aholining toʻlov qobiliyatiga ega boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va konʼyunktura obzorlarini tayyorlash boʻlimi‎

— 4‎
4.‎

Oziq-ovqat tovarlari bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish va ularni import qilish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash boʻlimi‎

— 5‎
5.‎ Nooziq-ovqat tovarlari bozorlari konʼyunkturasini oʻrganish va ularni import qilish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash boʻlimi‎ — 6‎
6.‎ Eksport qiluvchi mamlakatlar bozorlaridagi narxlar boʻyicha axborot bilan taʼminlash boʻlimi‎ — 4‎
Jami‎ — 21‎
(xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari)‎