1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Aloqa]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻi faoliyatini yanada takomillashtirish, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanish sifatini yaxshilash va oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 28-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
955-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda Yagona reyestr deb ataladi) shakllantirish va yuritish, shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy hamda madaniy-maʼrifiy tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yagona reyestrda “ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan obyektlarga foydalanish huquqi bilan taqdim etiladigan saytlar va axborot resurslarining jamlanma roʻyxati shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yagona reyestrning axborot resurslaridan foydalanish ulanish huquqi “Oʻzbektelekom” AK (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yagona reyestrdagi axborot resurslarining roʻyxatidan keyinchalik boshqa operatorlar va provaydyerlar tomonidan bolalar va yoshlar uchun moʻljallangan “xavfsiz internet” xizmatlarini joriy etish orqali foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona reyestrning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, uni onlayn rejimda yuritish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot resursi — elektron koʻrinishdagi axborot, maʼlumotlar banki, axborot tizimi tarkibidagi maʼlumotlar bazasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri — “ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan, obyektlarga foydalanish uchun taqdim etiladigan butunjahon Internet axborot tarmogʻidagi ilmiy-taʼlim, maʼnaviyat va tarbiya yoʻnalishlaridagi saytlar va resurslarning tizimlashtirilgan jamlanma roʻyxati. Reyestr butunjahon Internet axborot tarmogʻidagi xorijiy va milliy segmentlarning axborot resurslaridan, shu jumladan davlat organlarining axborot resurslaridan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan obyektlar — “ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy hamda madaniy-maʼrifiy tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash operatori — “Oʻzbektelekom” AK nomidan Yagona reyestr axborot resurslaridan maxsus tariflarda foydalanish huquqini berishni tashkil etadigan operator;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrni shakllantiruvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) — Yagona reyestrga kiritish uchun axborot resurslarini yigʻish, qayta ishlash va shakllantirish boʻyicha Markaz xodimlaridan va Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining bittadan masʼul xodimlaridan (jamoatchilik asosida) tashkil etiladigan guruh. Ishchi guruhga Markaz direktori rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrni shakllantiruvchi ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) — Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining bittadan rahbar xodimlaridan iborat vakillari (jamoatchilik asosda ish koʻradigan) tarkibidagi Yagona reyestrning axborot resurslarini baholash komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrni shakllantiradigan axborot tizimi — Yagona reyestrni shakllantirish uchun moʻljallangan, axborot resurslarini yigʻish va baholash imkoniyatlarini oʻz ichiga oladigan, shuningdek, Yagona reyestrni shakllantirish doirasida tegishli mutaxassislarning oʻzaro munosabatlarini va faoliyatini taʼminlovchi dasturiy-apparat tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” portalidagi Yagona reyestr katalogi — “ZiyoNET” portalida (www.ziyonet.uz) Yagona reyestrning axborot resurslari roʻyxatini eʼlon qilish uchun moʻljallangan maxsus boʻlim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz — “ZiyoNET” tarmogʻidagi axborot resurslarinining muntazam tizimli monitoringini tashkil etish va amalga oshirishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona reyestrni yuritish maqsadlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yagona reyestr “ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan obyektlarda tarmoqdan foydalanish samaradorligini oshirish, maʼnaviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashga koʻmaklashadigan axborot resurslarining roʻyxatini shakllantirish orqali yoshlarni butunjahon Internet axborot tarmogʻidagi buzgʻunchi mazmundagi resurslarning salbiy taʼsiridan himoya qilishni taʼminlash maqsadida yaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Yagona reyestrning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlar uchun foydali va bilim olishlari uchun moʻljallangan milliy va xorijiy axborot resurslari bazasini shakllantirish, uni dolzarb talablardan kelib chiqqan holda doimiy ravishda toʻldirib borish va yangilab turilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan obyektlarda Yagona reyestr resurslaridan foydalanish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan obyektlarda butunjahon Internet axborot tarmogʻining resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yagona reyestrni shakllantirish boʻyicha masʼullar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yagona reyestrni shakllantirish va uning keyingi faoliyat koʻrsatishi quyidagi masʼullarning muntazam oʻzaro hamkorligi orqali taʼminlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestr ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish uchun foydalanuvchilarning takliflarini yigʻish va hisobini yuritish, shuningdek ularning ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga muvofiqligini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoshlarning maʼnaviy, intellektual va shaxs sifatida rivojlanishiga yoʻnaltirilgan, yoshlar uchun foydali boʻlgan va bilim olishlariga yordam beradigan axborot resurslarini qidirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saytni Yagona reyestrga kiritish uchun (“ZiyoNET” portalidagi shaklga muvofiq) tavsiyalarni tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanuvchilarning murojaatlari bilan ishlash, ular boʻyicha javoblarni tayyorlash va taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ekspert komissiyasi 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekspert komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaruratga koʻra, manfaatdor vazirliklar va idoralar rahbariyatining murojaati asosida Ekspert komissiyasi aʼzolarining tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar Ekspert komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taklif etilgan axborot resurslarining tahlilini, maʼqullanishini yoki rad etilishini oʻz vaqtida amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruratga koʻra, ayrim resurslarni maʼqullash yoki rad etish sabablari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni asoslash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestrni shakllantirishning yangi usullarini va mexanizmlarini joriy etish hamda mavjudlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazning vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona reyestr axborot resurslarining muntazam monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatib oʻtilgan hollarda axborot resursini Yagona reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, saytdagi qoidabuzarlik toʻgʻrisidagi xabarlarni belgilangan tartibda yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yagona reyestrni shakllantiradigan axborot tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yagona reyestr axborot resurslari Yagona reyestrni shakllantiradigan axborot tizimida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi guruh va Ekspert komissiyasining aʼzolariga, shuningdek, Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazning masʼul mutaxassislariga Yagona reyestrni shakllantiradigan axborot tizimidan foydalanish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tizimga login va parol yordamida kiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Axborot tizimida Ishchi guruhning har bir aʼzosi ushbu Nizomning 10-bandiga va Ekspert komissiyasining har bir aʼzosi esa 13-bandiga muvofiq xatti-harakatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yagona reyestrga kiritilgan axborot resurslarining roʻyxati tizimning barcha foydalanuvchilari uchun “ZiyoNET” portalining “Saytlar” boʻlimida eʼlon qilinadi. Yagona reyestrdan chiqarilgan axborot resurslarining roʻyxati boshqa foydalanuvchilar tomonidan saytning takror tavsiya qilinishining oldini olish uchun arxivda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Axborot tizimidan foydalanish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tizimning barcha foydalanuvchilariga tarqatish Markaz tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish yoki chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish uchun quyidagi mezonlarga muvofiqlik asos hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va yoshlar, shu jumladan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar) oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalarining talabalari uchun bilim olish uchun zarurligi va foydaliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va maktabgacha boʻlgan muassasalarning oʻqituvchilari uchun foydaliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-taʼlim, madaniy-maʼrifiy va ijtimoiy ahamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonning boy madaniy, maʼnaviy merosini va sanʼatini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini, Oʻzbekistonning boy tarixini oʻrganishga asoslangan yuksak axloqiy va maʼnaviy fazilatlarni, xalqning milliy urf-odatlarini va maʼnaviy qadriyatlarini hurmat qilish tuygʻusini shakllantirishga ijobiy taʼsir koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bilim va tajriba almashish, faol hayotiy pozitsiyaga, ijodiy fikrlash va mamlakat taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor shaxslar hamjamiyatlarini shakllantirish (stipendiatlar, Yoshlar ittifoqi aʼzolari, sportchilar va boshqalar) imkoniyatining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “ZiyoNET” portalida roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmagan har bir foydalanuvchi axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritishga doir takliflarni yuborishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Barcha takliflar kelib tushish tartibida Ishchi guruh tomonidan saralanadi va ular asosida har oyda axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish uchun tavsiyalar shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, Ishchi guruh oʻz tashabbusiga koʻra Ekspert komissiyasiga axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish takliflarini yuborish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ushbu Nizomning 24-bandida keltirilgan barcha holatlarning bittasiga yoki bir nechtasiga yoki barchasi boʻyicha mezonlar-asoslarga muvofiq boʻlsa, taklif qilinayotgan axborot resurslari Ekspert komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ekspert komissiyasining aʼzolari koʻrib chiqishga yuborilgan axborot resurslari roʻyxatini uch ish kuni davomida koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqilgan axborot resurslari ushbu Nizomning 20-bandidagi mezonlarga muvofiq kelishi sharti bilan maʼqullanadi yoki ushbu Nizomning 24-bandidagi mezonlarga muvofiq kelganda chiqarib tashlash sabablarini koʻrsatilgan holda roʻyxatdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasining aʼzosi boʻlmaganda (mehnat taʼtili, xizmat safari, boshqa lavozimga oʻtkazilishi va boshqalar) uning vazifalari va funksiyalarini bajarish uning oʻrnini bosuvchi shaxs zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagilar axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish yoki cheklash uchun asos boʻladigan mezonlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) saytdan foydalanib boʻlmaydi yoki tegishli kontentga ega emas;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yosh avlodda sogʻlom fikrlashni rivojlantirish uchun foydali kontentning yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ijtimoiy adovatni qoʻzgʻatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) milliy, irqiy, diniy adovatni qoʻzgʻatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiya, terrorizm va diniy ekstremizmni targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) qimor oʻyinlarini, shuningdek, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishga undovchi yoki qaratilgan maʼlumotlarni targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) spirtli va tamaki mahsulotlarini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) buzgʻunchi taʼsir koʻrsatuvchi mazmun va yoshlarning ijtimoiy ongiga salbiy buzgʻunchi axborot-ruhiy taʼsir koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) axborot sohasida shaxsiy manfaatlarni buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) axborot sohasida davlat va jamiyatning manfaatlariga zarar yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) milliy-madaniy anʼanalarni saqlab qolish va ularning uzviyligini taʼminlashni buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) buzgʻunchi taʼsir koʻrsatuvchi va fuqarolarning jismoniy yoki ruhiy salomatligiga zarar yetkazuvchi qasddan sodir etilgan xatti-harakatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va normativ-huquqiy hujjatlarining talablariga zid boʻlgan axborotni tarqatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ekspert komissiyasining 5 nafar aʼzosidan kamida 3 nafar aʼzosi tomonidan maʼqullangan axborot resurslari Markaz tomonidan uch ish kuni ichida Yagona reyestrga kiritiladi va obyektlarni “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash operatoriga tegishli axborotni yuborgan holda, “ZiyoNET” portalidagi Yagona reyestr katalogida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yagona reyestrga kiritilgan axborot resurslari ushbu Nizomning 20 va 24-bandlariga muvofiqligi yuzasidan Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yagona reyestr axborot resurslarida ushbu Nizomning 24-bandida keltirilgan mezonlardan biriga muvofiqligi aniqlanganda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz aniq sabablarni koʻrsatgan holda axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish uchun Ishchi guruhga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ekspert komissiyasi aʼzolari ham axborot resursining ushbu Nizom 24-bandida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligi aniqlanganda uni Yagona reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Ishchi guruhga murojaat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Axborot resurslarini Yagona reyestrdan chiqarish uchun murojaatlar Yagona reyestrni shakllantirish axborot tizimi doirasida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishchi guruh tegishli murojaatnini olgandan keyin axborot resursini 3 ish kuni ichida Yagona reyestrdan chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Axborot resursi chiqarilgandan keyin uning maʼlumotlari foydalanuvchilarning foydalanishi cheklangan umumiy foydalanishdagi maʼlumotlar bazasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yagona reyestrning axborot resurslaridan foydalanish imkonini taqdim etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Operator “ZiyoNET” tarmogʻiga ulangan barcha obyektlarga Yagona reyestrning axborot resurslaridan (shu jumladan uning subdomenlaridan) uzluksiz foydalanish imkonini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Operator Markaz bilan hamkorlikda har kuni axborotni Yagona reyestr maʼlumotlari asosida oʻz tizimida avtomatik ravishda sozlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Operator yangidan kiritilgan axborot resurslari Yagona reyestrga kiritilgandan keyin bir ish kunidan boʻlmagan muddatda ulardan foydalanishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Oylik tashqi trafik tugaganda butunjahon Internet axborot tarmogʻi milliy segmentidagi (TAS-IX tarmogʻi) Yagona reyestr resurslaridan foydalanish ushbu kalendar oyi davomida cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Masʼul tashkilotlar vakillari va rahbarlari Yagona reyestrni shakllantirish va yuritish boʻyicha vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestrini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

“ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestrini shakllantirish boʻyicha ishchi guruh
Axborot resurslarini “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestri (Yagona reyestr)ga kiritish uchun tavsiyalar tayyorlash
Har oy
2-bosqich
Yagona reyestrni shakllantirish boʻyicha ekspert komissiyasi (Ekspert komissiyasi)
Yagona reyestrga kiritish uchun taklif qilingan axborot resurslarini tahlil qilish, maʼqullash yoki rad etish
3 ish kuni davomida
3-bosqich
Xalq taʼlimi sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi
Ekspert komissiyasi tomonidan maʼqullangan axborot resurslarini Yagona reyestrga kiritish
3 ish kuni davomida
4-bosqich
Operator — “Oʻzbektelekom” AK
Yagona reyestr axborot resurslaridan maxsus tariflar boʻyicha foydalanishni taqdim etish
1 ish kuni davomida
5-bosqich
Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz
Yagona reyestr axborot resurslarini muntazam monitoring qilish
muntazam
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorining 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining ““ZiyoNET” axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining ““ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-iyuldagi 198-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning tuzilgan shartnomalarga muvofiq “ZiyoNET” tarmogʻining axborot resurslaridan belgilangan tartibda uzluksiz foydalanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy tashkilotlarga “ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat va tariflar boʻyicha koʻrsatilishini taʼminlasin”.