Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 23.11.2019 yildagi 945-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga tashrif buyurishlari uchun inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston nogironlari jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuzivlik talablari hisobga olingan holda muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzeylarda xizmatlarni inklyuziv koʻrsatish amaliyotini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuzivlik talablarini hisobga olgan holda muzeylar uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inklyuzivlik talablarini hisobga olgan holda muzeylarning moddiy-texnika bazasini yangilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi 2020 va 2021-yillarda ushbu jamgʻarmaning kalendar tadbirlar rejalarini tasdiqlashda Dasturda belgilangan tadbirlarning ham amalga oshirilishi uchun mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
945-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 945-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi muzeylarining inklyuzivligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirish

1.

Madaniyat muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasining inklyuzivligiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil II chorak

Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati

2.

Maʼmuriy binolarga qoʻyiladigan talablar yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalarini xalqaro standartlashtirish tashkilotlarining binolarga inklyuziv kirishni nazarda tutadigan standartlariga, shu jumladan, ISO 23542:2011 “Binolar qurilishi — Qulay qurilish” standartlariga muvofiqlik yuzasidan muvofiqlashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2020-yil II chorak

Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

3.

Toshkent shahridagi muzey binolariga tutash hududlarni inklyuzivlikni hisobga olgan holda oʻrganish va sharoitlar takomillashtiriladigan muzeylar, jamoat transport bekatlari roʻyxatini shakllantirish.

Oʻrganish natijalari asosida muzeylar binolariga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirishni taʼminlash, shu jumladan:

taktil yoʻlaklar;

bekatlar va jamoat transportida audiovizual xabar berish tizimlarini;

ovozli xabar berish svetoforlarini;

metro bekatlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun koʻtarilish vositalarini oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorakdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

4.

Muzeylarda ona va bola xonalarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorakdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Inklyuziv infratuzilmani yaratish va rivojlantirish boʻyicha inklyuziv dasturlarni ishlab chiqadigan muzeylarni grant asosida moliyalashtirish dasturlarini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

Muntazam

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

6.

Toshkent shahrida koʻrsatkichlar va axborot belgilarini yaxshi koʻrinadigan koʻrsatkichlarga, shu jumladan, yuqori kontrastli va katta harfli koʻrsatkichlarga almashtirish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorakdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Muzeylar va ularga tutash hududlardagi tegishli uchastkalarda maxsus sirgʻalmaydigan qoplamali, jarohat yetkazmaydigan ushlagich va panduslar (nishab yoʻlkalar) oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorakdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

Muzeylarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun koʻtarilish vositalarini oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil
III chorakdan boshlab muntazam

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. Inklyuziv xizmat koʻrsatish amaliyotini joriy qilish

9.

Imkoniyati cheklangan shaxslar harakatlanishi uchun texnik vositalarni taqdim etish amaliyotini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Madaniy tadbirlarni (spektakl, koʻrgazma, seminar va boshqalarni) koʻzi ojizlar va yaxshi koʻrmaydigan tashrif buyuruvchilar uchun tiflosharhlash amaliyotini joriy qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

11.

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun quyidagi maxsus, kichik guruhli madaniy tadbirlarni tashkil etish:

spektakllar;

havaskorlik koʻrgazmalari;

tanishish tadbirlari.

Tashkiliy tadbirlar

Muntazam

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

12.

Hid, tovush, musiqa orqali ongli va verbal tavsiflash mumkin boʻlgan eksponatlar koʻrgazmalarini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020-yil III chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

III. Inklyuzivlikni hisobga olgan holda muzey kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish

13.

Imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan oʻziga xos muomala qilish va zarur hollarda ularga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmasiga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash uchun maxsus kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2022-yillar

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan ishlash maqsadida muzey xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish.

Tashkiliy tadbirlar

2020 — 2023-yillar

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

15.

Imkoniyati cheklangan shaxslar bilan ish olib borishning metodikalari va texnologiyalariga bagʻishlangan seminarlar tashkil qilish.

Tashkiliy tadbirlar

Muntazam

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

IV. Inklyuzivlik hisobga olingan holda muzeylarning texnik aktivlarini yangilash

16.

Muzeylarni maxsus transmissiya qurilmalari (induksion sirtmoqlar) bilan jihozlash.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil I chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

Sanitariya-maishiy binolarda maxsus kabinalar, taktil belgilar, xavf-xatardan ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil II chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

18.

Madaniy tadbirlarga ovoz berishda sinxron tarjima uchun asbob-uskunalar oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil III chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

19.

Koʻzi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun radiomayoqlar (radio-nishon) oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

20.

Muzeylarda tadbirlar oʻtkazish chogʻida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus oʻrindiqlar oʻrnatish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-yil IV chorak

Madaniyat vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/945/4068-son)