Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2025 19.11.2019 yildagi 917-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxatini tasdiqlash hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining (keyingi oʻrinlarda davlat maqsadli jamgʻarmalari deb ataladi) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq taqdim etiladigan hisobot shakllaridan kelib chiqqan holda, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hisobot shakllariga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirish kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari gʻaznachilik ijrosi bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
917-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 917-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining nomi

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

2.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi

8.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

101.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi

11.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi

13.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

15.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi

16.

Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi

18.

19.

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

20.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-son va 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarorlari tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y., 09/19/917/4035-son; 01.12.2020-y., 09/20/753/1572-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 18.08.2021-y., 09/21/527/0804-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)