1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarishning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 29-maydagi PQ-4343-son qaroriga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga zamonaviy talab hamda standartlarga javob beradigan arzon uy-joylar qurish va berish hisobidan ularni ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish tizimiga turar joy-maishiy sharoitlarni yaxshilash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlarni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor va tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) 2019 — 2022-yillarda koʻp kvartirali uylarni hamda uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha berish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tashkil etiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tanlov (tender) natijalari asosida qurilish toʻgʻrisidagi shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida birinchi qavatlardan tashqari, qoida tariqasida, ikki xonali kvartiralar uchun — kamida 80 kvadrat metr, uch xonali kvartiralar uchun — 100 kvadrat metr va toʻrt xonali kvartiralar uchun — 120 kvadrat metr boʻlgan koʻp kvartirali uylarni hamda uylarni qurish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror ijrosini taʼminlash doirasida quriladigan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni hamda uylarni mazkur qaror qoidalariga muvofiq tuziladigan qurilish shartnomalarida belgilangan imtiyozli shartlar va narxlarda asosan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga sotish, investor ulushi bundan mustasno.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining qarorlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy bilan taʼminlanish va yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni imtiyozli arzon narxlarda sotib olish huquqidan foydalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda besh yildan oshmagan muddatga qonunchilikda belgilangan tartibda foizsiz qarz berilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylarda sotilmagan kvartiralarning bir qismi qurilish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan narxlar boʻyicha imtiyozli shartlarda sotib olinadi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining xizmat uy-joy fondiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining turar joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida ushbu qarorning shartlariga muvofiq, keyinchalik Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy (sohaviy) boʻlinmalariga oʻzining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan ajratiladigan yer uchastkalariga nisbatan mazkur qarorda nazarda tutilgan mexanizmdan foydalanishga ruxsat berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari zimmasiga uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibni saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirishda xolislikni taʼminlash hamda korrupsiya holatlarini bartaraf etish uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, shartnoma shartlarining toʻliq va sifatli bajaralishi monitoringini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy bilan taʼminlanish hamda yashash sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji boʻlgan, xizmat faoliyatida (jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda) yuqori natijalarga erishgan, shuningdek, intizomiy jazoga tortilmagan xodimlar va harbiy xizmatchilar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, ushbu qarorni amalga oshirish doirasida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni hamda uylarni ular oʻrtasida taqsimlash boʻyicha ichki ishlar organlari turar joy-maishiy komissiyalarining faoliyatini samarali tashkil etsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ushbu qarorni amalga oshirish doirasida “tayyor holda topshirish” shartlarida quriladigan har bir koʻp kvartirali uy hamda uy boʻyicha qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-118-sonli qarori tahririda)
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
865-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 865-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investor va tadbirkorlik subyektlariga koʻp kvartirali uylarni “tayyor holda topshirish” shartlarida bosqichma-bosqich qurish uchun taklif etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va obyektlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/865/3908-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2022-y., 07/22/126/0125-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son)